Kaspiy dengizning sharqiy qirg'og'idagi Qorabo'g'oz ko'rfazi 18000 km2 maydonga ega bo'lib, Kaspiy dengiz bilan kengligi 100-150 m, uzunligi 10 km ga yaqin tor bo'g'oz orqali tutashgan, chuqurligi 3 m atrofida. Kaspiy dengizdan tuzlar konsentratsiyasi va umumiy sho'rligi bo'yicha keskin farq qiladi.
Hozirgi vaqtda natriy va magniy tuzlari hamda galit, epsomit va astraxanit Qorabo'g'oz ko'rfazining 75% suv qoplagan maydonida cho'kmaga o'tmoqda. 1930-yillargacha bu yerda asosan glauberit cho'kmaga o'tgan bo'lsa, galit birinchi marta 40-yillardan boshlab hosil bo'lmoqda. Yoz oylarida bo'g'ozning shimoliy va sharqiy qismlarida tuzlar konsentratsiyasi eng yuqori bo'lgan galit, epsomit va astraxanit, qish oylarida mirabilit va ozroq epsomit cho'kmaga o'tadi. Mirabilit qish oylarida bo'g'ozning janubiy va g'arbiy qismlarida ham cho'kmaga o'tadi. Quruqlik tekisliklaridagi tuproqlarda hosil bo'luvchi tuzlar tuproqdagi kapillyarlar bo'ylab ko'tariluvchi yuqori darajada minerallashgan grunt suvlarining bug'lanishi natijasida to'planadi. Bunday sho'rxok tuproqlardagi tuzlarning tarkibi turlicha. Bunda asosan xloridlar, sulfatlar, qisman karbonatlar va nitratlar hosil bo'ladi.