ESTETIK MADANIYAT
1 A. O‘lmasov, M. Sharifxo‘jayev. O‘sha asar, 18-b.
74
Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
estetik madaniyat insonning ma’naviy-hissiy faoliyati bilan uzviy bog‘langan munosabat va qadriyatlar tizimini ifodalaydi. estetik madaniyat sohasi insonning voqelikka munosabatida uning o‘z-o‘zini erkin namoyon etishi bilan bog‘langandir. Bu erkinlikning mohiyati shundaki, inson tabiat narsalarini qayta ishlashda uning o‘z jinsi va turiga mos me’yorni topa oladi va gavdalantiradi. estetik madaniyat jamiyat madaniyatining ixtisoslashtirilgan qismi bo‘lib, uning holatini san’at va estetik munosabatlar rivojlanishi bilan bog‘lab tushuntirish mumkin. estetik munosabat va unga muvofiq keladigan estetik qadriyatlar tizimi estetik madaniyatning barqaror jihatlari hisoblanadi. estetik madaniyatning xususiyatlari esa uning negizini tashkil etuvchi faoliyatning
o‘ziga xosligi bilan belgilanadi.
Ma’lumki, faoliyat deyilganda insonning olamga nisbatan predmetlar bilan bog‘langan munosabati tushuniladi. Faoliyat tufayli inson tabiatni takror hosil qiladi, o‘zgartiradi, binobarin, faoliyat asosida insonning ijodkorlik qobiliyati yotadi. Faoliyat inson mavjudligining ijtimoiy usuli bo‘lib, ma’naviy-moddiy, intellektual jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Faoliyat qo‘l harakatiga o‘xshash fikrlar yo‘nalishini ham, inson xulqi qoidalariga o‘xshab ketadigan bilish jarayonini ham ifoda etadi.
Faoliyat amal qilmog‘i uchun quyidagi uch jihat zarur: faoliyat sub’ekti, faoliyat obyekti, faoliyat jarayoni. Faoliyatning sub’ekti obyekt yoki boshqa sub’ektlarga yo‘naltirilgan faol jihatlar majmuidir. Shu ma’noda muayyan shaxs, u yoki bu ijtimoiy guruh va, nihoyat, jamiyatning o‘zi ham faoliyat sub’ekti bo‘lishi mumkin.
estetik faoliyatning sub’ekti estetik qobiliyat, ijodiy erkin mushohada va obrazli fikrlash layoqatiga ega, muammoli holatlarda erkin xatti-harakat ko‘rsata oladigan inson hisoblanadi. Sub’ekt o‘zigacha mavjud va tayyor estetik qadriyatlarni «fahmlash» bilan chegaralanmaydi, aksincha, har safar predmetni u o‘z tasavvuri va idealiga muvofiq qayta ishlaydi. estetik faoliyat jarayonida sub’ektning estetik ehtiyojlari takomillashib, boyib boradi.
Sub’ektlarning faolligi yo‘naltirilgan jihatlar yig‘indisi faoliyat obyektini tashkil etadi. Tabiat predmetlari, ijtimoiy hodisalar, insonning o‘zi shunday obyekt bo‘la oladi. Bordi-yu sub’ektning harakati uning o‘z-o‘ziga qaratilgan bo‘lsa (masalan, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘zini o‘zi anglash kabi), unda sub’ekt ayni vaqtda obyekt o‘rnini ham bosishi mumkin. Faoliyat jarayoni, borliqning asosiy qonuniyatlari (yaxlitlik, mutanosiblik, uyg‘unlik, me’yoriylik va boshqalar), ularning tashqi ifodalari (yorqinlik, ifodaviylik va boshqalar), ijtimoiy taraqqiyot qonunlari (ijtimoiy ravnaq, erkinlik, insonparvarlik va boshqalar) estetik faoliyatning asosini tashkil etadi. Tabiiyki, bu xossalar tashqarida yotmaydi, aksincha, ularni aniqlamoq uchun maxsus faoliyat ko‘rsatish kerak. estetik faoliyat obyekti ana shunday vazifani bajaradi.
Faoliyat sub’ekt tomonidan obyekt7n5i o‘zlashtirish darajasini ifodalaydigan
madaniyatshunOslik asOslaRi
ko‘rsatkichdir. Demak, faoliyat sub’ektning obyektga munosabati tarzida yuzaga keladi. Sub’ektning maqsadiga ko‘ra faoliyatning bir necha turlari, masalan, qayta o‘zgartiruvchanlik, bilish va boshqalar mavjud bo‘ladi. Faoliyat jarayonida qo‘llanilayotgan vositalarga qarab, u moddiy-amaliy, ma’naviy- amaliy turlarga bo‘linadi. Shuningdek, faoliyat ishlab chiqarish va iste’molchilik tarzida ham amalga oshiriladi.
Faoliyatning asosiy vazifasi insoniyat jamiyati mavjudligini ta’minlash va uning tadrijiy rivojlanishiga xizmat qilishdan iboratdir. Boshqacha aytganda, jamiyat mavjudligi va yashab turishi inson turmushining zaruriy shartidir. Binobarin, inson faoliyati yashash uchun real muhitni — «ikkinchi tabiat»ni yaratish va mukammallashtirishga qaratiladi. Bordi-yu hayvonning xatti-harakati asosan uning o‘z jismoniy mavjudligi (organizmi)ni muhitga moslashtirsa, inson faoliyati tabiatni, tevarak-atrofni o‘z maqsadlariga muvofiq ravishda o‘zgartiradi va qayta yaratadi.
estetik faoliyat ham mohiyatan ana shunday xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, muayyan tomonlari bilan ulardan ajralib turadi. Ishchi yoki olimning mehnati estetik xususiyatlarni ifodalashi mumkin. Biroq bu yerda estetik maqsad asosiy narsa emas. Shuningdek, inson faoliyati va xulqining juda ko‘p hodisalarida estetik maqsad amaliy niyatlarni yuzaga chiqarishda yordamchi vosita rolini bajarishi mumkin. Injener faoliyatidagi asosiy niyat – loyihaning mukammal va pishiq bo‘lishi, olimnikida — nazariya mukammalligini ta’minlaydigan izchillik, ishchinikida — mehnat mahsuloti sifatini oshirishdagi go‘zallik faoliyat natijasi hisoblanadi.
San’at sohasida bu masala boshqacharoq ma’no kasb etadi, ya’ni bu yerda estetik maqsad mustaqil bo‘ladi, go‘zallik va mukammallikni yaratish san’atdagi asosiy, yagona maqsaddir. Shu sababli, san’at orqali kechadigan faoliyat insonni tarbiyalashi, uni kurashga chorlashi, fikrini uyg‘otishi, his-tuyg‘ulariga ta’sir etishi, kuldirishi yoki yig‘latishi mumkin. Demak, estetik faoliyat mutanosiblik (garmoniya), go‘zallik va mukammallikni maqsadga muvofiq ravishda in’ikos etish, bilish va yaratishni bildiradi. Shunga ko‘ra, qadriyatlarni yaratish va insonni go‘zal qilib shakllantirishga yo‘naltirilgan faoliyatni estetik faoliyat deyish mumkin.
Yo‘nalishi va predmetiga qarab estetik faoliyatni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
predmetli muhitni estetik jihozlash, ya’ni moddiy ishlab chiqarish sohasida estetik faoliyat — dizayn; turmush sharoitlarini yaratishda badiiy- amaliy faoliyat; inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy borliqni badiiy jihozlash; buket — guldasta tuzish san’ati; xalq amaliy san’ati va h. k.
insonni estetik jihatdan tarbiyalash. Bunga xulq estetikasi; turmush estetikasi; hordiq chiqarish va sog‘liqni tiklash madaniyati; tabiatga sog‘lom
76
Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
estetik munosabatni tarbiyalash; shaxs estetik tarbiyasida milliy madaniyatning roli; jismoniy tarbiya va sport sohasida estetik faoliyat.
san’at asarlarini yaratish. Bu san’atkorning ijodiy qobiliyati; hayot hodisalarini badiiy hodisalarga aylantira olish iste’dodi; san’atkorning o‘ta kuzatuvchanligi va xotira quvvati; inson ichki dunyosini tushuna olishi, psixologik jarayonlarning inson tashqi qiyofasida namoyon bo‘la olishini chuqur anglab yetish; iste’dod – talant kabilarni bildiradi.
estetik faoliyatni shakl jihatidan ikki katta turga bo‘lish mumkin.
Bulardan:
birinchisi — estetik faoliyatning fikriy, yoki, nazariy shakli. Bunga estetik ongning oddiy hamda nazariy ko‘rinishlari — estetik kechinma, mushohada, did, ideal, qarashlar va boshqalar kiradi;
ikkinchisi — predmetli-amaliy ko‘rinishdagi estetik faoliyat shakllari. Bu asosiy estetik g‘oyalar, me’yorlar, tasavvurlarni konkret predmetlarda, san’at asarlarida, madaniyat qadriyatlarida amaliy jihatdan gavdalantirishdan iborat.
har qanday faoliyatda bo‘lgani singari estetik sohada ham muayyan ehtiyoj asosiy rol o‘ynaydi. Inson faoliyatining tabiati ana shu ehtiyojga bog‘liq bo‘ladi. estetik ehtiyojning umumiy belgisi shundaki, u inson faoliyatining barcha sohalarini, ijtimoiy hayotning butun jabhalarini qamrab oladi, ular orqali o‘zini namoyon qiladi. Tor ma’noda barcha qadriyatlarni estetik idrok etish, baholash zaruriyatini ruhan sezish, insoniy faoliyat sohalarida mukammallikka intilish estetik ehtiyojni qondirishga qaratiladi. estetik faoliyatga ham shu xususiyat xosdir. har qanday faoliyat insonning mohiyatli kuchlari erkin ifodalanishini bildirar ekan, demak, bu faoliyat estetik faoliyat darajasiga ham ko‘tarilishi mumkin. Shu ma’noda estetik faoliyat har qanday konkret faoliyatning
«insoniylashuv» belgisidir. Bu narsa san’atda ustuvor o‘rin tutadi.
Jamiyatning estetik madaniyatini quyidagilar tashkil etadi: tabiat, turmush, ijtimoiy munosabatlarni estetik o‘zlashtirish jarayonlari va natijalari; san’at taraqqiyotining darajasi; ijtimoiy tabaqa, guruhlarning estetik qarashlari, didlari va manfaatlari holati; nafosat tarbiyasi va amaliyoti hamda kishilarning sotsial-estetik faollik darajasi.
estetik madaniyat qadriyatlarini o‘zlashtirish shaxsiy va ijtimoiy tajribaning o‘zaro aloqadorligi negizida amalga oshadi, unda shaxsning estetik dunyoqarashi, qadriyatlarga tanlab munosabatda bo‘lish malakalari, go‘zallik va mukammallik to‘g‘risidagi tasavvurlari, predmetli olam, san’at qadriyatlarini idrok etish shakllari, estetika, san’atshunoslik to‘g‘risidagi bilimlari muhim omil hisoblanadi. Shaxsning estetik madaniyati, shunday qilib, estetik qadriyatlarni
1 Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. T.: «O‘qituvchi», 1992, 11-b.
77
madaniyatshunOslik asOslaRi
yaratish, o‘zlashtirish va iste’mol qilish usullaridan tashkil topadi.
estetik madaniyatda badiiy faoliyat alohida o‘rin tutadi. estetik madaniyat bilan badiiy madaniyat o‘rtasidagi umumiylik va tafovutlar masalasi shundan kelib chiqadi. Badiiy madaniyat estetik madaniyatning o‘zagi hisoblanadi, biroq ular aynan teng ma’noda ishlatiladigan tushunchalar emas. Agar estetik omil madaniyatning boshqa turlarida ahamiyati jihatidan ikkinchi darajali o‘rinda tursa, badiiy madaniyatda u ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Yuqorida aytilganidek, insonning moddiy-texnikaviy yoki ilmiy sohadagi faoliyatida ham estetik jihatlar mavjud, biroq bu sohalarning mohiyati estetik kategoriya bilan o‘lchanmaydi. Badiiy madaniyatning tabiati va mohiyatini esa estetik faoliyatni hisobga olmay turib tushunish mumkin emas. Boshqacha aytganda, estetik qimmati bo‘lmagan badiiy asar haqiqiy badiiy madaniyat hodisasi bo‘la olmaydi. Gnoseologik (bilish) yoki tarbiyaviy jihatdan, masalan, roman yoki badiiy film nechog‘lik dolzarb mavzuga bag‘ishlanmasin, estetik talablarga javob bermasa, u haqiqiy ma’no kasb etmaydi. Shu ma’noda turg‘unlik yillarida vujudga kelgan ko‘plab g‘oyaviy saviyasi past, «xom» asarlar badiiy madaniyatga faqat rasmiyatchilik nuqtai nazardan tegishli bo‘lgan, holos.
Ikkinchi tomondan, badiiy madaniyat nafaqat estetik, balki diniy, axloqiy, bilish, tashkiliy madaniyatlarning ham xususiyatlarini o‘zida gavdalantiradi. Aytish mumkinki, badiiy madaniyat sohasida mehnat madaniyati (ijodiy faoliyat madaniyati sifatida) va iste’mol madaniyati (badiiy qadriyatlardan foydalanish madaniyati sifatida) ham o‘z ifodasini topishi mumkin. Badiiy adabiyotda, tasviriy san’atda, musiqada faqatgina estetik emas, shu bilan bir qatorda, diniy, gnoseologik, tashkiliy, axloqiy ehtiyojlar va qobiliyatlar ham amal qiladi. San’atning ko‘p funksiya bajarishi va ko‘p ma’noli ekanligining boisi ham ana shunda.
San’atda ezgulik, adolat, jasurlik kabi axloqiy g‘oyalar o‘z badiiy ifodasini topib, axloqiy madaniyat bilan o‘zaro aloqaga kiradi. haqiqiy insonparvar san’at jamiyatning axloqiy muammolarini yoritish bilan cheklanmaydi, balki shu bilan birga, ularni o‘ziga xos tarzda o‘quvchi yoki tomoshabinga etkazadi, san’at muxlislarining ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi. Bugina emas, insonni yanada yuksak axloqiy xatti-harakatlar ko‘rsatishga da’vat etib, tashkiliy madaniyat funksiyasini ham bajaradi. Ko‘pgina badiiy asarlarning maxsus ravishda kishilarni tarbiyalashga mo‘ljallab yozilganligi, ularning ijtimoiy- tashkiliy uyushqoqlikka da’vat etishi ma’lum. Chunonchi, harbiy marshlar, davlat va partiya madhiyalari, cherkov musiqalari, siyosiy qo‘shiqlar va siyosiy felyetonlar ana shunlar sirasiga kiradi. Xullas, estetik va badiiy madaniyat o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan, ana shu asosda jamiyat hayotida muhim ma’naviy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Milliy mustaqillik sharoitida ma’n7a8viy madaniyatning barcha unsurlari
Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
singari estetik madaniyatning ham ahamiyati ortib bormoqda.
Birinchidan, bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida kishilarning ijtimoiy va shaxsiy fazilatlari, ularning ongliligi, ijodiy faoliyatining erkin namoyon bo‘lishi uchun real imkoniyatlar yaratilmoqda.
Ikkinchidan, shaxsiy manfaatlarning o‘ziga xos o‘rin tutishi negizida kishilarning ijodkorlik faoliyatida samaradorlik ortmoqda, ishlab chiqarishni tashkil etishda shaxsiy tashabbuskorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik fazilatlari keng namoyon bo‘lmoqda.
Uchinchidan, ishlab chiqarish munosabatlarining yanada taraqqiy etishi, jamiyatni boshqarishda demokratik qadriyatlarning ustuvor o‘rin tutishi, kishilar faoliyatining sifat jihatidan takomillashuvi estetik madaniyat rivoj topishiga olib kelmoqda.
To‘rtinchidan, ishlab chiqarish sohasida xorijiy firmalar bilan qo‘shma korxonalarning tashkil etilishi, jahon ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti yutuqlarining O‘zbekistonga kirib kelishi, ishlab chiqarishni yangi (elektronika, mikroelektronika, hisoblash mashinalari, kompyuterlar, qulay avtomatlashtirish tizimi va boshqalar) texnika bilan qurollantirish ishlab chiqaruvchilarda sotsial- psixologik, professional, axloqiy-estetik sifat va fazilatlarni tarkib toptirishni taqozo etadi. Jahon bozoriga mahsulot olib chiqish, o‘ziga mos va o‘ziga xos o‘rin egallashning mezonlaridan biri hisoblanib, ishlab chiqarish sohasida sifat mukammalligi va estetik barqarorlikka erishish hisoblanadi. Bunday ijtimoiy vazifani hal etishda estetik madaniyatning roli kattadir.
F AN
Ma’naviy ishlab chiqarishning mahsuli bo‘lgan fan insonning mohiyatli kuchlarini o‘zida ifoda etib, madaniyat hodisasi sifatida namoyon bo‘ladi. Fan madaniyat hodisasi deyilganda, birinchi navbatda, uning bilimlarni ishlab chiqish shakli ekanligi nazarda tutiladi. Avvalo, shuni ta’kidlash lozimki, har qanday tasavvur va bilimlar singari fan ham ijtimoiy amaliyot, ijtimoiy ehtiyoj tufayli yuzaga kelgan.
Amaliyot tufayli tug‘ilgan bilimlar dastavval ayrim hodisalarni qayd qilish, ularning tashqi jihatlarini tavsiflash bilan chegaralanadigan kundalik, oddiy, ilmiy bo‘lmagan tasavvurlar tarzida namoyon bo‘ladi.
Fan esa narsa-hodisalarni vujudga keltirgan sabablarning mohiyatini ochishga, ular o‘rtasidagi ichki aloqalarni aniqlashga qaratiladi. Tabiiyki, narsa- hodisalar o‘rtasidagi aloqa va munosabatlar o‘ta rang-barang shakllarda yuz berib, ular muvaqqat, favqulodda, nomuhim bo‘lishlari mumkin, ilmiy bilish esa ulardan eng muhimlarini, barqarorlarini, mohiyatni ifodalaydiganlarini
79
madaniyatshunOslik asOslaRi
ajratib oladi. Aloqa va munosabatlarning bunday toifasi odatda qonun nomi bilan yuritiladi.
Fan voqealar tizimini belgilaydigan obyektiv qonunlarni, juda uzoq va yaqin o‘tmishdagi voqea-hodisalar mohiyatini tushuntirib, ularning ilmiy manzarasini tiklaydi. Fan voqelikning obyektiv qonunlarini kashf etib, fan kishilarning bugungi kun haqidagi bilimlarini kengaytirish bilan birga, tabiat va jamiyatda kechadigan jarayonlarni nafaqat tushuntiradi, balki aql «nazorati»dan o‘tkazadi. Nihoyat, fan obyektiv qonunlarni bilish asosida voqelikning juda rang-barang sohalari va, umuman, ertangi kun haqida bashorat ham qilishi mumkin.
Shunday qilib, fan tadqiqot bilan uzviy bog‘langan ijodiy faoliyat bo‘lib, buning natijasida tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil qilinadi. Binobarin, fan yangi bilimlar hosil qilishning sub’ektlari, obyektlari, barcha sharoitlari va jihatlarini o‘z ichiga oladi. Bular asosan quyidagilardan iborat:
olimlar, ularning bilimlari va qobiliyatlari, malakasi va tajribasi;
ilmiy, aqliy mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi;
ilmiy muassasalar, eksperimental va laboratoriya uskunalari;
tadqiqotning ilmiy uslublari, tushunchalari va ilmiy informatsiya tizimi;
ilmiy faoliyat natijasida yuzaga keladigan bilimlarning butun ko‘lami va yig‘indisi va h. k.
Tarixiy taraqqiyot shundan dalolat beradiki, fan ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida yuzaga kelgan bo‘lib, aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan ajralib chiqishi hamda, olamni bilish inson faoliyatining alohida turiga aylanishi mahsulidir.
Fanning paydo bo‘lishini ta’minlagan zaruriy shart-sharoitlar dastavval Qadimgi Sharq mamlakatlari — Misr, Vaviloniya, hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyoda yuzaga kelganligi tarixdan ma’lum. Bu yerda dastavval tabiat va jamiyat to‘g‘risida shakllangan tasavvurlardan umumiy xulosalar chiqarishga ehtiyoj tug‘ilgan, oqibatda matematika, astronomiya, mantiq, axloqshunoslikning ilk namunalari paydo bo‘lgan. Sharqda erishilgan bunday yutuqlar eramizdandan oldingi IV asrdan boshlab qadimgi Yunonistonda yanada boyitiladi, tizimga solinadi, ijodiy rivojlantiriladi.
Qadim zamonlardan boshlab fanning asosiy funksiyasi olamni tushuntirishga yo‘naltirilgandir. Olamni bilish bilan shug‘ullanish negizida insonning dunyoni idrok etish doirasi kengayib, o‘zini tabiatning bir bo‘lagi sifatida tushunish haqidagi tasavvurlari ham chuqurlashadi. Fan taraqqiyotining dastlabki davrlariga xos bunday mushohadakorlik holatlari keyinchalik yirik ishlab chiqarish sohasining keng yo‘lga qo‘yilishi, industrial rivojlanish miqyoslarining o‘sib borishi oqibatida cheklana boradi, endi fan inson va jamiyatning ishlab chiqarish faoliyatini shunchaki ilmiy qayd etuvchi emas, balki uni harakatga keltiruvchi va taraqqiyotini belgilovchi8o0millardan biriga aylanadi. Bu jarayonda
Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
tabiiyotshunoslik fanlari majmui va tegishli amaliy tadqiqotlarning yetakchilik mavqei markaziy o‘rin egalladi.
Fan ilmiy bilishga asoslanadi, uning asosiy belgilari nimalarda ko‘rinadi? Ilmiy bilish haqiqat tushunchasi bilan uzviy bog‘langan, boshqacha aytganda, fan — haqiqatlar yig‘indisidan iboratdir. Inson aqli ilmiy bilishning asosiy quroli hisoblansa ham, u suyanadigan dalillar, ma’lumotlar, g‘oyalar, nazariyalar, konsepsiyalar obyektiv mazmunga egadir, binobarin, ular insonni o‘rab olgan olamni, ro‘y beradigan hodisalar va jarayonlar qay tarzda mavjud bo‘lsa, o‘shanday in’ikos etadi. Bilimlarning obyektivligi, haqiqiyligi ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida tekshirib olinadi. Amaliyot sinovidan o‘tgan, shu jarayonda tasdiqlangan bilimlargina haqiqat hisoblanadi.
Biroq har qanday haqiqat, shuningdek, ishonarli va obyektiv bilimlar ham ilmiy bo‘la olmaydi. hech qanday ilmiy qimmatga ega bo‘lmagan siyqasi chiqqan hodisani qayd etish ham haqiqat belgisiga ega bo‘lishi mumkin. haqiqat tizimiylik belgisiga ega bo‘lgan taqdirdagina ilmiylik kasb etadi. Darhaqiqat, qismlarga bo‘lingan haqiqiy dalillar (ular qanchalik ko‘p bo‘lmasin) hali ilmiy bilim degani emas. Bilimlarning tizimiyligi ham o‘z-o‘zicha ularning haqiqat ekanligiga kafolat bera olmaydi. Masalan, din g‘oya va tamoyillar tizimiga egadir, biroq u fan o‘rnini bosa olmaydi. Fanni alohida ajratib turgan narsa unda obyektiv haqiqat bilan tizimiylikning uzviy birligidir.
Fan hodisalarni tasnif qilib, muayyan tamoyillar asosida tizimga kiritib umumlashtiradi. Ilmiy bilim umumlashtiruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, shu bilan bilishning boshqa shakl va usullaridan ajralib turadi. Umumiylik, umumlashtirish xususiyati har qanday fanning diqqat markazida turadi, u alohidalik va xususiylikdan umumiylikni keltirib chiqaradi, uni tushunchalar va kategoriyalarda ifodalaydi. Shubha yo‘qki, umumiylikni, zaruriylikni, qonuniylikni ajratib olish uchun xususiy va tasodifiy hollardan mavhum fikrlashga qarab borish lozim. Mavhum fikrlashsiz hech qanday umumlashtirish mavjud emas, ilmiy tushunchalar va kategoriyalar esa ilmiy bilishning asosiy qurollaridan bo‘lib, abstraksiya — mavhum fikrlashning ifodasidir.
Umumlashtirish va mavhum fikrlash ilmiy bilishga xos ekan, tabiiyki, u nazariy bilish hisoblanadi. Demak, ilmiy bilishning navbatdagi belgisi nazariy xulosalar chiqarish bilan bog‘langandir. empirik dalillar, ma’lumotlar ilmiy bilishning tayanch nuqtalari bo‘lsa ham, eksperiment haqiqatga erishishning asosiy vositalaridan biri bo‘lsa ham, fan tomonidan foydalaniladigan butun hodisa (fakt)lar majmuasi, o‘z navbatida, mantiqiy qayta ishlashga, nazariy qayta qarab chiqishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
1 I. A. Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 5-b.
6— Zakaz 23 81
madaniyatshunOslik asOslaRi
Nihoyat, fanning asosiy belgilaridan yana biri shundaki, u muntazam ravishda rivojlanib boradigan tizimdir. Ijtimoiy hayot, tajriba fanning oldiga doimo yangidan-yangi hodisalarni ko‘ndalang qilib qo‘yadi, fan ularni nazariy umumlashtirishni, buning natijasida konsepsiyalarning mazmunan boyishi, chuqurlashuvi va yangilanishini, eski nazariyalarning yangilari bilan almashinishini ta’minlaydi. Fan hech qachon qotib qolgan aqidalar bilan kelisha olmaydi, u muntazam ravishda mukammallashib boradigan tizimdir.
Fan o‘zining ichki mantig‘iga ega bo‘lib, shu asosda muayyan g‘oya va konsepsiyalarni, yangi fikr, nazariy qarashlarni vujudga keltiradi. Fanning nisbiy mustaqilligi ham ana shunda ko‘rinadi.
Ilmiy bilishning yuqorida qayd etilgan o‘ziga xos belgilari ichki jihatdan o‘zaro bog‘langan holda fanning sotsial funksiyalarini ifoda etadi, jamiyat taraqqiyotida tutadigan o‘rnini belgilab beradi.
Ma’lumki, ijtimoiy-tarixiy amaliyot moddiy ishlab chiqarish faoliyatini ham o‘z ichiga oladi. Bu faoliyat taraqqiyotining muayyan bosqichida tabiat to‘g‘risidagi bilimlar yuzaga kelganligi ma’lum. Bular tabiatshunoslik (matematika, fizika, biologiya, kimyo, astronomiya, botanika va boshqalar) bilimlaridir. Fan ijtimoiy-tarixiy amaliyot tarkibi bu bilan chegaralanib qolmaydi, balki kishilarning sotsial munosabatlarni qayta qurish sohasidagi faoliyatini ham qamrab oladi. Faoliyatning bu turi negizida insoniyat jamiyati to‘g‘risidagi bilimlar tarkib topadi. Bular jamiyatshunoslik bilimlari deb ataluvchi — tarix, tilshunoslik, falsafa, dinshunoslik, axloqshunoslik va boshqa ko‘plab fanlarni o‘z ichiga oladi.
Taraqqiyotning muayyan bosqichida bilish jarayonining o‘zi ham bilish obyektiga aylanadi. Kishilar ongning paydo bo‘lishi, bilish shakllari, ilmiy bilishning o‘ziga xosligi, uning imkoniyatlari va boshqa jihatlarini o‘rgana boshlaydi, oqibat-natijada bilish — tafakkur qonuniyatlari tadqiq etiladi. Bilish haqidagi, xususan, tafakkur to‘g‘risidagi fan tizimi inson bilimlarining alohida sohasi sifatida ajralib chiqishining boisi ham ana shundadir.
Tabiatshunoslik fanlari ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotida shubhasiz muhim o‘rin tutadi. Ijtimoiy fanlarning tarixiy ahamiyati shundaki, ularni egallash insonning ijtimoiy tabiati mukammallashuviga olib keladi.
Fanning eng muhim sotsial funksiyalaridan yana biri uning kishilarning olam to‘g‘risidagi fikrlashlarini umumlashtirishga xizmat qilishida, dunyoqarash vazifasini bajarishida namoyon bo‘ladi.
hozirgi ijtimoiy taraqqiyot fan oldiga juda katta muammolarni hal etish vazifasini qo‘yadi. Yer yuzida ko‘rayib borayotgan aholini oziq-ovqat bilan yetarli darajada ta’minlash, kishilarni har qanday kasalliklardan forig‘ etish, ishlab chiqarishning eng mukammal uslublarini yaratish, energiyaning yangi, ulkan manbalarini insoniyatga xizmat qildirish kabi muammolar shular
82
Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
jumlasidandir.
hozir quruqlikning 10 foizidan oshiqrog‘i qayta ishlanmoqda, 6, 5 foizini bog‘lar, plantatsiyalar, ekin maydonlari tashkil etadi. Shu sababli yangi yerlarni o‘zlashtirish muammosi kun tartibidan tushgan emas. Tabiatni zararkunandalardan, ayniqsa, qishloq xo‘jalik ekinlarini kasalliklardan saqlash vazifasi ham juda muhim. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, shular sababli g‘alla hosildorligi 6 foizga pasayib ketmoqda, 400 mln. kishi ratsionini tashkil etishga yetadigan 10 foiz hosil nobud bo‘layotir.
Bundan bir asr muqaddam yerga ishlov berishda 90 foizdan ortiq mehnat qo‘l kuchiga asoslangan edi, hozirgi paytda 95 foizdan ko‘proq jismoniy ishlarni mashinalar bajarmoqda. XX asrda insoniyat tomonidan sarflangan energoresurslar ko‘lami butun XIX asr davomida ishlatilgan miqdorga teng bo‘ldi. Fan insoniyatga mukammal bo‘lgan energiya ishlab chiqarishning yangidan-yangi manbalarini topishga xizmat qilayotir. hozirgi zamon fani ishlab chiqarishning moddiy xomashyoviy bazalarini ham o‘zgartirib yubormoqda. Metallarning nihoyatda katta zahiralaridan foydalanish yo‘llari axtarilmoqda, yanada mukammal sintetik materiallar yaratishga erishilmoqda, ishlab chiqarish sohasida kompyuterlarning bir necha avlodi samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shuni aytish kerakki, totalitar sho‘ro tuzumi sharoitida obyektiv haqiqat tamoyillariga bo‘ysunadigan fan sohasiga ham partiyaviylik, mafkuraviylik, sinfiylik kabi aqidalar zo‘ravonlik bilan kirib keldi, fanning mohiyati va tabiati uchun xos bo‘lmagan g‘ayriilmiy tamoyillar tiqishtirildi, fan siyosatning oddiy xizmatkoriga aylantirildi, ayniqsa, ijtimoiy — gumanitar fanlar sohasida bu narsa ko‘ngilsiz oqibatlarga olib keldi.
Mustaqillik sharofati bilan respublikamizda barcha fanlarning rivoj topishi uchun obyektiv shart-sharoitlar yuzaga keldi, jahon fanining deyarli barcha sohalari rivoj topmoqda. Bozor iqtisodiyoti talablariga mos ravishda fan sohasiga rahbarlik qilinmoqda. Fanlar Akademiyasi qoshida Fundamental ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuzildi. Birgina «Fizika- Quyosh» ilmiy-ishlab chiqarish boshqarmasi xodimlari yadroviy materiya sohasidagi muhim fundamental tadqiqotlarni bajarish bilan bir qatorda ko‘pgina maqsadlarga mo‘ljallangan keramika va yuqori haroratga bardoshli boshqa metallarni ishlab chiqarishda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ularni O‘zbekistonning qator sanoat tarmoqlarida elektrotexnika, to‘qimachilik, avtomobil, kran qurish va boshqa tarmoqlarda qo‘llay boshladilar.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida ham yangicha dunyoqarash asosida madaniyatimiz va dinimiz tarixi, iqtisodiy taraqqiyotimiz muammolari keng o‘rganilmoqda. I. A. Karimov ta’kidlaganidek: «Jahon sivilizatsiyasiga dahldor
83
madaniyatshunOslik asOslaRi
bo‘lgan eng zamonaviy ilmlarni egallamay turib, mamlakat taraqqiyotini ta’minlash qiyin... Mamlakatimizda fundamental tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, uzoqni mo‘ljallab, olis istiqbol taraqqiyotini ko‘zlab ish tutish lozim. Fundamental fanga umid bilan qarashimiz, unga keng yo‘l ochib berishimiz darkor»1.
Fanning zamona talablari darajasida taraqqiy topishi uchun g‘oya, moddiy asos, tegishli sharoit va fikr, tafakkur erkinligi»2 taqozo qilinadi. Darhaqiqat, hozirgi zamon ilmiy-texnikaviy inqilobi, fan sohasidagi keskin o‘zgarishlar uni ijtimoiy-siyosiy jihatdan muntazam ravishda qo‘llab-quvvatlashni taqozo qilmoqda. Bugungi kunda har qanday mamlakatni jadal rivojlantirish borasidagi dasturiy vazifalar fan va ilmiy infrastrukturani yanada taraqqiy ettirish bilan uzviy bog‘langandir.
O‘zbekistonda fan va ta’limni rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan strategik vazifalar milliy mustaqillikning qo‘lga kiritilishi bilan butunlay yangi mohiyat va yo‘nalish kasb etmoqda, jamiyat va fuqarolarning madaniy darajasini oshirish milliy taraqqiyotimizning ustuvor vazifalari qatoridan o‘rin olmoqda. Bu jarayonlarning madaniy qiyofasini quyidagilar bilan belgilash mumkin: jamiyat madaniyati ijodkorlari — kadrlar tayyorlash sifati va raqobatbardoshligi ta’minlanadi; professional ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi mustahkamlanadi; ta’limni boshqarish, kadrlar tayyorlashda marketing tizimi takomillashadi; uzluksiz ta’lim tizimida axborot maydoni rivojlanadi; tarbiyaviy va ma’rifiy faoliyat takomillashadi, yosh avlodning ma’naviy-axloqiy salohiyati yuksaladi; yuksak darajali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga erishiladi va h. k.
hozirgi paytda respublikamizda 46 mingga yaqin kishi fan sohasida band bo‘lib, ulardan 2,8 mingdan ortiqrog‘i fan doktori, 16 mingdan ziyodi fan nomzodi hisoblanadi, fanning ko‘pgina yo‘nalishlarida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu sohada, Prezidentimiz I. A. Karimov alohida ta’kidlaganidek, jahon darajasida quyidagi ilmiy maktablar muvaffaqiyatli ishlamoqda:
matematika, ehtimollar nazariyasi va ijtimoiy jarayonlarni matematik modellash, informatika va hisoblash texnikasi;
geologik jarayonlarning qonuniyatlarini o‘rganish, tektonika, geofizika, seysmologiya va boshqalar;
molekulyar genetika, gen-hujayra injeneriyasi, biotexnologiya va h. k;
moddalarning kompleks fizikaviy-kimyoviy xossalarini o‘rganish;
jahon va mamlakatimiz tarixini, O‘zbekistonning madaniy va ma’naviy merosini, o‘zbek tili, adabiyoti va folklorining tarixiy va hozirgi rivojlanish masalalari1 .
84
Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
O‘zbekiston Respublikasida «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi»ning qabul qilinishi, ularda belgilangan asosiy vazifalarning izchillik bilan amalga oshirilishi nafaqat jamiyatning moddiy kuch-qudratini, shu bilan birga ilmiy-ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga ham xizmat qilmoqda. Bu jarayonning mohiyatini qisqacha tarzda quyidagilar bilan izohlash mumkin:
ta’lim uzluksizligini ta’minlash. Buning oqibatida ta’limning yangicha vorisiylik va uzluksizlik tizimini yaratish jarayoni izchillik bilan yuz bermoqda, raqobatbardosh ta’lim muassasalari tashkil etilmoqda, bozor munosabatlari talablariga ustuvor ahamiyat berilmoqda, bozor sharoitida ta’lim xizmati imkoniyatlari, ilmiy kadrlar tayyorlash sifati tubdan o‘zgarmoqda;
ta’lim jarayoni mazmuni har tomonlama ijodiy isloh qilinmoqda, insonparvarlashtirilmoqda, boy intellektual, ma’naviy an’analar va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan davlat standartlari talabiga muvofiq yangilanmoqda, ta’lim sub’ekti shaxsiga, uning fan va bilimlarga o‘ta beriluvchanligiga, umumta’limiy faolligiga, mustaqil fikrlash qobi-liyatini shakllantirishga katta e’tibor berilmoqda;
ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar uyg‘unligiga erishilmoqda. Yangi avlodga boy milliy madaniy-tarixiy an’analar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib ma’naviy-axloqiy tarbiya berishning samarali tashkiliy, pedagogik shakllari va usullari ishlab chiqilmoqda, qo‘llanilmoqda. Shaxsning tarbiyasi va har tomonlama kamol topishiga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning jamiyat umummadaniyati taraqqiyotiga ko‘rsatadigan ta’siri masalasi ijobiy hal etilmoqda;
ta’lim sifatini ta’minlash sohasida izchillik ta’minlanmoqda. Bunda kasb ta’limi sifatini nazorat qiladigan va, ayni vaqtda, ta’limni boshqarish organlaridan mustaqil faoliyat ko‘rsatadigan davlat attestatsiya xizmati tashkil topmoqda. Mamlakatimizning iqtisodiy va madaniy rivojlanish talablariga javob beradigan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilmoqda va izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
iste’dodli bolalar va iqtidorli yoshlarni ilmiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Buning uchun iste’dodli yoshlarning respublika zahirasini aniqlash ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda, ularni o‘qitish metodologiyasi, psixologik-pedagogik va tashkiliy shart-sharoitlari yaratilmoqda. Bunda nafaqat xorij tajribalaridan ijodiy foydalanish, shu bilan birga, yoshlarning jahonning eng nufuzli oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishlariga keng yo‘l ochilmoqda;
ilmiy-pedagogik kadrlar salohiyatini rivojlantirish yo‘lga qo‘yilmoqda. Pedagogik kadrlar obro‘-e’tiborini, mas’uliyatini ko‘tarish va professional madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda pedagogik kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashning
85
madaniyatshunOslik asOslaRi
ta’lim rivojiga samarali ta’sir etadigan tizimi yaratildi.
fanning ta’lim jarayoni bilan bog‘liq shakllarini taraqqiy ettirish ijobiy natijalar bermoqda. Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar qilinmoqda, ta’lim sifatini oshirishda ilmiy ishlanmalar va pedagogik tadqiqotlarning ahamiyati ortib bormoqda. Ayniqsa, fundamental va amaliy tadqiqotlarga ustuvor ahamiyat berilmoqda, yoshlarning ilmiy-texnikaviy ijodkorligi har jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ilmiy muassasalarning eksperimentlar o‘tkazish faolligi ortib bormoqda;
ishlab chiqarish bilan ta’lim tizimi integratsiyasi ta’minlanmoqda. Bu jarayonda o‘quv-ishlab chiqarish markazlarini tashkillashtirish rag‘batlantirilmoqda, ular zamonaviy texnikaviy jihozlanmoqda. Ishlab chiqarish korxonalarining ilmiy-texnikaviy muammolarni yechish sohasidagi ishtiroki, salohiyati va imkoniyatlari kengayib bormoqda, akademik, ayniqsa, kasb-hunar kollejlariga homiyligi faollashmoqda;
— ta’limvakadrlartayyorlashtiziminiboshqarishsohasidasamaralihamkorlik amal qilmoqda. Ta’limning me’yoriy-huquqiy ta’minoti mukammallashib bormoqda, muassasalarning o‘z-o‘zini boshqarishi mustaqillashmoqda;
ta’lim bozori rivojlanmoqda. Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida marketing yo‘li bilan xizmat ko‘rsatishning raqobat usullari shakllanmoqda, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari tarkib topmoqda, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhiti yuzaga kelmoqda, ularni davlat yo‘li bilan nazorat qilish amalga oshirilmoqda, pulli xizmatlar tizimi hayotga kirib bormoqda;
ta’lim tizimini axborotlashtirish keng tus olmoqda. hozirgi zamon informatsiya texnologiyalari, kompyuterlashtirish, kompyuter va internet tarmoqlari orqali ta’lim jarayonini axborotlashtirish taraqqiy etmoqda, ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, televideniye va radioning ta’limning intellektual ta’sirini oshirishdagi roli ortib bormoqda, fan va ta’limning noshirlik imkoniyatlari kengaymoqda;
moddiy-texnikaviy baza mustahkamlanmoqda. Ta’lim muassasalari uchun zamonaviy binolar qurilmoqda, ularning moddiy-texnikaviy imkoniyatlari ortib bormoqda, ta’limning barcha darajalarini kompyuterlashtirish va axborotlashtirishning texnikaviy vositalari rivoj topmoqda;
ta’lim tizimini moliyalashtirish takomillashtirilmoqda. Bu sohada davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag‘lar tushumi, o‘z-o‘zini moddiy ta’minlash, chet el investitsiyalarini ta’lim sohasiga jalb etish, davlat grantlarini qo‘lga kiritish kabi manbalar muhim o‘rin tutmoqda;
ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida ijtimoiy tegishli hamda davlatning qo‘llab-quvvatlashi keng jalb etilmoqda. Pedagogik va ilmiy faoliyatning maqomini yuksaltirish bo‘yicha davlat siyosati amalga oshirilmoqda, bu soha xizmatchilariga bilimni oshirish, salomatlikni mustahkamlash, hordiq chiqarish bo‘yicha tegishli
86
Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
shart-sharoitlar yaratilmoqda;
fan, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu sohada xalqaro-huquqiy me’yorlar yaratilmoqda, ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilmoqda, ilmiy-pedagogik kadrlar, talabalarning rivojlangan mamlakatlar bilan o‘zaro hamkorligi kengaymoqda1.
Demak, fan taraqqiyoti har bir jamiyatning madaniy yuksalishini belgilovchi mezonlardan biri hisoblanadi, respubkamiz ijtimoiy taraqqiyotida zamonaviy fan yutuqlari ulkan ijtimoiy-siyosiy hamda ma’naviy-madaniy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
D IN
Din insoniyatning ma’naviy madaniyati tizimida alohida o‘rin tutadi. Dinning asosiy belgisi ilohiy kuch-qudratga bo‘lgan ishonch, e’tiqodda namoyon bo‘ladi. Din tabiat va jamiyat hodisalarini tushuntirish usullaridan biri sifatida ham madaniyat tarixida o‘ziga xos o‘rin egallaydi.
Madaniyatshunoslar fikricha, diniy madaniyat chuqur ijtimoiy ildizga ega bo‘lib, asosan, kishilarning tasavvurlari, kayfiyat va amaliyoti birligida o‘z ifodasini topadi. «Insonning diniy tasavvuri deganda uning dunyoqarashida aks etadigan Tangri, farishtalar, maloyikalar, iblis-shayton, hur-g‘ilmonlar, jinlar, ularning odamga munosabatlari to‘g‘risidagi tushunchalari majmuiga aytamiz. Insonning diniy kayfiyatlari deganda uning hissiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan ojizligi, zaifligi, qo‘rqishi, umid va tasallisini tushunamiz. Insonning diniy amaliyotlari esa Tangriga toat-ibodat, ya’ni besh vaqt namoz o‘qib sajda va sig‘inish, ro‘za tutish, turli marosimlar va nazr-niyozlarni o‘z ichiga oladi»’1. Kishilik jamiyati tarixi shundan dalolat beradiki, hamma vaqt ham kishilarda diniy tasavvur, kayfiyat, amaliyot va tushunchalar mavjud bo‘lgan emas. Diniy tasavvurlarning yuzaga kelishiga, asosan, inson va borliq o‘rtasidagi murakkab munosabatlar sabab bo‘lgan. Olimlar eradan oldingi 5—4 ming yilliklar davrida odamlarda Ollohga ishonib yashash tuyg‘usi shakllanganligi
haqida yozadilar.
Din ibtidoiy jamoa tuzumi taraqqiyotining muayyan bosqichida insonning dahshatli va tushunib bo‘lmaydigan tabiat kuchlari oldida ojizligini ifodalaydigan ma’naviy hodisa sifatida paydo bo‘lgan. Zamonlar zayli bilan inson tabiatning sirli hodisalarini tushunish sohasida tajriba to‘play borgan. Buning oqibatida kishilar ongida tabiat hodisalari va narsalarida qandaydir ilohiy kuch bor, bu kuchlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ezgulik va yovuzlik xususiyatlariga ega, degan tasavvurlar hosil bo‘lgan.
Diniy tasavvurlar shakllanishining ilk bosqichida yakkaxudolilik emas, aksincha, tabiat va jamiyatning rang-barang hodisalarida «muqaddas
87
madaniyatshunOslik asOslaRi
ruh», «jon» va boshqa ruhiy ibtidolar borligi haqidagi tushunchalar yuzaga kelgan. Buning natijasida kishilar narsalarga, o‘simliklarga, hayvonlarga va shunga o‘xshashlarga e’tiqod qo‘yib, ularga sig‘inganlar. Animiylik, fetishiylik, totemiylik, afsungarlik kabi diniy e’tiqodlarning yuzaga kelishida shunday aqidalar negiz bo‘lgan.
Real mavjud va, ayni vaqtda, g‘ayri hissiy (fetish) xususiyatlarga ega bo‘lgan predmetlar dastavval diniy munosabatlar obyektini tashkil etgan. Fetishiylik afsungarlik bilan bog‘langan bo‘lib, hodisalar yo‘nalishini sehrgarlik bilan o‘zgartirish mumkinligini ishontirishga harakat qilgan. Predmetga xos deb hisoblangan g‘ayri hissiy xususiyatlar keyinchalik ulardan alohida mustaqil mohiyat-«ruh» sifatida ajratiladi, oqibat-natijada tanadan alohida yashovchi
«jon»- (animizm) haqidagi aqidalar yuzaga keladi. Urug‘chilik jamiyati barham topishi jarayonida qabilaviy dinlar o‘rniga ilk sinfiy jamiyatga xos bo‘lgan ko‘pxudolilikni ifodalovchi dinlar paydo bo‘ldi. Tarixiy taraqqiyotning bir qadar so‘nggi bosqichlarida esa jahon dinlari — buddizm (e. o. VI-V asrlar), xristianlik (I asr) va islom (VII asr) yuzaga keldi.
Shunday qilib, diniy ong va tasavvurlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi mohiyatini ifodalab, tarixiy taraqqiyot mahsuli tarzida kelib chiqadi va rivojlanadi. Ibtidoiy jamoa tuzumi barham topishi sharoitida politeistik (ko‘pxudolilik), xususiy mulkning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq ravishda shakllangan ijtimoiy munosabatlar davrida monoteistik (yakkaxudolilik) dinlar yuzaga kelgan. Miloddan avvalgi VI-V asrlarda Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan zardushtiylik, buddizm, yahudiylik, xristianlik, keyinchalik esa, islom dini yuqoridagi xususiyatlarni o‘zida ifoda etadi.
Barcha jahon dinlari kishilarni ma’naviy jihatdan tarbiyalashga, mehr- muruvvat, o‘zaro hurmat va yordam, halol-pok yashashga undovchi umuminsoniy qadriyatlarni mujassamlashtiradi. Afsuski, kishilarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dinning bunday funksiyalari yaqin o‘tmishda butunlay inkor etildi, diniy madaniyatning jamiyat va shaxs ma’naviy hayotidagi roli butunlay yo‘qqa chiqarildi. Islom madaniyatining o‘ziga xos bebaho qadriyatlari «Qur’oni Karim», «hadislar», «Tafsirlar»ni, diniy allomalarning jahon e’tirof etgan asarlarini o‘rganish man etildi.
Milliy mustaqillik tufayli ma’naviyatimiz tarixida va har bir inson hayotida diniy qadriyatlarning tutgan mavqei o‘z o‘rniga qo‘yildi. Istiqlol tufayli amalga oshirilayotgan bozor munosabatlariga ma’rifatli yo‘l bilan kirib borishning asosiy tamoyillari, shubhasiz, ma’naviylikka suyanadi. Bozor munosabatlari shakllanishi va taraqqiy etishiga ko‘mak beradigan ma’naviy omillardan ustuvorlik bilan foydalanish masalasining muhimligi ham ana shundadir. Ma’naviyatimizning tarixiy ifodasi va o‘zaklaridan biri hisoblanmish din va diniy qadriyatlar bu jarayonda o‘ziga xos m8a8vqe tutishi tabiiy. Darhaqiqat, xalqimiz
Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
turmush tarzida diniy an’analar bilan milliy an’analar shu qadar chambarchas bog‘lanib ketganki, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi1.
Diniy qadriyatlarning islohotlarni amalga oshirish sharoitida kishilarni yuksak axloqiy ruhda kamol toptirish bilan bog‘liq asosiy xususiyatlari va funksiyalari jamiyat ruhiyati, xalq turmush tarzi, umuman, ma’naviyat tizimi negizida qarab chiqilmog‘i kerak. Shu ma’noda, milliy va umuminsoniy fazilatlarni mujassamlashtirgan diniy qadriyatlar va ularning asosiy qoidalari islohotlarning axloqiy zaminini tashkil etadi.
Mulk shakllarining xilma-xilligi mehnat xarakteriga, taqsimot masalasiga belgilovchi ta’sir ko‘rsatdi, bu fuqarolar turmush darajasining rang-barangligiga olib keldi, biroq bu xilma-xillikni xalqimizning umummadaniy tamoyillari hisoblangan soflik, halollik, diyonatlilik kabi fazilatlar uyg‘unlashtirib turadi. Ayni vaqtda, muqaddas dinimiz islom ham insonning bosqinchilik, zo‘ravonlik, o‘g‘rilik, poraxo‘rlik, bo‘hton, sotqinlik, sudxo‘rlik, g‘iybat, chaqimchilik, tuhmat, xiyonat, qimor bilan bog‘liq illatlarini qoralaydi, moliyaviy ishlarga qalbaki bitim tuzishni taqiqlaydi.
hozirgi paytda tijorat va iqtisod sohasiga bozor tashvishlari bilan band tadbirkorlar, fermerlar, tijoratchilarning kirib kelishi, o‘z-o‘zidan ravshanki, ularning ma’naviy dunyosini shakllantirish masalasini keltirib chiqaradi. Binobarin, tijorat va iqtisodiyot ishlarining ko‘lami uni tashkil etuvchilar va amalga oshiruvchilar oldiga yuksak ma’naviy fazilat egasi bo‘lish mas’uliyatini qo‘yadi. Bunday yuksak tuyg‘uni tarkib toptirishda musulmonchilikning eng muqaddas tamoyillari negiz bo‘lib xizmat qilishi kerak. Buyuk alloma Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning hadisi shariflarida bayon etilishicha, mol-dunyosi ko‘p odam badavlat emas, balki nafsi to‘q inson badavlatdir, savdo-sotiqda hiy-lakorlik, bozorni kasod qilish maqsadida ataylab narx-navoni oshirish va aldamchilik qilish makruhdir1.
Islom qadriyat sifatida yolg‘iz diniy qoidalar, ko‘rsatmalar, tamoyillar yig‘indisidan iborat emas, ayni vaqtda, u kishilar o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy-estetik, huquqiy munosabatlarning ham ifodasidir. Shu ma’noda, buyuk bobokalonimiz Amir Temurning islom dini va uning sofligini saqlash asosida jamiyatdagi ma’naviy barqarorlikni ta’minlashga erishganligini esga olish o‘rinlidir. «Temur tuzuklari»da qayd etilishicha,
«davlat agar dinu diyonat asosida qurilmas ekan, to‘ra-tuzukka bog‘lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati, tartibi yo‘qoladir. Bunday saltanat yalang‘och odamlarga o‘xsharkim, uni ko‘rgan kimsa nazarini olib qochadi. Yohud nasu nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshik-to‘sig‘i yo‘q uyga o‘xshaydi»2.
Buyuk Temur o‘z siyosiy-ijtimoiy faoliyatida hamisha Olloh, tafakkur,
89
madaniyatshunOslik asOslaRi
qilich, kitob kabi tushunchalar bilan birga iymonga suyanib ish tutishni ta’kidlaydi. Iymon, deydi u, insonni barcha jonli zotlardan farqlantirib turadigan xususiyatdir. Iymonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug‘lari, elu xalqining or-nomusini himoya qiladi, halollik va poklikni fazilat deb biladi.
Yuqorida aytilgan fikrlar umuman din, xususan, islom va islomiy qadriyatlarning xalqimiz tarixida tutgan buyuk ma’naviy salohiyatini tasavvur etishga asos bo‘ladi.
Respublikamizda milliy mustaqillikka erishish tufayli bozor munosabatlari tomon qo‘yilgan har bir qadam ma’naviy merosimizni, xususan, diniy qadriyatlarimizga yangicha munosabatda bo‘lishni taqozo etadi. Yaqin vaqtlargacha ma’naviyatimizdan sun’iy ravishda chetlashtirilgan diniy omillar o‘z maqomiga ega bo‘lganligi ravshan. holbuki, «asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma’naviyat, adolatparvarlik, ma’rifatsevarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta’limoti bilan uzviy ravishda rivojlandi. Va, o‘z navbatida, bu falsafiy-axloqiy ta’limotlar ham xalqimiz dahosidan bahra olib boyib bordi. Bizning kelajagi buyuk davlatimiz ana shu falsafaga uyg‘un holda, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Bahouddin Naqshband, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo singari mutafakkir ajdodlarimizning dono fikrlariga uyg‘un holda shakllanishi lozim»1.
Ko‘rinib turibdiki, hozirgi paytda islom qadriyatlariga suyanish musulmonchilikning asl tamoyillarini rivojlantirish, ularni kishilarimiz hayotiy faoliyatlariga singdirish ham tarixiy, ham mantiqiy, ham madaniy jihatdan zarurdir, ayni vaqtda, bu — xalqimizning dunyoqarashi, axloqining mazmunini belgilashda asosiy mezonlardan hisoblanadi.
Avvalambor, din va dindorlar ahlining jamiyatda tutgan o‘rnini hisobga olgan holda, ma’naviy hayot bilan diniy munosabatlarni uyg‘unlashtirish masalasi ijobiy hal etilmoqda. Mustaqillik sharoitida e’tiqod erkinligi, davlat bilan dinning o‘zaro munosabati, dindor fuqarolar haq-huquqlarining konstitutsion negizga qo‘yilishi, respublika ijtimoiy hayotida dinning mavqei, xalq o‘rtasida totuvlikni ta’minlashdagi ahamiyati, teng huquqli fuqarolar degan insonparvarlik va vatanparvarlik qoidasining ro‘yobga chiqishida uning ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kabi murakkab muammolar oqilona tarzda hal etildi.
Boshqa tomondan, din davlatdan rasman ajratilgan bo‘lsa ham, jamiyatda yashab turishi, davlat o‘z yo‘liga, din o‘z yo‘liga rivoj topishi hodisasidan ayrim fuqarolarning uni qurol qilib olib siyosatga aralashuvlari, osoyishtalikka rahna solishlari, g‘arazli niyatlarda foydalanishga, soxta obro‘ orttirishga intilishlari mustaqillik siyosatiga zid ekanligi ochiq-oydin e’lon qilindi.
Darhaqiqat, mustaqillik tufayli yurtimizda erishilgan iymon erkinligi ba’zi g‘arazgo‘y va mutaassib kishilarda undan siyosiy manfaatlar va maqsadlar uchun foydalanish xavfini yuzaga9k0eltirdi. Prezidentimiz I. A. Karimov
Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
Shveysariyadagi «Forum fond» xalqaro iqtisodiy tashkilotining IV sessiyasida so‘zlagan nutqida bu haqda o‘ta jiddiy va qat’iy fikrlarni bildirgan edi: «Biz fuqarolik haqida qonun qabul qildik. Bu qonun mamlakatda yashovchi barcha millatlarning huquqlarini shunchaki e’lon qilib qolmasdan, bu huquqlarga kafolat ham beradi. Biz diniy aqidaparastlik va mutaassiblik xavfini bartaraf qildik. Sovet imperiyasi barbod bo‘lganidan keyin vujudga kelgan bo‘shliqni mana shu aqidaparastlik va mutaassiblik bilan to‘ldirishi mumkin va shunday xavf mavjud edi»1
Tarixdan ma’lumki, hamma zamonlarda ham kishilar ong-qarashlarida aqidaparastlik va mutaassiblik shakllanishi xavfi mavjud bo‘lib kelgan, bu bugun ham bartaraf etilmaganligi ma’lum. Jadid madaniyatining yirik namoyandasi Mahmudxoja Behbudiy o‘z davrida Buxoro amirligida xonaqo va masjidlar qurish poygasi kuchayib ketganligidan tashvishga tushib, «namoz uchun bir erda masjid va bir mulla kifoya edi. Boshqa masjidlar o‘rniga maktablar solinib, bunda yig‘ilgan faqir va yo‘qsullarning bolalarini o‘qitsalar edi, shuncha safil (qo‘lidan ish kelmaydigan) kishilar o‘rniga o‘z kunini o‘zi ko‘raturgan bir to‘da faol odamlar yetishar edi», deb yozgan edi. Shu nuqtai nazardan respublikamiz rahbariyati tomonidan bu sohada olib borilayotgan oqilona siyosat o‘zining ijobiy samarasini berayotganligi ravshan.
Ikkinchidan, islomiy qadriyatlar xalqimiz turmush tarzi, ma’naviy fazilatlari negizini tashkil etishi sir emas. Ijtimoiy taraqqiyot va yangilanish yo‘lidan borayotgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan paytda milliy-tarixiy turmush tarzimizni, xalqning urf-odatlarini, an’analarini, fikrlash usulini hisobga olish bilan birga diniy qadriyatlarning milliy qadriyatlar bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘lishini ham e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas.
Uchinchidan, din barcha millat kishilari uchun muqaddas ruhiy boylik bo‘lib, ularni ezgulikka, poklikka chorlaydi. Din nafaqat oxiratda, balki shu dunyoda ham baxt-saodatga erishish mumkinligini e’tirof etadi. Yaxshilikni istovchi har bir kishi boshqa kishilar qalbiga ezgulik va mehr-muruvvat nurini bag‘ishlamog‘i kerak, yomonlik yo‘liga kirgan odam esa shu fe’l-atvori uchun yorug‘ dunyoning o‘zida jazosi va ajrimini oladi. Bu axloqiylikning islomiy tamoyilidir. «Kimning amali qanday bo‘lsa, unga shunday amal bilan javob qaytariladi, — deb yozadi buyuk alloma G‘azzoliy, — u bu dunyodan yaxshi va yomon har turli amallarning javobini ko‘rmagunicha ketmaydi. U bu dunyoda o‘z amallariga yarasha muomala ko‘radi»1. Islom qoidalariga ko‘ra, olam
1 I. A. Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 52—53-b.
2 I. A. Karimov. Fan ravnaqisiz buyuk davlat qurib bo‘lmaydi. //Xalq so‘zi, 1995, 7 noyabr.
91
madaniyatshunOslik asOslaRi
yaxshiliklar va ezguliklarga to‘la, insonning komil bo‘lishligi uchun imkoniyatlar yetarli. Shubha yo‘qki, xalqimizning ma’naviy merosi, ma’naviy olami hamda o‘zligi islom dini tufayli uzoq vaqt saqlanib kelmoqda.
To‘rtinchidan, din o‘z mohiyati jihatidan axloqiy va ma’naviy fazilatlarni qayta tiklashga da’vat etilgandir. Diniy e’tiqodlarga keng yo‘l ochilgan, din mustaqillik ma’naviyatining tarkibiy qismiga aylangan bugungi kunda uning axloqiy qimmati yanada ortib borishi tabiiy. Bu o‘rinda buyuk alloma Bahouddin Naqshbandning quyidagi so‘zlari ibratlidir: «Ibodat o‘n qism, o‘ndan to‘qqiz qismi halollikni qidirish, bir qismi esa boshqa ibodatlardir»2. Buning ma’nosi shuki, har bir kishi o‘z mehnati bilan topgan samarasi, mahsuloti hisobiga umr kechirishi kerak. Darhaqiqat, din, ayni paytda, shakllangan axloqiy qoidalar majmuasi, unda xalq axloqiy kamolotining bosh va asosiy talablari mujas- samlashgandir. Bu axloqiy dastur va axloqiy ne’matlar esa hamma vaqt xalq tomonidan vasiyat etib qoldirilgandir.
Beshinchidan, diniy e’tiqodlar, g‘oyalar hozirgi paytda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va o‘zgarishlarning chinakam poydevori bo‘lib xizmat qilishini ham alohida ta’kidlash lozim. Iqtisodiy, siyosiy, demokratik islohotlarning moddiy kuchga aylanishi, shubhasiz, shu faoliyat sohiblari bo‘lgan insonlarning halolligi, o‘z burchiga sadoqati kabi omillarga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Shuningdek, bu tizimda xalq va mamlakatning osoyishtaligi, ma’naviy barqarorligi ham yaratuvchanlik salohiyatiga ega. Shu ma’noda, islom tinchlik, iymon, ehson, poklik, vatanparvarlik dinidir.
Tarkiban o‘ta murakkab bo‘lgan bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida insonning fe’l-atvori, xulqi, odobi milliy va umuminsoniy qadriyatlar ta’sirida shakllanadi. Jumladan, shaxsning nafaqat oilaviy hayotiga, balki kasbiga, faoliyatiga, mansabiga, burchiga munosabatlari shariat talab va tamoyillari ruhi bilan sug‘orilgan bo‘ladi. Sir emaski, shariat musulmonlar hayotidagi barcha tamoyillar, me’yorlar, mezonlar, talablarni o‘zaro yaxlit holda tushunadi, ularni faoliyat sohiblari xatti-harakatiga tadbiq etadi. Boshqacha aytganda, fuqarolar, jamoalarning ma’naviy hayoti, ishlab chiqarish faoliyati nafaqat dunyoviy mezonlar, shular bilan bir qatorda musulmon dinidagi qadriyatlarga tayangan holda ham qaror topadi. Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy islohotlarning demokratlashuvi jarayonida, I. A. Karimov aytganidek, sharqona islomiy axloq Kodeksining ahamiyati orta boradi. Shunday ekan, bugun siyosiy-ijtimoiy hayot haqida gap ketganda dinning, eng avvalo, ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatidagi ahamiyati orta borishini e’tibordan soqit qilib bo‘lmaydi.
1 I. A. Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. 262—267-b.
92
Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
Oltinchidan, mustaqillik sharoitida din va diniy qadriyatlarlarning yuqorida qayd etilgan ijobiy jihatlarini e’tirof etish bilan birga, haqiqiy islomiy axloq- odob, islomiy qadriyatlar bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan aqidaparastlik, ekstremizmning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurash olib borish har bir fuqaroning burchidir. holbuki, adolatli, demokratik, fuqarolik jamiyati qurilayotgan hozirgi paytda har qanday shakldagi aqidaparastlik ijtimoiy taraqqiyotimiz yo‘liga to‘sqinlik qiladi.
Mustaqilligimizning ilk qadamlaridanoq dinning jamiyat ma’naviy hayotida tutgan o‘rni oqilona tarzda belgilab olindi.
SAN’AT
San’at inson mehnati, aql-idroki, shuuri bilan yaratilgan, vujudga kelgan, ijod qilingan madaniy hodisadir. San’at keng ma’noda madaniy qadriyat bo‘lib, badiiy qadriyatlar bilan birga ularni yaratish va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi.
San’at xuddi fan singari o‘z mavzu doirasida beqiyos bilish-anglash imkoniyatlariga ega. Lekin san’atning badiiy bilish-anglash jarayoni o‘ziga xos doirada sodir bo‘ladi. San’at voqelikni badiiy vositalar orqali to‘laqonli, jozibali anglashga yordam beradi.
Ma’lumki, ijtimoiy ongning har bir shakli voqelikning muayyan biror bir tomonini aks ettiradi. San’at ijtimoiy ong shakli sifatida voqelikni badiiy- tasvirli shaklda aks ettiradi. Insonning bilish-anglash faoliyati masalalari bilan fanning juda ko‘p sohalari shug‘ullanadi. Masalan, tabiiy fanlar insonni biologik mavjudot sifatida o‘rgansa, ijtimoiy fanlar uni shaxs sifatida tahlil qiladi, inson shaxsiga o‘z vazifalari nuqtai nazaridan yondashadi: ruhshunoslik insonning ichki dunyosini, ruhiy kechinmalarini o‘rganadi; iqtisod nazariyasi insonga muhim ishlab chiqaruvchi kuch sifatida qaraydi; siyosatshunoslik insonning siyosiy munosabatlar jarayonidagi o‘rni masalasi bilan shug‘ullanadi; axloqshunoslik insonni xulq-atvor qoidalari bilan bog‘liq holda tadqiq etadi; estetika insonning voqelikka estetik munosabatini ochib beradi va hokazo.
Inson badiiy g‘oyalarning moddiy ifoda topishi uchun zarur qurol va vositalar yaratib, o‘z kundalik hayoti mazmunini boyitishga intilib kelganligi ma’lum. Darhaqiqat, uzoq o‘tmishda ajdodlarimiz yaratgan tosh qurollarsiz biror-bir eng sodda naqsh yoki qoyalarga tushirilgan tasvirlar vujudga kelishi mumkin bo‘larmidi? Demak, san’at mehnat bilan uyg‘un tarzda rivojlanib borgan madaniy faoliyat natijasidir. Shu bois badiiy faoliyat shakllari inson ma’naviy mehnati zaminida vujudga kelib, bevosita shu jarayonlar bilan chirmashib ketgan.
Badiiy faoliyatning eng qadimgi shakllari hali bir-biridan ajralmagan holda
93
madaniyatshunOslik asOslaRi
yaxlit ibtidoiy jamoa madaniyatining bir qismini tashkil etgan edi, bir vaqtning o‘zida ham ijodiy, ham oddiy xayolparastlikni o‘zida birlashtirardi. Afsonada insonning tabiat kuchlari oldidagi zaifligi, ojizligi aks etib, unda ilm-fan, estetik tasavvur kurtaklari, axloqiy qadriyatlarning eng sodda qoidalari va, shu bilan birga, turli yanglishishlar, «man qilish»lar namoyon bo‘ladi.
Madaniy faoliyatning tarkibiy qismini tashkil etgan badiiy faoliyatda diniy ibodatli tomonlar katta o‘rin egallab, foydali-amaliy jihatlar bilan qo‘shilib ketgan edi. Masalan, qadimgi odamlar yovvoyi hayvonlarni kamon o‘qi bilan sanchib tasvirlash orqali bo‘lajak ovda o‘zlari uchun kutilgan zafarning muqarrarligini namoyish etmoqchi bo‘lganlar. Shu tariqa, estetik faoliyat voqelikni bilishga asoslanib, qadimgi odam ongida bilish bilan afsona yaxlitlikni tashkil etadi.
San’atning dastlabki kurtaklari ayni vaqtda murabbiy-tarbiyachi vazifalarini ham bajargan. Tasvirlar, naqshlar, raqslar, ertak-afsonalarda avloddan- avlodga o‘tib turgan amaliy, axloqiy, estetik, umuman, ma’naviy tajriba mujassamlashgan edi. Badiiy faoliyatning ilk shakllari uyushtiruvchilik, birlashtiruvchilik tamoyillariga ham xizmat qilgan. Yashash uchun kurash maqsadida va yagona manfaat asosida birlashgan jamoaning xatti-harakatlari, urinishlari vositasida qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan g‘alaba — ovda hayvon ustidan g‘oliblik (ovning samarali bo‘lishi) san’atda tasvirlanib, qadimgi odamlar ma’naviy hamkorligining muhim omillaridan biri sifatida ifodalangan edi.
San’atning juda ko‘p belgi va xossalari badiiy-madaniy faoliyatning ilk shakllarida ko‘zga tashlanib turadi, lekin ularda hali yakka shaxs omili yetishmas edi. Chunki qadimgi odamlar urug‘ va qabila uchun umumiy his-tuyg‘u hamda tasavvurlar bilan yashagan bo‘lib, o‘zini voqelikdan ajratolmagan edi.
San’atning mohiyati shundaki, uning ma’no-mazmuni boshidan oxirigacha shaxs bilan bog‘lanadi, shaxs bilan shakllanadi, shaxs bilan qadr topadi. Shaxs nafaqat san’at ijodkori, badiiy qadriyatlar yaratuvchi, shu bilan birga, san’atning asosiy obyekti va mavzusi hamdir.
San’at ijtimoiy hayotning murakkab, rang-barang munosabatlari bilan uzviy aloqador bo‘lib, bir vaqtning o‘zida u ham mehnatning alohida turi, ham ijtimoiy ishlab chiqarishning maxsus sohasi, ham ijtimoiy ongning muayyan shakli, ham o‘ziga xos bilim, ham ijodiy faoliyatning alohida ko‘rinishi, demakki, umuman madaniyat ifodasi sifatida yashab keladi.
San’at, birinchi navbatda, ijtimoiy ong shaklidir, uning boshqa barcha tavsiflari ana shu sifatdan kelib chiqadi va shunga asoslanadi.
San’atning ijtimoiy turmush jarayonlari bilan bog‘liqligi ma’lum. Buni
1 Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. — T.: «O‘zbekiston», 1997.
94
Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
qadimgi odamlarning moddiy va ma’naviy boyliklar yaratishda, ya’ni o‘zlariga ma’qul, ko‘ngillariga xush keladigan ne’matlarni bunyod etishga bo‘lgan ishtiyoqlarida yaqqol ko‘rish mumkin. Ijtimoiy turmush san’atning rivojlanishiga bevosita ta’sir o‘tkaza boradi, keyinchalik esa unga ijtimoiy tuzilmalar, falsafiy-diniy, siyosiy qarashlar, axloqiy qoidalar, ma’naviy qadriyatlar ham ta’sir o‘tkaza bordi.
San’at bilan ijtimoiy hayotni bog‘lab turadigan juda ko‘p vositalar mavjud. har qanday badiiy hodisa — muayyan asar yoki uslubiy yo‘nalish bo‘lmasin, vujudga kelishi va rivojlanishida diniy, axloqiy amallarning ta’sir kuchi bilan belgilanadi, baholanadi, o‘lchanadi.
San’at taraqqiyoti nisbiy mustaqillikka egadir. Jamiyat madaniy ravnaqining darajasi hamma vaqt ham uning iqtisodiy taraqqiyoti darajasiga mos kelavermaganligi bois san’at ravnaqi bilan jamiyat moddiy hayoti o‘rtasida ham hamisha mutanosiblik bo‘lavermagan. Masalan, badiiy madaniyat namunalari, ayniqsa, Markaziy Osiyo xalqlarining me’morchilik yodgorliklari Movarounnahrda XIV—XVI asrlarda, ya’ni islom dini ta’sirida hukmron feodal ishlab chiqarish munosabatlari tarkib topishi davrida yaratilgan. Lekin islom omili Shohizinda, Registon, Go‘ri Amir, Ulug‘bek, Sherdor, Tillakori madrasalari kabi jahon ahamiyatiga molik me’morchilik mo‘’jizalarining vujudga kelishiga monelik qilmadi. Shu davrga xos yuksak naqsh san’ati mis, yog‘och, suyak, ganch va boshqalarga o‘yib bezak berish me’morchilik obidalarining ham o‘lmas san’at asarlariga aylanishini ta’minlagan edi.
San’atning jamiyat hayotida nisbiy mustaqil amal qilishi vorisiylik qonuniyatining namoyon bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Vorisiylik nafaqat san’atga, ayni vaqtda, ijtimoiy ong va madaniyatning hamma shakllariga ham taalluqlidir. Vorisiylik jamiyat moddiy hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan siyosiy va huquqiy ong sohalarida ko‘proq namoyon bo‘ladi.
Vorisiylik madaniy hayotning barcha jabhalarida ko‘zga tashlansa ham, iqtisodiy zamindan ancha yiroq bo‘lgan san’atda yorqin, to‘la, har tomonlama tarzda ifodalanishi mumkin. San’atning hamma qirralari — mavzu yo‘nalishi, g‘oyaviy-ruhiy qoida va ohanglari, ijodiy aqidalari, uslubiy, tur va shakllarining ifodaviy vositalari vorisiylikda yaqqol ko‘rinadi.
Ijtimoiy ongning boshqa shakllarida bo‘lganidek, san’atda ham bilish va mafkura o‘zaro bir-biri bilan uzviy bog‘lanib ketgan, turli tarixiy davrlarda va san’atning turli ko‘rinishlarida bu aloqadorlik mutanosiblikda amal qilgan.
Ijtimoiy ongning har bir shakli voqelikning biror bir tomonini aks ettiradi. San’at ijtimoiy ong shakli sifatida voqelikni badiiy-tasviriy shaklda anglash
1 Madaniyat va jamiyat. — T.: «O‘zbekiston», 1993, 27-b.
95
madaniyatshunOslik asOslaRi
manbalaridan biridir. Inson san’at uchun o‘z biologik, ruhiy, ijtimoiy-guruhiy, milliy-ajdodiy va yakka holdagi barcha belgi va xususiyatlari jihatidan o‘zaro birlashib, yaxlit, yagona, nodir, qaytarilmas shaxs qiyofasida bosh mavzu bo‘lib xizmat qiladi. hozirgi zamon ilmiy-texnika inqilobi muammolari san’atda, ko‘proq badiiy adabiyot hamda kino asarlarida kengroq aks etadi. Bu omil shaxsga, uning ichki dunyosiga, ruhiy holatiga, xulq-atvoriga ta’sir etishi tarzida namoyon bo‘ladi. Masalan, dramaturg Sharof Boshbekovning «Temir xotin» asarida texnik va texnologik yangiliklar (robot xotin), ilmiy kashfiyotlar emas, balki ular ta’sirida sodir bo‘layotgan axloqiy-ruhiy jarayonlar badiiy in’ikosning asosi qilib tanlab olingan.
Fan va texnika inson hayotida qanday ulkan ahamiyat kasb etishidan qat’i nazar, ular san’at orqali voqelikni aks ettirishda ustuvor maqomga ega bo‘la olmasligi o‘z-o‘zidan ravshan. Chunki san’atda ifodalanadigan ilmiy tasavvurlar odamlar uchun faoliyat timsoli bo‘lib xizmat qiladi. Mabodo, ilmiy-texnika, ekologik va boshqaruv muammolari badiiy tasvirlanganda obrazlarning his-tuyg‘ularidan ajralib qolsa, u yerda san’at amal qilmaydi. San’at hissiyotlar, tuyg‘ular bilan tirik, u hissiy ta’sir etish, ibrat ko‘rsatish, tarbiya berish qudratiga egadir.
Inson obrazi hamma vaqt ham san’atda bevosita ifodalanmasligi ma’lum. Masalan, rassomlik san’atining manzara tasviri yoki natyurmort turida inson qiyofasi ko‘zga tashlanib turmaydi, biroq bu mazkur asarlarda inson qiyofasi aks etmaydi, degani emas, albatta. Binobarin, inson his-tuyg‘ularining eng nozik va eng jozibali qirralari manzara tasvirida aks etishi sir emas. O‘rol Tansiqboyev, Ne’mat Qo‘ziboyev, Rahim Ahmedov, Ro‘zi Choriyev kabi o‘zbek musavvirlarining manzarali tasvir asarlari insonda yorqin ma’yuslik, beozor shodlik, tashvishli ehtiros, ko‘tarinki ruh, hayotbaxsh orzu-umidlar, ijodkorlik va yaratish his-tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Tasviriy san’atning natyurmort turi ko‘proq jonsiz narsalar–mevalar, gullar, ichimliklar tasviridan iborat bo‘lsa-da, bu xil asarlar mavzui ham baribir inson va uning hayotidir. Masalan, golland musavviri Vilem Xedaning «Somsa va nonushta» natyurmortida o‘ta mahorat bilan chizilgan qadah, g‘ijimlangan dasturxon, unga to‘kilgan may tasvirlarini ko‘zdan kechirar ekanmiz, kartinadan nafaqat shisha, dasturxon ko‘rinishini, ehtiyotsizlikdan to‘kilgan mayni, balki insonning iliq nafasini, uning mahoratli qo‘llari mazkur manzarani yaratganini aniq his etamiz. Bizni hozirgina sodir bo‘lgan inson dramasini sezish hissi chulg‘ab oladi.
1 I. A. Karimov. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 22-b.
96
Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
Shunday qilib, san’at bizda insonning o‘zini tasvirlash orqali ham, uning atrofidagi hodisalarni aks ettirish orqali ham muayyan tuyg‘ular uyg‘otadi. San’at narsalardan, tabiat hodisalaridan inson uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’no izlaydi, qidirib topadi va ko‘rsatadi.
San’at voqelikni aks ettirib, barcha badiiy qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirar va qamrab olar ekan, demakki, voqelik san’atning asosiy mavzui hisoblanadi. San’at voqelikka qadriyatli munosabat timsoli sifatida ayni vaqtda bilishning ham o‘ziga xos alohida turini anglatadi. Chunki u obyektiv haqiqatlarni, estetik qadriyatlarni anglash va bilish jarayonining tarkibiy qismidir. San’at narsa-hodisalarning mohiyatini o‘ziga xos tasviriy va ifodaviy yo‘l bilan ochib beradi, inson ruhiy holatining eng nozik nuqtalarigacha kirib boradi.
San’at bilan fan madaniy faoliyatning mahsuli sifatida bir-biriga juda yaqin, lekin ular birining o‘rnini ikkinchisi bosa olmaydi. Masalan, Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romani, Oybekning «Navoiy» romanlari tarixiy tadqiqotlar darajasida ma’lumot bera olmaydi, tabiiyki, bu uning asosiy funksiyasi ham emas. Boshqa tomondan, muayyan tarixiy tadqiqotlar
«O‘tgan kunlar», «Navoiy» asarlarini o‘qish jarayonida tug‘ilgan tasavvurlar o‘rnini bosolmaydi. San’atning fandan farqli jihati uning tarixiy jarayonlarni, xalq hayotining rang-barang sohalarini yakka olingan shaxslar taqdiri orqali ifodalashda ko‘zga tashlanadi. San’at inson hayotining fan kuchi yetmaydigan sirli tomonlariga kira olish, uning xulq-atvori sabablari tagiga etish, o‘ziga, odamlarga, tabiatga bo‘lgan munosabatini aniqlashda ijtimoiy ongning boshqa turlaridan ajralib turadigan o‘ziga xos qudratga egaligidadir.
San’at inson ko‘z o‘ngida jamiyat madaniy hayotining barcha murakkabliklarini, ehtiroslar va qarashlar jozibasini, ziddiyatli kayfiyatlarni o‘ziga xos tarzda gavdalantiradi.
San’atning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rnini belgilash ko‘p jihatdan uning mafkuraviy tabiatini anglash bilan bog‘liqdir. Shuni ta’kidlash kerakki, san’at hech vaqt yolg‘iz u yoki bu mafkura, u yoki bu qarashlarning emas, balki umuminsoniy manfaatlar va intilishlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ifodalash vositasidir. har qanday mafkura umuminsoniy bo‘lsagina san’at mag‘zidan o‘rin oladi. Mafkuraning san’at mag‘ziga kirib, singib borish jarayoni xilma-xil shakl va yo‘nalishlarga egadir.
San’at ma’naviy hayotda sodir bo‘layotgan har qanday o‘zgarishlarga munosabat bildiradi, davr ma’naviy-madaniy muhitining hamma tomonlarini,
1 Qaralsin: Ismoil al-Buxoriy. hadis. 4-jild, T.: Qomuslar bosh ta’ririyati. 1992, 204, 348-b.
2 Temur tuzuklari. Toshkent, G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot, 1991, 57-b.
7— Zakaz 23 97
madaniyatshunOslik asOslaRi
shuningdek, ijtimoiy tafakkur ruhini aks ettiradi. «Davr ma’naviy muhiti» san’at turlarining hammasida bir xil aks etmaydi. Bular orasida, masalan, badiiy adabiyot bunday «muhit»ga eng yaqin turadi, sho‘rolar davrida yozuvchilar ijodida kommunistik mafkura muammolari nihoyatda keng o‘rin egallaganligi bunga misol bo‘la oladi. O‘sha davrda ko‘p yozuvchilarning roman, qissa, hikoya, drama, umuman asarlari badiiy to‘qimasiga kommunistik mafkura g‘oyalari keragidan ortiq darajada singdirilgan bo‘lib, ular davr ma’naviy hayotining manzaralari, kommunistik-sinfiy, siyosiy-axloqiy, falsafiy g‘oyalar, aqidalar bilan to‘lib-toshgan edi, o‘z davri xususiyatini aks ettiruvchi «san’at- mafkura» tizimini gavdalantirardi.
San’at voqelikni aks ettirish jarayonida jamiyatda amal qilayotgan axloqiy munosabatlarni, odob qoidalarini, g‘oya va qarashlarni, inson ichki dunyosini, axloqiy qiyofasini ham ochib beradi. Shu bois, san’atni inson axloq-odobining ko‘zgusidir, deyish mumkin.
Axloqiy muammolar majmui badiiy asar mazmunining tarkibiy qismi ekanligi sir emas. Ayniqsa, badiiy adabiyot, teatr, kino, tasviriy san’at asarlarida muammolar tuguni, to‘qnashuvlar, qahramonlarning fe’l-atvori, xatti-harakatlari, tasvirlanayotgan obyektning muallif ko‘zi (aqli, iste’dodi) bilan baholanishi — bularning hammasi axloqiylik bilan sug‘orilgan bo‘ladi. haqqoniylikka asoslangan san’at doimo ezgulikka xizmat qiladi. Amir Temur, Bo‘ronli edigey, Otabek, Anvar, Jaloliddin, Ulug‘bek, Navoiyning ramziy qiyofalarida xalqning o‘lmas va abadiy axloqiy fazilatlari tarannum etilgan. Ayni paytda, san’at yovuzlik va axloqsizlikning xunuk va pastkashligini fosh etish orqali ham axloqiylikka xizmat qiladi. Masalan, A. Qahhorning «Og‘riq tishlar»,
e. Vohidovning «Oltin devor», B. Rahmonovning «Yurak sirlari», «Surmaxon» komediyalarida yovuzlik, xudbinlik, loqaydlik, yulg‘ichlik kabi xunuk illatlarni ochib tashlash aslida ezgulik, poklik, rostgo‘ylik, halollik kabi insoniy fazilatlarni tasdiqlashga bo‘ysundirilgan.
San’at qadim davrlardan beri din bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanib kelgan, qadimdan san’at va din an’anaviy bir butunlikni tashkil etgan edi. San’at va din zaminida yotgan his-tuyg‘u bir xil ma’noga ega emas, albatta. Masalan, san’atda ham, dinda ham xayol surish mavjud, biroq badiiy xayol surish diniy xayoldan tubdan farq qiladi. Din, oldingi sahifalarda qayd etilganidek, voqelikni mavhum, qiyosiy tarzda xayol qilsa, san’atda xayol voqelikka nisbatan timsollar vositasida mujassamlashadi.
Agar din voqelikni mavhum shaklda aks ettirsa, san’at in’ikosda dalil-isbotli
tarixiylikka asoslanadi. Din ko‘proq ilohiylikka suyanadi, san’at esa dunyoviylik
1 I. A. Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-tom. — T.: O‘zbekiston, 1996,
7—8-b.
98
Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
ruhi bilan sug‘orilgan bo‘ladi. Lekin san’at asarlarida ilohiylik ramzlari bevosita dunyoviylikni aks ettirishi ham mumkinligi isbotlangan. San’at asari qaysi dinga mansub ijodkor tomonidan yaratilgani ham muhim ahamiyatga molikdir.
San’at va falsafa aloqadorligi mavzularning o‘zaro yaqinligida namoyon bo‘ladi. Zero, inson hayoti mazmunini, qismat va baxt-saodatni anglash, in’ikos etish bilan bog‘liq muammolar san’at uchun ham, falsafa uchun ham asosiy mavzudir.
San’atkorlar bir vaqtning o‘zida ham mutafakkir, yaqqol buyuk faylasuf ko‘zga tashlanadi bo‘lganliklari tufayli ham san’at bilan falsafa o‘rtasidagi bog‘liqlik yaqqol. Bunga Ibn Sino, Forobiy, Yusuf Xos hojib, Navoiy, Ulug‘bek, Bobur, Mashrab, Ahmad Donish, Mahmudxoja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Oybek va boshqa ijodkorlar hayoti va ijodi misol bo‘la oladi.
San’at va falsafa aloqalari xilma-xil ko‘rinishlarga egadir, san’at inson mohiyatini falsafa orqali izohlamaydi, balki san’at asarlarida shaxs haqidagi qarashlar hayotni badiiy anglash jarayonida, ijodkorning boy ijtimoiy tajribasi asosida shakllanadi.
hozirgi davrda san’atni o‘ziga xos «falsafiylashtirish», voqelikni badiiy tasvirlashni falsafiy fikr-mulohazalar bilan «boyitish»ga intilish kuzatilmoqda, bunda san’at bilan falsafa hamkorligi yangi mazmun kasb etmoqda. Masalan, Abdulla Oripov, erkin Vohidov, Shukur Xolmirzayev, O‘tkir hoshimov, Tog‘ay Murod asarlari o‘zining badiiy yuksakligi, falsafiy fikrlarga boyligi bilan ajralib turadi. San’atning ijtimoiy mazmuni xalqchillik tushunchasi orqali namoyon bo‘ladi. Xalqchillik tushunchasi san’at ravnaqining bir qator yo‘nalish va tomonlarini tavsiflashga yordam beradi. Mazkur yo‘nalishlardan ilk bor xalq ijodi ajralib chiqqan. Xalq yaratgan badiiy faoliyat turlari va ko‘rinishlari majmui xalq ijodini tashkil etadi. Xalq og‘zaki ijodi, xalq musiqasi, xalq raqslari, xalq amaliy san’ati, xalq badiiy hunarmandchiligi, xalq me’morchiligi va boshqalar xalq amaliy san’atining ko‘p tarqalgan ko‘rinishlaridir.
San’atda xalqchillik ruhi haqqoniylik ruhi bilan hamohangdir. haqqoniylik hamma vaqt xalqchillik mazmuniga ega bo‘ladi, chunki haqqoniylik xalqning maqsad-intilishlariga mos keladi, uning ma’naviy ravnaqi va axloqiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Demak, xalqchillik bilan haqqoniylik o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. San’atning xalqchilligi unda umuminsoniy qadriyatlar qay tarzda aks etishi bilan bog‘langan. San’atkor ijodida umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik ruhining barqaror bo‘lishi
1 I. A. Karimov. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 241—242.
99
madaniyatshunOslik asOslaRi
ijodkorning xalqchilligini belgilaydigan asosiy mezondir.
San’at asarlarida ifodalangan umuminsoniy va milliy qadriyatlar mushtarakligi mustaqil O‘zbekiston madaniyati ravnaqiga o‘z ta’sirini o‘tkazib kelmoqda. Shuning uchun san’atning g‘oyaviy-badiiy salohiyatini inson tarbiyasiga yo‘naltirish, «yoshlarga ibrat bo‘ladigan barkamol insonlar, zamonaviy qahramonlar timsolini yaratish» uning asosiy vazifasidir1 .
Dostları ilə paylaş: |