Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim


Milodiy III-IV asrlarda tarjima faoliyati



Yüklə 105,95 Kb.
səhifə5/10
tarix28.11.2023
ölçüsü105,95 Kb.
#169593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tarjima va naql harakati hijriy III-asrlarda

2.2. Milodiy III-IV asrlarda tarjima faoliyati
Tarjima va nakl harakati xijriy III-IV asrlarda Islom tamadduni tarixi buyicha tadkikot qilayotgan xar bir mutaxassisga tarjima va nakl xarakati barcha davrlarda nechog‘lik benazir axamiyatga ega bo‘lgani maʼlum. Zero bu soxadagi faoliyat turli davrlarda sivilizatsiyamizni yana-da rivojlantirishga ko‘mak bergan. Ushbu mavzuni tadkik etish maksadlaridan biri bu, umuman, sivilizatsiyamiz va madaniyatimizni o‘rganish, xususan esa, arab-islom tamadduni asoslari va istikboldagi tarakkiyoti bilan tanishishdir. Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, tarjima xarakati islom tamadduni tarixini va bu tamaddun bilan chambarchas boglikligini tushunishga olib boruvchi asosiy yuldir.
Keyingi mavzularimiz tarjima faoliyati doirasida xijriy –Ѵ asrlarda amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlanadi.
Hijriy 1-asr tarjima tarixida burilish nuktasi deb eʼtirof etilgan. Zero aynan shu asr jarayonida ushbu yo‘nalishdagi faoliyat barcha ilmiy yunalishlarni kamrab olib, keng mikyosda tarkaldi va tez surʼatlar bilan rivojlandi.
Shu bois amalga oshirilgan tub o‘zgarishlar natijasida bu asr tarjima asri deb ataldi. Shu xususda professor Arnold Ser Tomas (Arnold Sir Thomas) kuyidagi fikrini aytgan: "Milodiy ІX-asr (xijriy -asr) tarjima xarakatida eng faol va buyuk asrlardan biri bo‘ldi. Tarjimonlarning asosiylari yunon. sureniy, fors va arab tilarini egallagan edi. Ularning aksariyatini matnlarni, birinchi darajala, suryoniy tiliga tarjima kilgan masixiy nasaturiylar (nestoriane-rus tilida) tashkil kilgan edi".8
The Legacy of Islam, Oxford. 1931.r.316. Lekin ularning asosiylari yunon tilidan suryoniy tiliga va sureniy tilidan arab tiliga tarjima kilardilar. Sureniy tiliga tarjima kilinishining asosiy sababi bu nasroniy o‘kuvchilar va tanish-bilishlar talabiga binoan amalga oshirilgan. Arab tiliga kilingan tarjimalar esa xalifalar, vazirlar va baʼzi arab oilalarining ko‘zga ko‘ringan shaxslari xamda madaniyatga o‘zlarining samimiy munosabatlari bilan shuxrat kozongan vatanparvarlar uchun muljallangan edi.
Ushbu asrda xalifa al-Maʼmun abbosiylar sulolasida tarjima xarakatiga eng katta eʼtibor bergan xukmdorlardan xisoblanadi. Shu bois bu bo‘limda asosiy suxbatimiz xalifa al-Maʼmun davri(xijriy 108-218yy. Va milodiy 813-833 yy.)dagi tarjima xarakatiga bag‘ishlangan bo‘ladi. So‘ng tarjima xarakatiga nisbiy kizikish bildirgan Abu-al-Fadl Jaʼfar al-Mutavakkil Ali Allox xakida suz yuritamiz. Shu bilan birga tarjima Xarakatiga axamiyatsiz mulohazalardan boshka biror bir kizikish bildirmagan umrlari yosh xalifalar Abu Axmad Abdullox al-Muʼtasim Billox (xijriy 218- 227iy. - milodiy 833-842 yy.) va Horun al-Vasik Billox (xijriy 227- 232iy.- milodiy 842-847yy.) xam o‘sha davrning shohidlari bo‘lishgan.
Usha asr davridagi tarjima to‘grisida Buyuk Britaniya sharkshunosi, arablar va kiptiylar tarixi bo‘yicha kator kitoblar muallifi professor de Lasi oleri (De Lacy ‘Lery 1872-1957) kuyidagilarni yozgan: "Xalifa al-Maʼmun va undan keyin taxtga kelganlarning xukmronligi davrida tarjima faoliyati Bagdodda ochilgan yangi madrasada olib borilgan. Arab tilida so‘zlashuvchi talabalar uchun falsafiy va ilmiy suxbat kurishga zarur moddalar tayyorlash borasida jiddiy choralar ko‘rilgan".
Ayon bulganidek Bag‘doddagi "Bayt al-hikma"ning ochilishi tarjima maksadlarini amalga oshirish borisidagi muxim kalamlardan biri bulgan.
Ushbu oltin davrda islom davlati boylik, suverenitet, shon- shuxrat cho‘kkisiga erishib, xorijiy mamlakatlarda ilm-fan soxalarida kulga kiritilgan yutuklar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni arab tiliga tarjima kilgan. U paytda Bag‘dod Lyudovik XIV de Burbon davridagi Parijga o‘xshardi. Yevropa esa zulmat va jaholatni boshidan kechirayotgan edi. Hattoki Yevropa tarixchilarining o‘zi xam o‘sha davrni "korongu asrlar", deb atashardi.
"Abbosiylarning 1-asri ekin ekish asri bo‘lgan. II-asri esa - xosil yigish payti buldi. Shu bois eʼtirof etish kerakki, abbosiylarning 1- asrida turli ilmlar va falsafaga oid tarjimalar ustida ishlaganlarning aksariyati boshka dinlarga eʼtikod kilgan ilm ahli va aliblardan iborat bo‘lgan. Tarjima qilingandan sung musulmonlar ishga kirishishgan. Ularning yetakchilaridan biri Yaʼkub bin Isxak al- Kindiy bulgan".
Baʼzi tadkikotchilar, bilib yoki bilmasdan ushbu asr jarayonida erishilgan yutuklarda mashxur arab tarjimonlari va faylasuflari xissasi yukligini taʼkidlagan. Xususan rus sharkshunos olimi professor Aleksandr Vasilyevning so‘zlariga ko‘ra:
"Milodiy ІX - asr (xijriy III-asr) arab adabiyoti va ilmi tarixida eng yorkin asrlardan biri bulgan. Lekin shu bilan birgalikda bazi dalillarning taʼkidlashicha, bu jarayonda arablarning roli zaif bo‘lib, ular asosan chet elliklarga suyanishgan".
Mening nazarimda bu so‘zlar xakikatga to‘g‘ri kelmaydi. Buni o‘sha asrning tarixiy faktlari xam inkor etadi. Maʼlumki, xijriy asrda barcha ilmlar sohalarida arab olimlarining kator tabakalari vujudga kelgan. Shu bilan birga buyuk tarjimonlar faoliyat olib borgan. Ulardan biri tarjima harakati tarixida mashxur bo‘lgan Xunayn bin Isxok al-Ibadiydir (hijriy 194-260yy milodiy 809- 873iy). U nafakat oliy darajadagi tarjimon bo‘lgan, balki o‘z davrining xalifalari va boshqalarga ham yordam ko‘rsatgan tabibdir. Ayni paytda ushbu asrda eng mashxur arab faylasufi, 260 dan ziyod kitob va risola muallifi Al-Kindiy xam yashab, ijod kilgan. U uz davrining 4 eng mashhur tarjimonlardan biri edi.
Shu asrda, shuningdek, buyuk adib va yozuvchi Joxiz xam yashab, ijod etgan (xijriy 255 va milodiy 868 yilda vafot etgan). Ular kabi o‘z davrida sezilarli iz koldirgan ko‘plab yirik tabib, faylasuf, adib va olimlarni keltirish mumkin.
Xususan, xalifa al - Maʼmun davri islom tarixida eng rivojlangan asrlardan biri bo‘lgan.9



Yüklə 105,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin