O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


Marganesli jinslar va marganesli ma’danlar



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə19/20
tarix15.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#113629
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Litologiya. 3 Sharipov

Marganesli jinslar va marganesli ma’danlar.

Marganesli jinslar va marganesli ma’danlar.

Marganesli jinslarga odatda tarkibida 10% dan ortiq marganes oksidlari bo'lgan, dengizlarda, lagunalarda va quruqlikda (nurash qobiqlari, ko'l ma’danlari) yuzaga keluvchi turli cho'kindi hosilalar kiradi. Marganesli jinslarning tasnifi ularning genezisiga va mineral tarkibiga asoslangan. Ularning orasida genezisi bo'yicha xemobiogen va xemogen turiari va mineral tarkibi bo'yicha esa - oksidli va karbonatli turiari farqlanadi. Marganesli jinslarning asosiy minerallari - marganesning oksidlari va gidrooksidlari - manganit, pirolyuzit, psilomelan, yoki vad, va boshqalar; marganes karbonatlari - manganokalsit, rodoxrozit va b. hisoblanadi (10-jadval). Marganes minerallaridan tashqari, marganesli jinslarning ikkinchi darajali tarkibiy qismi sifatida glaukonit, opal, xalsedon, temir oksidlari va gidrooksidlari, gil minerallari, kalsit, ankerit, siderit va terrigen qo'shimchalar mavjud bo'ladi.


Marganesli jinslar qora rangli boiadi, odatda tuproqsimon, ba’zan konkretsiya, oolit, loviyasimon tuzilishga ega. Karbonatli marganesli jinslar och kul rangli, pushti, mayda va mikrodonali, ko‘pincha yupqa qatlamli tuzilishga ega boiadi. Marganes birikmalari cho‘kindi jinslarda konkretsiyalar, oqmalar va dendritlar sifatida keng tarqalgan, lekin yirik konsentratsiyalari kam uchraydi.

Marganesli ma’danlarning kelib chiqisbi та tarqalishi

Marganesli ma’danlarning kelib chiqisbi та tarqalishi

Cho'kindi jinslardagi marganesli ma’danlar sayoz dengiz qoitiqlarida, dengiz qirg‘og‘i hamda quruqlikda, koi va botqoqliklarda xemogen va bioxemogen yoilar bilan hosil boigan. Birlamchi kristalli jinslar marganes manbai boiib hisoblanadi. U, ehtimol, marganes gidrooksidlarining kolloidlari sifatida, qisman ion shaklida ko'chiriladi. Marganesli birikmalaming cho'kmaga o'tishi kolloidlaming koagulyatsiyasi va bakteriyalar faoliyati orqali amalga oshadi. Marganesli ma’danlarning turiari. Marganesli ma’danlar o'zining texnologik xossalari bilan keskin farq qiluvchi uchta: oksidli, karbonatli va silikatli turga ajratiladi. Bulardan tashqari silikatli va karbonatli jinslarning nurashidan qosil bo'lgan oqsidlangan ma’danlar ham mavjud.


Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin