O’zbekiston respublikasi oliy


-rasm. Marketingning asosiy kategoriyalari



Yüklə 110,91 Kb.
səhifə5/16
tarix04.05.2023
ölçüsü110,91 Kb.
#107537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
O33hoM2fl4080Ye590

4.1.1-rasm.
Marketingning asosiy kategoriyalari





Talab – mavjud, potentsial hamda xohish talabga bo’linadi.





3 Г.Л.Багиев и др. Маркетинг. Маркетинг. Учебник. –СПб.: Питер, 2008, с83.
Tovar – bu ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir.
Marketingni mohiyati iste’molchilar talabiga mos, tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish va unga talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo’ljallashdan iborat. Bunda faol marketingdan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xususda mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek “...Keyingi vaqtda jahon bozorida narxi keskin tushib ketgan xom ashiyo resurslarini eksport qilish amaliyotida imkon qadar tezroq qutilish, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirishimiz kerak. Bu borada yangi bozorlar, yangi transport yo’laklarini topish, bir so’z bilan aytganda, faol marketinga asoslangan tashqi iqtisodiy siyosat yuritish zarur”.4
Marketing falsafiy ma’noda fikrlash tarzini mujassamlashtiradi.
Umuman olganda, marketingga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: marketing - ehtiyoj va muhtojlikni ayriboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyatining turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri bu ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlarning vujudga kelishi, tovar turlarining ko’payishi va tadbirkorlar o’rtasida mahsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir.
Marketing asosida bozorni har taraflama o’rganish yo’nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni ko’rsatib o’tish zarur:

  • talabni o’rganish;

  • bozor tarkibini aniqlash;

  • tovarni o’rganish;

  • raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;

  • sotish shakli va uslublarini tahlil etish.

Marketing quyidagilarni o’rgatadi:



  • bozorni o’rganishni;

  • uni taqsimlashni;

  • tovarlarni joylashtirishni;

  • marketing siyosatini olib borishni;

  • tovar siyosatini;

  • narx siyosatini;

  • taqsimot siyosatini;

  • siljitish (yo’naltirish) siyosatini;

    • yuksalish, qo’shimcha xizmatlarni - bunga marka, sotishdan keyingi xizmat, kafolat va texnik yordam, yetkazib berish, assortiment, shaxsiy iste’mol va boshqalarni kiritish mumkin.

Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi bo’lib, iste’molchilar va ularning talab istaklarini o’rganish, ularga mos tovarlar



4 И.А.Каримов. Асосий вазифамиз – ватанимиз тараққиёти ва ҳалқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир. Тошкент: Ўзбекистон, 2010.-64 б.
yaratish, narx belgilash, tovarlarni yetkazib berish, taqdim etish, sotish, xizmat ko’rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan taklifni o’zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Marketing tamoyillari marketing asosini va uning mohiyatini ochib beruvchi holat, talabdir. Marketingni mohiyati – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish albatta iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo’ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib chiqadi.
Marketingning asosiy tamoyillari:

  • bozorni bilish;

  • unga moslashish;

  • bozorga ta’sir o’tkazish.

Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan quyidagicha asosiy tamoyillari kelib chiqadi:

  • iste’molchilarga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni iste’molchi shohdir;

  • istiqbolga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni sub’ekt faoliyati istiqbolga yo’naltirilgan bo’lishi zarur;

pirovard ko’rsatkichga erishishga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni bozor hissasini, foydani oshishi va hokazolar.
Marketing kontseptsiyasining mazmuni uning funktsiyalarini amalga oshirish orqali hal etiladi. Marketing funktsiyalari quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  • marketing tadqiqotlari;

  • mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish;

  • sotish va taqsimot funktsiyasi;

  • tovarni siljitish;

  • narxni tashkil etish funktsiyasi;

  • marketing-menejment funktsiyasi.

Marketing funktsiyalari firmani boshqa funktsiyalari, ya’ni ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funktsiyalari bilan birga amalga oshiriladi.
Marketingning funktsiyalari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqa funktsiyalaridan farqi shundan iboratki, marketing funktsiyalari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, uning iste’molchilari, mijozlari o’rtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgandir. SHuning uchun ham marketing funktsiyalari doimo o’zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabni shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta’sir etadi.



Yüklə 110,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin