I-Bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini marketing tamoyillari asosida tashkil etishning nazariy asoslari
I-Bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini marketing tamoyillari asosida tashkil etishning nazariy asoslari
I-1.Kichikbiznesvaxususiytadbirkorlikfaoliyatidamarketingning ahamiyati Mulkchilik shakllari o’zgarib va takomillashib borayotgan hozirgi sharoitda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish O’zbekiston iqtisodiyoti uchun strategik jihatdan o’ta muhim vazifalardan biridir. Jahon tajribasi shuni tasdiqlaydiki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ichki bozordagi iste’mol tovarlari va xizmatlar mo’l-ko’lligini ta’minlaydi, eksport imkoniyatini oshiradi, fuqarolarning ish bilan bandligi muammosini hal etadi, aholining real daromadlari darajasini oshiradi. SHu bilan birga “kichik biznesni tashkil qilish va yuritish katta harajat hamda kapital qo’yilmalarni talab etmaydi. Bu esa ishlab chiqarishni tez va osonmodeonizatsiya qilish, texnik hamda texnologik qayta jihozlash, yangi turdagi
mahsulotlarni o’zlashtirish, ularning nomenklaturasini muntazam yangilab borish va raqobatbardoshligini ta’minlash imkonini beradi.”2 Iste’molchilarning ishlab chiqarilayotgan va taklif qilinayotgan tovarlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondira olish va mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilingan xarajatlarning qoplanishi va foyda olinishini ta’min etuvchi jarayon bozorda sodir bo’ladi. Bozor ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan tovarlarga iste’molchilar ehtiyojlarini qondira olishi va bundagi sarf-xarajatlar asosliligini aniqlab beruvchi asosiy mezon hisoblanadi. SHuning uchun ham har qanday korxona, tadbirkor o’z faoliyatini belgilangan mezon talablariga muvofiq holda tashkil etishga majbur bo’lib, bu yerda marketing tizimidan samarali foydalanish hisobiga bozorning asosiy sub’ekti hisoblangan iste’molchining ehtiyojlari, talab-istaklari, didlarini juda ko’plab omillar asosida shakllanishi va qaror topishini o’rganish juda muhimdir. CHunki, ularning qiziqishi, u yoki bu narsani yoqtirishi, o’zlashtirishi, shuningdek, bozordagi xatti-harakatida keskin farqlar mavjudligi tufayli ham iste’molchining turli darajadagi ehtiyojlarini to’la qondirish maqsadida, har bir tovarning xilma-xil turlarini ishlab chiqarish zarur bo’ladi. Ayniqsa, aholining ma’lum bir guruhlari tomonidan juda ham e’zozlanadigan, yuqori darajadagi nafislikni talab qiladigan, ularning didlari va istaklariga o’rnasha oladigan zardo’zlik mahsulotlari bozorida aniq segmentlar uchun mahsulot ishlab chiqarish va uning savdosini yo’lga qo’yish marketing tizimida juda zarurdir. Bu esa bozor segmentlari, uning mohiyatidan o’rinli foydalanish erkin xo’jalik yuritishga harakat qilayotgan sub’ektlar faoliyatida muhim o’rin egallaydi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda iste’molchilar uchun qancha mahsulot ishlab chiqarishni bilish, ularning ehtiyojlari, urf-odatlari va yana boshqa ko’plab xislatlarini o’rganish va shu asosda ularni guruhlashtirish orqali aniq xaridorlarga mo’ljallangan maqsadli bozor segmentlarini shakllantirish va rivojlantirish korxonalar uchun zarur jarayon hisoblanadi. CHunki iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish yo’llari marketing vositalari asosida bozorni segmentlarga ajratib o’rganish tamoyillariga tayanadi. SHuning uchun ham marketing tizimidan foydalangan holda bozorni segmentlarga ajratib o’rganish tamoyillariga tayanish va shu orqali o’ziga jalb qiluvchi segmentlarni aniqlash va shakllantirish, iste’molchilar ehtiyojlarini qondirishda aniq belgilangan strategiyalarga tayangan holda har bir segment uchun mahsulot ishlab chiqarish va sotish zaruriyatini tug’diradi. Bu esa, o’z navbatida, iste’molchini aniq bir maqsadga erishishida marketing tizimidan samarali foydalanish hisobiga, maqsadli bozor segmentlarini tanlash mexanizmini takomillashtirishni nazariya va amaliyotga tayangan holda amalga oshirish yo’llarini o’rganishni talab qiladi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk kunlaridan boshlab kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka katta e’tibor berila boshlandi. Natijada kichik biznesning milliy iqtisodiyotimizdagi ulushi tobora ortmoqda va mamlakatimizda yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili sifatidagi natijalari salmoqli bo’lib bormoqda.
2Karimov.I.A. “O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatniamalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” T: “O’zbekiston”-2012 yil, 7-bet.
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda kichik biznes va tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bo’lib marketing hisoblanadi hamda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. «Ay-si-ay» kontserni boshqaruvi raisi Djon Harvi Djons kichik biznes va tadbirkorlikda marketingni o’rnini tavisflab shunday deydi, ya’ni «Marketing kichik biznes va tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafaqat yoqilg’i, balki kema komandasidir.»3 Marketing elementlarining paydo 17 asrning o’rtalariga borib taqaladi. Bu davrgacha tovarlarni natural ayirboshlashni turli shakllari paydo bo’ladi, keyinchalik marketing faoliyatini birinchi elementlari, ya’ni reklama, narx, sotish kabilarni rivojlanishi kuzatildi.
Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bog’liqdir, shu bois marketing so’zini tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ing. Market – bozor, ing – faol, faoliyat, harakat ma’nosini anglatadi).
Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo’nalishi, ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo’yicha amaliyot faoliyati hamdir.
Talab bilan taklifni o’zaro ta’siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning xohish- ehtiyojlarini o’zluksiz qondirish jarayoni bo’lib hisoblanadi. Bu jarayon o’z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarni o’zaro ta’siriga asoslanadi, ya’ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni iste’moli (ishlatilishi) kiradi.
Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi. quyida marketingning asosiy kategoriyalari berilgan (4.1.1-rasm).
Muhtojlik – kishini biron bir narsani yetishmasligini his etishidir.
Ehtiyoj – individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir.
Talab – bu xarid quvvatiga ega bo’lgan ehtiyoj.