Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


IV BOB. TAJRIBA-SINOV ISHLARINING MAZMUNI, OʻTKAZISH



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

IV BOB. TAJRIBA-SINOV ISHLARINING MAZMUNI, OʻTKAZISH 
SHAKLI VA OLINGAN NATIJALARNING TAHLILI 
4.1-§. Oliy oʻquv yurtlarida tajriba-sinov ishlarini olib borish usullari, 
vazifalari va mazmuni ................................................................................. 192 
§-4.2. Oliy oʻquv yurtlarida oʻtkazilgan tajriba-sinov ishlari 
natijalarining statistik tahlili ........................................................................ 191 
XULOSA 
……………………………………..…………………………. 
205
 
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati
………..…………………………..208 
Ilovalar 
…………………….…………………………………………… 
224
 
 
 



Kirish 
(doktorlik dissertatsiyasi (DSc) annotatsiyasi) 
Dissertatsiya mavzisining dolzarbligi va zarurati. 
Jahonda mavjud 
axborotlar fazosidan oʻzining kasbiy, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy, madaniy, 
shaxsiy va boshqa sohalardagi ehtiyojlari uchun foydali boʻlgan axborotlarni izlash
saralash, saqlash, qayta ishlash va uzatish maqsadlarida foydalanuvchi insonlar soni 
borgan sari ortib bormoqda. Bu jarayonda axborotlarni qayta ishlashga moʻjallangan 
dasturiy vositalar zamonaviy mutaxassis va oddiy foydalanuvchlarning beminnat 
dastyoriga aylanib ulgurganligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy olam mavjud barcha ma’lumotlar hisobiga ulkan axborotlar 
fazosiga aylandi va uning hajmi kishilarning mumkin boʻlgan barcha sohadagi 
hohish-istaklarini qamrab oluvchi yangi axborotlar evaziga uzluksiz ravishda 
kengayib bormoqda. Bu holat axborotlarning eng zamonaviy mutaxassislardan to 
oddiy fuqarolargacha boʻlgan keng qamrovli foydalanuvchilar auditoriyasi oldida 
ushbu fazodan ehtiyojlariga koʻra zarur ma’lumotlarni jamlash, saralash, qayta ishlash 
va uzatish masalalarini tez, qulay, sifatli va tejamkor usullar yordamida hal qilish 
bilan bogʻliq qator muammolarni yuzaga keltiradi. Mazkur muammolarni samarali hal 
qilish uchun tegishli dasturiy vositalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish talab 
qilinadi.
Iqtisodiy, kasbiy va boshqa sohalardagi ma’lumotlarga aholi ehtiyojlarining 
ortishi yangi dasturiy vositalarga va demak, katta sondagi dasturchilarga boʻlgan 
zaruratning shakllanishiga sabab bo’ldi. Odatda, yangi dastur ishlab chiqish jarayoni 
dasturchilarning qaralayotgan masala sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar bilan 
birgalikda ishlashlarini talab qiladi. Bunda yuzaga keladigan koʻplab noqulayliklarni 
bartaraf etish hamda dastur ishlab chiqish jarayonini tez, qulay va tejamkor usullar 
bilan tashkil qilishda boshqa soha mutaxassislarning dasturchilik boʻyicha zarur bilim 
va malakalarga ega boʻlishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Dasturiy vositalarning jamiyat hayotiga chuqur kirib borib, oddiy va itoatkor 
yordamchilikdan 
boshlab, 
to 
mustaqil 
qarorlar 
qabul 
qilish 
asosida 
boshqaruvchilik-kacha boʻlgan vazifalarni bajarish imkoniyatlariga ega boʻlib, 



1-rasm. IT sanoati koʻrsatadigan xizmat turlari. 
yangidan-yangi shakl va mazmunlarda yanada takomillashib, rivojlanib bormoqda. 
Dunyo tarixi XX asrning 50-yillarida boshlangan dasturchilikning bugungi kunda 
qudratli IT-sanoatiga aylanganiga guvohlik qilmoqda. Mazkur sanoat turi 
raqamlashgan jamiyat va iqtisodiyotning barcha segmentlari uchun lokomotiv 
vazifasini oʻtaydi va dasturchi sifatida koʻplab yoshlar uchun kasb va daromad 
manbai hisoblanadi. Buni dunyoning 5 ta IT-gigantlari 2022 yilda 354 mlrd. $ 
daromad qilgani hamda 1,4 million dasturchilarni ish bilan ta’minlanganidan ham 
koʻrish mumkin. Yangi dasturiy vositalarga ehtiyojning ortishi dasturchilikni koʻp 
talab qilinadigan va katta daromadni kafolatlay oladigan zamonaviy faoliyat 
turlaridan biriga aylantirdi. IT-korxonalarning koʻpayishi hamda iqtisodiyotning 
raqamlashuvi dasturchilar taqchilligi muammosini yuzaga keltirdi. Shu sababli, 
barcha horijiy yetakchi oliy oʻquv yurtlari kasbiy faoliyati axborotlarni qayta 
ishlash bilan bogʻliq koʻplab tor soha mutaxassislarini dasturchilik boʻyicha yetarli 
bilim va malakalar bilan ta’minlashdan iborat ustuvor ta’limiy jarayonni yoʻlga 
qoʻydilar va uni predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash tillarini oʻqitish orqali amalga 
oshira boshladilar. Chunki, bu tillar mutaxassislarga oʻz kasbiy amaliyotlarida 
foydalanish uchun yaroqli bo’lgan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishga imkon 
beradi.
XX asrning 50-yillaridan boshlangan dasturchilik oʻtgan qisqa muddat 
ichida jahonda qudratli IT-sanoatiga aylandi. Ayniqsa, pandemiya sharoitida ham, 
dasturchilik bilan bogʻliq faoliyat turi sanoatning koʻplab sohalari kabi toʻxtab 
qolgani yoʻq, balki shiddat bilan rivojlanishda davom etdi. Bugungi kunda IT-
sanoati oʻz foydalanuvchilariga koʻpchilik tomonidan e’tirof etilgan bir qator 



xizmat turlarini taklif qilmoqda (1-rasm).
Raqamlashgan jamiyatda IT-sanoati iqtisodiyotning barcha segmentlari 
faoliyati uchun amalda lokomotiv boʻlib xizmat qilmoqda. Qolaversa, bu sanoat 
millionlab kishilarga hatto, pandemiya sharoitida ham oʻzini-oʻzi cheklaydigan 
holatlarda masofadan turib ishlash imkonini taqdim eta oldi. Dasturiy ta’minot va 
axborot texnologiyalariga moʻljallangan raqamli gigantlar ihtiyoriy biznes hamda 
kompaniyalarga oʻsish va rivojlanishi uchun yordam koʻrsatish orqali oʻz 
iqtisodlarini ham mustahkamlashga erishmoqdalar. Shu bilan birga, IT-sohasining 
muvafaqqiyati 
mijozlarining 
toʻlov 
qobiliyatlari 
hamda 
sanoatning 
kompyuterlashtirish uchun moliyalashtirishga tayyorligiga toʻgʻridan-toʻgʻri 
bogʻliq ekanligini unutmaslik lozim.
Statist olimlar tomonidan dunyo yalpi mahsuloti 2020 yildagi pandemiya 
sharoitida tahminan 4,3% ga qisqargan boʻlsada, IT sanoati ijobiy rivojlanish 
dinamikasini qayd etganligi e’tirof etiladi. Ochiq manbalar 2021 yilda jahon AKT 
bozori 2020 yilga nisbatan 9 % oʻsib, jami 4,24 trln $ ni (jumladan, dasturiy 
ta’minot – 605 mlrd $, IT-xizmatlar – 1,2 trln $) tashkil qilganini koʻrsatmoqda 
[IV.31]. 2023 yil aprel holatiga qayd etilgan ayrim statistik ma’lumotlar ham 
mazkur sanoat turining jahon iqtisodiyotidagi ahamiyatiga ishora qiladi [III.60] (1-
jadval). 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin