Tushintirish xati Mazkur ishchi dastuni tayyorlashda fanning na’munaviy o’quv dasturida berilgan fan mazmunini yoritib beruvchi bo’limlardagi mavzular ketma-ketligi ishchi dasturini ishlab chiqishda ayrim bo’limlardagi mavzular o’rnilari o’quvchilarga yanada tushunarli bo’lishini ta’minlashga mo’ljallab almashtirilgan holda ishlab chiqildi. Ba’zi mavzularni fanning malaka talabidan kelib chiqib qo’shildi.
Kirish Dars mashg‘ulotining dasturining pasporti
1.1.Mutaxassis tayyorlashda dasturning o‘rni O’quvchilarda kompyuter grafikasi kasbi doirasida bugungi kundagi zamonaviy axborot kommunikatsion tehnologiyaklari bilan tanishtirish imkonioni beradi
1.2. O‘quv fanining maqsad va vazifalari 1.2.1. O‘quv fanining maqsadi: Zamonaviy axborot texno
logiyalari va tizimlari, axborot texnologiyalari daasturlari bilan tanishuv va ular bilan boshlang’ich ishlash ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan
1.2.2. O‘quv fanining vazifasi: O‘quv jarayonida o‘quvchilarda quyidagilar bo‘yicha ko‘nikma shakllantirishga qaratilgan:
Kompyuter tizimlari to‘g‘risida;
Operatsion tizimlar to‘g‘risida;
Dastur interfeysi to‘g‘risida;
Kompyuter tarmoqlari va standartlar to‘g‘risida tushuncha shakllantirish,
Kompyuterning apparat va dasturiy taminotiga xizmat ko’rsatishni o’rganish .
1.3.Mashg‘ulot natijalari va mazmuniga qo‘yiladigan talablar Kompyuter tarmoqlari bilan ishlash va uni boshqarish, operatsion tizim bilan ishlash, kompyuter tarmoqlari va ularni boshqarish bilan ishlash ko’nikmasiga ega bo’lish
O‘quv fan (modul)ining boshqa fanlar bilan uzviyligi: “Informatika va axborot texnologiyalari” “SHaxsiy kompyuterlar arxitekturasi va ularga texnik xizmat ko’rsatish “
O‘quv fan (modul)i mashg‘ulotining mavzular rejasi va mazmuni (jadval shaklida)