Kasb-hunar talimi. 2020 - 2021 oquv yilida tuman boyicha 5 ta kasb-hunar kolleji faoliyat korsatdi. Talim olayotgan oquvchilar soni 1 355 nafarni tashkil etgan. Ularning 97,5% qizlardan iborat. 2020/2021 oquv yilida 329 nafar oquvchilar bitirdi. Oquvchilarga 97 nafar pedagog xodimlar talim bermoqdalar.
Sogliqni saqlash.Tuman boyicha 2 ta shifoxona muassasalari faoliyat olib borayotgan bolib. yil davomida ularda 24 538 nafar bemor davolangan. Shiforkorlar soni otgan 2019 - yilga nisbatan 0,1 % ga, orta tibbiyot xodimlari soni 1,2 % ga oshgan.
Tumanda ambulatoriya - poliklinikalari muassasalari soni 17 tani tashkil etadi. Ulardan 9 tasi qishloq vrachlik punktlari hisoblanadi.
Shu bilan birga ayrim kasalliklar bilan kasallanish holatlari boyicha osish kuzatilgan. Masalan, 2020 - yilda 2019 - yilga nisbatan qon va qon yaratish azolari kasalliklari va immun mexanizmiga tasir etuvchi ayrim buzilishlar
2 barobarga oshgan.
Qurilish ( turar joy ).Davlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 7,5 mlrd. somlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 8,6 foizni tashkil qildi. 2020 yil yangi qurilish va rekonstruksiya hisobiga turar joylar va ijtimoiy obektlarni ishga tushirishda, turar joylar 46,5 ming kv.m, umumtalim maktablar 630 oquv orni, suv tarmoqlari 17,9 km, gaz tarmoqlari 3,3 km ishga tushirildi.
Hizmatlar sohasi.Davlatning iqtisodiy siyosatida axborot va aloqa xizmatlari (mobil aloqa, internet, raqamli televideniya va boshqalar) kabi zamonaviy xizmat turlarini, shuningdek, zamonaviy moliyaviy xizmat turlarini (bank xizmatlari, lizing, sugurta, audit, konsalting va boshqalar) rivojlantirish aloxida axamiyatga ega.
2020 - yil yakunlari boyicha tumanda korsatilgan bozor xizmatlari hajmi
312 451,3 mln. somga yetdi. Uning nominal hajmi 26 213,1 mln. somga oshdi. Eng yuqori osish suratlari aloqa va axborotlashtirish xizmatlari, moliyaviy xizmatlari va shaxsiy xizmatlarda qayd etildi.
Zomin milliy tabiat bog‘ining diqqatga sazovor joylari uchun ushbu maskanga kuniga minglab mahalliy sayyohlar kelishadi. Bu yerda ekoturizmni yanada rivojlantirish uchun imkoniyatlar juda katta. Tojikiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan Chortangi kanoni, dengiz sathidan 2400 metr balandlikda juda katta maydonda yastanib yotgan Supa platosi (tekisligi), Sherbuloq chashmasi bugungi kunda ham odamlar bilan gavjum.Tog‘ o‘rmonlari shifobaxsh archazorlar bilan qoplangan. Tog‘ hududida ko‘plab dorivor o‘simliklar o‘sadi. Eng hayratlanarlisi, bu dov-daraxtlar jazirama issiqni ko‘rishmaydi hisob. Bahoriy durkunlikni yoz bo‘yi saqlab turishadi va avgust oylarida kuz fasliga kirishadi.Zomin milliy tabiat bog‘ining ilmiy ishlar va turizm masalalari bo‘yicha boshliq o‘rinbosari Husniddin Hazratqulovning aytishicha, 20 yilga mo‘ljallangan dasturda bu yerlarga kommunikatsiya keltiriladi.Prezident farmoniga ko‘ra, hududda 3-4-5 yulduzli mehmonxona hamda sihatgohlar barpo etiladi, Avstriya kompaniyasi bilan hamkorlikda dor yo‘li quriladi. Jumladan, loyihaga ko‘ra, Zomin tumanidagi Dashtobod shaharchasidan Baxmal tumani orqali G‘allaorol tumanidan o‘tuvchi M39 xalqaro yo‘ligacha bo‘lgan 180 km.lik yo‘l kengaytirib, obodonlashtiriladi.Hududda golf maydonlari ham barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Qish faslida ham chang‘i uchish uchun imkoniyatlar yaratiladi. Bularning barchasini nodir tabiatga ziyon yetkazmasdan amalga oshirish nazarda tutilgan.
Xulosa 1. Zomin l tumanida 2021 yil holatiga qaraydigan bolsak aholisi osish korsatgichi 2,2 % tashkil etgaligini, aholi 1 kv km ga 85 kishi togri kelayotganligi bilamiz. Jinsiy tafavutga kora erkaklar ulishi yuqoriligini korishimiz mumkin.
2. Zomin tumanida qishloq xojaligi ekin maydonini sarhisob qilinganda 2020 yil holatiga, fermer xojaliklari yer 521 ge/r qisqargani, dehqon ( shaxsiy yordamchi ) xojaliklar maydoni ozgarmaganligi, qishloq xojaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarniki esa 143 ge/r ga ortganini bilamiz.
3. Zomin tumanida 2019 yil 1 - yanvar holatiga faoliyat yuritilayotgan sanoat korxonalari jami 73 tani tashkil etgan bolsa , 2021 yil 1 yanvar holatiga esa bu korsatgich 111 taga osganini koramiz. Jumladan atiga 4 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar mavjudligi. Tuman sanoati juda sekinlik bilan jivojlanayodganini koramiz.
4 .Zomin tumanida 2021 - yil 1 - yanvar holatiga transport sohasida faoliyat korsatayotgan korxonalar soni 18 tani tashkil qilib, asosiy yol tuproq qoplamali ekanligi. Markazga olib boruvchi qattiq qoplamali yollar yaroqsiz holda ekanligini bilamiz
5.Zomin tumanida 2015-2016 yillarda 81 ta umumtalim maktab bolgan. Keyingi yillarda esa 83 ta maktabga kotarilganini bilamiz. Chunki aholi soni osishi maktablar soni ortishiga sabab bolmoqda.