Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning tadqiqod usullari
Iqtisodiy geografiya fani tabiiy va ijtimoiy fanlar o'rtasida shakllangan fan bo'lib, jamiyat rivojlanishida ro'y berayotgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar, bu fanning obyekti va predmetini o'zgarishiga bevosita ta'sir ko'rsatib keladi. Iqtisodiy geografiya fanining ilk paydo bo'lgan davridan boshlab, fanning obyekti ishlab chiqarish kuchlari bo'lgan bo'lsa, uning predmeti esa ishlab chiqarish kuchlarining shakllanishi, joylashishi va rivojlanishining hududiy jihatlarini tashkil etgan.

Jamiyat rivojlanishi jarayonida iqtisodiy geografiyaning o'rganish obyekti va predmetida ham o'zgarishlar namoyon bo'ladi. Iqtisodiy geografiya fanining nazariy asoslari, jamiyatda sodir bo'layotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa omillar ta'sirida muntazam rivojlanib va takomillashib boradi.
Geografik tadqiqotlar faqatgina iqtisodiy yo'nalishda rivojlanib qolmay, balkim uning ijtimoiylashuvi, ya'ni ijtimoiy tizimlarni aholi, aholiga xizmat ko'rsatish sohalari, aholi manzilgohlari va hokazolarning hududiy joylashishi va rivojlanishi doirasida ham olib boriladi.

Hozirgi davrda iqtisodiy geografiya faninng asosiy obyekti, hududiy ishlab chiqarish va ijtimoiy tizimlar boiib, ularning hududiy joylashishi, shakllanishi, rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari fanning predmetini tashkil etadi.