Xloridli ko'llarda sulfatlar guruhidan natriy sulfatining uchramasligi va osh tuzining miqdori keskin yuqori bo'lishi kuzatiladi. Kuchli kislota va kuchli asoslardan hosil bo'lgan tuzlarning erishi yoki cho'kmaga o'tishi, masalan, ishqoriy va ishqoriy-er elementlarining xloridlari va sulfatlari havzaning gidrokimyoviy muhitiga, xususan pH ko'rsatkichiga juda kam ta’sirchan bo'ladi. Ularning erishi yoki cho'kmaga o'tishi eritmadagi konsentratsiyasi bilangina belgilanadi. Ammo kuchsiz kislota va kuchsiz asoslardan hosil bo'lgan tuzlar pH ko'rsatkichiga ta’sirchan bo'ladi. Bu karbonatlar, fosfatlar va silikatlarga taalluqlidir. Masalan, ohaktoshlar kuchsiz ishqoriy, dolomitlar esa kuchli ishqoriy muhitdagina cho'kmaga o'tadi. Bu birikmalaming tuzli yotqiziqlar kesmasida birga uchrashi, xususan birinchilar qatorida cho'kmaga o'tishi tuz hosil qiluvchi sho'r ko'llar arid iqlimli o'lkalarda joylashganligi va buning natijasida nordon muhitni keltirib chiqaruvchi organik' moddalaming bo'lmasligi orqali belgilanadi.' Sho'r ko'llar ishqoriy muhitga egadir.