Tuzlarning birlamchi manbai vulqon eksgalyatsiyasi va yer yuzasiga chiqib yotgan tog' jinslari va minerallarining nurashi hisoblanadi. Nurash natijasida hosil boigan chin eritmalar yuza suv oqimlari bilan suv havzalariga keltiriladi. Bu yerda jadal bug'lanish natijasida tuz eritmalarining konsentratsiyasi oshib boradi. To'yingan eritmalardan yuqorida ko'rib chiqilgan tartib asosida tuzlarning cho'kmaga o'tishi amalga oshadi. Shu yo'sinda galit, glauber tuzi, sodalar, bor minerallari va boshqalar cho'kmaga o'tadi. Tuz minerallari yotqiziqlari havza tubining cho'kishi natijasida yangi cho'kindilar bilan qoplanib boradi va asta-sekin cho'kindi hosil bo'lish muhitidan chiqadi va ular tog' jinslariga aylanadi (diagenez). Cho'kindi jinslar tarkibidagi tuzlar yuqori bosim va harorat ta’sirida qayta kristallashadi va kristall donali tuzlar hosil boiadi.

Organik uglerodli kaustobiolitlar.
Organik uglerodli kaustobiolitlar.
Organik uglerodli kaustobiolitlarga torf, sapropel, yonuvchi slaneslar va ko'mir kiradi. Torf. U turli darajada parchalangan va gelga aylangan o'simlik qoldiqlari to'plamidan iborat. Kimyoviy tahlil bo'yicha, torfda vosk, smolalar, yog' kislotalari, uglevodlar, lignin va uning o'zgargan mahsulotlari - gumin kislotalari, seUyuloza va parchalanmagan o'simlik qoldiqlari uchrashi mumkin.