Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning tadqiqod usullari
O'rta asrlarda, jahon mamlakatlarida natural xo'jalik hukm surgan davrda, antik davrda olib borilgan iqtisodiy geografik izlanishlar bir oz sustlashadi. Ma'lumki, Buyuk Geografik kashfiyotlar xalqaro savdo va ilk kapitalistik munosabatlarningrivojlanishiga olib keladi. Bu davrda hududiy mehnat taq- simotining chuqurlashishi va jahon xo'jaligining shakllanishi, o'z navbatida, iqtisodiy geografiya fanining rivojlanishini talab etadi. Mamlakatlar va ularning hududiy birliklari haqidagi iqtisodiy geografik tavsif g'arbiy yevropalik olimlarning asarla- rida o'sha davrlarda juda chuqur talqin etilgan. Ayniqsa, ilk geografik bilimlarning nazariy jihatlari, mamlakatning rivoj- lanishida alohida ahamiyatga ega bo'lgan iqtisodiy-geografik o'rin, yerning ustki tuzilishi, aholining tarkibi, shaharlar, siyosiy tuzum masalalariga qaratilgan
Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining kirib kelishi ishlab chiqarish jarayonini rivojlanishiga olib keladi. Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va uni joylashtirish mamlakat hudud- lari to'g'risida ma'lum bilimlarni va ma'lumotlarni to'plashni talab etadi^Binobarin, ishlab chiqarish korxonalarini samarali va oqilona joylashtirishda hududning xo'jalik jihatdan o'zlash- tirilganlik darajasini, uning tabiiy, demografik, moddiy shart- sharoitlarini va imkoniyatlarini o'rganish ehtiyoji iqtisodiy geografiya fanining geografiya fanidan ajralib chiqishiga va alohida mustaqil fan sifatida rivojlanishiga olib keldivAgar «Tabiiy geografiya» fani geografik qobiqda kechayotgan tabiiy jarayonlarni va hodisalarni o'rgansa, «Iqtisodiy geografiya» fani esa ishlab chiqarishni, xususan, ishlab chiqarish kuchlarini hududiy rivojlanish xususiyatlarini va qonuniyatlarini tadqiq etadi.