O’zbekiston respublikasi oliy



Yüklə 110,91 Kb.
səhifə14/16
tarix04.05.2023
ölçüsü110,91 Kb.
#107537
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
O33hoM2fl4080Ye590

Xulosa va takliflar


Bitiruv-malakaviy ishini bajarish korxonada(firmada) xodimlarni rag’batlantirish usullarini takomillashtirish bo’yicha quyidagi xulosa va takliflarni berish imkoniyatini beradi:

    1. Mulkchilik shakllari o’zgarib va takomillashib borayotgan hozirgi sharoitda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish O’zbekiston iqtisodiyoti uchun strategik jihatdan o’ta muhim vazifalardan biridir. Jahon tajribasi shuni tasdiqlaydiki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ichki bozordagi iste’mol tovarlari va xizmatlar mo’l-ko’lligini ta’minlaydi, eksport imkoniyatini oshiradi, fuqarolarning ish bilan bandligi muammosini hal etadi, aholining real daromadlari darajasini oshiradi.

    2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda iste’molchilar uchun qancha mahsulot ishlab chiqarishni bilish, ularning ehtiyojlari, urf-odatlari va yana boshqa ko’plab xislatlarini o’rganish va shu asosda ularni guruhlashtirish orqali aniq xaridorlarga mo’ljallangan maqsadli bozor segmentlarini shakllantirish va rivojlantirish korxonalar uchun zarur jarayon hisoblanadi.

    3. Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi bo’lib, iste’molchilar va ularning talab istaklarini o’rganish, ularga mos tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni yetkazib berish, taqdim etish, sotish, xizmat ko’rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan taklifni o’zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.

    4. Marketingni boshqarish rahbarlik, tashkilotchilik va ma’muriy xarakterga ega bo’lgan faoliyatdir. U jamiyat (milliy iqtisodiyot), tarmoqlar, korxonalar va umuman mamlakatlararo marketing faoliyatini boshqarish muammolarini ham o’z ichiga oladi.

    5. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning hozirgi bosqichida marketingni boshqarishda:

  • mehnat taqsimoti (bo’lishi) ga amal qilish;

  • hokimiyatga bo’ysunish, intizom va tartibga rioya qilish;

  • buyruq berishning yagonaligi, boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiyallik;

  • mehnatni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish;

  • markazlashuv va ierarxiyaga rioya qilish;

  • ishchi va xizmatchilarning doimiyligi, birligi va yagonaligi;

  • tashabbuskorlik va haqqoniylik (ob’ektivlik);

  • ilmiy asoslanganlik;

  • tejamkorlik va samaradorlik tamoyillariga rioya qilinadi.

    1. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli bo’lgan korxonalarning faoliyatini baxolashda foydalaniladigan ko’rsatkichlarning o’ziga xosligi shundan iboratki, bir tomondan korxona uchun direktiv ko’rsatkichlarning yo’qligi, ikkinchi tomondan iqtisodiyotni tartibga solishning bozor tizimining shakllanganligidir. Bunday sharoitda kichik biznes korxonasi boshqa korxonalar ichida o’zining o’rnini topishi, tashqi sharoitga moslashishi, iste’mol bozori rivojlanishi istiqbollariga ko’ra bu iqtisodiy maqsadlarni aniqlashi lozim bo’ladi. SHuning uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonasi o’z faoliyatini baxolovchi ustuvor ko’rsatkichlarni ishlab chiqishi lozim.

    2. Marketing samaradorligi deganda, axoliga yuqori darajadagi sifatli savdo xizmati ko’rsatish orqali, minimal xarajatlar bilan milliy maxsulotni realizatsiya qilish buyicha yuqori natijalarga erishish xisoblanadi.

    3. Marketingni amalga oshirish infrastrukturasi yetarli darajada rivojlanmagan. Bu infrastruktura ishlab chiqarish, ijtimoiy infrastrukturalardan farq qilib, marketing jarayonini amalga oshirishni yaxshi yo’lga qo’yish, buning uchun shart- sharoitlar yaratish bilan bog’liqdir. U inshootlar, yo’llar, madaniy-maishiy xo’jalik sohalari, aloqa kabi marketingni boshqarishga sharoit yaratish bilan band sohalarni o’z ichiga oladi.

    4. Marketing axborotlar tizimi hamon mukammal darajada emas. Ularni yig’ish asosan sub’ektiv holatlarga bog’liq. Haqiqatdan ham, masalan, bozorda tovarga bo’lgan talab yoki raqobatchi haqida ma’lumot kerak bo’lsa, albatta, anketa so’rovlari o’tkazilishi lozim. Bu esa anketa so’rovlariga javob beruvchilarning va uni o’tkazuvchilarning holati, ular fe’l-atvori, kayfiyati bilan belgilanadi. Ularning madaniy, ilmiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy darajasi ham katta rol o’ynaydi.

    5. Kichik va xususiy tadbirkorlikda marketingning muhim muammolaridan biri baholar siyosatini mukammallashtirishga erishishdir. Ularni belgilashni to’liq ilmiy asoslanganligiga erishish, marketing strategiyasini nazarda tutish, ularni ob’ektivligi va haqqoniyligi har bir xo’jalik manfaatlari va davlat manfaatlariga

mosligiga erishishdir. Bunda baholarning tovarlarga bo’lgan talab va taklifdan kelib chiqishigina emas, balki iste’mol xususiyatlari qiymati asosiy o’rin tutmog’i lozim.

    1. SHuningdek, servis xizmatlarining ko’pgina turlari (sotishdan oldin va sotishdan keyingi) yetarli darajada rivojlanmay qolmoqda. Ko’rgazma va yarmarkalar ham juda kam o’tkazilmoqda. Kadrlar muammosi eng muhim muammodir. Marketingni tashkil etish va amalga oshirish sohasida maxsus kadrlar tayyorlash afsuski, hech bir mamlakatda va jumladan, bizda ham yo’lga qo’yilmagan. Vaholanki marketingni tashkil etish va amalga oshirish ayrim tarmoqlarni, milliy iqtisodiyotni boshqarishda o’z murakkabligi va nozik tomonlarining ko’pligi bilan ajralib turadi.

    2. Yuqorida keltirilgan muammolarni to’g’ri hal qilish uchun quyidagi ishlar amalga oshirilmog’i lozim:

  • korxona, vazirlik va yuqori boshqaruv organlarida maxsus marketing bilan shug’ullanuvchi boshqarma, bo’lim va guruhlarni tashkil qilish;

  • maxsus konsalting markazlari, ilmiy-tekshirish laboratoriyalari, institutlar tomonidan yaratilgan yangiliklar va ixtirolarni marketing, marketingni boshqarish amaliyotiga tezkorlik bilan qo’llash organlari tashkil etish;

  • maxsus professional kadrlar tayyorlash, ularni ilmiy-professionallik darajasini doimiy oshirib turish ustida g’amxo’rlik qilish;

  • kadrlarni moddiy rag’batlantirish, ularni o’z ishlari natijasidan manfaatdorlik darajasini oshirish;

  • yaxshi moddiy-texnika bazasini tashkil etish, fan-texnika taraqqiyoti natijalarini marketingni boshqarishda tezkorlik bilan joriy qilish va boshqalar.

    1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketing faoliyati samaradorligi ko’p jihatdan ishonchli axborotlar va ularni almashinish tizimiga bog’liqdir. Kichik biznes sub’ektlarida marketing faoliyatining axborot tahlili qo’yidagi tadbirlarni o’z ichiga olsa, maqsadga muvofiqdir:

      • taklif etilayotgan parfyumeriya va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari mahsulotiga iste’molchilar talabini, bozorni rivojlantirish istiqbollarini har tomonlama o’rganish orqali aniqlash;

      • maxsulotni sotish shakllari, usullarini tashkil etish va takomillashtirish;

      • narxlar tizimini ishlab chiqish, ularning samaradorligini aniqlash va kerakli hollarda ularni takomillashtirish:

      • mahsulot assortimentini boshqarish, ishlab chiqarishni rejalashtirish va

muvofiqlashtirish;

      • iste’molchilar talabini qondiruvchi mahsulot yangi turlarini ishlab chiqarish va sotish yuzasidan korxona ilmiy -texnik faoliyatini tashkil etish;

      • marketing rejasini tahlil etish;

      • marketing vazifalari nazorati va boshqaruvini ta’minlash.

Yüklə 110,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin