Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim


Abu Yaʼkub Isxak ibn Hunayn ibn Isxak (xijriy 215-298iy. /milodiy 830-910yy)



Yüklə 105,95 Kb.
səhifə7/10
tarix28.11.2023
ölçüsü105,95 Kb.
#169593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tarjima va naql harakati hijriy III-asrlarda

3.1. Abu Yaʼkub Isxak ibn Hunayn ibn Isxak (xijriy 215-298iy. /milodiy 830-910yy)
Abu Yaʼkub Isxak ibn Hunayn ibn Isxaq al-Abadiy otasi Xunayn ibn Isxak al-Abadiy madrasasida yetishgan mashhur tarjimonlardan biridir. Uning tarjimalari aniklik va sifat jihatidan boshkalarnikidan aloxida ajralib turadi. Shu bois uning tarjimalaridan foydalangan va unga tarjimalarni kildirgan manbalarning taʼkidlashicha, Isxaq otasi Xunayn martabasigacha ko‘tarilishga sazovordir. Ayni paytda Abu Yaʼkub Isxak ibn Xunayn ibn Isxak al-Abadiy nafakat otasi bilgan tillarni o‘zlashtirgan, balki undan xam uzib, aksariyat arab tilidagi kadimgi tamaddunlar merosining tarjimalarini mutolaa etish bilan birga, ularning matnlarini xotirasida saklab kolgan va o‘zining faoliyatiga aloxida axamiyat kasb etgan. Bu xususda Ibn al-Nadim kuyidagilarni yozib koldirgan:
"Abu Yaʼkub Isxak ibn Xunayn yunon va suryoniy tillaridan o‘ta savodli tarjima qilardi. Arab tilini otasidan ham yaxshi bilardi.
Otasi xizmat kilgan xalifa va boshka kasr raxbarlariga xizmat kilgan. Ibn Abi Usaybianing aytishicha, "Isxak otasidek tilshunos bulib yetishdi. Tarjima etishda otasidan kolmas edi. Uning tili na nutki juda jozibalilik va ravonlik bilan ajralib turardi."
Abu Yaʼkub Isxak ibn Hunayn asosiy eʼtiborini boshka ilmlarga karaganda yunon tilidagi tibbiyotga va falsafaga oid kitoblarni arab tiliga tarjima qilishga qaratar edi. Shu jihati bilan u otasidan farklanardi.
Ibn Abi Usaybiʼaning taʼkidlashicha, "Abu Yaʼkub Isxak ibn Xunayn arab tiliga Aristotel asarlari, hikmatlari va sharxlarini tibbiyotga oid kitoblarga nisbatan ko‘proq tarjima qilgan" .
"Abu Yaʼkub Isxak ibn Xunayn Aristotelning asarlarini tarjima qilishga aloxida qiziqish bildirar edi. Bu tarjima matnlarini ukigan kishi ularning tili nechog‘lik ravon va oliy darajada dikkat bilan kilinganiga qanoat xosil kilardi. Eng muximi, tarjimonning Aristotel asarlarini to‘la tushunganining shoxidi bo‘lasiz. Bu esa keyingi davrda Faoliyat yuritgan barcha faylasuflar Va tarjimonlarning asarlar matnlariga to‘la ishonch bilan qarashlariga asos bo‘lgan"
Shu o‘rinda yuqorida zikr etilgan Abu Yaʼkub Isxak ibn Hunayn tarjima qilgan asarlarni eslab o‘tamiz.
Mantikka oid Aristotelning kitoblari orasida boshka tarjimonlarga nisbatan u tarjima kilgan asarlar aksariyatini tashkil etadi:
-"Kategoriyalar kitobi" (al-Makulot). Isxak ibn Hunayn ushbu kitobga tafsirini bag‘ishlagan. - "Talqin haqida kitob" (* Al-Ibora kitobi). Isxak ibn
Xunayn ushbu kitobni avval suryoniy so‘ng arab tiliga tarjima qilgan.
-"Birinchi tahlillar kitobi (sillogizmu" (os Isxak ibn Xunayn ushbu kitobni suryoniy tiliga o‘girgan. 10
- "Ikkichi taxlillar kitobi (Isbot) (sulloh tutall doubl Isxak ibn Xunayn ushbu kitobni suryoniy tiliga tarjima kilgan. "Dialektika kitobi" (
- "Xitoba kitobi). Isxak ibn Xunayn ushbu kitobni arab tiliga tarjima kilgan.
"Koinot va zavol) Isxak ibn Xunayn ushbu kitobni arab tiliga tarjima kilgan. "Psixologiya kitobi"). Isxak ibi Xunayn kitobni suryoniy tiliga tarjima qilgandan keyin Isxak uni arab tiliga tarjima qilgan.
"Axlok kitobi" (35). Isxak ibn Xunayn kitobni kaysi tilga tarjima qilganini aytmagan. - "Iloxiyot kitobi). Isxak ibn Xunayn kitobni kaysi tilga tarjima kilganini aytmagan. Baʼzi manbalarning taʼkidlashicha, Isxak ibn Xunayn doim xam sifat va mahorat jixatidan bir xil tarjima qilmagan. "Bu xolatni nafakat tarjima kilingan turli asarlar matnida, balki bitta asarda xam kurish mumkin. Baʼzi matnlar ustida ijod qilingani yakkol ko‘rinsa, boshqalari esa yana aniklik kiritishni talab etadi. Albatta, bir necha yil davomida tarjima faoliyati bilan shug‘ullangan mutaxassis ilk bor bir tildan ikkinchi tilga o‘girishni boshlagan mutaxassisga nisbatan moxirlik bilan tarjima qiladi. Buni Isxak ibn Xunayn va boshqa tarjimonlar ham o‘z boshlaridan kechirishgan, yozadi "Hijriy III - IV asrlarda islom mashrikida tarjima xarakati kitobi muallifi doktor Rashid Hamid Hasan al-Jumayliy.
Shu bois abbosiylar davrida tarjima matnlarini tuzatish va taxrirlash harakatining vujudga kelishi tabiiy xol sifatida kabul kilindi. Xususan, xalifa al-Rashid hukmronlik kilgan paytda xalifa al-Mansur zamonida tarjima qilingan baʼzi kitoblar matnlari tuzatilib, taxrir kilindi.
Xalifa al-Maʼmun davrida xam xalifa al-Rashid zamonida tarjima qilingan baʼzi kitoblar qayta tarjima qilindi... Shu xususda yukorida zikr etilgan ibn al-Kiftiy nomi bilan mashhur bo‘lgan Misrning janubida joylashgan Kift shahrida tavallud topgan arab tarixchisi va tabibi Jamoluddin Abu al-Hasan Ali ibn Yusuf al- Kifti(xijriy 568-646iy./milodiy 1172-1248.) Isxak ibn Xunaynning tarjimalaridan biri to‘g‘risida aytgan so‘zlarini keltiramiz:
"Aristotelning "Psixologiya kitobini Xunayn boshidan oxirigacha suryoniy tiliga tarjima qilgan 2. Biroz vakt o‘tgandan so‘ng u asarni kayta tarjima qilgan. Albatta, garchi ikkala matnni xam bitta tarjimon kilgan bo‘lsada, lekin ikkinchi matn oldingi matnga nisbatan sifatlirok va afzalrok bo‘lgan. Har qanday kitob matnining birinchi tarjimasi yaxshi bo‘lsa, uning ikkinchi tarjimasi undan yaxshi bo‘lishi mukarrar. Bu xolat Isxak ibn Xunaynning Abbosiylar davrida amalga oshirgan tarjimalariga xam xosdir. Ayni paytda Isxak ibi Xunayn nafakat tarjima na nakl Xarakatining iqtidorli stakchisi bo‘lgan, balki tibbiyot soxasida xam faoliyat yuritgan. Manbalarning taʼkidlashicha, uning bu boradagi ilmi va maxorati o‘z davrining shu soxadagi yagona mutaxassisi sifatida eʼtirof etilishidir. Xususan, Ibn Xallikonning yozishicha: "Mashhur tabib Isxak ibn Xunayn al-Abadiy o‘z davrining tibbiyot ilmi soxasida yagona mutaxassisi edi. 2 " Ayni paytda u sheʼr yozish sanʼatida xam faoliyat yuritar edi va turli tadbirlar munosabati bilan ko‘plab sheʼriy baytlarni bitgan. 11
Umrining so‘nggi kunlarida Isxak ibn Hunayn al-Abadiy xalifa - Muʼtadilning vaziri Al-Kosim ibn Ubaydulloxga sidkidildan xizmat kilib, uni barcha sir-asrorlaridan vokif kildi. Umrining oxirila serkirra faoliyat egasi falaj kasaliga yo‘liqib, xijriy 289 yili rabiy al-avval oyida vafot etdi. Isxak ibn Xunayn al-Abadiy o‘zining sifatli tarjimalari bilan bu soxaga katta xizmat kilib, uning rivojlanishiga va faollashuviga bilan uz kumak berdi. Shu bilan birga u o‘zining ko‘plab asarlari kiritdi va arab xalki davrining baʼzi ilm-faniga yangiliklar Merosiga o‘z ulushini qo‘shdi. Shu bois Isxak ibn Xunayn xijriy III - asrda (milodiy IX-asrda) tarjima harakatining rivojlanishida chukur iz koldirgan o‘z otasining madrasasida yukori martabaga erishdi. Shu bilan birga u va ammasining o‘g‘li Hubaysh ibn al-Hasan al-Aʼsam ushbu madrasaning asosiy tarjimonlari sifatida dong taratdilar. Agar ularga yana madrasani taʼsis etgan va uning eng mashxur tarjimoni bulgan Xunayn ibn Isxakni kushsa, ushbu asrning tarjima xarakatida nafakat eng buyuk tarjimonlar uchligi tashkil topadi, balki islom madaniyati uygonishiga benazir hissa qo‘shgan va kelgusi avlodlar uchun kimmatli meros qoldirgan shaxslar sifatida ota-bola va Xubaysh ibn al-Hasan al-Asam tarix saxifalarida muxrlanib kolganlari tabiiydir.
"Xulosa qilib aytish joizki, buyuk tarjimon, tabib, munajjim, shoir, asarlar muallifi Isxak ibn Xunaynning ilm-fan, xususan, tarjima faoliyatidagi xizmatlarini namoyon etish biz uchun xam farz xam karzdir. Zero, biz uning maqtovga sazovor tarjimalari, tadkikotlari va izlanishlari borasidagi saʼy-harakatlarining bir zarrachasini aks ettirdik xalos. Shu bois biz Isxak ibn Xunayn oldida amalga oshirgan ishlarini yana-da chuqurroq o‘rganish borasida xamon karzdormiz", deb yakunlaydi "Hijriy Sh IV asrlarda islom mashrikida tarjima xarakati" kitobi muallifi doktor Rashid Hamid Xasan al-Jumayliy.

Yüklə 105,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin