III-2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda marketing faoliyatini rivojlantirish va samaradorligini oshirish yo’llari
Kichik biznes va tadbirkorlikda marketing samaradorligini oshirish - bu rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona ishlab chiqarish -sotish faoliyatini boshqarish to’g’risidagi ilmiy asoslangan tasavvurlarni amalda bajarish va takomillashtirib borishdir. Mohiyatiga ko’ra ushbu jarayon ishlab chiqarishni va mahsulotni sotishni tashkil etish asosiga aniq bilimlar, bozor talablarini hamda iste’molchilar ehtiyojini oldindan ko’ra bilish va hisobga olishga asoslanadi.
Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari marketing faoliyatidan oqilona
foydalanish orqali raqobat sharoitlarida o’zining butun strategiyasini va taktikasini belgilab beruvchi zamonaviy biznesini rivojlantiradi. Kichik biznes va tadbirkorlikda «Marketing» bo’limi tashkil etilgan. Lekin bu bo’limda tashkil etilgan ishning asosiy qismini tayyor mahsulotni sotish, yetqazib berish tashkil qiladi. Marketingning asosiy vazifalarining ayrimlari boshqa bo’limlarda bajariladi.
Kichik biznesda marketing tizimini takomillashtirish bo’yicha quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim:
kompaniyaning xolatini tahlil qilish bo’yicha:
kompaniyaning ahvolini o’rganish;
kompaniya faoliyatini prognozlashtirish;
tashqi muhitning ta’sirini o’rganish.
kompaniyaning marketing taktikasini o’rganish:
maqsadni olg’a surmoq;
maqsadni baholash;
strategik rejalashtirish uchun bir qarorga kelish.
Tovarlar bozorining bir maromda ishlashning ta’minlanishi erkin bozor korxonalari joriy etilishiga ahamiyat berilishi kerak bo’ladi. Buning uchun korxona qiyofasini yaratishning marketing rejasini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Bunda marketing asosida foydali qarorlar qabul qilish maqsadida korxona holati, rivojini rejali va tizimli o’rganish tashkil etiladi (bozorlar bo’g’inlari xaqida, maqsadli bozorni tanlashda, bozorga chiqishda marketing strategiyasini asoslashda, marketing kompleksini ishlab chiqish va boshqalar).
Raqobat muhiti holati bir tomondan ijtimoiy, texnologik, siyosiy doiralardagi jarayonlar rivoji, boshqa tomondan-bozordagi subektlarning marketing xarakati bilan aniqlanar ekan, unda aynan marketingni qo’llash korxonalar uchun shunday manba bo’lib chiqadiki, undan foydalanish ularga ob’ektiv ravishda baholash va imkoni boricha mavjud raqobatli ustunlikni ta’minlashga imkon yaratadi.
Korxona qiyofasini yaratish marketing rejasiga bir qator quyidagi muhim marketing tadbirlarini kiritish mumkin:
-korxona haqidagi materiallar, uning eksport imkoniyatlarini nashr etish;
-internet tarmog’ida korxona ko’rgazmasini tashkil etish va ishlab chiqish ( shu jumladan xorijiy tilda sayt yaratish );
-eksportchi-korxonalar, ularning kuchli tomonlari haqida ko’rsatuvchi
materiallarni saqlovchi kompakt disklarni tayyorlash;
-korxonaning o’ziga xos “investitsion pasporti” ni mavjud investitsiya maydonlari haqida keng bazaviy ma’lumotlari ko’rinishida ishlab chiqish;
-yirik tijorat kampaniyasini amalga oshirish (uni keyinchalik yangilanib turuvchi yo’nalishga o’tkazish) bilan qiziqarli regional loyihalar bo’yicha takliflar
paketi bilan xorijiy investorlarni axborot bilan ta’minlash;
-korxonaning ijtimoiy- iqtisodiy muammolarini hal etishda tajriba- almashuv kengashlar, forumlar, tematik konferentsiyalar tashkil etish va qatnashish;
-ko’rgazma-yarmarkalarni tashkil etish va qatnashish;
-istiqbolli regional loyihalar va hamkorlik haqidagi takliflarni to’g’ridan - to’g’ri jo’natish faoliyati;
-korxona mahsulotining salohiyatli xaridorlariga axborot xizmati ko’rsatish.
O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish bosqichida marketingning asosiy vazifasi raqobatli bozor muhitini shakllantirishdir. Mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari o’rtasida raqobat quyidagilarni ta’minlaydi:
Korxonalarining tashkiliy huquqiy turli shakllari, ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirish.
Korxonalari mahsulotlarini sotish sohalarini rivojlantirish:
Vositachi korxonalarning narxlarini oshirish kabi monopollashuv shartnomalariga yo’l qo’ymaslik.
Tovar bozoridagi harakat yullaridagi to’siqlarni bartaraf etish:
Marketing strategiyasi korxona imkoniyatlarini bozor sharoitlariga muvofiqlashtirishdan iboratdir. SHundan kelib chiqqan holda, farmatsevtika mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarida quyidagi tahlilni o’tkazish muhimdir:
bozorga kirish strategiyasi;
korxonaning rivojlanish strategiyasi;
mahsulotlarni taqsimlash yo’llari;
sotishni rag’batlantiruvchi vositalar tahlili.
Bozor segmentatsiyasini amalga oshirish, bozor segmentlari sig’imini korxonalar bo’yicha aniqlashda:
investitsiyalar kiritish uchun kelajakda kulay bo’lgan korxonani tanlash:
korxonani moliyaviy sog’lomlashtirish, korxona moliyaviy ahvoli tahlili:
korxona mahsulotiga talabni baholash;
maxsulotni sotish buyicha korxona marketing siyosatini ishlab chiqish va tahlil qilish;
kelajakda ishlab chikariladigan korxona mahsulotini aniqlash va korxonada ishlab chiqarishni qayta yunaltirish dasturini ishlab chiqish;
investor firmalarni tanlash;
investor bilan kelishish jarayonini tayyorlash;
mustahkam aloqa va o’zaro ishonch munosabatlarini mustahkamlash maqsadida doimiy ravishda investorlar bilan uchrashuvlarni tashkil qilish;
investitsiya loyixalari ekspert bahosiga taniqli olimlarni jalb etish;
iqtisodiyotga mablag’larni yunaltirish yo’llari va imkoniyatlari xaqidagi axborotlar bo’yicha reklama va nashr faoliyatini kengaytirish;
xorijiy firma va banklarga iqtisodiy tarmoklariga investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari va istiqbollari buyicha konsultatsiya xizmatlarini ko’rsatish kabi marketing faoliyatini olib borish zarurdir.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketing faoliyati samaradorligi ko’p jihatdan ishonchli axborotlar va ularni almashinish tizimiga bog’liqdir. Kichik biznes sub’ektlarida marketing faoliyatining axborot tahlili qo’yidagi tadbirlarni o’z ichiga olsa, maqsadga muvofiqdir:
Taklif etilayotgan parfyumeriya va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari mahsulotiga iste’molchilar talabini, bozorni rivojlantirish istiqbollarini har tomonlama o’rganish orqali aniqlash;
Maxsulotni sotish shakllari, usullarini tashkil etish va takomillashtirish;
Narxlar tizimini ishlab chiqish, ularning samaradorligini aniqlash va kerakli hollarda ularni takomillashtirish:
Mahsulot assortimentini boshqarish, ishlab chiqarishni rejalashtirish va
muvofiqlashtirish;
Iste’molchilar talabini qondiruvchi mahsulot yangi turlarini ishlab chiqarish va sotish yuzasidan korxona ilmiy -texnik faoliyatini tashkil etish;
Marketing rejasini tahlil etish:
Marketing vazifalari nazorati va boshqaruvini ta’minlash.
Xozirgi zamon bozorida muvaffaqiyatga erishish, ilmiy texnika natijasida firmaning ishlab chiqarish, moliyaviy va texnologik saloxiyati bilan emas, balki marketing tadqiqotlari o’tkazishdagi faollik, tashabbuskorlik va tajribasi bilan aniqlanadi degan fikr- muloxazalar xukm surmokda. Buni tasdiqlovchi xaqiqat shuki, keyingi 10- 15 yilda marketing tadqiqotlari zamonaviy biznesning katta mustaqil sohasiga aylanib ketdi. Ma’lumotlarga ko’ra 50 foizdan ko’p amerikalik,
86 foiz yevropalik va 60 foiz Yaponiya biznesmenlari, firma va kompaniyanlari
marketing tadqiqotlari o’z kuchlari bilan olib borganlar. Qolganlarga esa maxsus tadqiqot muassasalariga murojaat qilishadi. Xozir marketing tadqiqotlari bilan juda ko’p ilmiy - tekshirish byurolari, firmalari, agentliklari, universitetlari, davlat muassasalari shug’ullanmokda. Masalan, G’arbiy Germaniyada 120 dan ko’prok 3 ming kishilik ilmiy xodimlari bo’lgan tashkilotlar marketing tadqiqoti olib bormokda. Frantsiyada bunday muassasalar 100, Angliyada 200, AQSH da 800 dan ko’prok bo’lib, bir yilda 1 milliard dollar atrofida mablag’ aylantiradi.
Aytish mumkinki, har qanday xususiy biznesning rivoji avvalambor mamlakatda unga yaratilgan shart-sharoitlar, keng yo’l, so’ngra, asoschilarning tashabbuskorligi va mehnatsevarligiga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, biznes yuritishning zamonaviy texnologiyalari va usullaridan qanchalik omilkorlik bilan foydalanishiga bog’liqdir.
Ish yakunida biznesda diversifikatsiya strategiyasidan foydalanish bo’yicha quyidagi xulosa va takliflarga kelindi:
Xususiy biznesni rivojlantirish strategiyalari ichida kompaniya faoliyatini
faol diversifikatsiya qilish strategiyasini eng samarali vositalardan biri, deb hisoblaymiz;
Korxonalarda diversifikatsiyani qo’llashdan oldin joriy faoliyatni har tomonlama tahlil qilish, moliya va imkoniyatlarni xolis baholash hamda hisoblab chiqishdan keyingina amalga oshirilishi lozim;
Diversifikatsiyani amalga oshirish uchun kompaniya boshqaruv tizimi, biznes yo’nalishlar orasidagi o’zaro munosabatlar, mijozlar bilan ishlash tartiblarini to’liq qaytadan isloh qilish va optimallashtirish maqsadga muvofiq;
Kompaniya yanada rivojlanib borishi uchun bozordagi o’zgarishlarni doimiy kuzatib borishi, boshqaruvning korporativ uslublarini joriy etishi, boshqaruvga qarindosh-urug’chilik munosabatlarining zarar qilishiga yo’l qo’ymasligi zarur. Ana shunda, uning kelajagi yanada porloq bo’lishi shubhasiz.
Tashkifaktorlargaasoslangantakliflar:
Kabul kilingan ba’zi konunlarvakarorlardagizidliklargaaniglik kiritib, ularni tezrog xal kilinsa tadbirkorlikning usish sur’atlari yanada oshadi.
Konunlar va karorlar kabul kilinganda, tadbirkorlarni oldindan kamida 3-6 oy muddat ilgari xabardor kilinsa, tadbirkorlar xam uzlarining strategik va taktik rejalarini shunga asoslab olib borgan bulardi. Bu uz navbatida xususiy tadbirkorlikda bankrotlik sur’atlarini kamaytiradi.
Oborot mablagi uchun beriladigan kreditlar xaligacha nimagadir 1 yildan oshig muddatga berilmaydi. Agarda mijozning kredit tarixi yaxshi bulsa bu masalani kurib chiksa buladigan vakt keldi. Bu xali xam tijorat banklari kulida emas. Markaziy bank tomonidan chikarilgan xujatlar asosida mumkin emas.
Ishlab chikarish uchun (kreditga) olinib keladigan texnologiyalarni NDSdan va boshka bojxona tulovlaridan ozod kilinsa ishlab chikarishni ragbatlantirilgan buladi.
Oylik maoshidan tulanadigan solik va tulovlarni optimallashtirish lozim, agar bu kursatkichlar real darajaga yakinlashtirilsa, ish beruvchilarda oylik maoshini pasaytirib kursatish kamayib natijada xozirgidan xam kuprog tushmlar kelishiga olib kelishi mumkin.
Tovar raqobatbardoshligini o’rganish jarayoni murakkab va o’z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:
ishlab chiqarish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqish haqidagi qaror.
Bu masalalarni hal qilish korxonada tovar raqobati qobiliyati darajasini baholashning uzluksiz tizimini yaratishni talab qiladi.
Tovar raqobatbardoshligining asosiy sharti quyidagi ko’rinishiga ega bo’lgan boshqa xuddi shunday tovarlarga nisbatan eng katta yalpi foydali samaradan iborat: