Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Oʻzbekistonda IT sanoati sohasida erishilgan koʻrsatkichlar



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

 
Oʻzbekistonda IT sanoati sohasida erishilgan koʻrsatkichlar
3-jadval 
Yillar
2016 y.
2017 y.
2018 y.
2019 y.
2020 y.
“Axborot va aloqa» sohasining yalpi 
qoʻshimcha qiymati 
(trln soʻm) 
4,4 
5,7 
7,0 
7,4 
8,8 
“Axborot 
va 
aloqa» 
sohasida 
koʻrsatilgan xizmatlar 
(trln soʻm)
 
6,3 
8,2 
10,3 
10,9 
12,9 
“Axborot va aloqa» sohasiga kiritilgan 
investisiyalar 
(trln soʻm)
1,2 
1,9 
0,9 
2,1 
4,8 
“Axborot va aloqa» sohasiga chetdan 
kiritilgan investisiyalar 
(trln soʻm)
0,8 
1,5 
0,5 
1,2 
2,0 
Optik tolali aloqa liniyalar uzunligi 
(ming km.)
17,9 
20,3 
26,6 
36,6 
68,6 
Mobil aloqa bazaviy stansiyalari soni 
(ming dona)
17,7 
20,0 
24,1 
26,1 
31,7 
Mobil aloqa abonentlari 
(mln kishi)
20,6 
21,4 
22,8 
23,6 
25,4 
internet foydalanuvchilari 
(mln kishi)
12,1 
14,7 
20,0 
22,0 
22,5 
Xalqaro tarmoqning oʻtkazish qobiliyati 
(Gbit/sek)
54,98 
110,0 
1200 
1200 
1200 
Provayderler uchun internet-xizmatlari 
tarifi bahosi 
(1 mbit/sek uchun dollarda) 
91,5 
30,3 
10,1 
5,9 
4,3 
Keng tarmoqli internet tezligi 
(mbit/sek)
10,11 
22,49 
36,85 
Mobil internet tezligi 
(mbit/sek)
9,97 
9,51 
13,89 
Oʻzbekistonning xalqaro IT-sanoatidagi oʻrni.
1.4-jadval. 
sohalar boʻyicha 
umumiy oʻrin 
Telekommunikatsiya 
infratuzilmalari boʻyicha (100 
kishidan internet foydalanuchilari ulishi) 

0,472 
AKT ning rivojlanganlik indeksi 
176 
95 (4,9) 


12 
Kiberxavfsizlik global indeksi
175 (1) 
52 (0,66) 
Mobil aloqa indeksi (mobil internet foydalanuvchilari)
170 
124 
Elektron hukumatning rivojlanganlik darajasi indeksi
193 (1) 
87 (0,67) 
2020-yil 5-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6079-sonli 
“Raqamli Oʻzbekiston — 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga 
oshirish chora-tadbirlari toʻg‘risida” Farmoni [I.2] e’lon qilindi. Unda ta’kidlani- 
shicha, “mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar 
va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq 
xoʻjaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish 
boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, elektron 
hukumat 
tizimini 
takomillashtirish, 
dasturiy 
mahsulotlar 
va 
axborot 
texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha 
hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan 
ta’minlashni koʻzda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish 
boshlangan.”hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali 
kadrlar bilan ta’minlashni koʻzda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga 
oshirish boshlangan.” 
Farmonda 
2020−2022-yillarda 
hudud 
va 
tarmoqlarni 
raqamli 
transformatsiya qilish dasturlari jadvali keltirilgan. Shuningdek, unda 587 ming 
nafar kishini, shu jumladan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 500 ming 
nafar yoshlarni qamrab olish orqali kompyuterda dasturlash asoslariga oʻqitish 
koʻrsatib qoʻyilgan. Bundan tashqari, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi 
korxonalarda 
boshqaruv, 
ishlab 
chiqarish 
va 
logistika 
jarayonlarini 
avtomatlashtirish boʻyicha 280 dan ortiq axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar 
joriy etilishi alohida belgilab qoʻyilgan. 
Mazkur Farmonda “dasturiy mahsulot” jumlasining 195 oʻrinda tilga olinishi 
ham respublikamizda iqtisodiy rivojlanish strategiyasining dasturiy mahsulotlarni 
ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etilishi bilan chambarchas bogʻliq ekanligiga 
ishora qiladi.


13 
Farmonning ijrosi kelajakda Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida 
muhim ahamiyat kasb etishini “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan yangi 
Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻg‘risida” Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidentining PF-60 sonli Farmonida [I.1] bir necha bor ta’kidlab oʻtilgan. 7 ta 
bob va 100 ta maqsadni oʻz ichiga olgan mazkur strategiyad dastur ishlab chiqish 
bilan bogʻliq masalalar 9 joyda tilga olingan. Xususan, Farmonda dasturlash 
sanoati bilan bogʻliq quyidagi vazifalar alohida ta’kidlab oʻtilgan:

raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” sohaga aylantirib, uning hajmini 
kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish (25-maqsad) doirasida 
dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravar, ularning eksportini esa 10 
baravar oshirib, 500 million AQSh dollariga yetkazish; 

turizm, 
transport, 
axborot-kommunikatsiya, 
jumladan 
dasturiy 
ta’minotlar va boshqa xizmatlar eksportini 1,7 baravarga oshirish yoki 4,3 milliard 
AQSh dollariga yetkazish (28-maqsad); 

axborot texnologiyalari sohasida, shu jumladan, dasturiy mahsulotlar 
ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; 

viloyatlarda 
raqamli 
texnologiyalarga 
ixtisoslashtirilgan 
alohida 
zamonaviy talablarga javob beradigan axborot texnologiyalari sohasida ta’limdan 
ishlab chiqarishgacha boʻlgan yaxlit zanjir yaratishni koʻzda tutuvchi IT-klasterlar 
faoliyatini yoʻlga qoʻyish; 

elektron birja savdo tizimi boʻyicha aniq mezonlarni belgilash (dasturiy 
ta’minot shaffofligi, axborot xavfsizligini ta’minlash, ma’lumotlarni qayta ishlash 
boʻyicha zamonaviy markazning mavjudligi va hokazo). 
Dasturlash tillarini oʻqitish sohasidagi ishlarni samarali tashkil qilish va 
takomillashtirish uchun “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan 
integratsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 
qarori [I.3] ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 — 2023 yillarda respublikamiz va 
xususan, Namangan viloyatining tuman (shahar) markazlarida informatika va 
axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni 


14 
bosqichma-bosqich 
tashkil 
etish 
rejasi 
ishlab 
chiqilgan. 
Unga 
koʻra 
respublikamizda ja’mi 205, 2021/2022 oʻquv yillarida 82 ta, 2022/2023 oʻquv 
yillarida 64 ta, 2023/2024 oʻquv yilida esa 45 ta informatika va axborot 
texnologiyalarini 
chuqurlashtirib oʻqitishga 
ixtisoslashtirilgan 
maktablarni 
bosqichma-bosqich tashkil etish rejalashtirilgan. Bu koʻrsatkich Namangan viloyati 
uchun mos ravishda 5, 4 va 3 tani tashkil qiladi. Ushbu Farmonda quyidagi 
muammolarga alohida e’tibor qaratilgan: 

pespublika mehnat bozorini malakali IT-mutaxassislar bilan ta’minlash 
ishlarini kuchaytirish; 

axborot texnologiyalari sohasidagi oʻquv dasturlari va uslublarini 
takomillashtirish, ta’lim muassasalarining IT-kompaniyalar bilan oʻzaro 
hamkorligini kuchaytirish; 

oʻquvchilarning ijodiy rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish, shu 
jumladan “Bir million dasturchi” loyihasini maktab oʻquv dasturlariga integratsiya 
qilish orqali oʻquvchilarga axborot texnologiyalari va kompyuterda dasturlash 
asoslarining chuqur oʻrgatilishini tashkil etish;

oʻquvchilarni oʻqitish va bilimlarini baholashning zamonaviy uslublarini 
joriy qilish, shu jumladan raqamli oʻquv vositalari va masofaviy ta’lim shaklini 
keng qoʻllash, shuningdek, ta’lim jarayonini umumiy kasb mahoratini 
shakllantirishga yoʻnaltirilgan fanlararo modullardan foydalangan holda tashkil 
etish.
Shuningdek, mazkur Farmonda Oliy ta’lim muassasalari uchun quyidagi 
masalalar qat’iy belgilab berilgan: 

oliy ta’lim muassasalari — oʻquv jarayonini uslubiy qoʻllab-quvvatlaydi, 
yuqori malakali professor-oʻqituvchilar va iqtidorli talabalarni ta’lim jarayoniga 
jalb etadi, mahorat darslari va toʻgaraklarni tashkil etadi.

oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda tegishli oliy ta’lim 
muassasalari rektorlari — oʻrta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, 


15 
faoliyat yuritayotgan va yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarda 
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini samarali oʻqitishni va ularga 
oʻquv-uslubiy yordam koʻrsatishni muvofiqlashtiradi;

innovatsion 
rivojlanish 
vazirligi, 
axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda tegishli ilmiy va oliy ta’lim 
muassasalari 
rahbarlari 
tomonidan 
yoshlarni 
informatika 
va 
axborot 
texnologiyalari sohasida ilmiy-tadqiqotga jalb qilish va olimlarni rag‘batlantirish, 
ularning ishlab chiqarish tarmoqlarida mavjud muammolarning ilmiy yechimiga 
qaratilgan dasturiy mahsulotlarni yaratishiga koʻmaklashish yuzasidan tizimli va 
keng qamrovli ishlarni tashkil qilinadi.
2023 yil 24 mayda Oʻzbekiston respublikasi Prezidentining “Raqamli 
xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli 
transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-162-sonli qarori [I.9] 
qabul qilindi. Unda aholi va tadbirkorlik subyektlariga raqamli xizmatlardan 
foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, 
byurokratik 
tartibotlarni 
qisqartirish, 
shuningdek, 
davlat 
boshqaruvi, 
iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda hududlarni raqamli transformatsiya 
qilish maqsadida «Raqamli hukumat» va «Raqamli hudud» dasturlari doirasida 
2023-2024 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan 300 ta ustuvor loyihalar 
ilgari surilgan. Bu loyihalarning 112 tasi - davlat boshqaruvini raqamlashtirish, 51 
tasi iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini raqamlashtirish, 137 tasi hududlarni 
raqamli transformatsiya qilish muammolariga bagʻishlangan. Shuningdek, 2023 yil 
yakuniga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida koʻrsatilayotgan 
xizmatlar sonini 570 taga yetkazish doirasida joriy etiladigan yangi 95 ta xizmat va 
servislar roʼyxati ishlab chiqilgan.
Yuqorida keltirilgan Farmon va qarorlardan koʻrinib turibdiki, ularning har 
birining zaminida yangi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq 
etish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda va hattoki, ularni “taraqqiyot 
drayveriga aylanadi” deb e’tirof etilmoqda. Bu holat Oliy oʻquv yurtlarining 
dasturchi mutaxassislarni tayyorlash hamda IT-sanoati bilan bogʻliq boshqa 


16 
yoʻnalishlarida oʻqitishning mazmun va shakllarini tanqidiy nuqtai-nazardan qayta 
tahlil qilish va bu tahlillar asosida ta’lim jarayonini zamonaviy usul va shakllarda 
tashkil qilishni talab qiladi. Mazkur masalani oʻqitishning yangi mazmuni, shakli, 
usuli, uslubiyoti va vositalarini ishlab chiqish va amaliyotda joriy qilish orqaligina 
hal qilish mumkinligi hammaga ayon. 
Ma’lumki, bugungi kunda dasturchilarning sayi-harakatlari bilan katta hajm 
va mazmundagi masalalar uchun kompyuter yoki mobil aloqa vositalarida 
foydalanishga moʻljallangan dasturiy ta’minotlar ishlab chiqiligan. Ammo, 
kompyuter yordamida hal qilinishini kutayotgan masalalar ham anchagina. Bunday 
masalalarni hal qilishga moʻjallangan dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish 
faoliyatini shartli ravishda uchta yoʻnalishga ajratish mumkin: 
1) yangi masalalar uchun dasturiy ta’minot yaratish. Bu oʻrinda aqlli 
texnologiyalar, sun’iy intellekt, neyron tizimlari, robototexnika, timsollarni tanib 
olish, kompyuter lingvistikasi, ofislarda ish yuritish, kompyuter tarmoqlari kabi 
koʻplab sohalarda dasturchilar uchun masalalar yetarli; 
2) mavjud dasturiy ta’minotlarni modernizatsiyalash. Bu yoʻnalish amalda 
foydalanilayotgan “eski” dasturiy ta’minotlarni (masalan; kadrlar boʻlimi, IC, 
ombor va h.k.) yangi qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar asosida zamonaviy 
kompyuterlar uchun yangi tahrirda ishlab chiqishni qamrab oladi; 
3) dasturiy ta’minot ishlab chiqish jarayonini takomillashtirish. Bu yoʻnalish 
dasturchilar uchun qulay, keng imkoniyatli va muayyan sohalarda qoʻllashga 
moʻljallangan yangi dasturlash tillarini ishlab chiqish, dasturlashning zamonaviy
paradigma va usullarini joriy qilish, dasturiy ta’minot ishlab chiqish jarayonini 
osonlashtirish, tezlashtirish, tannarxini pasaytirish, dasturchlik amaliyotida 
toʻplangan boy tajribalarni qayta qoʻllash imkoniyatlarini taqdim etish kabi 
muammolarni qamrab oladi.
Qolaversa, bu masalalar uchun nozik didli foydalanuvchilarning talab, istak 
va ehtiyojlarini qonidira oladigan, foydalanish uchun qulay interfeysga ega boʻlgan 
dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish dasturchilar oldida turgan eng muhim 
masalalardan biri hisoblanadi.


17 
Oliy oʻquv yurtlaridagi ta’lim tizimi oldiga aynan ana shunday dasturchilarni 
tayyorlash vazifasi qoʻyilgan. Bu masalani samarali hal qilishda oʻqitish uchun 
qaysi dasturlash tilini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bizning fikrimizcha, 
oʻqitish uchun tanlanadigan dasturlash tili quyidagi talablarga javob berishi lozim: 

katta hajmli, turli shakl va mazmundagi masalalarni oson dasturlashga 
imkon berishi;

dasturchilar uchun ilovalar ishlab chiqish jarayoni uchun zarur va qulay 
imkoniyatlarni taqdim eta olishi;

keng qamrovli masalalar uchun ilovalar ishlab chiqish imkoniyatining 
mavjudligi; 

dasturchilik amaliyotida toʻplangan modul yoki komponentalar 
shaklidagi boy tajribalarni yangi masalalar uchun qayta qoʻllash mumkinligi; 

oʻrganish va oʻrgatishning oson boʻlishi. 
Oʻrgatish va oʻrganish uchun eng zamonaviy dasturlash tillarini koʻr-
koʻrona tanlab olish toʻgʻri emas. Tarixda oʻz oʻrnini topa olmay, yoʻq boʻlib 
ketgan dasturlash tillari talaygina. Bizning nazarimizda, Oliy oʻquv yurtlarida 
oʻqitish uchun tanlab olinadigan tillar quiydagi talablarga javob berishi lozim: 

amaliy tajribalardan oʻtgan; 

amaliyotda keng qoʻllana boshlagan; 

ilgʻor dasturchi va pedagog mutaxassislarning ijobiy xulosalariga ega; 

oʻrganish va oʻrgatish uchun oʻquv-uslubiy adabiyotlar yetarli;

imkoniyatli yetarlicha katta; 

zamonaviy texnik va dasturiy texnologiyalari bilan ishlay oladigan; 

dasturchilar uchun qulay; 

komponenta va modullarni qayta qoʻllash imkoniyati mavjud. 
Tadqiqotlar koʻrsatishucha, Python dasturlash tili ana shunday talablarga 
mos keladi va shu sababli, uni Oliy oʻquv yurtlarida oʻqitish tavsiya qilinadi. Bu til 
taxminan 30 yillar avval paydo boʻlgan boʻlsada, keying yillarda eng ommabop 
dasturlash tillari oʻnligidan joy olib kelgan. Shuni alohida taʻkidlash joizki, Python 


18 
tili 2021 yilda dasturchilar oʻrtasida talab va foydalanish jihatidan jahonda 1-
oʻringa chiqqan [IV.28].
Yangi dasturlash tillarini oʻqitishda ularga bagʻishlangan oʻquv-uslubiy 
adabiyotlarning kamligi asosiy muammolardan biri sanaladi. Tahlillar shuni 
koʻrsatadiki, odatda bunday adabiyotlar professional dasturchilar tomonidan ishlab 
chiqiladi. Ular asosiy e’tibor dasturlash tili imkoniyatlarini ochib berishga 
qaratilgani holda, oʻqitish uslubiyoti mualliflar nazaridan chetda qoladi va bu holat 
dasturlash tillarini oʻrganish jarayoniga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Bu muammoning 
oldini olish uchun uslubchi pedagog-olimlar tomonidan yangi oʻquv-uslubiy 
adabiyotlar ishlab chiqish talab qilinadi. N. Virtning afsus bilan ta’kidlashiga 
koʻra, dasturlash tillarini toʻla yorita oladigan bunday adabiyotlar hozircha 
yaratilgani yoʻq va yaratishning iloji ham yoʻq [III.15]. Chunki, to ma’lum bir 
uslubiyot asosida darslik yoki qoʻllanmalarni ishlab chiqib, ta’lim tizimiga joriy 
qilinguncha raqobatchilar bilan kurashda ortda qolmaslik uchun dasturlash tillarini 
ishlab chiquvchi kompaniyalar tomonidan mavjud dasturlash tillarining yanada 
mukammal versiyalarini yoki butunlay yangi tillarni ishlab chiqishga ulguryaptilar. 
Orada oʻtgan vaqt mobaynida mavjud oʻquv-uslubiy adabiyotlar ma’naviy eskirib, 
oʻz ahamiyatini yoʻqotishga ulguradi.
Ming afsus bilan ta’kidlash joizki, bu muammolar Python dasturlash tiliga 
ham tegishli. Asosiy muammolardan biri shuki, bu tilni Oliy oʻquv yurtlarida 
oʻqitish uchun milliy alifbodagi oʻquv-uslubiy adabiyotlar yetarli emas.
Ma’lumki, Oliy oʻquv yurtlarida dasturlashning yangi til va 
texnologiyalarining joriy qilinishi tegishli mutaxassisliklar uchun moʻljallangan 
huquqiy-me’yoriy hujjatlar hamda bakalavr va magistrlarning tayyorgarlik 
darajalariga qoʻyiladigan talablarning oʻzgarishiga olib keladi. Bu esa oʻz 
navbatida talabalarga dasturlash tillarini oʻqitish uchun innovatsion uslubiyot va 
texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishni taqozo etadi.
Yangi paradigmalarga muvofiq ravishda, ta’lim jarayoni oʻzining asosiy 
maqsadiga talaba tomonidan yangi bilimlarni iloji boricha toʻlaroq oʻzlashtirilishi 
uchun yetarli shart-sharoitlar mavjud boʻlgandagina erisha oladi. Buning uchun 


19 
zamonaviy dasturlash paradigmalarini ham qayta tahlil qilib, ular orasidan 
dasturlash jarayonini tezlashtirish va optimallashtirishga imkon beradiganlarini 
ta’lim jarayoniga olib kirishga toʻgʻri keladi. Lekin, bundan oldin talabalar biror 
dastur lash tilini ham oʻrgangan boʻlishlari maqsadga muvofiq sanaladi. Shundan 
kelib chiqqan holda, Oliy oʻquv yurtlarida dasturchilik bilan bogʻliq bakalavr 
yoʻnalishlarida turli maqsadlar uchun xizmat qiladigan bir nechta dasturlash 
tillarini oʻqitish tavsiya etiladi. Ulardan biri talabalarda algoritmlar ishlab chiqish 
boʻyicha koʻnikma va malakalarni shakllantirish uchun xizmat qilishi lozim. Bu 
holat boshqa dasturlash tillarini oson oʻzlashtirish yoʻlida muhim poydevor boʻlib 
hisoblanadi. Amaliyotda foydalanish uchun dasturlash tilini tanlash huquqini 
zarurat va ehtiyojning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 
talabalarning oʻzlariga havola qilinadi.
Yuqoridagi mulohazalarni e’tiborga olib, quyi kurslar uchun C++ yoki C#, 
yuqori kurslarda esa mutaxassislik yoki tanlov fanlaridan biri doirasida Python 
dasturlash tilini oʻqitish tavsiya etiladi.
Ta’lim tizimiga olib kiriladigan zamonaviy dasturlash tili va paradigmalarini 
oʻqitish jarayonida bir qator muammolar yuzaga keladi. Bu muammolarni samarali 
hal qilish jarayoni quyidagi masalalar bilan chambarchas bogʻliq hisoblanadi:

oʻqitish uchun tanlab olinadigan yangi dasturlash tillari ta’lim tizimi 
oldiga qoʻyilgan maqsadlarga qay darajada muvofiq kelishini aniqlash;

oʻqitish uchun tanlab olinadigan yangi dasturlash tillari imkonyatlarining 
tahlil qilinganlik darajasi;

oʻqitish uchun dasturlash tillari mazmunining toʻgʻri begilab olish; 

dasturlash tillarini oʻqitish uchun uslubiy jihatdan puxta didaktik 
materiallarni ishlab chiqish va ularni bosma yoki elektron shakllarda koʻpaytirish;

ta’lim jaraoniga olib kiriladigan zamonaviy dasturlash til va 
paradigmalarini innovatsion texnologiyalarga asoslangan oʻqitish uslubiyotini 
ishlab chiqish; 

tezkorlik bilan oʻqitish uchun tanlab olingan dasturlash tillari boʻyicha 


20 
oʻqituvchilar malakasini oshirishning tezkor kurslarini tashkil qilish; 

ta’lim jarayonini jadallashtirish va takomillashtish uchun oʻqitishning 
zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni tatbiq etishning samara va 
imkoniyatlarini uslubiy jihatlarini oʻrganish; 

oʻqitish uslubiyotiga ta’lim jarayonini tashkil qilishning dasturiy, 
masofaviy, individual va mustaqil shakllarini ustuvor deb qarab, ulardan 
foydalanish yoʻl-yoʻriqlarini ishlab chiqish. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin