O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va inofatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti tabiy fanlar fakultet geografiya ta’lim yo’nalish


Shu davrda iqtisodiy geografiya fanining rivojlanishiga G.M.Krjijanovskiy, I.G.Aleksandrov, Yu.G.Saushkin, N.N.Baranskiylar va qator olimlar katta hissa qo'shadi va ular o'zlarining ilmiy maktablarini



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə5/9
tarix08.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#109447
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning tadqiqod usullari

Shu davrda iqtisodiy geografiya fanining rivojlanishiga G.M.Krjijanovskiy, I.G.Aleksandrov, Yu.G.Saushkin, N.N.Baranskiylar va qator olimlar katta hissa qo'shadi va ular o'zlarining ilmiy maktablarini yaratishadi.

Shu davrda iqtisodiy geografiya fanining rivojlanishiga G.M.Krjijanovskiy, I.G.Aleksandrov, Yu.G.Saushkin, N.N.Baranskiylar va qator olimlar katta hissa qo'shadi va ular o'zlarining ilmiy maktablarini yaratishadi.

Iqtisodiy geografiya fanini O'zbekistonda rivojlanishi XX asrning birinchi yarmiga to'g'ri keladi, 1906-yillarda Turkiston geografiya jamiyati tashkil topadi, iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning tarkibiy qismlari bo'lgan siyosiy va aholi geografiya fanlarining tarmoqlari rivojlanadi. Xalq xo'jaligini sanoatlashtirish, mineral xomashyo, yer-suv resurslarini o'zlashtirish, transport magistrallarini qurish, shahar aholi punktlarini yaratilishi mamlakatning hududiy xususiyatlarini va imkoniyatlarini rivojlantirishni talab etadi va iqtisodiy geografiya fanini O'zbekistonda keng qamrovli rivojlanishiga olib keladi.

O'zbekistonda iqtisodiy geografiya fanini rivojlanishida M.Behbudiy, V.M.Chetirkin, G.M.Cherdansev, K.I.Lapkin, N.G.Sapenko, N.V.Smirnov, Z.M.Akramov, M.K.Qoraxonov, A.S.Soliev va boshqa olimlarning xizmatlari katta bo'lgan.

Fanning tadqiqot obyekti va predmeti

Ma'lumki, har qanday fanning tadqiqot obyekti va pred­meti bo'ladi. Obyekt bu keng va serqirra ma'nodagi voq'ea va hodisa bo'lib, bu obyektni ko'pgina fanlar o'rganishi mumkin. Obyektdan farqli o'laroq, predmet esa shu obyektning bir tomonini yoki ma'lum bir qirrasini o'rganadi. Masalan, aholini, ayni paytda, iqtisodchilar, demograflar, geograflar, sotsiologlar va boshqa soha vakillari ham o'rganadi. Biroq, har bir soha vakili bir-biridan farqli o'laroq, shu obyektning bir tomonini o'rganishadi. Agar iqtisodchilar, aholini ishlab chiqaruvchi kuch va iste'molchi nuqtai nazardan o'rganishsa, demograf yoki aholishunoslar aholini takror barpo etish, tabiiy ko'payishi, migratsion ko'payishi, tug'ilish, o'lim, nikoh va boshqa jarayonlarini, geograflar esa aholining hududiy joylashish qonuniyatlarini va xususiyatlarini o'rganadi.


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin