Predmet vositalari buning aksi o’larok tasvir va matnlarni yozib olish va saqlash imkonini beradi. Ular doska, flipchart, kodoskop (proyektor) kabilardir.
Ish sohasiga tegishli asl narsalar, ya’ni mahsulotlar, asboblar va boshqalar dars yoki instruktaj paytida didaktik funksiyaga ega bo’lsa, o’quv vositasi sifatida qo’llanilishi mumkin.
Ushbu vositalardan foydalanishda ularni muayyan maqsad, mo’ljallangan guruh, maxsus soha va usullarga mos holda tanlash muhim o’rin tutadi. Va nihoyat amaliyot ukituvchisi o’quv va ko’rgazmali vositalarni ishlata olishni va ulardan maqsadga muvofik va oqilona tarzda foydalanishni bilishi kerak. Texnik vositalardan foydalanayotganda yuzaga keladigan texnik muammolarni hal qila oladigan bo’lishi lozim.
O’quv va didaktik materiallarni ishlatishda albatta ularning mavjudligi katta rol uynaydi. Amaliyot o’qituvchisi, shuningdek, KHTBYu o’qituvchisi o’z maxsus sohasi uchun qanday materiallar, qanday yangiliklar borligiga, shuningdek, qaysi maxsus sohalarda uning o’zi yangiliklar qilishi kerakligi yuzasidan umumiy tushunchaga ega bo’lishi lozim. Ko’pincha o’qituvchilar doska tasvirlari, flipchart tasvirlari va proyektor slaydlari kabi vizual vositalarni o’zlari ishlab chiqadilar.
MehnatvositalariningkattaligivaKo‘rinishlari to‘g‘risida haqiqiy tasavvurni vujudga keltirish:
· uskunalar (stanoklar) · asboblar · asboblar va yordamchi vositalar · metallar (zagotovka) va tayyor maћsulotlar · ...