O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti

Yüklə 1,21 Mb.
səhifə7/20
tarix15.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#113629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Litologiya. 3 Sharipov

Karbonatli bosqichda havza suvining sho'rligi 3,5 dan 14% gacha bo'lganda oldin ohaktoshlar va keyinchalik dolomitlar cho'kmaga o'tadi. Dolomitlarning ohaktoshlardan keyinroq cho'kmaga o'tishi ularning suvdagi erish darajasining yuqoriligi va magniy miqdorining kalsiyga nisbatan kamligi bilan belgilanadi. Sulfatli bosqichda havzaning sho'rligi 14 dan 28% gacha bo'lganda gips va angidrit cho'kmaga o'tadi. Xloridli bosqichda havzaning sho'rligi 28% dan oshganda oldin osh tuzi va keyinchalik kaliy-magniy tuzlari cho'kmaga o'ta boshlaydi. Dengiz suvida eng ko'p miqdorda osh tuzi erigan boiadi. Uning miqdori barcha erigan tuzlarning 86% ini tashkil etadi. Shunga qaramasdan u karbonatlardan va sulfadardan keyin cho'kmaga o'tadi. AQShda iste’mol qilinadigan osh tuzining 5% dengiz suvlarining bugiantirilishi yo'li bilan olinadi.

Shu maqsadda San-Frantsisko qo'ltig'ida qurilgan zavodda dengiz suvi zichligi 1,13 g/sm3 gacha bug'latilib, kalsiy karbonat cho'ktiriladi va eritma boshqa moslamaga o'tkazilib, yana bug'latiladi, uning zichligi 1,22 g/sm3 ga yetganda kalsiy sulfati cho'kmaga o'tadi. Eritmaning zichligi 1,26 g/sm3 da undan magniy sulfati cho'ktirilib, navbatdagi moslamada eritma butunlay bug'latilib, osh tuzi cho'kmaga o'tkaziladi. Shu usulda olingan osh tuzining tozaligi 99,6% ni tashkil etadi. Hozirgi mavjud ko'llaming ko'pida, asosan dengiz suvida ikkinchi darajali yoki qo'shimcha tarzda uchraydigan tuzlar va radikallar uchraydi. Ishqoriy ko'llarda natriy karbonati, boshqalarida esa natriy va magniy sulfatlari yoki magniy xlorid miqdori ko'p. Demak, aksariyat sho'r ko'llarda erigan tuzlarning tarkibi dengiz suvinikidan ancha farq qiladi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin