Xulosa qilib shuni aytish mumkunki karbonatli jinslarga turli ohaktoshlar, bo‘r, ohakli tuflar, dolomitlar va aralash tarkibli jinslar kiradi. Ular qatlamlar, ba’zan yuzlab va minglab metr qalinlikdagi qatlamalar va noto'g'ri shakldagi tanalar, linzalar, konkretsiyalar holida bo'lib, asosan kalsit guruhidagi minerallar yoki ohakli organizmlaming skeletlaridan tuzilgan boiadi. Tuzli jinslarning hosil bo‘lish sharoitlari kimyoviy yo‘l bilan to'yingan tuzli eritmalardan tuz kristallarining cho‘kishi tufayli hosil bo‘lgan tuzli yotqiziqlar evaporitlar deb ataladi. Organik uglerodli kaustobiolitlarga torf, sapropel, yonuvchi slaneslar va ko'mir kiradi. Torf. U turli darajada parchalangan va gelga aylangan o'simlik qoldiqlari to'plamidan iborat. Temirli jinslarning tarkibi, struktorasi va tasnifi temirli jinslarga cho'kindi yo'l bilan hosil bo'lgan temiming turli oksidli, karbonatli va silikatli birikmalari kiradi. Marganesli jinslarga odatda tarkibida 10% dan ortiq marganes oksidlari bo'lgan, dengizlarda, lagunalarda va quruqlikda (nurash qobiqlari, ko'l ma’danlari) yuzaga keluvchi turli cho'kindi hosilalar kiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Foydalanilgan adabiyotlar:
Логвиненко H.B. Петрография осадочных пород. - М.: 1984.