O’zbekiston respublikasi oliy


Bob. Pop tumanida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy ko’rsatkichlari taxlili



Yüklə 110,91 Kb.
səhifə8/16
tarix04.05.2023
ölçüsü110,91 Kb.
#107537
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
O33hoM2fl4080Ye590

Bob. Pop tumanida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy ko’rsatkichlari taxlili




II-1. Pop tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari

tahlili


Pop tumani Namangan viloyatining eng yirik tumani hisoblanib, uning umumiy yer maydoni maydoni 2941 kv. km.ni tashkil etadi. Tumanda moddiy ishlab chiqarishning barcha tarmoqlari rivojlanib bormoqda. Xududiy mahsulotining asosiy qismini qishloq xo’jaligi va sanoat mahsulotlari tashkil etadi.


Tuman qishloq xo’jaligida mahalliy iqlim, yer-suv va mehnat resurslaridan xamda xalqning asrlar davomda to’plagan dehqonchilik madaniyatidan unumli foydalanish negizida paxtachilik yetakchi tarmoq sifatida shakllandi. G’allachilik, sholikorlik, meva va tokchilik, poliz va sabzavotchilik sohalari, chorvachilikning qoramolchilik, qo’y va echkichilik, parranda, asalari, pillachilik sohalari ham asosiy tarmoqlarga kiradi.
Tumanda 1993 yildan Respublikaning g’alla mustaqilligini ta’minlash yo’lida g’allachilik jadal rivojlantirilmoqda.
Ishlab chiqarilgan qishloq xo’jalik mahsulotlar barchasi iqtisodiyotning nodavlat sektoriga to’g’ri keldi. Tuman qishloq xo’jaligida mulkchilik shakliga ko’ra, 1 ta o’rmon xo’jaligi, 644 tadan ortiq fermer va 35560 ta dexqon xo’jaliklari, shundan 42 tasi yuridik maqomidagi dexqon xo’jaliklari, o’quv tajriba, aholi shaxsiy yordamchi xo’jalik sektorlari mavjud.
2013 yilda barcha tur xo’jaliklarda amaldagi narxlarda 159,9 mlrd. so’mlik yoki o’tgan yilga nisbatan 127,8 foiz yalpi qishloq mahsulotlari ishlab chiqarildi (1-jadval). SHundan, chorvachilikda 62 mlrd 998,0 mln.so’m, o’simlikchilikda 96 mlrd 895,5 mln.so’mni tashkil etdi.
Yalpi ishlab chiqarilgan qishloq xo’jalik mahsulotlarining 73,2 foizi dehqon, 26,2 foizi fermer xo’jaliklari va 0,6 foizi boshqa qishloq xo’jalik korxonalari hissasiga to’g’ri keldi. Tumanda jami 39919 ga sug’oriladigan yer maydoni mavjud bo’lib, shundan ekin ekiladigan yer maydoni 29071 ga.ni tashkil etadi. 2013 yilda fermer xo’jaliklari 40517 ga va dexqon xo’jaliklari (aholi) 5780 ga maydonda dexqonchilik qildi.
Hisobot davrida barcha manbaalar hisobidan 83 mlrd. 900,4 mln. so’mlik kapital qo’yilmalar uzlashtirildi (o’tgan yilning shu davridagiga nisbatan 47,4 foizga ko’p) (2-jadval). Kapital qo’yilmalarda markazlashgan investitsiyalar 12 mlrd 178,2 mln. so’mni (212,0%), nomarkazlashgan investitsiyalar 71 mlrd 722,2 mln. so’mni (159,0%) tashkil etdi.
Pudratchi tashkilotlar tomonidan o’z kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmi
60 mlrd. 125,4 mln. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 114,0 foizni tashkil etgan.
SHuningdek, aholini turar-joy, ichimlik suvi va tabiiy gazga bo’lgan ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida 2013 yilda barcha manbalar hisobidan 106,6 ming kv.m. (shundan qishloq joylarida 79,7 ming kv.m.) uy-joylar, 17,4 km ichimlik suvi (shundan qishloq joylarida 13,1 km.) 10 km tabiiy gaz (shundan qishloq joylarida 8,5 km.) tarmoqlari qurib topshirilib, belgilangan prognoz ortig’i bajarilishi ta’minlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1855-sonli qaroriga asosan markazlashgan manbaalar hisobidan 45-sonli maktabda 418,5 mln.so’mlik, Pop qishloq xo’jalik kollejida 648,7 mln.so’mlik mablag’ o’zlashtirilib, kapital ta’mirlandi.
Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi hisobidan 9-sonli maktabda yangi 361,0 mln.so’mlik 12x24 o’lchamli sport zali va 2503.6 mln.so’m mablag’ evaziga 7-sonli musiqa maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
SHuningdek Uchbo’lar aholi punktiga suv qudug’i qurilib, 3 km ichimlik suvi tarmog’i (254,8 mln.so’m), To’da qishlog’iga 2 km (7,8 mln.so’m) toza ichimlik suvi tarmoqlari tortildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 3 avgustdagi PQ-1167-sonli qarorini ijrosini ta’minlashga qaratilgan Dasturga asosan tumanda 2013 yilda 1ta “Uch bo’lar” massivida jami 70 ta na’munaviy uy-joylar qurilishi belgilanib, qurilish ishlari yakuniga yetkazilib, 30 turar-joylar to’liq foydalanishga topshirildi va aholini ko’chib bordi, qolgan 40 ta turar joylarni foydalanishga topshirish bo’yicha tegishli tartibda xujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Tuman iqtisodiyotida sanoat salmoqli o’rin tutadi. Tumanda jami 120 ta shundan 4 ta yirik va 116 kichik sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatib, ular tomonidan xisobot davrida 96 mlrd. 86,4 mln. so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o’sish o’tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirma narxlarda 108,1 foizni tashkil qildi (3-jadval).
Mahsulotlar hajmi:
-Yirik korxonalarda 77 mlrd. 185,6 (107,5 %)
-Mikrofirmalarda 2 mlrd 39,6 mln.so’m (131,9 %)
-Kichik korxonalarda 2 mlrd. 312,6 mln.so’m (140,2 %)
-Yakka tartibdagi mehnat faoliyatida 5 mlrd 267,1 mln.so’m (107,3%)
-Yordamchi sanoatda 4 mlrd. 915,8 mln.so’m (98,8%)
-Uy xo’jaligida 4 mlrd. 365,8 mln.so’mlik (107,5%) mahsulot ishlab chiqarilgan. Tarmoqlar bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish hajmi:
-engil sanoat mahsulotlari 45 mlrd 41,4 mln.so’m (110,0%)
-oziq-ovqat sanoati mahsulotlari 20 mlrd. 899,1 mln.so’m (105,7%)
-boshqa tarmoqlar 19 mlrd. 557,6 mln.so’m (123,6%)
-qurilish materiallari mahsulotlari 10 mlrd 588,2 mln.so’m (1.9 marta ko’p)
Natura xolatda 2607 tonna kalapa ip, 24953 tonna un, 14800 tonna omuxta yem, 8121 ming kv.metr yumshoq top yopg’ich ashyolari, 7970 ming kv.metr ruberoid, 2336,4 tonna non va non maxsulotlari, 371,4 tonna qandolat mahsulotlari, 326,1 tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilib, 935 tonna baliq ovlandi.
Tumandagi sanoat korxonalarida ishlovchilar soni 4,5 ming nafarni tashkil etmoqda.
Hisobot davri yakunida 44 mlrd. 638,6 mln.so’mlik halq iste’moli mollari ishlab chiqarilib, o’tgan yilga nisbatan 109,9 % foizni tashkil etdi.
Xalq iste’moli mollarining tarkibiy qismi quyidagicha:

  • oziq-ovqat mahsulotlari 27 mlrd. 674,9 mln.so’m;

  • nooziq-ovqat mahsulotlari 16 mlrd. 963,7 mln.so’m,

shundan: yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 4 mlrd 240,9 mln.so’m.
Aholi jon boshiga hisoblaganda 493,0 ming so’mlik sanoat va 229,0 ming so’mlik xalq iste’moli mollari ishlab chiqarildi.
Sanoatda bozor munosabatlarini shakllantirish yo’lida raqobatbardosh sanoat mahsulotlarni yangi turlarini ishlab chiqarish hajmini o’stirish va ularni horijiy bozorlarga chiqarish, shuningdek, chet el investitsiyalarini jalb etish bo’yicha muayyan ishlar olib borilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 15 dekabrdagi “2011- 2015 yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlan-tirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi PQ-1442-sonli qaroriga asosan 2013 yilda tumanda 29 ta ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilishi belgilangan bo’lib, amalda 29 ta ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirildi. Mazkur loyihalarda 2359,5 ming AQSH dollari sarflanib, 614 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. Loyihalar qurilish materiallari sanoati, oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat, boshqa sanoat sohalarida amalga oshirildi.
SHuningdek xorijiy hamkorlar ishtirokida 2 ta loyiha (“DARINA OBUV” MCHJ shaklidagi O’zbek-Rossiya qo’shma korxonasi, “Abdumalik-Laziz impeks” O’zbekiston Moldova qo’shma korxonasi) amalga oshirildi.
2013 yilda kommunal xizmatlar sohasi tarkibida uy-joy xo’jaliklariga xizmat ko’rsatish va uni saqlash, ichimlik suvi va kanalizatsiya, issiqlik, elektr energiyasi va gaz ta’minoti, sanitariya-texnik xizmatlari, aholi yashaydigan ko’chalarni tozalash, obodonlashtirish bilan shug’ullanuvchi jami 25 ta xo’jalik sub’ektlarida 338 kishi ish bilan band bo’ldi.
2013 yil yanvar-dekabr oylarida barcha turdagi iste’molchilarga (elektr energiyasi va tabiiy gaz) 30 mlrd. 663,2 mln.so’m, shundan aholiga 11 mlrd. 39,9 mln.so’m xizmat ko’rsatilib, jami 26 mlrd. 41,9 mln.so’m, aholidan esa 8 mlrd.
669,2 mln.so’m yoki mos ravishda xizmatga nisbatan 84,5 foiz, aholidan esa 78,5 foiz mablag’ undirildi.
2014 yilning 1 yanvar xolatiga jami debitor qarz 37,9 mlrd.so’mni (aholining qarzi 19,9 mlrd.so’m, ulgurji iste’molchilar qarzi 18,0 mlrd so’m) tashkil etib, yil boshiga nisbatan jami qarzdorlik yil boshiga nisbatan 6,8 mln.so’mga ortdi.
Jumladan, elektr energiyasi bo’yicha jami 24,8 mlrd.so’m, aholining qarzi 7,1 mlrd.so’mni tashkil qilib, yil boshiga nisbatan 5,2 mlrd.so’mga ortgan.
Tabiiy gaz bo’yicha jami 12,5 mlrd. so’mni aholining qarzi 12,3 mlrd
so’mni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 1,6 mlrd.so’mga ortgan.
Ichimlik suvi bo’yicha jami 611,7 mln.so’mni aholining qarzi 583,7 mln.so’mni tashqilib, yil boshiga nisbatan 93,0 mln.so’mga ortgan.
SHuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 5 iyundagi "Elektr
energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilish tizimini takomillashtiririshga doir qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida"gi 150-sonli qaroriga asosan iste’molchilarga zamonaviy elektron xisoblagichlar 2750 dona o’rnatildi.

Tumanda 2013 yil yakunida 38 ta davolash muassasalari mavjud bo’lib, ulardagi o’rinlar soni 855 tani tashkil etdi. Har 10 ming kishiga davolanish o’rinlari 42,6 o’rin, ambulatoriya-poliklinika muassasalari har 10 ming kishiga 1 smenada 132,0 kishini qabul qilish quvvatiga ega (4-jadval).


SHu bilan birga tumanda bir smenada 2530 qatnovga ega bo’lgan 29 ta ambulatoriya poliklinika muassasalari faoliyat ko’rsatmoqda.
Davolash muassasalarida jami 329 nafar malakali vrachlar (shundan umumiy amaliyot shifokorlari 56 ta) hamda 1824 nafar o’rta tibbiyot xodimlari xizmat qilishdi.
Har 10 ming kishiga to’g’ri keladigan vrachlar soni 21,8 nafarni, o’rta tibbiyot xodimlari soni esa 91,3 nafarni tashkil etmoqda.
2013 yilda tumanda 1ta onalar o’limi qayd etildi. (Onalar o’limi Kenagas QVP xududida sodir etilgan bo’lib, marxum (Ergasheva Dilfuza) kamqonlikning og’ir darajasi, qog’onoq suvlar embolatsiyasi, o’tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi tashxisi bilan vafot etgan.
Mazkur xolat bo’yicha bo’yicha 1 nafar vrach vazifasidan ozod etilib, boshqa ishga o’tkazilgan, 1 nafari 30 foiz miqdorida jarimaga tortilgan,2 nafar vrach va 1 nafar xamshiraga nisbatan xayfsan berilgan).
SHu davrda tuman bo’yicha 35 nafar 1 yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi sodir bo’lib, intensiv ko’rsatkichi 9,7 ga teng bo’ldi
5 yoshgacha bolalar o’limi 51 ta qayd etilib, intensiv ko’rsatkichi 14,1 ga teng bo’ldi.
Respublika mustaqilligiga erishganimizdan so’ng, ta’lim, madaniyat hamda jismoniy tarbiya tizimida tub yangilanishlar jarayonining borishi ijtimoiy- iqtisodiy-siyosiy jihatdan ta’minlanmoqda.
Tumanda jami 5740 o’rinli 40 ta maktabgacha tarbiya muassasalarida hozirgi kunda 3929 nafar bola tarbiyalanishmoqda, bog’cha yoshidagi bolalarning qamrovi 15,3 foiz (5-jadval).
Umumta’lim maktablari soni 71 ta bo’lib, ularning 4 tasi ixtisoslashgan maxsus maktab-internatlari, 67 tasi esa umuta’lim maktablaridir. 3 mingdan ziyod o’qituvchi va tarbiyachilar mehnat qilayotgan mazkur ilm dargohlarida jami 27245 nafar o’quvchilar ta’lim olishmoqda. 1-smena qamrovi 81 foiz.
Mustaqillik yillarida yangi ta’limning yangi tarmog’i bo’lgan kollejlar faoliyati yildan yilga rivojlanib bormoqda. Tumanda hozirda 9 ta kasb-hunar kollejlari mavjud, ularning 7 tasi qishloq joylarida joylashgan. Mazkur kasb-hunar kollejlarida 10041 nafar talabalar tahsil olmoqda. Ulardagi jami yillik qabul 3320 nafarga teng. O’qituvchi va xodimlar soni 451 kishi. 2012-2013 o’quv yilida kollejlarni 3342 nafar talabalar bitirishdi.
Tumanda jami 342 ta sport inshootlari, jumladan 60 ta sport zallari (quvvati
6,8 ming kv.metr), 3 ta stadion (quvvati 8,0 ming o’rin), 3 ta tennis korti, 1 ta ochik suzish basseynlarida 45 ming nafardan ziyod aholi muntazam sport bilan shug’ullanadilar.
Tumanda mavjud 11 ta axborot-resurs markazlarining (kutubxonalar) mavjud. Jami 5,1 ming o’rinli 18 ta klub muassasalari tuman aholisiga madaniy xizmat ko’rsatib kelmokda.



Yüklə 110,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin