Qo’yilgan maqsad va farazlarga asoslangan holda tadqiqotning vazifalari quyidagicha belgilandi: · Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi va didaktik tushunchalarni yoritish
· O’quv - didaktik materiallarning turlarini o’rganish
· O’quv va didaktik materiallarni tayyorlash va foydalanish yo’llarini o’rganish.
1.2. O’quv - didaktik materiallarning turlari. Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi -pedagogikaning bir bo’limi bo’lib, u ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, sosiologiya va mehnat ta’limi bilan uzviy bog’liqdir. Bugungi kunda unga sanoat, ishlab chiqarish va mehnat pedagogikasining maxsus savollari qarashlidir.
Kasb-hunar ta’limi pedagogikasining bo’limlari juda keng.
Bu bo’limlar umumiy kasb-hunar ta’limi pedagogikasining asoslarini va asosiy savollarini, kasb-hunar maktab ta’limi pedagogikasi, mehnat pedagogikasi, kasb-hunar ta’limi qiyosiy pedagogikasi, hunar yo’nalishi didaktikasi, mutaxassislikni qayta tiklash (reabilitasiya), shuningdek uchinchi dunyo mamlakatlaridagi kasb-hunar ta’limining asosiy masalalarini o’z ichiga qamrab olgan.
Bundan tashqari, ular kasb-hunar tarbiyasining ijtimoiy-psixilogik shart-sharoitlarini, kasb-hunar ta’limi nazariyasini, shuningdek, kasb-hunar ta’limi huquqini ham qamrab olgan.
Ingliz tilida so’zlashuvchi mamlakatlarda «Educational Technology» (ta’lim texnologiyasi) deb nomlanuvchi «kasbiy pedagogikasiga» o’xshash fan mavjud, ammo ularning mazmunida hyech qanday bevosita o’xshashlik yo’q. Bu fanda ham shunday mavzular berilgan: masalan, «audio-vizual vositalar», «o’quv jarayoni», «ta’lim metodlari va strategiyasi», «baholash texnikasi» va boshqalar.
«Ta’lim texnologiyasi» - butun o’qitish va o’qish jarayonini ishlab chiqish, amalga oshirish va baholashning sistematik yo’li bo’lib, u maqsadga erishishga yo’naltirilgan holda, insonlarning o’rganish qobiliyati va insonlar o’rtasidagi muloqot to’g’risidagi tadqiqotlar natijasiga va ta’lim jarayonini yanada samarali tashkillashtirish uchun jonli, jonsiz resurslar bilan shug’ullanishga asoslangan."
(Commission of Instructional Technology (Ta’lim texnikasining komissiyasi), AQSh)
«Didaktika" tushunchasi nimani bildiradi? «Didaktika» tushunchasi (grekcha «didaskein») «O’qitish va o’qish nazariyasi» degan ma’noni bildiradi.
Didaktika nazariy dars va instruktaj o’tkazishning maqsadi, mazmuni, metod va shart-sharoitlarini belgilaydi.