2.4. Tuman sanoati va transporti Sanoat. Zomin tumanida 2019 yil 1 - yanvar holatiga faoliyat yuritilayotgan sanoat korxonalari jami 73 tani, 2020 yil 1 yanvar holatiga 85 tani tashkil etgan bolsa, 2021 yil 1 yanvar holatiga esa 111 tani tashkil etadi. Shundan yirik korxonalar yoq, 111 ta kichik korxona va mikro firmalar shu jumladan 4 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar mavjud.
12-rasm. Sanoat korxonalar osishi Yildan yilga sanoat korxonalar soni ortib borayotganligi tuman aholisini yanada kengroq qatlamini qamrab olishiga, ishsizlik darajasi pasayishiga va tuman iqtisodiyoti yuksalishiga olib kelmoqda.
2020 yilda 22 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etilib, ularning barchasi kichik tadbirkorlik subektlari hissasiga togri keldi. Baxmal tumanida 2020 yildagi mavjut 85 ta kichik korxona va mikrofirmalarning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmiga (10-jadval) qaraydigan bolsak, 86,2 mlrd somni tashkil etganini koramiz. Shundan 1,0 mlrd som Davlat ulishi ishtirokidagi korxonalar hajmiga, qolgan 85,2 mlrd som esa Davlat ulishi ishtirokida bolmagan korxonalar hissasiga togri kelmoqda.
Transporti. Zomin tumanida 2021 - yil 1 - yanvar holatiga transport sohasida faoliyat korsatayotgan korxonalar soni 18 tani tashkil qilib, tumandagi jami xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar kesimida 2,4 % ulushni qayd etdi. Bu korsatkich otgan 2020 -yilning shu davrida 19 ta korxona va 1,9 % ulushga ega bolgan edi. Korib turganimizdek transport korxonasi otgan yilnikidan bittaga kam bolsa ham faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar kesimida 2021 yilga kelib 0,5 % ga osish mavjud.
13-rasm. Transport sohasida faoliyat korsatayotgan korxonalar soni (birlik va % da) 2.5. Ijtimoiy soha tavsifi Umumiy talim muassasalari. Zomin tumanida 2020 - 2021 oquv yilida tuman boyicha 81 ta umumtalim muassasalari faoliyat korsatmoqda. Ularda 31 971 nafar oquvchilar talim oladilar. Jami oquvchilarning 36,8 foizini 1-4 sinf oquvchilari, 47,0 foizini 5 - 9 sinf oquvchilari va 16,2 foizini 10 - 11 sinf oquvchilari tashkil etadi. Oquvchilarga 3 501 nafar (orindoshlarsiz) pedagog xodimlar talim bermoqda.