Xulosa Qon va qon zardobi yopishqoqligini o’lchash yo’li bilan tirik organizmda
bo’layotgan ko’plab jarayonlar haqida ma’lumotga ega bo’lish mumkin. Yurak ishi
va quvvati, qon bosimi bu kundalik hayot uchun zaruriy faktorlardir. Ularni
aniqlash va baholash muhim masala hisoblanadi. Ko’chish hodisalarni bilish tirk
organizmda va atrof muhitda bo’layotgan jarayonlarni to’liq tushinish uchun
muhim hisoblanadi. Tirik organizmda ovqatning hazm bo’lib energiyaga aylanishi,
organizmni kislorod bilan ta’minlash diffuziya tufaylidir. Issiqlik mahsuldorlikni
aniqlash, uni doimiy saqlash, chorva mollari samaradorligini oshirishda muhim rol
o’ynaydi. Molxona va parrandaxonalarda haroratni doimiy saqlash, ularni
shamollatib turish ham juda muhim masala hisoblanadi.Termodinamik jarayonlar
ko’plab fizik va biologik hodisilar asosini tashkil qiladi. Issiqlik energiyaning bir
turi bo’lib, ayniqsa tirik mavjudod uchun juda katta ahamiyatga egadir. Inson va
hayvonlar hayoti faoliyatida haroratning va holatining ozga o’zgarishi uning
rivojiga va borlig’iga katta ta’sir ko’rsatadi. Entropiya esa tirik va o’lik mavjudod
uchun tartibsizliklar darajasini ko’rsatuvchi energiya o’lchovidir.
Sinov savollari 1. Suyuqliklarda qanday oqim turlari mavjud?
2. Ideal va real suyuqliklar nima?
3. Uzluksizlik va Bernulli tenglamalari fizik mohiyati nima?
4. Yopishqoqlik koeffisiyenti va uni o’lchashning ahamiyati nimadan iborat?
5. Viskozimetrlar nima?
6. Qon tomirlari elastiklik xususiyatining mohiyati nimadan iborat?
7. Yurak ishi va quvvati.
8. Sistola va diastila nima?
9. Qon bosimini o’lchashning Korotkov usuli mohiyati nimadan iborat?
10.Kuchish hodisasining qanaqa turlarini bilasiz?
12.Fik, Furye va Nyuton qonunlarini tushuntiring.
13.Biologik sistemalar: o’pka, qon tomirlari, oshqozon, ichak va teri
qatlamlarida ko’chish hodisasi qanday ro’y beradi?
14.Tirik organizmda issiqlik almashish jarayoni qanday ro’y beradi?
15.Ko`chish hodisasi tirik organizm uchun qanday ahamiyatga ega?
16.Molxona va parrandaxonalarda namlik va harorat qanday bo’lishi kerak?
17. Biologik sistemalarda energiyaning saqlanish qonuni.
18. Ichki energiya nima?
19.Termodinamikaning ikkinchi qonuni?
20. Tirik organizm ochiq tkrmodinamik sistema
21. Entropiyaning fizik mohiyati.
23. Veterinariyada kriogen texnikasidan foydalanish.