Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim


Tarjima va naql markazlari



Yüklə 105,95 Kb.
səhifə3/10
tarix28.11.2023
ölçüsü105,95 Kb.
#169593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tarjima va naql harakati hijriy III-asrlarda

1.3. Tarjima va naql markazlari
Tarjima na nakl xarakati faoliyatini o‘rganish uchun islom futuxotlaridan oldin Yaqin Sharqda mavjud bo‘lgan madaniy muxitga nazar solish kerak va shu mintakada islom tafakkuri va madaniyati tarakkiyotida muxim va asosiy rol uynab, tamaddun nurini Yevropaning G‘arbili joylashgan - Ispaniyaning Qurtuba shaxridan to Sharkdagi Bag‘dodga yeygan madaniy markazlarning kadimgi maʼnaviy merosni saklab ko rivojlantirish xamda ularni na bir-biri bilan uzviy boglik bulgan maʼrifat va ilm-fanii uzluksiz kelgusi avlodlarga yetkazishdagi axamiyatiga aloxida eʼtibor qaratish maqsadga muvofikdir. 2
Yakin Shark mintakasini xam kamrab olgan Iskandar Maqduniyning yurishlari natijasida Yunonistonning ellinistik madaniyati nafakat xududlari bosilgan xalqlarga o‘z taʼsirini o‘tkazdi, balki o‘zi xam turli xalklar madaniyatidan tavsirlandi. Shu sabablan dunyoning ushbu burchaklarida ellinistik madaniyat nurini taratuvchi kator markazlarning paydo bo‘lishiga tabiiy holdek karashimiz lozim.
Xususan, arablar o‘zlarining Yangi tamaddunlarini shakllantirishni boshlash arafasida ko‘plab tarjima va nakl markazlarini barpo etishdi. Bu esa boshka xalklar merosini tarjima kilishda asosiy omillardan biri buldi.
Garchi bu markazlar mazkur merosni tarjima kilishda bir- biridan ancha farklansada, lekin ularning xammasi o‘zidan keyin tariximizning baʼzi oraliklarida faollashib, sezilarli iz koldirgani va ko‘plab mashhur tarjimonlar tayyorlagani bilan ajralib turadi.
Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, ushbu markazlar tarjima faoliyatining rivojlanishida assosiy omillardan biri bo‘ldi. Zero ularni tashkillashtirish jarayoni islomdan oldingi davrga tugri kelsada, lekin o‘z oldiga ko‘ygan masalalari va vazifalari keyingi yillarda xayotga tatbik etilib, amalga oshdi.
Kelgusida o‘z xissasini ilm-fan rivojiga qo‘shgan markazlar
kuyidagilardir:
Iskandariya madrasasi
Xarran madrasasi
Antakya madrasasi
Nasiybiinlar madrasasi
Raxa (Edessa) madrasasi
Jindisabur madrasasi (Eron)
Iskandariya madrasasi
Iskandariya madrasasi tarjima va nakl harakatida sezilarli iz koldirgan. Xususan bu madrasa umaviylar davri boshlangandan sung uzining ilm-fan soxasidagi tarjima faoliyati bilan aloxida ajralib turgan. Bu xususda doktor Ibroxim Axmad al-Alaviy kuyidagilarni aytdi: Iskandariya madrasasi va uning olimlari yunonlar merosini arab tilda tarjima kilishda yetakchilardan bulishgan. Umaviylar davrida islom fathi bilan bog‘lik bo‘lgan vokealar Iskandariya olimlari saʼy-harakatlarini safarbar kilishga ko‘mak bergan. Zero Fustatning Misrning yangi poytaxti, deb eʼlon kilinishi Iskandariya nufuzining so‘nishiga olib kelib, barcha olimlarining bu shaharni tark etishga va umaviylar xalifaligining Shomdagi karorgohi tomon ketishga majbur qilgan. Iskandariya kadimgi Yunon va Vizantiya tamaddunining muxim markazlaridan biri bo‘lib, ilmiy tafakkur xarakatining uchogi xisoblangan. Bu shaxar Yunoniston allomalari merosini saklab kolib, baʼzi akademik soxalarda ilgarilab ketgan edi.
Olim Maxmud Ayod so‘zlariga ko‘ra, arab musulmonlari ilmiy uygonishdan oldin umaviylar davridan boshlab Iskandariya madrasasi bilan alokada bulishgan, lekin ular arabiyzabon islom sivilizatsiyasida muhim rol o‘ynamagan va islom davrida Xolid bin Yazid bin Muaviya uchun ximiyaga oid kitoblarni tarjima kilgan fakat Stefan al-Iskandariy va mashhur tibbiyotchi Ibn Abjarning faoliyati taʼkidlanmokda. Shu o‘rinda kayd etish joizki, Ibn Abjar xalifa Umar bin Abdulaziz shoxidligida islomni kabul kilgan va uning shaxsiy tabibi sifatida u bilan Shomga ketgan.
Olim Maxmud Ayodning aytgan so‘zlari kuprok umaviylar davriga emas, balki abbosiylar davriga to‘g‘ri keladi.
Aslida, turli ilmlar, falsafa, tibbiyot va boshka soxalarda ziyo nurini taratuvchi Iskandariya ilmiy doiralari uzok atrofdagi Shark mintakalarida joylashgan turli sohalardagi olimlarni Uziga jalb etardi.
Eʼtirof etish kerakki, Iskandariyadan ko‘plab olimlar chikib, islom sivilizatsiyasiga kuchli taʼsir ko‘rsatishgan. Garchi Iskandariya ilm-fan rivojida o‘zining hissasini kushgan bo‘lsada, lekin umaviylar davridagi 1- xijriy asrida tarjima va nakl xarakatiga o‘z ulushini ko‘shgani yo‘q. Buning asosiy sababi shundaki, ushbu harakat bilan shug‘ullanganlar ular abbosiylar xalifalarining Xarran va Jindisabur madrasalari vakillaridir. Ularning ko‘magida Bani Abbos xalifaliklari tarjima va nakl harakatini faollashtirishga erishishgan. Xususan, Turkiyaning janubiy sharkiy kismida joylashgan Harran shaxri usha davrning birinchi islom markazi deb xisoblanib, unda 300dan ziyod olimlar yashagan.3
O‘z davrida Xarran shaxri Turkiyaning janubiy-sharkiy kismida Shanli Urfa shaxridan 44 km. uzoklikda joylashgan bulib, Ashuriylar va umaviylarning poytaxti bo‘lgan xamda ikki daryo (Tigr va Yefrat) mintakasining muxim tijorat markazi, deb eʼtirof etilgan. Shimoldan janubga qarab yurilsa, miloddan 6000 ming yil burun aholisi zich yashagan Irokning Naynavi shaxriga yetib borish mumkin. Ilk bor arxeologik izlanishlar Xarranda 1950 yilda boshlangan.
Keyinchalik olib borilgan arxeologik kidiruvlar natijasida yerda melodiy XІІ asrda diniy madrasa va oliy taʼlim muassasalari bo‘lgani ayon bo‘lgan.
Xarranda 8 yil davomida olib borilgan arxeologiya kidiruvlari natijasida u 2000 yilda YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilib, insoniyat yashagan eng kadimgi tamaddunlarning biri deb eʼtirof etildi.
O‘z navbatida Xarran shaxri voliysi (xokimi) Jixod Kuch so‘zlariga ko‘ra: Xarranda taʼlim berish miloddan 3000 yil oldin boshlangan. Asosiy darslar matematika, falsafa va iloxiyotdan olib borilgan. Xarranning ilm-fan va taʼlim soxasida yetakchi mavkega ega ekanligini taʼkidlagan Jixod Kuch, "Bu yilgi Faoliyatimiz orkali muxim universitet muassasasi bo‘lgan beshta yirik diniy madrasaning birinchisini kashf etdik", dedi. Uning taʼkidlashicha, dunyodagi birinchi universitet Xarranda joylashgan. Va hozirda universitetning butun vayronalarini ochish uchun astoydil harakat kilinmokda.
Yukorida taʼkidlanganidek, Harran va Jindisaburdan buyuk tarjimonlar va ilm-fanga qiziqish bildirib, tarjima faoliyatini moliyalashtirgan va xomiylik qilganlar ko‘p chikkan. Ayni paytda abbosiylar xalifaligida yetishishgan buyuk tabiblar xam aynan shu ikki shaxardagi madrasalardan chikkan. Shu munosabat bilan Mashxur Misrlik adib, tarixchi, mutafakkir Ahmad Amin (01.10.1886-30.05.1954)ning fikricha, Iskandariya madrasasi Xarran va Jindisabur madrasalari kabi abbosiylar xalifalari bilan alokani bog‘lab turmagan. Sababi ularga uxshab Misr Bag‘doddan yakin bo‘lmagani bo‘lishi mumkin. Shu bois u ikki madrasa kabi tarixda sezilarli iz koldirmagan.
Xususan, ilm-fanlar soxasida Iskandariya madrasasi kuyidagi yo‘nalishlarga aloxida kizikish bildirdi: falsafa, tibbiyot va ximiya. Ikkita oxirgi fan ustuvor sohalardan bo‘lib, umaviylar davrida ilmiy xaraktning eng faollaridan xisoblangan.
Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, Klavdiy Galennig asarlari Iskandariya madrasasida asosiy tibbiy taʼlim metodikasiga kiritilgan edi. Arastuning falsafiy fikrlariga oid asarlari esa, falsafiy metodika asosini tashkil etgan.
Misrlik tabib, matematik, falakshunos, faylasuf Abu al- Xasan bin Ridvan bin Jaʼfar (998-1067)ning aytishicha, Iskandaroniylar kator kitoblar ustida faoliyat yuritishlarini taʼkidladi. Ulardan 20 tibbiyotga oid, 4 Epikratning kitoblari, 16
Klavdiy Galenning kitoblari, Arastuning “Makulot” (Kategoriyalar) va boshka kitoblar.
Musulmonlar yunon falsafasi, tibbiyoti, ximiyasi bo‘yicha ukitish metodiksini kechki Iskandariya madrasasidan o‘rganishgan va ushbu metodikaga uzok muddat davomida rioya kilishgan. Bunga misol tarikasida Aistotelning mantiqqa oid kitoblarini O‘rganganini keltirish mumkin. Shu bilan birga Klavdiy Galenning kitoblari xam musulmonlarga yetib borganda, uni o‘kib o‘rganishgan.
Iskandariya madrasasi orkali musulmonlarda yunon falsafasi merosi bilan tanishish imkoni bo‘ldi. Bu esa, o‘z navbatida, islom guruxlari yetakchilarida, xususan, muʼtazililar iboralarida uchraydigan bulib, koldi.
Shak - shubxasiz, Iskandariya Misrlik va Yunonistonlik alomalarga to‘lib ketib, Shark va G‘arb o‘rtasida boglovchi vazifasini o‘tashni boshladi.
Ayni paytda Iskandariyada Yevklid (270-330) ham handasadan ukituvchi bulib ishlar edi. Uning obrusi Iskandariyadagi madrasani matematika uyiga aylantirishga yordam berdi. 4
Iskandariyada xam mexanika soxasida eng buyuk olim Arximed (м.0.212-287) o‘zining yoshlik yillarini o‘tkazgan. Ko‘plab arablar uning tajribasi foydalanishgan, vaishlaridan vokif bulib, Iskandariyada ayni paytda geograf va falakshunoslarning yetakchisi, kalendar ilmining asoschisi, Yerning aylanasi va diametrining o‘lchovini topgan Yeratostenis (Eratosthenes of Cyrene) (eramizdan avval 194 yilda vafot etgan) ismli olim yashagan. Uning ishlarining natijalari xalifa al-Maʼmun davrida tajribadan o‘tkazilgan edi.
Shu bilan birga Iskandariya va Afinada matematik, mexanik, optik, musika nazariyotchisi, geograf. Yer kurrasini dunyoning kok markazi deb xisoblagan, kadimgi falakshunoslikka oid o‘zining karatgan Klavdiy Ptolomey (127-151 yy.) xam falakshunoslik soxasida kuzatuv ishlarini olib borgan. O‘z navbatida arablar xam uning bu asari bilan tanishib, muallif fikrlariga baʼzi muloxazalarini kiritishgan.
Arablarning Misrni fatx etganlaridan keyin Iskandariyada sodir bo‘lgan ushbu madaniy uygonish boshka madrasa – Antakyaga (1939 yil 23 iyulda Antakyada ilgarigi Antioxiya Antiochia lot. Turklar tuzumi o‘rnatildi va Turkiya Respublikasining 67-viloyati sifatida eʼlon kilindi) xam taʼsir kilgan. Keyingi boskichda navbatdagi uygonish Harron madrasasiga o‘z taʼsirini o‘tkazdi. Shu bois Iskandariyadagi uygonish islomdan oldin va undan keyingi davrlarda xam axamiyatli bo‘lgan. Birinchi boskichi umaviylar davrida faol boshlanib, keyingi abbosiylar davrida uning surʼati sustrok davom etdi. Sababi boshka yangi Jindisabur va Xarran Madrasalarining ochilishidir. Lekin ushbu madrasalarning baʼzi birlari, xususan, Antakya va Xarran Iskandariya madrasasining ijobiy taʼsiri ostida bo‘lishgan. Shu o‘rinda doktor Abdulmunim Majidning (1921-1999) Iskandariya madrasasining arablar tamadduni tarixidagi axamiyati xakida gapirar ekan, kuyidagi fikrini keltirish Urinlidir: Arablar bilgan YUNON sivilizatsiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yunonistondan kelmagan. Uning uchogi arablar fath etgan Misrda bo‘lgan. Zero Iskandariya Afina va O‘rta yer dengizi mamlakatlari, shu jumladan Vizantiyaning merosxuri bo‘lgan.
Arablar Iskandariya madrasasi orkali mashhur yunon ulamolari bilan tanishib, ularning ahamiyatga molik asarlarini mutolaa kilish imkoniga ega bo‘lishgan. Bu esa ularning yangi ilmiy uyg‘onishiga asos solgan. Xususan, ular Galenning tabobat, Yevklidning handasa, Aristotelning falsafa, Ptolameyning Falakshunoslik soxalaridagi asarlarini tarjima kildilar. o‘rgandilar, mukammallashtirdilar, baʼzilarining xatolarini to‘g‘riladilar va shu tarika ular bilan yaqindan tanishdilar. Xulosa kilib aytish joizki, Iskandariya madrasasi va shu davrdagi tarjima va nakl faoliyati katta axamiyat kasb etgan.
Antakya madrasasi- Antakya shaxri Suriya tarixida eng muxim shaharlardan biri xisoblanib, islom futuxotlaridan oldin (VII asrda) u mamlakatning poytaxti xam bo‘lgan.
Iskandariya madrasasidagi ilm-maʼrifatga bo‘lgan intilish muxiti Antakiya madrasasida xam o‘z aksini topdi.
Antakya shaxri tugrisida Livan tarixchisi Filip Xittiy(1886-1978)ning yozishicha, (Islomdan oldin va keyin yashagan arab xalklari sivilizatsiyasi tarixi, usmoniylar hukmronligi davrida undan keyin, ularning xozirgi tamadduni tugrisida yozgan "Arablarning uzun tarixi" 1937 yilda 1 jilddan iborat, ingliz tilida chop etilgan. 1950 yillarda arab tilida nashr etilgan va kator xorijiy tillarga tarjima kilingan. Kitob arab xalklari madaniyatini o‘rganishda muhim qo‘llanmadir). Selevek 1 Nikator Iskandar Makduniyning diadoxi (ko‘mondon) bo‘lgan va miloddan oldin (312-380yy.) yunon nafaqaxo‘r va safga ko‘shilayotgan yangi askarlar hamda davlat xizmatchilari, tojirlar, xunarmandlar uchun shaxarlar kurgan. kampuslar o‘tishi bilan rivojlanib va kengayib, tili, falsafasi i ilmlari bilan yunon tamaddunini aks ettirar va shu diyor markazlariga aylanar edi. Ularning ko‘zga ko‘ringanlaridan biri- bu Suriya qirolligining Al-Asi daryosi kesib o‘tadigan poytaxt Antakyadir. 5
Etiborli tomoni shundaki, Iskandariya madrasasida mavjud bo‘lgan taʼlim metodikasi va dasturi Antakya madrasasiga kullanilib, yunon ilm-fanlari ukuv metodikasi dasturining asosiy kismini egallagan. Garchi bu shahar yunon madaniy-ilmiy markazni o‘zida mujassam etgan bo‘lsada, lekin u sungi asrlarda arablar fatx etmagunga kadar (xijriy 17 yil /milodiy 238yil ) ko‘plab vokelarni o‘z boshidan kechirdi. Vizantiya va Arab imperiyalari o‘rtasida joylashgani uchun uni forslarning boskinchilik urushlari xarobaga aylantirdi. Islom davrida esa u doimiy nizolar tagida kolib ketgan edi. Shunga qaramasdan, bu shahar Kichik Osiyodan yunon qo‘lyozmalarini keltirish uchun kulay joy bo‘lgani va urush tinchigan paytda savdo almashinuvi harakati doimo faol kechgani uchun o‘ziga atrofda yashaydigan aholilarni jalb qilar edi. Yangi madarasaning asosiy eʼtibori yunon tilidan suryoniy tiliga tarjima kilishga karatilgan edi. Lekin ko‘p o‘tmasdan taʼlim kengashi Antakyadan yunon madaniyat xududida joylashgan va axolisi aramey tilida gaplashgan Xarranga ko‘chib o‘tgan. Bu joy savdo almashuvi va madaniy aloqalar o‘rnatish uchun xam axamiyatga molik edi.
Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, madaniyat markazlari o‘zi uchun kulay fursat va imkonyatlar bo‘lsa, paydo bo‘lgan, rivojlangan va kengayib borib, boshka markazlardan allomalarni jalb kilish orkali tobora faollashgan. Suriyaning Antakya va Misrning Iskandariya madrasalari eng yirik ellinistik ruxni o‘zida saklab singdirgan shaxarlardan bo‘lib, yunon tafakkurini keng mikyosda tarkatgan madaniyat uchoglari edi.
Iskandariya madrasasi taʼlimoti Antakyada yangi tamaddun rivojiga turtki berdi. Ayni paytda Antakya turli yunon asarlarini kidirib yurgan arablar uchun barcha sharoitlarni yaratib, ularning saʼy-xarakatlarini ijobat etib, maqsadlarini ro‘yobga oshirgan. Xarran madrasasi Xarran shaxri Turkiya janubidagi Suriya chegarasi yakinida joylashgandir. O‘z davrida umaviylar xalifaligining poytaxti bulgan. Iskandar Makduniydan kolgan yunonliklar va uning vorislari salavkiylar (Iskandar Makduniydan keyin paydo bo‘lgan Salavkiylar davlati vakillari. Yakin va O‘rta sharkdagi yirik davlat mil.av.312-64. Asoschisi Salavk І. Poytaxtlari Dajla daryosi buyidagi Salavkiya - 300 300y.dan Oront daryosi bo‘yidagi Antioxiya-Antakya shaxri bo‘lgan. Davlatning nomi xukmronlik kilgan sulola nomidan olingan.) va mahalliy aramiylar yashagan. Islomdan Oldingi davrda shaxarda asosan Harran shahri ushbu mintakada yunon tamaddunining muxim markazlaridan biri bo‘lib, o‘zaro savdo ayirboshlash va madaniy alokalar o‘rnatish uchun kulay makon bo‘lgan. Bu esa uning azaliy axamiyatga molikligidan dalolat beradi. Shu bois umaviylar xalifalarining sungisi Mirvan-ІІ Uzining xalifalik karorgohini aynan shu shaharga ko‘chirgan. Shahar aholisi, asosan, suryoniy tilda so‘zlashib, butparast bo‘lishgan. Sayyoralargasiginishib, doim osmonni kuzatishar va astronomik tadkikotlar olib borib, soxaning ustasi bo‘lishgan. Shu bois madrasaning asosiy o‘qitiladigan fanlaridan biri falakshunoslik bo‘lgan.
Harran islom tamadduni tarixida muxim shahar bo‘lgan. Zero undan turli soxalarning mashhur olimlari yetishib chikkan xamda xijriy yilining Sh-ІѴ - milodiy yilining IX-X asrlarida esa tibbiyot, matematika, falakshunoslik, mexanika, fizika, geografiya, musika nazariyasi, tarix, falsafa, adabiyot, veterenariya soxalarida hamda tarjima yo‘nalishi bo‘yicha xam faoliyat yuritgan Abul-Xasan Sabit bin Kurra al- Xarraniy va uning o‘g‘ilari Sanan va al- Batani katta shuxratga ega bo‘lishgan. Xususan, xozirda Sabit bin Kurra al - Harraniyning mexanika, fizika, falakshunoslik, geografiya, musika nazariyasi va falsafaga oid 44 risolasi borligi maʼlum. Shu bilan birga uning tibbiyot va veterinariya soxalariga oid 17 risolasi mavjuddir. Sabit bin Kurra al - Harraniy yunon tilidan arab tiliga Arximed, Apolloniy, Yevklid, Ptolemey va boshka mualliflar asarlarini tarjima qilgan.
Aytish joizki, shu tarika, ellinizm davriga oid ilmlar o‘zining uchinchi vatanini Xarranda topishdi. Bu yerda matematika va falakshunoslik katta kizikish bilan o‘rganildi. Boshqa fanlar xam arablar zaminiga turli tadkikotchisini topdi.
Ammo suryoniy tilida so‘zlashuvchi shahar aholisi xijriy yilining IV asrigacha butparastlik eʼtiqodini YUNON va madaniyatini islom kirib kelgandan keyin xam saqlab qoldi.
Xalifa al-Maʼmun davrida ularni al-Sabiiyn (yulduzlarga siginuvchilar), deb atashardi. Ularning ko‘pchiligi tarjima faoliyati bilan shug‘ullanishni boshlashgan edi. 6
Xarran shahridagi sabiiynlar ikki kismga bo‘linishgan: Alloxga iymon keltirganlar va mushrik yoki butparast sabiiynlar. Ularning baʼzilari sayyoralarni va burjlarni ulug‘lashsa, baʼzilari esa Ramazon oyida ro‘za tutadi va Kaabaga karab namoz o‘kiydi, Makkai mukarramani ulug‘lashadi va Haj manosiklarini ado etishga intilishadi.
Suriya Arab Podoshoxligi yillarida Damashkda Arab tili akademiyasiga asos solgan (1919y.) va unga raislik kilgan professor Muhammad Kurd Aliy(1876-1953)ning taʼkidlashicha: "Xarran shaxri islom tamadduni rivojiga katta xissa qo‘shgan yangi madaniy va maʼrifiy o‘chok vazifasini o‘tadi. Buni biz bu shaxardan yetishib chikkan kator tarjimonlar misolida ko‘rishimiz mumkin. Ular yunon olimlarining ko‘plab merosini yukori saviyada va sifatli tarjima qilishga muvaffaq bo‘ldilar. Shu bois arab olimlari o‘zlarining ilmiy uyg‘onishlarida aynan shu shaxar tarjimonlariga suyanib kolishdi".
Shu o‘rinda yana bir olim professor Xudabaxshning aytishicha: "Xarran axolisi Suriya xalki orasida o‘z eʼtikodini saklab kolgan yagona shaxar bo‘ldi. "Ular yunon madaniyati va tamadduni to‘g‘risida arablarga maʼlumot bergan asosiy manba bo‘lish bilan birga boshkalardan arab tili soxasida, xususan, tarjimalarining tugriligi va anikligi bilan ustun kelishdi".


Yüklə 105,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin