О‘zbekiston respublikasi oliy



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə71/143
tarix23.06.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#134584
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   143
Αzbekiston respublikasi oliy

Asosiy adabiyotlar
1. Yo’ldoshev N.Q., Umarjonov A.M. Iqtisodiyot va menejment. - T.: TDIU, 2005
2. Sh.N.Zaynutdinov, N.R.Qodirxodjaeva. "Menejment" fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmuasi. "Iqtisodiy ta'limdagi o’qitish texnologiyasi" seriyasidan. T.: TDIU, 2006, 156 b
3. Sh.N.Zaynutdinov, N.R.Qodirxodjaeva. "Menejment" fani bo’yicha o’quv uslubiy ta'lim texnologiyasi. Uslubiy qo’llanma. "Iqtisodiy ta'limdagi o’qitish texnologiyasi" seriyasidan. T.: TDIU, 2006, 185 b
4. Sharifxo’jaev M., Abdullaev Yo. Menejment. -T.: O’qituvchi, 2001, 705 b.
5. Дятлов А. Н. Общий менеджмент: Концепции и комментарии: Учебник. - М.: Альпина Бизнес Букс, 2007. - 400 б.
6. Загородников С.В. Краткий курс по менеджменту: учеб. пособ. –М.: “Окей – книга”, 2007.-160 б.
7. Ильин Е.П. Мотивация и мотивы. – СПб. Питер, 2008.-512б.
8. www.morozov.ru – Россия Менежмент ва бозор академиясининг расмий сайти.
10-BOB. MENEJMENTDA MOTIVLASHTIRISH

10.1. Motivlashtirish tushunchasi mazmuni va mohiyati


10.2. Motivlashtirish modellari va strategiyasi
10.3. Motivlashtirish nazariyalari


10.1. Motivlashtirish tushunchasi mazmuni va mohiyati
Ruscha - o’zbekcha lug’atda motivatsiya tushunchasi biror ish yoki harakatning yuzaga kelishiga sababchi bo’lgan motivlar, dalillar, isbotlar, bahonalar, vajlar yoki sabablar majmui ma'nosida talqin etiladi. Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan:



Motivlashtirish - bu ruhiy omil bo’lib, shaxs faolligining manbai, sababi, dalili va har xil turli ehtimollaridir. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag’batlantiruvchi kuchli vositadir

Boshqacha qilib aytganda motivlashtirish - bu kishilar faoliyatini ruhiy yo’llar bilan maqsadga muvofiq yo’naltirishdir. U muayyan ehtiyojni qondirish bilan bog’liq. Ehtiyoj esa sabablarda namoyon bo’ladi.


Inson tirik jon sifatida ovqat eyish, uxlash, dam olib o’z kuchini tiklash, o’zini issiq - sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy, ya'ni kiyim-kechak, oziq-ovqat, turar joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi.
Insonning moddiy ehtiyojlari bilan birga ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bo’larga bilim olish, madaniy saviyani oshirish, malaka, mahoratga ega bo’lish va sog’lom hayot kechirib, uzoq umr ko’rish kiradi, aytilgan ehtiyojlar moddiy shaklga ega bo’lmagan har xil xizmatlar ko’rsatish orqali qondiriladi.
Umuman:



Ehtiyoj odamlarni harakatga intiltiruvchi, qo’zg’atuvchi motivdir

Ehtiyoj qat'iyan tabaqalashgan bo’ladi. YA'ni u kishilarning odati, didi va ruhiyatiga, yoshi va jinsiga, oilaviy ahvoli va millatiga, mehnat va yashash sharoitlariga ham bog’liq.


Eng muhimi xilma-xil ehtiyojni qondirish uchun xilma-xil faoliyat va uni muvofiqlashtiruvchi boshqaruv talab qilinadi. Ehtiyoj orqali kishilarni motivlashtirish jarayonini quyidagi chizmada ifodalash mumkin (8-chizma):





Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin