О‘zbekiston respublikasi oliy


-chizma. Motivatsiya bosqichlari (A. Maslou bo’yicha)



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə75/143
tarix23.06.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#134584
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   143
Αzbekiston respublikasi oliy

13-chizma. Motivatsiya bosqichlari (A. Maslou bo’yicha)

Birinchi o’rindagi ehtiyojlar - bu bazis ehtiyojlar, ya'ni yashashni ta'minlash uchun zarur bo’lgan ehtiyojlar. A. Maslouning fikricha, inson, eng avvalo ana shu bazis ehtiyojlarini qondirish uchun ishlaydi. Bazis ehtiyojlar, ya'ni oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, uy-joyga, uyquga bo’lgan ehtiyoj qondirilsa, boshqa darajadagi ehtiyojlar ham asta-sekin ahamiyat kasb etib boradi.


Masalan, xavfsizlikka, ya'ni tinchlik, tartib, himoyaga bo’lgan ehtiyoj ham birlamchi bosqichdagi ehtiyojning yangi darajasidagi zaruriyatdir. Biron ijtimoiy guruhda bo’lish, boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyoji ierarxiyaning uchinchi bo’g’iniga kiradi. Bu guruhdagi ehtiyojlarni ijtimoiy ehtiyojlar deb ham yuritiladi.
Hurmatga bo’lgan ehtiyoj ehtiyojlar piramidasini to’rtinchi bo’g’inini tashkil qiladi. Bu ehtiyojlar kishining boshqalar tomonidan tan olinishiga bo’lgan ehtiyoj, ya'ni mavqe, nufuz, shon-shuhrat, muvaffaqiyat, diqqat-e'tibor. O’zligini isbotlash ehtiyoji, ya'ni Maslou ierarxiyasidagi eng yuqori daraja yashirin imkoniyatlarning haqiqatga aylanishi, nimaga erishish mumkin bo’lsa, shunga erishish. Bu ehtiyojlar shaxsning o’sishida o’z aksini topadi.
A. Maslou, odamlar - qonmagan ehtiyojlarini qondirishga intiluvchi "ochko’z maxluq"lardir, degan edi.
Birlamchi ehtiyojlar qondirilgach boshqa zaruriyatlar kishilarni yuqori darajadagi ehtiyojlarga qarab harakat qilishga majbur qiladi. Bu ehtiyojlarni qondirish uchun rahbar quyidagi usul va yondoshuvlarni qo’llashi kerak. Quyidagi jadvalda ularni ayrimlarini keltiramiz (16-jadval):


16-jadval. Yuqori darajadagi ehtiyojlarni qondirish usullari



T/r

Ehtiyojlar

Ehtiyojlarni qondirish usullari


Ijtimoiy ehtiyojlar

-xodimlarga shunday ish beginki, udar bir-biri bilan aloqada bo’lish imkoni bo’lsin;
- ish joylarida birdamlik ruhi, mushtaraklik tuyg’usini yarating;
-qo’l ostidagilar bilan davriy kengashlarni o’tkazib turing;
- normal guruhlarni "tinchitish"ga harakat qilmang, (agar uning korxona mavqeiga ta'siri bo’lmasa);
- xodimlarga korxona doirasidan tashqarida ham ijtimoiy faollik qilishga imkon bering


Hurmatga bo’lgan ehtiyoj

-qo’l ostidagilarga mazmunliroq ishni taklif qiling;
- xodimlarning erishgan yutuqlari bilan aks aloqani ta'minlang;
- xodimlar yutuqlarini yuqori baholang va rag’batlantiring4
- xodimlarni maqsadni aniqlashga va qaror qabul qilishga taklif qiling;
- qo’l ostidagilarga vakolat va huquq bering;
-qo’l ostidagilarni amal pillapoyalari sari ko’taring.


O’zligini isbotlashga bo’lgan ehtiyojlar

-qo’l ostidagilarning o’z imkoniyatlaridan to’liq foydalanishi uchun ularning o’qishiga sharoit yaratib bering;
- qo’l ostidagilarga murakkab va muhim ish bering, toki ular butun vujudini berib ishlasin;
-qo’l ostidagilarning tashabbusini rivojlantiring va rag’batlantiring.

Bu ehtiyojlarni hech qachon to’la to’kis qondirish imkoniyati bo’lmaydi. SHu sababli ehtiyojlarga asoslangan motivatsiya jarayoni cheksizdir.


Fredrik Gertsbergning motivatsiya nazariyasi boisiy tozalanish (motivatsionnaya gigiena) deb yuritilib, uning asosida qoniqish keltiruvchi ruhiy sog’lom bo’lishga ham hamkorlik ko’rsatadi degan fikr yotadi. U quyidagi ikki guruh omillariga e'tiborni qaratadi (17-jadval):



Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin