Hozirgi vaqtda tuzli minerallarning cho'kmaga o‘tish teziigi bo'yicha eng xarakterli sho‘r havzalardan O'lik dengizni va Qorabo‘g‘ozni misol qilib ko'rsatsa bo'ladi. O'lik dengiz dastlab pliosenda Buyuk rift vodiysi bo'ylab cho'zilgan dengiz ko'rfazi bo'lib, pleystosenda asosiy dengiz havzasidan ajraiib qolgan. Pliosendan hozirga qadar to'xtovsiz cho'kayotgan bu rift vodiysida hosil bo'lgan tuz yotqiziqlarining qalinligi 4000 m dan ortiqdir. To'rtlamchi davr maboynida iqlimning davriy o'zgarishi natijasida ko'lning sathi va tuzlar konsentratsiyasi o'zgarib turgan. O'lik dengizning sho'rligiga uni to'yintiruvchi Iordan daryosining tuzli yotqiziqlar orqali oqib o'tishi kuchli ta’sir etadi. Bundan tashqari, rift zonasida joylashgan ko'plab mineral buloqlar ham bu ko'lning tuz rejimiga o'z hissasini qo'shadi. O'lik dengizning xususiyatlaridan yana biri unda brom miqdorining yuqoriligidir.

Kaspiy dengizning sharqiy qirg'og'idagi Qorabo'g'oz ko'rfazi 18000 km2 maydonga ega bo'lib, Kaspiy dengiz bilan kengligi 100-150 m, uzunligi 10 km ga yaqin tor bo'g'oz orqali tutashgan, chuqurligi 3 m atrofida. Kaspiy dengizdan tuzlar konsentratsiyasi va umumiy sho'rligi bo'yicha keskin farq qiladi.