Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning tadqiqod usullari
O'sha davrlarda iqtisodiy geografiya faniga nemis olimlari A.Gumbold, K.Ritter. I.Tyunen, K.I. Arsenev juda katta hissa qo'shishgan. Iqtisodiy geografiya fanini sobiq Ittifoq davrida rivojlanishiga oldingi asrning 20-yillarida amalga oshirilgan butun mamlakatni elektrlashtirishga qaratilgan dasturni amalga oshirilishi bilan bog'liq bo'lgan. Bu rejaga muvofiq, iqtiso- diyotni ko'tarish nuqtai nazaridan, hududlardagi mahalliy yoqilg'i resurslari asosida yirik elektrostansiyalarni qurish va ularning negizida metallurgiya, mashinasozlik. kimyo sanoati tarmoqlarini shakllantirishga qaratilgan edi. Bu rejaning asosiy maqsadi, mamlakat hududlarida katta ahamiyatga ega bo'lgan og'ir sanoat tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirish bo'lib, buning natijasida, yirik transport magistral yo'llarini tashkil etish ham e'tiborga olingan.
Mazkur rejani amalga oshirish, o'z navbatida, mamlakat hududlarining tabiiy resurslari va sharoitlarini, iqtisodiy geografik o'rnini, aholi va mehnat resurslarini, hududiy ixtisosla- shish va boshqa imkoniyat va sharoitlarni majmuali o'rga- nishni talab etadi. Oqibatda, iqtisodiy geografik tadqiqotlarni olib borish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Iqtisodiy geografik tadqiqotlarning asosiy ilmiy yo'nalishlarida, mamlakat iqtiso- diyotini jadal sur'atlarda rivojlantirish va sanoatlashtirish maq- sadida iqtisodiy rayonlashtirish va yangi hududiy ishlab chiqarish majmualarni tashkil etishning nazariy masalalarini yaratishga katta e'tibor qaratiladi. Ushbu reja asosida, O'zbekiston Respublikasidagi ilk yirik gidroelektrostansiya- larining kaskadi Chirchiq-Bozsu gidroelektroenergiya kaskadi quriladi va Toshkent viloyatida elektroenergetika, metallurgiya va kimyo mashinasozlik korxonalari tashkil topadi.