Ilgʻor IT sanoat vakillarining daromadlari.
1-jadval.
kompaniya
nomi
sohasi
bahosi
(mlrd $)
xodimlar
soni
yillik daro-
madi (mlrd $)
Dell Tech-
nologies
dasturiy
ta’minot,
bulutli
texnologiyalar
32
133 000
108
Accenture
Raqamli marketing, biznes-
maslahat, texnologiya
180
624000
64
TD Synnex
IT servic, dasturiy ta’minot,
texnologiya, IT maslahat
9
270000
62
IBM
dasturiy
ta’minot,
bulutli
texnologiyalar, axborot
126
307 600
61
7
HP
Enterprise
dasturiy
ta’minot,
bulutli
texnologiya, internet-savdo
27
51 000
59
Jami
1 385 000
354
1-jadvaldan ko’rinib turibdiki, IT sanoati nafaqat katta daromad manbai,
balki koʻpchilikni ish bilan ta’minlashga ham imkon berar ekan.
Dunyoning eng boy odamlari [IV.26] roʻyxati ham oʻz bisnesini IT sohasida
tashkil qilish eng samarali yoʻllardan biri ekanligiga ishora qiladi (2-jadval).
IT sanoatidan katta foyda olgan milliarderlar
.
2-jadval.
ismi va sharifi
boyligi
($)
soʻnggi
yilda ($)
biznes sohasi
davlat
Ilon Mask
219 mlrd
+ 68 mlrd
Tesla, SpaceX
AQSH
Djeff Bezos
171 mlrd
-6 mlrd
Amazon.com
AQSH
Bernar Arno
158 mlrd
+ 8 mlrd
LVMN
Fransiya
Bill Geyts
129 mlrd
+ 5 mlrd
Microsoft, investiciya
AQSH
Uorren Baffet
118 mlrd
+ 32 mlrd
Berkchire Hathaway
AQSH
Larri Peydj
111 mlrd
+ 20 mlrd
Google
AQSH
Sergey Brin
107 mlrd
+ 18 mlrd
Google
AQSH
Larri Errison
106 mlrd
+ 13 mlrd
Oracle,
AQSH
Stiv Balmer
104 mlrd
+ 13 mlrd
Microsoft
AQSH
Yuqoridagi ma’lumotlardan koʻrinib turibdiki, IT-sanoati bilan bogʻliq
faoliyat turlari jismoniy va yuridik shaxslar uchun ham katta daromad manbai
boʻlib xizmat qilar ekan.
IT-sanoat quyidagi sohalarda faoliyat yuritishni tashkil qilishga imkon
beradi:
-
ishlab chiqarish;
-
xususiy tadbirkorlik;
-
qoʻshimcha daromad qilish;
-
masofadan turib ishlash va boshqarish;
-
fan va texnikani rivojlantirish;
8
-
ta’lim va tarbiya berish;
-
aholining siyosiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy hayotini yaxshilash;
-
aholini ish bilan ta’minlash;
-
yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish va h.k.
Shunday ekan, har qanday davlat oʻz siyosat va iqtisodiyotini samarali
tashkil qilishda IT-sanoatiga alohida e’tibor qaratishi maqsadga muvofiq sanaladi.
IT-sanoat asosini dasturchilik tashkil qilishini nazarda tutib aytish mumkinki,
quyidagi masalalar har qanday davlat siyosatining bir qismiga aylanishi lozim:
-
yoshlar oʻrtasida dasturchilik kasbiga yoʻnaltirish ishlarini kuchaytirish;
-
dasturchilik sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yoʻlga
qoʻyish va bu jarayonda eng zamonaviy dasturlash tillaridan keng foydalanish;
-
dasturchilar faoliyati uchun huquqiy va me’yoriy asoslarni ishlab chiqish
va ularni amaliyotga joriy qilish;
-
sohalar boʻyicha yangi dasturiy mahsulotlarga boʻlgan ehtiyojlarni
oʻrganish va ularni qanoatlantirish uchun raqobatbardosh milliy dasturiy
mahsulotlar bozorini shakllantirish;
-
mamlakatni raqamlashtirish va axborotlashtirish sohasidagi rivojlanish
istiabollarini bashhorat qilish va bu yoʻldagi eng ustuvor vazifalarni belgilash
hamda moliyalashtirish asoslarini ishlab chiqish;
-
joylarda axborot-kommunikatsion texnologiyalari uchun zamonaviy
infratuzilmalarni yaratish.
Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 dan 30 yoshgacha bolʻlan yoshlar
tashkil qiladi [IV.3]. Tabiiyki, bu yoshlarni ish bilan ta’minlash Oʻzbekiston
respublikasi
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev
va
boshqa
mutasaddi
davlat
rahbarlarining oldida turgan eng muhim masalalardan biri sanaladi. Bu oʻrinda
Sh.M.Mirziyoyev “bilimli yoshlarimizga sharoit yaratib bermasak, ular xorijga
chiqib ketadi” deb alohida taʻkidlab oʻtganlar.
Oʻzbekiston
Respublikasida
yoshlarga
oid
davlat
siyosatini
takomillashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning
jismoniy va ma’naviy barkamol boʻlib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar
9
yaratish borasida bir qancha muhim hujjatlar qabul qilindi, amaliy ishlar yoʻlga
qoʻyildi va muayyan natijalarga erishildi. Shunday boʻlsa ham, bu borada
bajariladigan ishlar hamisha keng koʻlamli boʻlib, oʻz dolzarbligini saqlab
qolaveradi. Shu nuqtayi nazardan, Prezidentimiz rahbarligida 2019-yil 19-martda
“Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot
texnologiyalari, kitob oʻqishga qiziqishini oshirish boʻyicha 5 ta muhim
tashabbusni amalga oshirish toʻg‘risida” oʻtkazilgan videoselektor yig‘ilishida
yoshlarni rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi va sohalarga
taalluqli 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi [IV.2]. Bu tashabbuslarning uchinchisi
aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali
foydalanishni tashkil etish masalalariga bagʻishlangan boʻlib, unda 2019-2020
yillarda respublikamiz tuman va shaharlarida raqamli texnologiyalar oʻquv
markazi tashkil etish va ularda bepul ta’lim berish, 19 mingga yaqin ijtimoiy soha
obyektini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash koʻzda tutilgan.
Bu masalani samarali hal qilishda dasturchilik va dasturchilar alohida oʻrin
tutishini his qilgan hurmatli Prezidentimiz “bir million dasturchi” loyihasini ilgari
surdilar. Mazkur loyihani ishga tushirish marosimi 2019-yilning 21-noyabr kuni
Toshkent shahrida, Inxa Universitetida boʻlib oʻtdi. “Bir million dasturchi”
loyihasi boʻyicha prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev shunday deydilar: Biz “bir
million dasturchi” loyihasini amalga oshirishni boshladik. Bu katta marra. Shuni
amalga oshirsak, yaqin 3‒4 yilda juda koʻp narsa oʻzgaradi... Tasavvur qiling, bir
million dasturchi barcha sohaga kirib boradi va raqamli iqtisodiyotning
rivojlanishiga katta hissa qoʻshadi. Bu ‒ katta drayver boʻladi mamlakat
rivojlanishiga. Biz hech qachon bunday katta marra olmaganmiz [IV.32].
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev shu bilan birga dasturchilikning kelajakda
yosh avlodni ish bilan ta’minlash hamda raqamli iqtisodiyotini yoʻlga qoʻyishning
muhim ahamiyatini chuqur his qilgan holda, dasturchilik sohasidagi iqtidorli
yoshlarni “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida qamrab olish muhimligini
alohida ta’kidlab oʻtganlar. Qolaversa, maktab oʻquvchilaridan tashqari 200 ming
oʻgʻil-qizlarni oʻqitish uchun IT-maktablarni hamda “Ishga marhamat” mono-
10
markazlarni tashkil qilish uchun davlat byudjetidan 200 milliard soʻm mablagʻ
ajratilganini e’tirof qilib oʻtdilar.
Amalga oshirilayotgan bunday chora-tadbirlar nafaqat jamiyatning siyosiy,
iqtisodiy va ijyimoiy barkamolligi, balki zamonaviy turmush tarzini yoʻlga
qoʻyish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning moddiy va ma’naviy hayotini
yuqori darajalarga koʻtarishda muhim poydevor boʻlib xizmat qilishi tabiiy.
Oʻzbekistonda keyingi besh yilda raqamli iqtisodiyot jadallik bilan rivojlana
boshladi [III.26]. Tadqiqotchilarning fikrlariga asosan, yurtimiz raqamli
iqtisodiyotining tarkibiy qismlari sifatida elektron tijorat, elektron hukumat tizimi,
yagona oyna, dasturiy ta’minot, ishlab chiqarish jarayonlariga “aqlli
texnologiyalarni” joriy qilish, “Aqlli shahar” va “Xavfsiz shahar” kabi tizimlar,
internet texnologiyalari doirasida zamonaviy infratuzilmalarni joriy qilish kabi
yoʻnalishlarda olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarni ta’kidlash mumkin.
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“2022
-
2026-yillarga
moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻg‘risida” gi
Farmonida [I.1] yurtimizda axborot-kommunikatsion texnologiyalari sohasida
qilinayotgan ishlarni raqamli iqtisodiyotning rivojlanish darajasiga oid quyidagi
koʻrsatkich-mezonlar yordamida baholash belgilab qoʻyilgan:
- yalpi iqtisodiy mahsulotlarga nisbatan ulushi;
- AKT sohasiga kiritilayotgan investitsiyalar miqdori;
- Internet tezligi;
- mamlakatni internet toʻrlari bilan qamrab olinganligi;
- aholining barcha qatlamlari uchun ochiqligi;
- elektron hukumat tizimidagi davlat xizmatlarining ulushi;
- tashkilotlarning malakali IT mutaxassislari bilan ta’minlanganligi;
- chet el ekspertlarining fikr-mulohazalari va h.k.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, respublikamizda ham jamiyatni
axborotlashtirish sohasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada, yuqorida
keltirilgan mezonlar asosida Oʻzbekistonda IT sanoati sohasida erishilgan ayrim
ma’lumotlarni (1.3-jadval) koʻrsatish mumkin [III.26]. Shuningdek, jahon IT-
11
sanoati sohalari boʻyicha ham Oʻzbekiston Respublikasining mavqei borgan sari
ortib bormoqda. Mamlakatimizning xalqaro IT-sanoatida tutgan oʻrnini reyting
koʻrsatkichlari jadvalidan ham koʻrish mumkin (1.4-jadval).
Dostları ilə paylaş: |