II-2. Pop tumani kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining iqtisodiy ko’rsatkichlari taxlili
Respublikamiz iqtisodiyotining ustuvor sohasi bo’lgan kichik biznesning rivojlanishi, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy sohalaridagi ko’plab vazifalarning hal etilishi omilidir. Kon’yunkturasi tez o’zgaruvchan bozorlarda qatnashuvchi, biznes olamiga endigina kirib kelayotgan kichik biznes korxonalarining rivojlanishi, bevosita xo’jalik faoliyatining samaradorligiga bog’liqdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida va Respublika Oliy Majlisi sessiyalarida qabul qilingan qonunlarda O’zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, ularga har tomonlama madad berish, ularning samarali ishlashi va rivojlanishi uchun qulay shart - sharoitlar yaratish, ular yordamida mamlakat iste’mol bozorini yuqori sifatli tovarlar bilan to’ldirish masalalariga doimo alohida e’tibor berilib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarga asosan biznes va tadbirkorlikning faoliyat sohalarini rivojlantirishni rag’batlantirish, ularning huquqlari, majburiyatlari, mas’uliyatlari va manfaatlarini himoya qilish davlat tomonidan kafolatlangan. Bu o’z navbatida, kichik biznes bilan shug’ullanuvchi ishbilarmonlarning ishchanligini yanada faollashtirishga, mamlakat yalpi milliy mahsuloti hajmini oshirishga, inflyatsiya jarayonlarini sekinlashtirishga, iqtisodiyotni barqarorlashtirish va rivojlantirishga keng imkoniyat yaratdi.
Bugungi kunda Pop tumanida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati va vazifalari tubdan o’zgardi. Sohani barqaror rivojlantirish maqsadida qabul qilinayotgan Davlat dasturlariga asoslangan xolda tumanda kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirish maqsadida quyidagi chora tadbirlar amalga oshirilishi nazarda tutilgan:
tumanda yanada qulay biznes-muhit yaratish, xususiy mulkchilikning ustuvorligini mustahkamlashga yo’naltirilgan qonun hujjatlarini amal qilishini va bu borada ishonchli kafolatlarni ta’minlash, tadbirkorlikka ko’proq erkinlik berish, davlatning boshqaruv funktsiyalari va ruxsat beruvchi normalarni qisqartirish, byurokratik to’siq va g’ovlarni olib tashlash, kichik biznes sub’ektlarining moliya- kredit va xom ashyo resurs-laridan, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarga davlat buyurt-malari berilishidan keng foydalanishni ta’minlaydigan bozor vositalari va mexanizmlarini tatbiq etish;
davlat va nazorat organlarining tadbirkorlik sub’ektlari moliya-xo’jalik faoliyatiga aralashuvini keskin qisqartirish;
kichik korxonalar tashkil qilish hamda kichik korxonalar va tadbirkorlarni
ro’yxatdan o’tkazish tartib-qoidalarini amaldagi me’yoriy xujjatlarga asoslangan xolda yanada soddalashtirish, kichik biznes sub’ektlarini qurish va ularni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, noturarjoy xonalari va zarur yer uchastkalarini ajratib berish borasidagi masalalarni hal etish bo’yicha aniq chora- tadbirlarni qabul qilish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi uchun soliq va boshqa to’lovlar bo’yicha yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, imtiyoz va preferentsiyalar berish, hisobotlar tizimi hamda moliya, soliq va statistika organlariga hisobotlar topshirish mexanizmini takomillashtirish va unifikatsiyalash;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kreditlar berish mexanizmini yanada takomillashtirish va ularning hajmini oshirish, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlariga, boshlang’ich sarmoyani shakllantirishga kreditlar ajratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda texnologik yangilash uchun o’rta va uzoq muddatli kreditlar berish;
kichik biznesni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, avvalambor, xalqaro moliya institutlarining kreditlarini hamda to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni keng jalb etish va yo’naltirish;
sanoat tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yuqori texnologiyaga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar joriy etilishini rag’batlantirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish masalalarini tubdan hal etish, ularning eksport salohiyatini oshirishga, eksportga mo’ljallangan mahsulotini jahon va mintaqaviy bozorlarga olib chiqishga ko’maklashish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini axborot bilan ta’minlash, shuningdek, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalarida ularga konsultativ ko’mak berish tizimini yanada rivojlantirish.
Hozirgi kunda tumanda tadbirkorlik faoliyati sohasida hal etilishi lozim bo’lgan masalalar quyidagilardan iborat:
xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni ochishdagi murakkabliklar;
tadbirkorlik sub’ektlariga ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish uchun zarur bo’ladigan yer ajratish sohasidagi kamchiliklar;
tadbirkorlik faoliyati sohasidagi mutaxassislar yetishmovchiligi;
tadbirkorlik faoliyati rivojidagi marketing muammolari;
tadbirkorlik faoliyati mahsulotlarini akkreditatsiya qilish va sertifikatlashtirish masalalarini takomillashtirish.
Pop tumanida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati ijtimoiy hayotning barcha sohalariga kirib bormoqda. Tumanda ushbu sohani rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Ushbu soha aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tumanda kichik biznesni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotdagi kichik biznes sub’ektlarining o’rni va ulushini yildan-yilga ortib borishga erishilgan. Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar hajmida kichik biznes subektlarining salmog’i muttasil oshib bormoqda.
Xisobot davrida tumanda davlat ruyxatidan o’tgan 925 ta kichik biznes sub’ektlari mavjud bo’lib xozirda 822 tasi faoliyat ko’rsatmoqda. SHundan mikrofirmalar 721 tani, kichik korxonalar 101 tani tashkil qilmoqda.
Kichik biznes sub’ektlarini qo’llab-quvvatlash va ularga qulay shart- sharoitlar yaratish maqsadida jami 26 ta tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Jumladan, tijorat banklarining 4 ta filial va bo’limlari, 4 ta mini banklar, 9ta jamg’arma kassa, 1 ta axborot-maslahat markazlari, 1 ta konsalting xizmati, 4 ta sug’urta idoralarining vakilligi, 1 ta o’quv markazlari, Tovar hom-ashyo birjasining 1 ta savdo maydonchasi 1 ta brokerlik idoralari tadbirkorlarga xizmat ko’rsatib kelmoqdalar.
SHu davrda kichik biznes sub’ektlariga 14 mlrd. 179,1 mln.so’m shundan 9 mlrd. 925,4 mln.so’m uzoq muddatli va 4 mlrd 253,7 mln.so’mlik qisqa muddatli kreditlar ajratib berildi.
O’tgan xisobot davrida kichik biznes sub’ektlari tomonidan 2478 ta yangi ish o’rinlari yaratilib, kichik biznes sohasida band bo’lganlar soni 64,3 ming kishiga yetdi (iqtisodiyotda band aholining 95,5 foizi).
Kichik biznes sub’ektlari tomonidan joriy yilda 402,0 ming AQSH dollari miqdori eksport (o’tgan yilga nisbatan 198 marta ko’p), 1011,6 ming AQSH dollarilik import amalllari (60,2%) bajarildi.
Kichik biznes sub’ektlarini iqtisodiyot soxalaridagi ulushi quydagicha bo’ldi:
-Sanoat mahsulotlarida 15,3 foiz;
-Qishloq xo’jaligida -99,1 foiz;
-Qurilish ishlarida-87,1 foiz;
-CHakana savdo aylanmasida -50,5 foiz;
-Pullik xizmat ko’rsatishda-42,8 foiz;
-Jami xizmatlarda-67,4 foiz;
-Yuk tashishda -76,7 foiz;
-Yo’lovchi tashishda -93,2 foizni tashkil qildi.
Pop tumanida 2013 yilda jami yagona davlat ro’yxatidan o’tgan xuquqiy shaxs maqomiga ega xo’jalik yurituvchi sub’ektlar soni 1232 tani, shundan 925
tasi kichik biznes sub’ektlari bo’lib, bularning 823 tasi (jamiga nisbatan 66,8 %) mikrofirmalar, 102 tasi (8,3 %) kichik korxonalardir (7-jadval).
Tumanda jami yagona davlat ro’yxatiga olingan yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan 1127 tasi iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat ko’rsatmoqda. Faoliyat ko’rsatayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning 822 tasi kichik biznes sub’ektlari, shundan 721 tasi mikrofirmalar, 101 tasi kichik korxonalardir.
2013 yilda 74 ta yangi xo’jalik sub’ektlari tashkil etilib, 46 tasi davlat ro’yxatidan chiqarildi.
Pop tumanida davlat ro’yxatidan o’tgan yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan sub’ektlarning mulkchilik shakllari xususiy mulkning salmog’i yildan yilga ortib bormoqda. Jumladan 2012 yilda tumanda faoliyat ko’rsatgan 1193 ta xo’jalik yurituvchi sub’ektning 914 tasi yoki 76,6%i xususiy mulk shakllariga to’g’ri kelgan (8-jadval). 2013 yilda esa jami xo’jalik yurituvchilarning soni 949 taga yetgan bo’lib ularning 77,1%i yoki 1232 tasi xususiy mulk shakllariga to’g’ri kelgan. SHunga mos ravishda mulkchilik shakllarida davlat mulkining salmog’i esa yildan-yilga kamayib bormoqda. Bu esa tumanda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida raqobat muhitini tobora rivojlanib borayotganligini anglatadi.
Pop tumanida xuquqiy shaxs maqomiga ega bo’lgan sub’ektlarning asosiy qismi mikrofirmalar va kichik korxonalarga to’g’ri keladi (9-jadval). 2013 yilda tumanda faoliyat ko’rsatayotgan 1232 ta sub’ektlarning 823 tasi mikrofirmalar,
102 tasi kichik korxonalar va 307 tasi boshqa shakldagi korxonalarga to’g’ri kelgan. Tumanda faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shaklidagi sub’ektlar asosan sanoat ishlab chiqarishi (130 ta), qishloq xo’jaligi (124 ta), savdo va umumiy ovqatlanish (483 ta), transport va aloqa (36 ta), qurilish (61 ta), ulgurji savdo (31 ta) sohalariga to’g’ri kelgan
Tumanda savdo-sotiq amaliyoti asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tumanda 2013 yilda chakana savdo tovar aylanmasi 173 mlrd. 801,5 mln. so’mni, yoki o’tgan yildagiga nisbatan 7,7 foizga ko’p, aholi jon boshiga chakana savdo o’rtacha tovar aylanmasi 883,6 ming so’mni tashkil etdi. Jami tovar aylanmasida uyushmagan savdo xizmati 30 mlrd. 165,1 mln.so’mni tashkil etdi (10-jadval).
Hisobot davrida bank kreditlari va tadbirkorlarning o’z mablag’lari hisobiga tumanda jami 93 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shaxobchalari tashkil etilib, belgilangan reja 3,0 martaga ortig’i bilan bajarildi.
Jumladan, 41 ta chakana savdo, 9 ta umumiy ovqatlanish, 3 ta kiyim-tikish va ta’mirlash, 3 ta poyabzal tikish va ta’mirlash, 8 ta sartaroshxona va 29 ta boshqa turdagi xizmat ko’rsatish shaxobchalari foydalanishga topshirildi.
Servis sohasida yanvar-sentyabr oylarida jami 1629 ta ish o’rinlari yaratish belgilangan bo’lib, amalda 2100 ta yangi ish o’rinlari tashkil etildi.
Pullik xizmatlar hisobot davrida 40 mlrd. 215,2 mln. so’mni yoki o’tgan yildagiga nisbatan 123,4 foizni tashkil etib, aholi jon boshiga hisoblaganda 206,3 ming so’mni tashkil etdi.
SHu davrda aholiga maishiy xizmat ko’rsatish hajmi 9 mlrd 366,9 mln. so’mni, o’tgan yildagiga nisbatan 122,7 foizini tashkil etdi.
Xisobot yilida 41 ta maishiy xizmat shahobchalari tashkil etildi. Bulardan 3 ta avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish, 8 ta sartaroshxona, 3 ta kosibchilik va 3 ta tikuvchilik hamda 24 ta boshqa yo’nalishlardadir.
Dostları ilə paylaş: |