O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti

Yüklə 1,21 Mb.
səhifə3/20
tarix15.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#113629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Litologiya. 3 Sharipov

Karbonatli jinslar kelib chiqishi va mineral tarkibi bo'yicha tasniflanadi. Ular kelib chiqishi bo'yicha bo'lakli, biogen va kimyoviy; mineral tarkibi bo'yicha - kalsitli, dolomitli va aralash tarkibli turlarga bo'linadi. Ko'plab karbonatli jinslarning asosiy massasi deyarli to'laligicha qayta kristallangan bo'ladi. Bunday hollarda ularning hosil bo'lish sharoitlarini aniqlab bo'lmaydi. Aralash tarkibli boshqa karbonatli jinslar tarkibida ohaktoshlar, dolomitlar^ kremniy, ko'mir va terrigen bo'laklar uchraydi Dolomitli oqaktoshlar (dolomit 5-50%), ohakli dolomitlar (dolomit 50-90%), ankeritlashgan ohaktoshlar (ankerit 30-50% gacha), ohakli gil, ba’zan ohaktoshlaming dolomitlashishi (ankeritlashishi) natijasida kelib chiqadi. Kremniyli ohaktoshlarda 50% gacha kremnezyom bo'ladi. Bu jinslar yuqori mustahkamlikka ega. Kremnezyomning miqdori ko'p bo'lsa (50- 90%) ular ohakli silitsitlarga aylanadi.

Karbonatlarning cho'kmaga o'tishi jarayoni mexanizmi quyidagicha; quyi kengliklardagi dengiz va okeanlaming sayoz joylarida hamda quruq issiq iqlimli kontinental suv havzalarida kalsiy karbonat to'yinish darajasigacha yetadi. Monokarbonat CaC03 amalda erimaydigan birikma hisoblanadi. Suvning tarkibida erigan C02 ortiqcha bo'lsa, CaC02 yuqori eruvchanlikka ega bo'lgan kalsiy bikarbonatga [Ca(NC02)] o'tadi. Tabiiy suvlarda quyidagi harakatchan muvozanat hukm suradi:

CaC03 + C02 + H20 q [Ca(HC03)].

Karbonat angidrit (C02) suvdan atmosferaga ajraiib chiqqanda muvozanat suvda erimaydigan monokarbonat hosil bo'lish tomonga siljiydi. Suvda erigan C02 miqdorining kamayishi sababi uning isishi, organizmlar faoliyati (suvo'tlari) va toiqinlanish hisoblanadi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin