O‘zbekistOn Respublikasi Oliy


MADANIYATIMIZ TARIxINING BUYUK NAMOYANDALARI



Yüklə 383,96 Kb.
səhifə16/18
tarix21.05.2022
ölçüsü383,96 Kb.
#58930
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Madaniyatshunoslik asoslari (M.Abdullayev, E.Umarov va b.)-конвертирован

ILOVA




MADANIYATIMIZ TARIxINING BUYUK NAMOYANDALARI

Milliy mustaqillik tufayli yangilanayotgan jamiyatimizni ma’naviy-axloqiy jihatdan mustahkamlash va taraqqiy ettirishda xalqimizning boy madaniyati tarixi haqida chuqur bilimga ega bo‘lish, jahon madaniyati tarixida munosib o‘rin egallagan allomalarimizning ilmiy-falsafiy, axloqiy-badiiy merosini har tomonlama o‘rganish hamda o‘zlashtirish katta ma’rifiy ahamiyatga egadir. Madaniyat yutuqlari ma’naviy jarayonda voyaga etgan, uni o‘z faoliyatida gavdalantirgan va asarlarida mujassamlashtirgan donishmandlar, olimlar, adiblar, din va ma’rifat arboblari qoldirgan tarixiy merosning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shu sababli, ular qoldirgan qadriyatlar, ulkan asarlar haqida to‘la tasavvurga ega bo‘lish o‘zligimizni anglashda, milliy istiqlol g‘oyasining tarixiy ildizlari bilan tanishishda muhim ma’naviy omil bo‘lib xizmat qiladi. Shuni hisobga olib, o‘zbek tilida chop etilgan mavjud adabiyotlardan ijodiy foydalangan holda bu buyuk siymolar haqida tayyorlangan qisqacha ma’lumotnomani o‘quvchilar diqqatiga havola etishni lozim topdik. Bu ma’lumotlar bilan talaba yoshlarning yaqindan tanishishlari ularning falsafa, axloqshunoslik, estetika, madaniyatshunoslik ilmidan, ma’naviyat asoslaridan


102

Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirishda foydadan holi bo‘lmaydi, deb o‘ylaymiz.


MUhAMMAD IBN MUSO AL-XORAZMIY. (783—850). Xorazmlik buyuk
olim boshlang‘ich ta’limni o‘z yurtida xususiy muallimlardan oladi, so‘ngra Marvdagi madrasada tahsil ko‘radi, keyinchalik Bag‘doddagi «Bayt-ul hikma» («Donishmandlar uyi») da ilmiy faoliyatini davom ettiradi. Bu yerda o‘rta osiyolik Ahmad al-Farg‘oniy, hamid ibn Abdumalik Marvarrudiy, Abbos Javhariy kabi olimlar bilan hamkorlikda ishlaydi.
Asarlari: «Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob». «Al- jabr»dan bizga ma’lum bo‘lgan «algebra», «algoritm» kabi atamalar kelib chiqqan. Uning «hind hisobi bo‘yicha kitob», «Astronomik zij» nomli asarlarida astronomiyaga oid muammolar haqida so‘z yuritiladi. «Yer surati haqida kitob»ida 2400 ta shahar, dengiz, orol va boshqa obyektlarning joylashishi, koordinatlari va holatlari haqida ma’lumot beriladi. Nil daryosi, Azov, Kaspiy va Orol dengizlarining ju‘g‘rofiy xaritalari, manzaralari chizib berilgan. «Asturlob bilan ishlash haqida kitob»; «Quyosh soatlari haqida kitob», «Yahudiylar eralari va bayramlarini aniqlash haqida risola»; «Kitob at-tarix»; «Kitob ar-ruhnoma» nomli asarlari shuhrat topgan.

ABUL ABBOS AhMAD IBN MUhAMMAD IBN KASIR AL-FARG‘ONIY


(taxminan 797-865 yillarda yashagan). Manbalarda aytilishicha, u boshlang‘ich bilimini olgach, o‘sha davrning ma’muriy markazi va yirik ilm dargohi Marv shahriga yo‘l oladi. Xalifa al-Ma’mun Bag‘dodda taxtga o‘tirganda, Marvda tashkil etilgan ilmiy jamoani ham o‘zi bilan birga o‘sha yerga olib ketgan. Ahmad al-Farg‘oniy Bag‘dodda tashkil etilgan «Bayt ul-hikma»da faoliyat ko‘rsatgan. Tadqiqotchilar uning sakkizta asari mavjudligini qayd etadilar.
Asarlari: «Kitob fiy harakat as-samoviya va javomi’ilm an-nujum» («Samoviy harakatlar va umumiy astronomiya kitobi»); «Kitob al-komil fiy san’a al-asturlob» («Asturlob yasash haqida kitob»); «Kitob amal bil asturlob» («Astrolobiya bilan ishlash kitobi»); «Jadval al-Farg‘oniy» («Al-Farg‘oniy jadvallari»); «Risola fiy ma’rifa al-avqot allatiy yakun al-qamar fiyho favq al-arz av tahtho» («Oyning Yer ostida va ustida bo‘lish vaqtlarini aniqlash haqida risola»); «hisob al- aqolim as-sab’a» («etti iqlimni hisoblash»); «Kitob amal ar-ruhomat» («Quyosh soatini yasash kitobi»); «Ta’lil li zij al-Xorazmiy» (Al-Xorazmiy «Zij»ining nazariy qarashlarini asoslash»).
Al-Farg‘oniy o‘z kashfiyotlarida geliotsentrizmga o‘tish uchun ilmiy zamin yaratdi; ekvator va ekliptika tekisliklaridagi doimiy burchakni 23 daraja-yu 35 minut deb aniq o‘lchadi; sferalar radiusini birinchi marta belgilab berdi; Oy va Quyosh tutilishlarini tadqiq etdi; Yer yoyining qaysi uzunligi 1o ga to‘g‘ri
103

madaniyatshunOslik asOslaRi
kelishini o‘lchab, bu miqdorni aniqladi, uni 360 ga ko‘paytirib, 40. 800 km. hosil qilishini qayd etgan. Yer shari meridianining uzunligini aytib berdi; Nil daryosi gidrometeorologik tabiatini aniqlaydigan asbob — «Miqyosi Nil» ni yasadi. Suv uchun to‘lanadigan soliq shunga asoslanganligi boisidan xalq uni «adolat tarozisi» deb atadi; inson yashaydigan maydonni yetti iqlimga bo‘ldi; vaqt o‘lchamini; osmonning kelajak manzarasini ifodalaydigan usturlob nazariyasini yaratdi; va h. k.

ABU ABDULLOh MUhAMMAD IBN ISMOIL AL-BUXORIY (810—870)


yoshligidanoq arab tili va hadis kitoblarini sevib o‘rgangan, ularni yod olgan, 16 yoshida onasi va akasi Ahmad bilan haj safariga otlanadi. Uning xotirasi har qanday kitobni bir marta mutolaa qilishda yod olish qobiliyatiga ega bo‘lgan. U yuz ming sahih va ikki yuz ming g‘ayri sahih hadisni yoddan bilgan.
Asarlari: «Al-Jome’ as-sahih» («Ishonchli to‘plam»); «At-Tarix al-kabir» («Katta tarix»); «Al-Adab al-mufrad» («Adab durdona-la-ri»); «At-tarixal-avsot» («O‘rtacha tarix»); «Al-Jome’ al-kabir» («Katta hadislar to‘plami»); «Kitob al-ilal» («Nuqsonli hadislar kitobi»); «Barr-al-volidayn» («Ota-onani hurmat qilish»);
«Kitob al-ashriba» («Ichimliklar kitobi»); «Kitob az-zuhfo» («Zaiflar kitobi»);
«Asomi us-sahoba» («Sahobalarning ismlari»); «Kitob al-Kuna» («hadis roviylarining taxalluslari haqida»).
Imom Buxoriy Xartang qishlog‘i (hozirgi Chelak tumani) da 870 yili vafot etgan. Bu yerda unga bag‘ishlab me’moriy majmua qurilgan (1998).


ABU ISO MUhAMMAD AT-TeRMIZIY (824—892)Termiz shahrida tavallud topgan. Ko‘p yillar dunyoning turli shaharlarida bo‘lib, o‘z bilimini oshirgan. U hadis ilmini chuqur o‘rgangan, ko‘plab shogirdlar yetishtirgan. 892 yili Termiz yaqinidagi Bug‘ qishlog‘ida vafot etgan.
Asarlari:«Al-jomi’» («Jamlovchi»); «Ash-shamoil an-nasavia» («Payg‘ambarning alohida fazilatlari»); «Al-ilal fi-l-hadiy-s» («ha-dislardagi og‘ishishlar»); «Risola fi-l-xilof va-l-jadal» («hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola»); «At-Tarix» («Tarix»); «Kitob ul-asmo va-l-kuna» («Ismlar va laqablar haqida kitob»).
At-Termiziy asarlari ichida eng mashhuri «Al-jomi’» bo‘lib, u payg‘ambar alayhissalom hayoti va faoliyatiga doir muhim va ishonarli manbalardan biri hisoblanadi.

ABU NASR MUhAMMAD IBN MUhAMMAD IBN UZLUG‘ FOROBIY (873 —


950) Sirdaryo bo‘yidagi Forob-O‘tror degan joyda dunyoga kelgan. U Toshkent, Samarqand va Buxoro, shuningdek, Bag‘dod shaharlarida o‘z bilimini oshirgan. Forobiy umrining so‘nggi yillarini halab, Damashq shaharlarida o‘tkazgan. U 160 ga yaqin asar yozgan.
104

Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
Asarlari: «Ixso al-ulum»; «hikmat asoslari»; «Arastu logikasiga talqinlar»;
«Katta muzika kitobi»; «Grajdanlik siyosati»; «Fozil shahar aholilarining raylari»;
«Mantiqqa kirish»; «Vakuum haqida»; «Metafizika tezislari» va boshqalar.
Forobiy dunyoqarashini panteistik g‘oya tashkil etadi. Uning fikricha, mavjudot emanatsiya yordamida ibtidodan bosqichma-bosqich paydo bo‘lgan. Forobiy ijtimoiy qarashlarida ma’naviy hayotga oid ko‘pgina qimmatli fikrlarni olg‘a surgan. U insoniyat jamiyati vujudga kelishi va rivojlanishining muayyan tabiiy sabablarini ko‘rsatib bergan. Jamiyat axloqining vujudga kelishi, inson va jamiyatning o‘zaro munosabatini tekshirgan. Shuningdek, u insoniylik, adolat, yetuk jamoa, komil inson muammosini o‘rtaga qo‘yadi va ularni nazariy jihatdan asoslab bergan.


ABUBAKR MUhAMMAD IBN JA’FAR NARShAXIY (943) Buxoro viloyatiga qarashli Narshax mavzesida tug‘ilgan. Yoshligidan qadimgi tarix, geografiya, arab tilini puxta o‘rgangan.
Asari: «Buxoro tarixi». Bu asar turli tarixiy manbalarda «Tarixi Narshaxiy»,
«Axbori Buxoro», «Tarixi Buxoro», «Buxoro viloyatining tadqiqi» kabi nomlar bilan atalib kelingan. Asarda qadimgi Buxoro aholisining tarixiy kasb-korlari (ovchilik, baliqchilik, dehqonchilik kabi), Afshona, Romiton, Varaxsha kabi qadimiy maskanlarning barpo etilishi, Markaziy Osiyo hududlarida arab hukmronligining o‘rnatilishi, Islomning tarqalishi, Muqanna qo‘zg‘oloni, sosoniylar davlati, Buxorodagi iqtisodiy- ijtimoiy va madaniy hayot, er-suv munosabatlari haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Asar nafaqat Buxoro, balki butun Markaziy Osiyo tarixini o‘rganishda noyob manba hisoblanadi. Kitob 1966, 1991 yillarda o‘zbekcha chop etilgan.

ABU MANSUR IBN MUhAMMAD IBN MAhMUD AL-hANAFIY AL-


MOTURIDIY AS-SAMARQANDIY (vafoti — 945) sunniy mazhabiga tegishli Moturidiya oqimining asoschisi Moturid (Jomboy) qishlog‘ida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ma’lumotni o‘z qishlog‘ida olgach, o‘qishni Samarqandda davom ettirgan. Manbalarda qayd etilishicha, Moturidiy fiqh va kalom bilimlarini chuqur egallagan, hanafiya mazhabi mudarrislaridan saboq olib o‘z tasavvurlarini chuqur-lashtirgan, keyinchalik shu e’tiqodni ilmiy asoslab bergan.
Asarlari: «Kitob at- tavhid», «Kitob al-maqomat», «Kitob ta’vilot al-Qur’on»,
«Kitob bayon va umm al-mu’tazila», «Kitob al-jadal», «Kitob al-usul» («Diniy ta’lim usuli kitobi»). Uning eng nodir hisoblangan «Kitob at-tavhid» asari hozirgacha saqlanib qolgan. Al-Moturidiy islom olamida «Imom al-Xuda» va «Imom al-mutakallimun» («hidoyat yo‘li imomi va mutakallimlar imomi») nomi bilan mashhur bo‘lgan. Uning asarlarida Alloh, inson va ilm masalalari markaziy o‘rinda turadi. Uning fikricha, bilim ikki xil ko‘rinishga ega bo‘ladi,
105

madaniyatshunOslik asOslaRi
birinchisi — Alloh bilimi («al-ilm billoh») bo‘lib, mutlaq haqiqatdir. Ikkinchisi

    • Alloh to‘g‘risidagi bilim bo‘lib «ilm-olloh» deb ataladi. Alloh, olam va insonni bilish bir-biri bilan bog‘lanib, ularga aql, hissiy mushohada va xabarlar orqali erishiladi.

ABU ABDULLOh MUhAMMAD IBN AhMAD IBN YUSUF AL-XORAZMIY


(vafoti — 997)ning yoshligi Xorazmning Xiva, Zamaxshar va Qiyot shaharlarida o‘tgan, hayotining muayyan davri Xurosonda kechgan.
Asari: «Mafotih al-ulum» («Ilmlar kalitlari»). Bu qomusiy asar falsafa, mantiq, tibb, ilmi nujum, musiqa va boshqa sohalarga bag‘ishlangan. Unda ilmlar quyidagicha tasnif qilinadi:
Shariat ilmlari: fiqh, ya’ni islom huquqshunosligi; Kalom, ya’ni islom asoslari; Grammatika (Sarf va nahv); Ish yuritish; She’riyat va aruz; Tarix.
Nazariy falsafa: tabiiyot ilmlari va fizika (tibb, ob-havoni aniqlash, mineralogiya, kimyo, mexanika kabilar); Ilohiyot, ya’ni metafizika — oliy ilm; Mantiq.
Amaliy falsafa: etika (insonning o‘zini boshqarish ilmi); Uyni boshqarish; Siyosat-shahar — davlatni boshqarish.


ABU ALI IBN SINO (980—1037)ning asl ismi husain, otasining ismi Abdulloh, mashhur qomusiy olim, tabiatshunos, faylasuf, astronom, matematik, musiqashunos, huquqshunos, tilshunos, yozuvchi va shoir Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida dunyoga kelgan. Ibn Sino «Shayx-ur-rais» («Olimlar boshlig‘i»)nomi bilan shuhrat qozongan. U 450 dan ortiq asar yozib qoldirgan. Shulardan 190 ga yaqini falsafa, mantiq, ruhshunoslik, axloqshunoslik va ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag‘ishlangan.
Asarlari: «Al-qonun fit tibb» («Tibb ilmlari qonuni»); «Kitob ash-shifo»asari mantiq, fizika, matematika, metafizikani o‘z ichiga oladi; «Kitob ul-insof» (20 tomlik); «Kitob lison ul-arab» («Arab tili bo‘yicha 10 jilddan iborat kitob»);
«Donishnoma» (4 qismdan iborat); «Risola at-Tayr» («Qush tili»); «Salamon va Ibsol»; «hay ibn Yakson»; «Kitob al-ishorat»; «Yusuf qissasi»; «Urjuzalar»-tibbiy dostonlar va h. k.
Ibn Sino o‘z asarlarida ijtimoiy-falsafiy, ma’rifiy, ma’naviy, ta’lim-tarbiya, inson salomatligi masalalariga katta e’tibor bergan. Tarbiyani aqliy tarbiya, jismoniy tarbiya, axloqiy tarbiya, nafosat tarbiyasi, yoshlarga hunar o‘rgatish bilan bog‘liq bo‘lgan tarbiyadan iborat, deb hisoblagan.


ABU RAYhON BeRUNIY (973 — 1048) Xorazmning qadimiy poytaxti Kat shahrida dunyoga kelgan, G‘aznada vafot etgan.
Asarlari: «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Mas’ud qonuni»,
106

Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
«hindiston», «Geodeziya», «Mineralogiya», «Saydana».
Beruniy madaniy hayot sohasida quyidagicha fikrlarni ilgari suradi:

  • fanning sofligi uchun kurashgan; dunyoni deistik tushunish (xudo dunyoni yaratib, uning ishlariga aralashmaydi, degan diniy-falsafiy yo‘nalish) ga moyil bo‘lsa-da, ya’ni xudo dunyoni yaratganligini tan olsa-da, tabiatni mustaqil deb hisoblaydi; Ibn Sino bilan qilgan ilmiy munozarada o‘ziga xos atomistik nazariyani himoya qiladi; geotsentrik va geliotsentrik tasavvurlarning tengligi haqidagi farazlarni ilgari suradi; insonning hayvondan o‘z aqli bilan farq qilishini ta’kidlagan;

  • xalqning rang va til sohasidagi farqlari, urf-odatlardagi tafovutlarni geografik muhitga bog‘lab tushuntiradi; jamiyatning yuzaga kelishida kishilarning moddiy ehtiyojiga alohida etibor beradi; inson boshqa odamlarning baxt-saodati haqida doim g‘amxo‘rlik qilishi, o‘ylashi kerak, degan axloqiy qoidani olg‘a suradi; insonning qadr-qimmati o‘z vazifasini a’lo darajada bajarishida, deb hisoblaydi; mamlakat ravnaqi fan taraqqiyotiga bog‘liq, insonning eng katta baxti esa bilishdadir, degan tamoyilga asoslanadi.



NOSIR XISRAV (1004—1088) Qabodiyon (Tojikiston)da tavallud topgan. U ko‘plab adabiy, ilmiy, falsafiy asarlar va risolalar muallifidir.
Asarlari: «Ro‘shnoinoma»; «Saodatnoma» (masnaviylar); «Zod-ul-musofirin»;
«Xon-ul-ihvon», «Din vajhi»; «Bo‘ston ul-uqul»; «Jome’ ul-hikmatain»;
«Safarnoma» (nasriy risola).
Nosir Xisrav o‘zining ma’naviy hayoti, diniy-falsafiy dunyoqarashi jihatidan botiniya va ismoiliya mazhabining izdoshi va asoschilaridan hisoblanadi. Nosir Xisrav insonning poklanish jarayoniga alohida e’tibor qaratadi. Buning uchun g‘ayri insoniy harakat, yomon xulq-atvorlardan saqlanishga, g‘ariblar diliga ozor bermaslikka chaqiradi. Axloqiy tarbiyaning roliga yuksak baho beradi. U odamlarni molu mulkka berilmaslikka, adolat va insofga da’vat etadi. «Ma’naviy jihatdan ulg‘aymoqchi bo‘lsang, martabangni yuqori ko‘tarishni istasang, jahonning ulug‘lariga yaqinlashishni xohlasang, ilm o‘rgan, aqlu idrokingni takomillashtir», deydi u.
U o‘z asarlarida odamlarni yuksak odamiylik fazilatlarini egallashga chaqiradi. Uning fikricha, ahillik, adlu insof, mehru oqibat, o‘zaro ittifoq ustuvor bo‘lgan yurtda zulm mag‘lub bo‘ladi, inson sharafi g‘olib keladi, o‘zaro nizolar barham topadi.

JURJONIY ZAYNIDDIN ABUL FAZOYIL ISMOIL IBN hUSAYN AL-XORAZMIY


(1042—1136) ulug‘ olim va eng mashhur tabib hisoblangan. U Jurjon shahri (eron shimoli)da tug‘ilgan bo‘lsa ham umrining ko‘p qismini Xorazmda o‘tkazgan va al-Jurjoniy al-Xorazmiy taxallusi bilan mashhur bo‘lgan. Jurjoniy Xorazmshoh Qutbiddin Muhammad ibn Anushtagin (1097 — 1127) va uning
107

madaniyatshunOslik asOslaRi
o‘g‘li Alouddavla Otsiz (1127 — 1156) saroyida xizmat qilgan.
Asarlari:«Al-Xufayi al-a’loyi» («Poyalarning yuqori qismi»); «At-Tibb al- mulukiy»; «Kitob az-zahiraye Xorazmshohiy»; «Kitob al-ahrod» («hasad tufayli kelib chiqadigan kasalliklar»); «Kitob yodgor» («esdalik kitobi»); «Kitob fi rad alal-falosafa» («Faylasuflarga qarshi raddiya kitobi»); «Kitob vasiyatnoma» va boshqalar;
Jurjoniy fikricha, haqiqiy lazzat to‘kin-sochin hayot kechirishda emas, balki aqliy va ma’naviy kamolotga erishishdadir.

ZAMAhShARIY ABUL QOSIM MAhMUD IBN UMAR IBN AhMAD


(1075—1144) Xorazmning Zamahshar qishlog‘ida tug‘ilgan. U dastlabki ma’lumotni o‘qimishli otasidan olgan, 17 yoshga to‘lganda Buxoroga borgan, shuningdek, bilimini oshirish yo‘lida dunyoning ko‘pgina shaharlarida bo‘lgan. U Shosh, Bag‘dod, hijozda, ikki marta Makka shahrida bo‘lib, besh yilcha yashab Jorulloh («Ollohning qo‘shnisi») degan sharafli nomga ega bo‘lgan. U grammatika, lug‘atshunoslik, aruz ilmi, jug‘rofiya, tafsir, hadis va fiqhga oid ellikdan ortiq asarlar yozdi. Az-Zamahshariy o‘z ilmiy va ijodiy faoliyatida arab tili va adabiyotiga chuqur hurmat bilan qaragan, o‘z asarlarini faqat arab tilida yaratgan.
Asarlari: «Al-mufassal» (arab tili grammatikasiga oid asar); «Muqaddimat ul-adab» (Adab ilmiga muqaddima); «Asos ul-balog‘a» («Notiqlik asoslari», arab tili fasohati va mukammalligi haqida fikr yuritadi); «Al-mujmal-arabiy al forsiy»; «Al-Kashshof» (Qur’on haqiqatlariga bag‘ishlangan); «Maqomat az-Zamahshariy». Unga «Xorazm faxri», «Arab ustozi» kabi unvonlar berilgan. Uning «Al-Kashshof» asari asrlar davomida Qur’oni Karimni o‘rganish sohasida asosiy qo‘llanma bo‘lib kelmoqda. Falsafiy qomuslarda yozilishicha, Zamahshariy dunyoqarashining negizida asosan ikki narsa yotadi: birinchidan, u islom ilohiyoti qobig‘ida sunniylikka ma’lum darajada muxolif sifatida ajrab chiqqan mo‘tazaliylik oqimiga moyil bo‘lgan, ikkinchidan, bilish jarayonida aql orqali bilib olingan haqiqatlarni tan olib, ratsionalizmni qo‘llab-quvvatlagan. U aqliy bilishni haqiqat mezoni deb hisoblaydi, har qanday mushkul ish aql egalari tufayli isloh qilinishini ta’kidlaydi.


BURhONIDDIN AL-MARG‘INONIY (1123-1197)-Ali ibn Abu Bakr ibn
Abd ul-Jalil al-Farg‘oniy ar-Rishtoniy al-Marg‘inoniy Qur’on, hadis ilmlarini mukammal egallab, fiqh-islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega bo‘lgan mutafakkir bo‘lgan. U Burhon ud-din va-l-milla (Islom



1 Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: «O‘zbekiston», 2000, 64—65
b.

108

Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi


dalili) va Burhoniddin al-Marg‘inoniy nomlari bilan mashhur bo‘lgan. Olim boshlang‘ich bilimini Marg‘ilonda olgan, keyin Samarqandga ko‘chib borgan va butun umrini shu erda o‘tkazgan, 1149 yili olim hajga safar qilgan.
Asarlari: «Bidoyat al-muntahiy» («Boshlovchilar uchun dastlabki ta’lim»);
«Kifoyat al-muntahiy» («Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim»); «Nashr ul-mazhab» («Mazhabning yoyilishi»); «Kitob ul-mazid» («Ilmni ziyoda qiluvchi kitob»);
«Manosik ul-haj» («haj marosimlari»); «Majmua ul-navozil» («Nozil bo‘lgan narsalar to‘plami»); «Kitob ul-faroiz» («Farzlar kitobi»); «hidoya».
«hidoya» yuqoridagi asarlarining eng ixchami, izchil va mukam-malidir. U hanafiya mazhabidagilar uchun asosiy qo‘llanmadir.
«hidoya» to‘rt juzdan iborat: birinchi juzga ibodat (namoz, ro‘za, zakot, haj) masalalari kiritilgan. Ikkinchi juzdan nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yo‘qolganlar, sherikchilik vaqf mulki kabi masalalar joy olgan. Uchinchi juzda esa oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga o‘tkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, vakolat, da’vo, iqror bo‘lish, sulh, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg‘a, ijara, homiylik, qullar va bosqinchilik masalalariga oid muammolar haqida so‘z beradi. To‘rtinchi juzda shafoat, merosni taqsimlash, dehqonchilik hamda bog‘dorchilik xususida, shartnoma, qurbonlik qilish, taqiqlangan ichimliklar, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar, xun haqi to‘lash, vasiyat kabi masalalar haqida fikr yuritiladi.
«hidoya» bir necha asrlardan buyon Sharqda, shu jumladan, Markaziy Osiyoda huquqshunoslik bo‘yicha asosiy qo‘llanma bo‘lib kelmoqda, asar o‘zbek va rus tillarida chop etilgan.

XAYYOM G‘IYOSIDDIN ABDULFATh UMAR IBN IBROhIM (1040—1123)


Nishopur shahrida tug‘ilgan, G‘aznaviylar hokimiyati yemirilib, saljuqiylar hukmronligi davrida yashab ijod etgan. U Forobiy, Beruniy va Ibn Sino singari buyuk olimlarning ilmiy, falsafiy-ma’naviy merosini yanada rivojlantirgan, olim sifatida falsafa, riyoziyot, falakiyot va fizikaga oid bir qancha asarlar yozgan, ruboiylari shuhrat qozongan.
Asarlari: «Borliq va burchlanmoq to‘g‘risida risola»; «Uch savolga javob»; «Aql olami butun umumiy fanning predmeti to‘g‘risida»; «Borliq to‘g‘risida risola»;
«Talab bo‘yicha kitob» (hamma mavjudot to‘g‘risida); «Ruboiyot»; «Jaloliddin taqvimi», «Navro‘znoma» va h. k.
Umar Xayyom fikricha, narsalarda «umumiy aql», saxovat va himmat tashuvchi «ijodchi aql» mavjud. Undan «umumiy jon», «umumiy buyum» kelib chiqadi. «Yaratuvchi aql»dan paydo bo‘lgan olam harakat va o‘sish jarayonini boshidan kechirib turadi. «Umumiy buyumlar» tabiatga bo‘ysunadi, tabiat to‘rt unsur (havo, suv, o‘t, yer-tuproq)dan tashkil topgan. Inson o‘zining so‘zlashish qobiliyati bilan hayvondan farq qiladi, olam obyektiv qonunlar
109

madaniyatshunOslik asOslaRi
asosida rivojlanadi: «Sen, mendan oldin ham tun-kun bor edi», deb yozadi Umar Xayyom . Mantiq voqelikni bilishning muhim quroli, haqiqatga erishishning vositasidir. Ilm-fanda, ayniqsa, falsafa sohasida barcha fikrlar mantiqqa asoslanishi zarur.

XOJA AhMAD YASSAVIY (1041—1167) Sayramda Shayx Ibrohim oilasida dunyoga kelgan. U Buxoroda ta’lim olgan. «Yassaviya» tariqatining qoidalari Xoja Ahmad Yassaviy tomonidan ishlab chiqilgan.


Asari: «hikmatlar». Asarda bayon etilishicha, inson mehr-shafqatli bo‘lishi, halol-pok, o‘z qo‘l kuchi, halol mehnati bilan kun kechirishi orqali Olloh visoliga yetishi mumkin. Ahmad Yassaviy o‘z she’rlarida mashhur mutassavvuf olim Mansur halloj (858 — 922) nomini chuqur hurmat bilan tilga oladi.
Yassaviy molu dunyo to‘plashga harakat qilmagan, bechorahol umrguzaronlik qilgan. Mol-dunyo va davlat orttirishga mukkasidan ketgan, xasis va oxiratni o‘ylamaydigan kishilarni ogohlantirib, shunday deb yozgan edi:
«Beshak biling, bu dunyo barcha xalqdan o‘taro, Ishonmagil molingga, bir kun qo‘ldan ketaro, Ota-ona, qarindosh, qayon ketdi, fikr qil,
To‘rt oyoqli cho‘bin ot bir kun sango yetaro».
Ahmad Yassaviy butun turkiyzabon xalqlarning madaniy hayotida muhim rol o‘ynagan buyuk mutasavvuf olim, donishmand ulamo va ustoz sifatida shuhrat qozongan.


MAhMUD QOShG‘ARIY (XI asr) Markaziy Osiyo ilk o‘rta asr madaniyatining buyuk namoyandalaridan biridir. U turkiy tillarni o‘rganish sohasida keng shuhrat qozongan, XI asrda Movarounnahrda somoniylar o‘rnini qoraxoniylar sulolasi egallagan, turkiy adabiy til keng urf bo‘la boshlagan davrda yashagan. Mahmud Qoshg‘ariy Qashqarda tug‘ilib o‘sgan bo‘lsa-da, turkiy o‘lkalarning ko‘pgina shaharlarida bo‘lib, til sohasida boy material to‘pladi.
Asari: «Devoni lug‘atit turk». «Devon»da 7500 dan oshiq turkiy so‘z va iboralar izohlangan. Qoshg‘ariy kishilarni ilm o‘rganishga da’vat etgan, jaholat, kibru havoni, molu dunyoga hirs qo‘yish, baxillik va ochko‘zlikni qoralagan, saxovat va himmat ko‘rsatishni, ota-onani hurmat qilishni ulug‘lagan. Olim bilimdonlikni ulug‘lagan, o‘z o‘g‘liga murojaat qilib, faqat bilimdon odamlar bilan muomala qilishni, ularning pand-nasihatlariga quloq solib, hikmatlarini o‘rganishga chaqiradi.
Mahmud Qoshg‘ariyning ma’naviy merosi jahon ilmiy jamoatchiligi tomonidan yuksak qadrlangan va u qiyosiy tilshunoslikning asoschisi deb tan
110

ilOva
olingan. Olimlarning yozishicha, «Devon»da dunyo xaritasi doira shaklida chizib ko‘rsatilgan, uning markazida Markaziy Osiyo joylashgan.


YUSUF XOS hOJIB (taxminan 1019-20 yillarda tug‘ilgan, vafoti noma’lum) XI asrning ko‘zga ko‘ringan shoiri va mutaffakiri, u Bolosog‘un (Qirg‘izistondagi To‘qmoq) shahri yaqinida tug‘ilgan.
Asari: «Qutadg‘u bilig» doston («Baxtga eltuvchi bilim»). Asar Qashqar hokimi Sulaymon Arslon Qoraxonga bag‘ishlangan (1069). Unga Xos hojib, ya’ni buyuk xonning maxsus maslahatchisi degan unvon berilgan. Yusuf Xos hojib insonning kamolotga erishish yo‘llarini izlaydi. Uning fikricha, inson faqat jamiyatda, boshqa kishilar bilan o‘zaro muloqotda, ijtimoiy-foydali mehnatda chinakam kamolotga yetishadi. «Insonga foyda keltirmaydigan inson — o‘likdir», deydi olim o‘z asarlarida.
Xos hojib davlatni boshqarishda hokimlarga adolatli bo‘lishni maslahat bergan, ularni qonunsizlikka yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan, aks holda zulm, norozilik kuchayishini ta’kidlagan. hokim dono bo‘lsa, boshqaruvning negizini aql va adolat tashkil qiladi. Bu esa yalpi baxt-saodatga va farovonlikka olib keladi, deydi olim. Odam kimligidan qat’i nazar, inson bo‘lishi lozim, chunki dunyoda faqat insoniylik abadul-abad qoladi, ilm-fan, ma’rifat orqali jamiyatning axloqiy muhitini sog‘lomlashtirish mumkin.

ABDULhOLIQ IBN ABDUJAMIL G‘IJDUVONIY (1103—1179) Buxoro


yaqinidagi G‘ijduvon qishlog‘ida tug‘ilgan. G‘ijduvoniy o‘z ustozi Xoja Yusuf hamadoniyga bag‘ishlab ko‘plab asarlar yozgan.
Asarlari:«Maqomoti Xoja Yusuf hamadoniy» («Xoja Yusuf hamadoniy fazilatlari»); «Risolai shayx ush-shuyuk hazrati Xoja Abu Yusuf hamadoniy».
Abdulholih G‘ijduvoniy Yusuf hamadoniyning Buxorodagi to‘rtinchi shogirdi (halifasi) hisoblangan. G‘ijduvoniy XIV asrda paydo bo‘lgan «Naqshbandiya» tariqatining ma’naviy otasi va asoschisidir. G‘ijduvoniy Yassaviydan so‘ng hamadoniy o‘rniga o‘tirib, ko‘plab shogirdlarni tarbiyalab etishtirgan. G‘ijduvoniy o‘z tariqatining qonun-qoidalari mezonini ishlab chiqqan. Bu qoidalar «rashhalar», ya’ni qatra («tomchi»)lar deb ataladi.


MAhMUD O‘G‘LI AhMAD YUGNAKIY (XII asr oxiri — XIII asr boshlari) Samarqand yaqinidagi Yugnak shahrida dunyoga kelgan.
Asari: turkiyda yozilgan «hibat ul-haqoyiq» («haqiqatlar tuhfasi»). Asar axloqiy-didaktik yo‘nalishga ega bo‘lib, «yaxshilik urug‘ini sepish» asosida yashash g‘oyasini ilgari suradi. Dunyo bevafo, o‘tkinchi, rohat-farog‘atga intilish — befoyda. Shuning uchun yaxshilik haqida o‘ylash kerak, inson taqdiri yaratuvchiga bog‘liq, lekin olloh dunyoviy hayotning ma’nosi va go‘zalligini
111

madaniyatshunOslik asOslaRi
inkor etmaydi. Izzat va hurmat mehnat, bilim va aql yordamida qo‘lga kiritiladi. Kamtarlik insonni ulug‘laydi, kalondimog‘lik uni yerga uradi.
Yugnakiy kishilarni saxovat va mehribonlik ko‘rsatishga, sabr-toqatli bo‘lishga, do‘stni ehtiyot qilishga undagan.

AhMAD IBN UMAR ABUL JANNOB NAJMIDDIN AL-KUBRO AL-XIVAQI AL-


XORAZMIY (1145—1221) Xiva shahrida dunyoga kelgan. U yoshlik paytidayoq ilm istab Misrga borgan. Musulmonlar sharqida keng shuhrat topgan mutafakkir va mutasavvuf olimlardan biri — Majiddin Bag‘dodiy (Farididdin Attorning otasi) va Bahoviddin Valad (Jaloliddin Rumiyning otasi) kabi yirik mutasavvuf olimlar Najmiddin Kubroning shogirdlaridandir. Shayx Najmiddin Kubro mo‘g‘ul lashkarlariga qarshi Urganch qal’asini himoya qilishda bosh-qosh bo‘lgan. 1221 yili u mo‘g‘ul bosqinchilari tomonidan vahshiyona o‘ldiriladi.
Kubroviya tariqati musulmon sharqida keng tarqalgan. Undan firdavsiya (hindiston), nuriya (Bag‘dod), rukniya (Xuroson), hamadoniya (Kashmir); ig‘tishoshiya (Xuroson); nurbaxshiya (Xuroson); ne’matulloiya (eron, g‘arbda va AQShda hozir ham faoliyat ko‘rsatmoqda) kabi kichik tariqatlar kelib chiqqan.
MAhMUD IBN MUhAMMAD IBN UMAR AL-ChAG‘MINIY (XII-XIII)
Xorazmda tug‘ilgan. Chag‘miniy o‘qishni Samarqandda davom ettirgan, astronomiya, riyoziyot, tabobat, jug‘rofiya va boshqa sohalar bilan chuqur shug‘ullangan, qomus tuzgan alloma sifatida shuhrat topgan. Chag‘miniy Xorazm ilmiy maktabining Abu Rayhon Beruniydan keyingi eng yirik olimi deb tan olingan.
Asarlari: «Mulaxxas fi-l-xay’a», «Saylanma», «To‘qqiz sonining riyoziyotdagi o‘rni haqida risola», «Merosni bo‘lish masalalarida riyoziyot usullariga sharh» va boshqalar. Chag‘miniy Quyoshni o‘zidan nur tarqatuvchi sayyoralarning markazi deb hisoblaydi: «Oy o‘z nuriga ega emas, uni Quyoshdan oladi».
«Tabiat har qanday harakat va sokinlikning manbai». Chag‘miniy o‘sha davr astronomiyasini yangi pog‘onaga ko‘tardi.

XOJA MUhAMMAD BAhOUDDIN NAQSh BAND (1318—1389)


Markaziy Osiyoda XIV asrda vujudga kelgan tasavvuf tariqatlaridan biri
«Naqshbandiya»ning asoschisi bo‘lib, Buxoroning Qasri Orifon qishlog‘ida tug‘ilgan. Naqshband o‘z davrining buyuk olimi Muhammad Boboi Samosi qo‘lida tarbiya topgan, keyinchalik unga atoqli mutasavvuf olim Sayid Mir Kulol rahnamolik qilgan. Naqshband ta’limotining asosida ixtiyoriy ravishdagi faqirlik va «Dil ba yor-u, dast — ba kor» («Diling Ollohda, qo‘ling ishda bo‘lsin») degan g‘oya yotadi.
Naqshbandiya tariqatining poklik, to‘g‘rilik, adlu insof, mehru shafqat,
112

ilOva
imondorlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi ilg‘or umumbashariy tamoyillari alohida ahamiyatga ega.

SA’DUDDIN TAFTAZONIY (1322—1392) Ashxabod shahri yaqinidagi Taftazon qishlog‘ida tug‘ilgan. U islom falsafasi, kalom, mantiq, handasa, she’riyat va arab tili grammatikasiga oid ko‘plab asarlar yozgan.


Asarlari: «Tahzib al-mantiq va-l-kalom» («Mantiq va kalomga sayqal berish»);
«Maqosid fi ilm al-kalom» yoki «Maqosid at-tolibin fi usil ad-din» («Din asoslarini izlovchilarning maqsadlari»); «As-Sa’diya» (Kotibiyning mantiqqa oid «Ash- shamsiya» risolasiga yozilgan sharh); «Al-mutavval» («Keng talqin»); «Muxtasar al-maoniy» («Qisqacha ma’nolar»); «Al irshod al-hodiy» («Yo‘l boshlovchi rah- bar»); «Al-maqosid at-tolibin» («Tolibi ilmlarning maqsadlari»); «Risola fi zavoye al-musallas» («Uchburchakning burchaklari haqida risola») va boshqalar.
Taftazoniy qirqdan ortiq asar muallifidir. Olimning e’tiqodiga ko‘ra, xudo insonlarga xayrli ishlar qilishni buyurgan, g‘ayrisha’riy ishlar uchun esa insonning o‘zi javobgar bo‘ladi. U islom falsafasi — kalomga mantiqiy xulosalar tadbiq etib, uni boyitdi va ilohiyot fani rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi.
ALI BINNI MUhAMMAD BINNI ALI hUSAYNI MIR SAID ShARIF JURJONIY
(1339—1413) Astrobod shahri yaqinidagi Tog‘u qishlog‘ida tavallud topgan. Temur Sherozni fath etgach, boshqa olimlar qatori Samarqandga kelgan. U o‘z zamonasining yirik allomasi sifatida o‘sha davr fanlarining barcha sohalarida faoliyat ko‘rsatgan:islom falsafasi — kalom, mantiq, til, tabiatshunoslik, huquq va falsafaga oid risolalar, shuningdek, ko‘plab olimlarning asarlariga sharhlar yozgan.
Asarlari: «Avsat dar mantiq» («Mantiqda o‘rta xulosa»); «Dunyoni aks ettiruvchi ko‘zgu» (risola); «At-ta’rifat» («Ta’riflar»); «Usuli mantiqia» («Mantiq usuli»); «Odob ul-munozara»; «Sug‘ro» («Kichik dalil bo‘la oladigan hukm»);
«Kubro» («Katta dalil bo‘la oladigan hukm»); Chag‘miniy, Nasriddin at-Tusiy, Ibn Sino va boshqalarning asarlariga yozilgan sharhlar.
Jurjoniy Samarqandda 20 yildan ko‘proq samarali ijod etgan, Amir Temur vafotidan keyin Sherozga qaytib ketadi.

MUhAMMAD BIN MAhMUD AL-hOFIZ AL-BUXORIY XOJA MUhAMMAD


PORSO (XOJA PORSO) (1348—1420) Buxoroda tavallud topgan. U — naqshbandiya maktabining eng ko‘zga ko‘ringan olimlaridan biri. Xoja Porso Qur’oni Karim, hadis, kalom kabi turli diniy ilmlarni chuqur o‘rgangan donishmand («Porso»-dindor) edi. Porso Naqshbandning ikkinchi xalifasi bo‘lgan.
Asarlari:«Risolai qudsiya («Xoja Bahovuddinning qudsiy kalimalari haqida risola»); «Az anfozi qudsiyai mashoyixi tariqat» («Tariqat mashoyixlarining
8— Zakaz 23 113

madaniyatshunOslik asOslaRi
qudsiy kalimalaridan»); «e’tiqodot» («e’tiqod haqida risola»); «Tahqiqot» («Tasavvuf istilohlari haqida risola»); «Tafsiri Qur’on» («Qur’on tafsiri»); «Al-hadis ul-arba’una» («Qirq hadis»); «Risola dar odobi murid» («Murid odoblari haqida risola»); «Sharhi «Fiqhi Kaydoniy» («Fikhi Kaydoniy» asarining sharhi»); «Fasl ul- xitob bivusuli-l-ahbob» («Do‘stlar visoliga yetishishda oq ila qorani ajratuvchi kitob»); «Muxtasari ta’rixi Makka» («Makka shahrining qisqacha tarixi»);
«Maqomoti Xoja Alouddin Attor» («Alouddin Attor maqomati»); «Maqomoti Xoja Bahovuddin Naqshband» («Xoja Bahovuddin Naqshband maqomati»).
Porsoning shariat va tariqat masalalariga bag‘ishlangan va unga katta shuhrat keltirgan asari «Fasl ul-xitob bi-vusuli-l-ahbob» («Do‘stlar visoliga yetishda oq ila qorani ajratuvchi kitobi») risolasidir.
SALOhIDDIN MUSO IBN MUhAMMAD IBN MAhMUD QOZIZODA RUMIY
(XIV asr oxiri — XV asr boshi) Markaziy Osiyo madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan alloma bo‘lib, hozirgi Turkiyaning Bursa degan joyida tug‘ilgan. Otasi Xoji Afandi Bursaning qozisi bo‘lgan. Salohiddinning tug‘ilgan yili ma’lum emas. Tavalludi 1354-1364 yillar orasida degan taxminlar bor. U Samarqand shahriga ilm olish maqsadida kelgan. Keyinchalik Amir Temur ulamolari qatoridan munosib o‘rin egallagan. Temurning saroy astronomi Mavlono Ahmaddan astronomiya va matematikadan tahsil olgan. Otasining qozilik lavozimi va rum (Kichik Osiyo)lik ekanligiga ishora qilib, u «Qozizoda Rumiy» nomi bilan shuhrat qozongan.
Temur vafotidan so‘ng u Ulug‘bek bilan birgalikda hirotga boradi, unga astronomiya, matematika sohasida ustozlik qilgan, bir necha vaqt Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasida ishlagan, Jurjoniy bilan ilmiy muloqot va munozaralar olib borgan, Ulug‘bek rasadxonasidagi ilmiy tekshirishlarga boshchilik qilgan.
Asarlari: «Risola fi-l-hisob» («hisob haqida risola»); «Sharhi mulaxxis fi- l-xay’a» («Astronomiya haqida qisqacha risolaning sharhi»); «Sharhi ashkol at-ta’sis» («Asoslangan jumlalarga sharh»); «Risola al-jayb» («Sinus haqida risola»); «Dastur ul-amal va tashiq al-jadval» («Amal dasturi va jadvallarini tuzish»); «Mimsoha» («O‘lchash»), «Risola fi ilm al-hay’a» («Astronomiya ilmi haqida risola»); «Risola fi rub’ al-mujayab» («Sinus kvadrat haqida risola») va boshqalar.


MIRZO ULUG‘BeK (1394—1449) bobosi Amir Temurning harbiy yurishi paytida eronning g‘arbida joylashgan Sultoniya shahrida tug‘ilgan. U Shohruh Mirzoning to‘ng‘ich o‘g‘li, unga Muhammad Tarag‘ay ismi berilgan. Shohruh to‘ng‘ich o‘g‘li Ulug‘bekni 1411 yili Movarounnahr va Turkistonning hokimi etib tayinlaydi.
Ulug‘bekning ustozlari Mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiylar bo‘lgan. Ular Ulug‘bekka astronomiya va matematikadan ta’lim berganlar. 1420 yili Samarqandda Ulug‘bek madrasasi ochiladi. Unda Qozizoda, Ulug‘bek,
114

ilOva
Koshiy va Ali Qushchilar (toliblarga) ta’lim berganlar. Tarixchi Davlatshohning yozganlariga qaraganda, Ulug‘bek geometriya borasida evklidga, astronomiya sohasida Ptolomeyga o‘xshaydi. «Ulug‘bek tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy va siyosiy qarashlarida ungacha yashab kelgan, uning davrida etakchi maqom va ahamiyatga ega bo‘lgan tamoyillar ta’siri ostida Movarounnahr hukmdori hamda astronomiya fanining sultoni maqomiga erishdi». (Jahon falsafasi tarixidan lavhalar. — Toshkent, Faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti. 2004, 192-b. )
Asarlari: «Ziji Ulug‘bek»; «Bir daraja sinusni aniqlash haqida risola»;
«Risolayi Ulug‘bek»; «Tarixi arba’ ulus» («To‘rt ulus tarixi»). 1994 yilda Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda va chet ellarda katta tantanalar bo‘lib o‘tdi.


ShARAFIDDIN ALI YAZDIY (vafoti — 1454 yil) eronning Yazd shahriga qarashli Taft mavzeida taxminan XIV asrning oxirgi choragida tug‘ilgan. Ali Yazdiy «Zafarnoma» degan mashhur asarning muallifi, «Sharaf» taxallusi bilan she’rlar ham bitgan. Undan qolgan ilmiy-madaniy meros adabiyot va til uslubi, she’riyat nazariyasi, ilmi nujum, falsafa, tasavvufning nazariy masalalariga oiddir. U hirot, Samarqand shaharlarida yashagan.
Asarlari: «hulal-i muttaraz dar muammo va lug‘az» («Muammo va topishmoqlar borasida bezakli joma»); «Mavotin yo manozir dar muammo» («Muammo fanida turar joy va manzaralar»); «Al-kitob fi ilm-i usturlob» («Usturlob ilmi bo‘yicha kitob»); «Devon-i Sharaf-i Yazdiy» («Sharafi Yazdiyning she’rlar to‘plami»); «Sharhi Asamo-i Alloh» («Alloh ismlarining sharhi»); «Tuhfat ul-faqir va hadyat ul-haqir» («Faqirning tuhfasi-yu, haqirning hadyasi»);
«Munshaot» («Xatlar to‘plami»); Amir Temur tarixining she’riy bayoni
«Zafarnoma» («Fathnomayi Sohibqiron»).


JAMShID IBN MA’SUD IBN MAhMUD G‘IYOSUDDIN AL-KOShIY (vafoti —
1429-yil) XIV—XV asrlarda yashagan eng mashhur siymolardan biridir. Uning bobosi Mahmud ibn Yah’yo ibn al-hasan al-Koshiy ziyoli bo‘lib, riyoziyot va astrologiyaga oid risolalar yozgan. Ulug‘bek 1416 yili Qozizoda Rumiyning maslahati bilan al-Koshiyni Samarqandga taklif etgan.
Koshiy «Miftih al-hisob» («hisob kaliti») asari bilan mashhur bo‘lgan, asar riyoziyot qomusi deb tan olingan, unda o‘nli kasrlar to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Asarlari: «Jizi hoqoniy»; «Miftih al-hisob» («hisob kaliti»); «Risola al- muhitiya»; «Sullam as-samovat» («Osmonlar narvoni»); «Nuzhad al-hadoyiq» («Bog‘lar sayri»).


ALOUDDIN ALI IBN MUhAMMAD ALI QUShChI (vafoti — 1474 yil) o‘z
davrining mashhur allomasi bo‘lib tanilgan. Otasidan yetim qolgach, Ulug‘bek
115

madaniyatshunOslik asOslaRi
uni o‘z tarbiyasiga olgan, keyinchalik Ulug‘bek rasadxonasida ishlagan, unga boshchilik qilgan. Ali Qushchining targ‘ibotchilik faoliyati tufayli Markaziy Osiyo olimlari, xususan, Ulug‘bekning ilmiy ijodi Yevropaga keng tarqaladi.
Asarlari: «Risola fi-l-hisob» («hisob haqida risola»); «Risolai kusur» («Kasrlar risolasi»); «Risola al-fathiya» («G‘alaba risolasi»); «Risola al-Muhammadiya fi-l-hisob» («hisob haqida»); «Risola fi halla ash-shakl al-hilol» («hilolsimon shakllarni o‘lchash haqida risola»); «Risola dar ilmi hay’at» («Astronomiya ilmi haqida risola»); forscha «Sharhi Ziji Ulug‘bek» («Ulug‘bek »Ziji»ga sharh»);
«Xitoynoma»; «Risolai mantiq»; «Risola al-Mufradiya» va boshqalar. Ali Qushchi Markaziy Osiyo madaniyati va fani taraqqiyoti tarixida alohida o‘rin tutadi.

XOJA UBAYDULLOh AhROR (1404—1490) naqshbandiylik tariqatining yirik namoyandalaridan biri, Shosh — Toshkent viloyati muzofotlaridan Bog‘iston (Bo‘stonliq tumani)da tug‘ilgan, 1490 yilda Samarqandda vafot etgan. Dastlabki ma’lumotni Toshkentda olgan bo‘lajak olim 1428—1431 yillarda hirotda tasavvuf ilmi asoslarini o‘rgangan. Xoja Bahovuddin Naqshbandning shogirdi bo‘lgan Ya’qub Charxiyga qo‘l berib, undan ta’lim olgan. 1431—1432 yillar orasida Xoja Ahror Toshkentga qaytib, naqshbandiya tariqatini yanada rivojlantiradi. U dehqonchilik va tijorat ishlari bilan faol shug‘ullangan.


Asarlari:«Fikrat ul-orifin» («Oriflar so‘zlaridan parchalar» asari tasavvuf ilmiga bag‘ishlangan), axloq-odob va insonning o‘zini bilishga bag‘ishlangan «Risolai volidiya» («Muxtasar»), «Ruqaot», «Risolai huroiya» (mashhur mutasavvuf shoir Abu Sa’id Abdulhayrning (XI asr) «havro» (hurlar) so‘zi bilan boshlanadigan ruboiysiga sharhlar va boshqalar.


ABDURAhMON JOMIY (1414—1492) Nishopur yaqinidagi Jom shahrida ruhoniy oilasida tavallud topgan. U o‘z umrini asosan hirotda o‘tkazgan. Jomiy boshlang‘ich ma’lumotini otasidan oladi. hirotda yirik olimlar tarbiyasida o‘z bilimini oshiradi. So‘ngra u Samarqandga borib, Ulug‘bek madrasasida Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi allomalarning ma’ruzalarini eshitish baxtiga muyassar bo‘lgan.
Jomiy Shayx Sa’diddin Qoshg‘ariydan tasavvuf ilmidan dars oladi. Tez orada unga qo‘l beradi, so‘ngra o‘z pirining qiziga uylanadi. Alisher Navoiy Jomiyni o‘ziga pir va ustoz deb hisoblagan.
Asarlari: «Nafahot-ul-uns»; «Lujjat ul-asror»; «Ashiat ul-lama-ot»; «Risolai musiqiy»; «Risolai muammo»; «haft avrang» («Silsilat uz-zahab», «Tuhfat ul- asror», «Subhat ul-asror», «Yusuf va Zulayho», «Layli va Majnun», «Salamon va Absol», «Xiradnomai Iskandariy»)
Bulardan tashqari, u ko‘plab she’riy devonlar tuzgan. Jomiy asarlarining bir qismi diniy va falsafiy mazmunga ega. U tasavvufning eng yirik arbobi bo‘lib,
o‘z qarashlarini quyidagi asarlarida b1a1y6on qilgan: «Naqshi fusus» («Ma’nolar naqshi»), «Shavohidi nubuv-va» — («Payg‘ambarlikka dalillar»), «Naqshbandiy

ilOva
ta’limoti haqida risola», «haj qilish yo‘llari haqida risola» va h. k.
Jomiy she’riyat nazariyasiga oid ko‘plab asarlar yozgan:«Risolai aruz»,
«Sharhi bayt», «Masnaviy», «Sharhi ruboiyot», «Risolayi qofiya», «Risolayi muammoyi manzum» va boshqalar shular jumlasidan. Musiqaga oid «Risolai musiqiy» asari shuhrat topgan. Shayx Sa’diy yo‘lidan borib Abdurahmon Jomiy
«Bahoriston» degan asar yaratgan.


NIZOMIDDIN MIR ALISheR NAVOIY (1441—1501) hirot shahrida tavallud topgan. 1466—68 yillarda u Samarqandda yashagan, 1469 yili husayn Boyqaro iltimosiga ko‘ra hirotga qaytgan. 1472 yilda Navoiyni Boyqaro vazirlik lavozimiga tayinlaydi. hazrat Navoiy o‘z zamonasining yetuk mutafakkiri, shoiri, davlat arbobi ekanligi tarixdan ma’lum.
Asarlari:«Badoye’-ul-bidoya» («Badiiylik ibtidosi»); «Vaqfiya» (1481-yil);
«Xamsa» ( 1483—1486 yillarda yozilgan) beshta dostonni o‘z ichiga oladi:
«hayratul abror» («Yaxshi kishilarning hayratlanishi»); «Farhod va Shirin»; «Layli va Majnun»; «Sab’ai sayyor» («etti sayyora»); «Saddi Iskandariy» («Iskandar devori»).
Bundan tashqari, A. Navoiyning quyidagi asarlari ham mashhur: «Navodir un-nihoya» («Behad nodirliklar»); «Zubdat ut-tavorix» — («Tarixlar qaymog‘i»);
«holoti Sayid hasan Ardasher»; «holoti Pah-lavon Muhammad»; «Xamsat ul- mutahayyirin» («Besh hayrat»); «Majolis un-nafois; «Mezon ul-avzon» («Vaznlar o‘lchovi»); «Xazoyin ul-maoniy» («Ma’nolar xazinasi»). «Chor devon» nomi bilan ma’lum bo‘lgan bu buyuk majmua 45 ming misraga yaqin she’rlarni o‘z ichiga oladi. Uning tarkibiga quyidagi asarlar kirgan: «G‘aroyib us-sig‘ar» («Bolalik ajoyibotlari»); «Navodir ush-shabob» («Yigitlik davri nodirliklari»); «Badoye’ ul-vasat» («O‘rta yosh kashfiyotlari»); «Favoyid ul-kibor» («Keksalikdagi foydali mulohazalar»).
Navoiyning «Mufradot» risolasi, «Sittai zaruriya», «Fusuli ar-baa» turkum qissalari fors tilida yozildi. Ular 12 mingdan oshiq she’r va muammolardan iborat. Shoir«Foniy» taxallusi bilan alohida devon tuzdi. «Lison ut-tayr» (1499 yil); «Muhokamat ul-lug‘atayn» (1499 yil); «Mahbub ul-qulub» («Ko‘ngillarning sevgani») asarlari ham Navoiy ijodida alohida o‘rin tutadi.

DAVLATShOh AS-SAMARQANDIY IBN ALOUDDAVLA IBN BAXTIShOh


AL-G‘OZIY (1435—1495) taxminan 1435 yilda yirik harbiy xizmatchi oilasida tug‘ilgan. U Shohruh va husayn Boyqaroning harbiy yurishlarida ishtirok
etgan.
Asari: «Tazkirat ush-shuaro» («Shoirlar tazkirasi»). Bu asar g‘oyat mashhur bo‘lib, uni yaratishda muallif o‘nlab manbalardan foydalangan. Tazkira muqaddima, xotima va yetti qismdan iborat bo‘lib, unda X—XV asrlarda O‘rta Osiyo, eron va Iroqda yashab o‘tgan turkigo‘y va forsigo‘y shoirlar, adiblar to‘g‘risida, xotima qismida esa mual1li1fg7a zamondosh bo‘lgan 60 nafar yirik

madaniyatshunOslik asOslaRi
shoir va fuzaloning tarjimai holi haqida qisqacha ma’lumot berilgan. Bundan tashqari, asarda ularning ijodida o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy, tarixiy voqealar ham aks etgan. Manguberdi va Temur Malik boshchiligidagi ozodlik kurashlari, Xurosondagi sarbadorlar harakati, temuriylar davlatining barpo bo‘lishi kabilar to‘g‘risida ham ma’lumotlar berilgan.


KAMOLIDDIN BehZOD (1455—1537) hirotda tavallud topadi. hirotning mashhur musavviri Amir Ruhillo uni o‘z tarbiyasiga oladi. Behzodning buyuk musavvir, naqqosh bo‘lib yetishishida Alisher Navoiy-ning roli katta.
Asarlari: Sharafiddin AliYazdiyning «Zafarnoma»siga ishlangan miniatyuralar; husayn Boyqaroning majlislari tasvirlangan 40dan ortiq go‘zal miniatyura; Abdurahmon Jomiyning «Salamon va Absol» asariga ishlangan rasmlar; Amir husrav Dehlaviyning «Xamsa»siga ishlangan 33 ta miniatyura ; Sa’diyning
«Bo‘ston» asariga ishlangan rasmlar, «Guliston» asariga chizilgan miniatyuralar; Nizomiy Ganjaviyning «Panj ganj»iga chizilgan miniatyuralar; Abdulloh Xotifiyning «Temurnoma» asariga chizilgan rasmlar; Abdurahmon Jomiy tasviri; husayn Boyqaro tasviri; Shayboniyxon tasviri; Shoh Taxmasi tasviri; Shoir Abdulloh Xotifiy tasviri; Tuyalar jangi; Raqsi darvish (Darvishlar raqsi); Samarqandda madrasa qurilishi va boshqalar.


G‘IYOSIDDIN MUhAMMAD IBN XOJA XUMOMMUDDIN IBN XOJA JALOLUDDIN MUhAMMAD IBN BURhONUDDIN — XONDAMIR hirotda
tug‘ilgan (1473—1534). U ilm-fanning ko‘pgina sohalarini puxta egallab, o‘z davrining taniqli tarixchi olimi bo‘lib yetishgan. Xondamirning olim bo‘lib shakllanishida Alisher Navoiy katta rol o‘ynagan. U Navoiy kutubxonasida xodim, keyinroq esa mudir bo‘lib ishlagan.
Asarlari: ulug‘ siymolarning naqllari keltirilgan «Ma’osir ul-muluk» («hamasr podshohlarining tarixi»); «Xulosat ul-axbor fi bayon ul-ahvol ul-ahyor» («Xayrli kishilar ahvolini bayon etish borasida xabarlar xulosasi»); «Makorim ul-axloq» («Oliyjanob xulqlar»); «Dastur ul-vuzaro» («Vazirlar uchun qo‘llanma»); «Nomai nomi» («Atoqli nomalar»); «habib us-siyar fi axbor afrod ul bashar» («Inson zoti xabarlari va do‘stning tarjimai holi»); «humoyunnoma».
Xondamir «Nahiy» taxallusi bilan she’rlar ham yozgan.


ZAhIRIDDIN MUhAMMAD BOBUR (1483—1530) Andijonda, Farg‘ona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida tug‘ilgan. Bobur adib, shoir, olim, ayni vaqtda yirik davlat arbobi bo‘lib, hindistonda boburiylar sulolasiga asos olgan.
Asarlari: «Boburnoma»; «Mubayyin», «Xatti Boburiy»; «harb ishi»; Aruz haqidagi risolalar; «Mubayn»; «Mufassal».
118

ilOva
MAhDUMI A’ZAM-SAYYID AhMAD XOJAGI IBN SAYYID JALOLIDDIN
KOSONIY DAhBeDIY. (1463—1542) Farg‘ona vodiysining Koson shahrida tug‘ilgan. U yirik diniy va siyosiy arbob, naqshbandiya tariqatining rahnamosi va nazariyotchisi bo‘lgan, ko‘pgina sultonlar Mahdumi A’zamni o‘zlarining piri deb bilganlar. U tasavvuf nazariyasi, amaliyoti, xususan, naqshbandiya ta’limotini rivojlantirib, 30 dan ortiq kitoblar yozgan.
Asarlari: «Asror-un-nikoh» («Nikoh sirlari»); «Ganjnoma»; «Risolat-un-sam’iy- yatun («Samo risolasi»), «Bayoni zikr» (Zikr bayoni), «Risolai silsilai Xo‘jagon», («Xo‘jagon silsilasi») «Sharhi g‘azali Ubaydiy», («Ubaydiy g‘azaliga sharh»),
«Me’roj ul-oshiqin» («Oshiqlar me’roji»); «Risolai Naqshbandiyya», «Risolat-un- vujudiyyatun» va boshqalar.


ABULG‘OZIY BAhODIRXON (1603—1664) Urganchda tug‘ilgan. U Xiva xoni Arab Muhammadxonning o‘g‘li bo‘lib, yigirma yil davomida Xivada hukmronlik qilgan. Tib ilmini ham yaxshi o‘rgangan, maxsus tibbiy asar ham yozib qoldirgan. Abulg‘ozixon yaxshi hunar egasi, she’riyatni yaxshi bilgan, turli tillarni egallagan, o‘tgan podshohlar, ularning faoliyatlaridan yaxshi xabardor, bilimdon, ajoyib muarrix bo‘lgan.
Asarlari: «Shajarai turk»; «Shajarai tarokima». (»Turkmanlar tarixi»); «Manofeo ul-inson». Bu asar tibb ilmiga bag‘ishlangan.

MUhAMMAD ShARIF BUXORIY IBN MUhAMMAD AL-hUSAYNIY AL-


ALAVIY (vafoti 1697) Movarounnahrning yirik mutafakkirlaridan biri, falsafa, tarix, she’riyat, huquq, tilshunoslik sohalarini chuqur egallagan olim bo‘lgan. Asarlari: «Ar-risola ad-davriyya» («Davriylik haqida risola»); «Takammule-
at-tatime» («Takmilning to‘ldirilishi»); «hoshiyai Mavlaviy Sharif bar sharhi tahzib» («Mavlaviy Sharifning tahzib sharhiga hoshiyasi»); «Kitobi favoidi hoqoniyya» («hoqonga foydali maslahatlar) kitobi»). Uning she’riy «Devon»i ham bo‘lgan.


TURDI FAROG‘IY (XUII asr) Jizzax hududidagi Farog‘ qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning hayoti va ijodi haqida tarixiy manbalarda yetarli ma’lumotlar saqlanib qolmagan, u «Farog‘iy» taxallusi bilan o‘zbek va tojik tillarida she’rlar yozgan. Asarlari: Turdining adabiy merosi 18 she’rdan iborat bo‘lib, ulardan 12 tasi g‘azal, 5 tasi muxammas va bittasi fard turiga oiddir. Turdi she’rlarining aksariyat
qismini Subhonqulixon to‘g‘risidagi mashhur hajviyalar tashkil qiladi.


BOBORAhIM MAShRAB MULLA VALI O‘G‘LI (1640—1711) Namanganda
kosib-bo‘zchi Valibobo oilasida dunyoga kelgan. Mashrab diniy ilm va falsafadan kuchli bilim sohibi bo‘lgan. Uning asarlari tasavvufiy-axloqiy
119

madaniyatshunOslik asOslaRi
yo‘nalishda bitilgan, ularda pir-murshidlar nomi hurmat bilan tilga olinadi.
Asarlari: «Mabdai nur», «Devoni Mashrab» («Devonai Mashrab»); shuningdek she’riy majmualar. Bu asarlar tasavvufiy-axloqiy yo‘nalishda bitilgan.
Shu bilan birga, hayotiy ishq-muhabbat mavzui ham Mashrab ijodida g‘azal, mustazod, murabba’ va muxammas kabi nazmiy shakllarda aks etgan Mashrab ijodi she’riyatimizni yetuk asarlar bilan boyitdi.


SO‘FIY OLLOYOR (1644—1724) Kattaqo‘rg‘on bekligiga qarashli Minglar qishlog‘ida tavallud topgan. U dastlab Shayxlar qishlog‘idagi diniy maktabda, so‘ng Buxorodagi madrasalarda ta’lim olgan. So‘fiy Olloyor tasavvufni puxta o‘rganish natijasida shayxlik martabasiga ko‘tarilgan.
Asarlari: «Maslak ul-muttaqiyin», «Sabot ul- ojizin», «Murod ul-orifin», «Siroj ul-ojizin», «Mahzan ul-muti’n», «Najot ut-tolibin» kabilar.
So‘fiy Olloyor tasavvuf rivojiga katta hissa qo‘shgan. Uning asarlari o‘zbek tilida yozilgan bo‘lib, til tarixini o‘rganishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

MAXTUMQULI (1733—1793) 1733 yilda dunyoga kelgan, o‘z ilmini oshirish uchun Xiva, Buxoro va Andijon madrasalarida tahsil olgan. Maxtumquli tarqoq turkman qabilalarini birlashtirishni, yagona bir davlat barpo qilishni orzu qilgan.


Maxtumquli pandnomalarida insonni o‘z mohiyati va qadrini bilishga, avlodlarning yaxshi xislatlarini egallashga da’vat etadi, takabburlik, dilozorlik, mol-davlatga hirs qo‘yish kabi salbiy xislatlarni qoralaydi. Uning asarlari asosan axloqiy-didaktik yo‘nalishga ega bo‘lib, kishilarni yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Maxtumquli Ahmad Yassaviy, hazrat Navoiy ijodiga katta havas bilan qaraydi.


JAhON OTIN — UVAYSIY (1779—1845) Marg‘ilon shahrining Childuxtaron mahallasida dunyoga kelgan, o‘qimishli oilada o‘sib voyaga yetgan. Uning otasi to‘quvchilik, kosibchilik bilan shug‘ullangan, ayni vaqtda, o‘zbek va tojik tillarida she’rlar yozgan, onasi Chinnibibi esa o‘z davrining o‘qimishli ayollaridan bo‘lib, maktabdorlik bilan shug‘ullangan. Jahon otin xat-savodni oilada olgan, so‘ng onasining yonida maktabdorlik ishlariga ko‘maklashib tajriba orttirgan.
Shoira hayoti Marg‘ilon va Qo‘qon adabiy muhitida, iste’dodli adib va shoirlar davrasida o‘tgan. Uvaysiy Mohlaroyim-Nodira bilan ijodiy hamkorlikda badiiy asarlar yaratgan, saroyda she’riyat ilmidan dars berib, ustozlik qilgan. 1842-yili Buxoro amiri Nasrulloxon Qo‘qonni egallagach, u Marg‘ilonga qaytib umrining oxirigacha shu yerda yashagan. Shoiraning 4ta devon tuzganligi ma’lum. Shoira o‘z she’rlarida odamiylikni, vafodor yorni, muhabbatni, visolni
120

ilOva
kuylaydi.
Asarlari: «Devon»; «Shahzoda hasan»; «Shahzoda husan» (lirik-epik asarlar);
«Voqeoti Muhammad Alixon» (tarixiy doston).

MAhMUD MULLA SheRMUhAMMAD O‘G‘LI MAXMUR (vafoti 1844-yil)


XVIII asrning oxirgi choragida Qo‘qon shahrida ziyoli oilasida dunyoga keldi. Otasi Mulla Shermuhammad o‘zbek va tojik tillarida Akmal taxallusi bilan she’rlar yozib, ikkita devon tuzgan. U Umarxon saroyidagi ijodkorlardan biri bo‘lib, she’r ixlosmandlari o‘rtasida nom chiqargan edi.
Maxmur otasi tashkil etgan mushoiralarda, suhbatlarda ishtirok etgan. Maxmur Qo‘qondagi Madrasai Mirda tahsil ko‘rgan, fors tilini mukammal bilgan. Uning «hafalak» she’ri xalq o‘rtasida juda mashhur bo‘lib ketgan.


MUhAMMAD ShARIF GULXANIY (XVIII asr oxiri — XIX asr birinchi yarmi) hayoti va ijodi to‘g‘risidagi ma’lumotlar deyarli yo‘q. U Qo‘qon adabiy muhitida ijod qilib, o‘zbek badiiy nasri taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan. Amir Umarxon saroyidagi ijodkorlar bilan ijodiy hamkorlikda qalam tebratgan. Fazliy Namangoniy tuzgan «Majmuat-ush-shuaro» tazkirasida Gulxaniy asarlariga biroz o‘rin berilgan. Gulxaniy Jur’at taxallusi bilan ham forsiyda she’rlar bitgan.
Asari: «Zarbulmasal» o‘zbek adabiyoti tarixida masal janrida yozilgan mashhur asarlardan biridir.

MUNIS XORAZMIY — AMIR AVAZBIY O‘G‘LI SheRMUhAMMAD (1778—


1829) Xiva shahrida tug‘ilgan. U tarixiy asarlar yozgan, she’riy devon tuzgan, tarixiy asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Pedagog sifatida «Savodi ta’lim» nomli risola yozgan, umuman, badiiy ijodning ko‘pgina sohalarida samarali faoliyat ko‘rsatgan.
Asarlari: «Savodi ta’lim»; «Munis ul-ushshoq» (devon); «Firdavs ul-iqbol» (tarixiy asar); Mirxondning «Ravzat us-safo» nomli tarixiy asarining birinchi jildini o‘zbek tiliga tarjima qiladi.

OGAhIY — MUhAMMADRIZO eRNIYOZBeK O‘G‘LI (1809—1874) Xiva


atrofidagi Qiyot qishlog‘ida tug‘ilgan. Undan boy ijodiy meros qolgan.
Asarlari: «Bayozi mutafarriqai forsiy» (bayoz); «Riyoz ud-davla»; Jome’ ul- voqeoti Sultoniy»; «Zubdat ut-tavorix»; «Gulshani davlat»; «Shohidi iqbol» (tarixiy asar); «Qasidai nasihat» (Feruzga bag‘ishlangan).
Ogahiy tarjima ishlari bilan ham shug‘ullangan. Sa’diy Sheroziyning
«Guliston», Nizomiyning «haft paykar», hiloliyning «Shoh va gado», Kaykovusning «Qobusnoma», Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy», Jomiyning
121

madaniyatshunOslik asOslaRi
«Yusuf va Zulayho» kabi badiiy, tarixiy, axloqiy, falsafiy asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

KOMIL XORAZMIY-PAhLAVON NIYOZ MUhAMMAD (1825—1899) Xivada


mudarris Abdulla Oxun oilasida tug‘ildi. Komil — shoirning adabiy taxallusi. U maktabni tugatgach, Xivadagi madrasalardan birida o‘qigan, musiqa va xattotlik san’atini yaxshi egallaydi. Feruzxon (1865—1910) davrida mirzaboshi va devonbegilik lavozimlarida ishlagan. Uning ijodida ma’rifatparvarlik g‘oyalari yetakchi o‘rinni egallaydi.
Asarlari: «Kamol»; «Dar bayoni ta’rifi va tavsifi Toshkand»; «Tillo soat»;
«Toshkent» (Qasida); birinchi bo‘lib «Tanbur chiziqlari» nomli notani yaratgan.
«Rost» maqomining bosh qismini, «Murabbai Komil», «Peshravi Feruz» singari kuylarni notaga solgan. «Alg‘iyos», «Zi bedodi gardun», «Dod az dasti charxi dun» (forsiycha g‘azallar), «Ta’mo», «Ro‘za», «Millo imom» kabi asarlari bilan mashhur bo‘lgan.
AhMAD DONISh — IBN MIR NOSIR IBN YUSUF AL-XANAFI AS-SIDDIQIY
AL-BUXORIY (1827—1897) Buxoro shahrida tug‘ilgan, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, badiiy yuksak asarlar yaratgan, astronomiya bilan, xattotlik va me’morchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan. U ma’lum vaqt Buxoro amiri Amir Nasrulloh (1827- 1860) saroyida xizmat qilgan, uch marta elchilar tarkibida Peterburgda bo‘lib, g‘arb madaniyati bilan yaqindan tanishgan.
Asarlari: «Majmuai hikoyati Ahmadi Kalla»; «Munozir al-Kavokib» («Yulduzlarni kuzatish»); «Risolat dar ilmi kurra» («Globus haqida risola»);
«Iztig‘roji bul va arzi balat» («Joylarning uzunligi va enini o‘lchash»); «Navodir ul-vaqoye’»; «Risolai muxtasare az tarixi saltanati xonadoni mang‘itiya».


BeRDAQ — (1827—1900) qoraqalpoq xalqining mashhur demokrat shoiridir. U XIX asrda yashab ijod etgan. Berdaq xalq qo‘shiqlari va dostonlarini qiziqib o‘rgangan. U yoshligidanoq she’rlar yozib, ularga o‘zi kuy bastalagan va xalq orasida baxshi sifatida tanilgan. Uning she’r va dostonlari xalq ommasi turmushini haqqoniy aks ettirgan. U adolatsizlikni qoralagan.
Asarlari: «Omongeldi», «Xalq uchun», «Aydosbiy», «Yaxshiroq», «Bo‘lgan emas», «ernazarbiy» asarlarida xalqning xonlarga qarshi kurashi, milliy-ozodlik harakati aks etadi. Berdaq «Izladim», «Xalq uchun», «Yaxshiroq», «Menga kerak» kabi she’rlarida halol mehnat sohiblarining faoliyatini ulug‘laydi. «Ahmoq podsho» dostonida ayrim boylarning kirdikorlarini aks etdirib, buning oqibatida xalqning sabr kosasi to‘lib toshganligini tasvirlagan. Uning ijtimoiy-falsafiy, siyosiy, diniy-axloqiy qarashlari negizini asl turkiy an’analar, tarixiy shajara, elati an’analari, yuksak ilmiy-falsafiy musulmon madaniyati, o‘zbek va turkman
mumtoz badiiy-falsafiy fikri, chig‘atoy adabiyoti namoyandalari asarlarida
122

ilOva
ifodalangan g‘oyalar tashkil etadi. Berdaq merosida insonparvarlik, mehr- shafqat, mustaqillik, haqiqat uchun kurash, mehr-muhabbat kabi umuminsoniy va milliy g‘oyalar aks etgan.


ChO‘QON VALIXONOV ChINGIZ O‘G‘LI (1835—1865) Qozog‘istonning
hozirgi Kustanay viloyatidagi Ko‘chmurin degan joyda tug‘ilgan. U chig‘atoy, arab va boshqa tillarni chuqur egallagan. 1847 yili 12 yashar Cho‘qonni otasi Omskdagi kadetlar korpusiga o‘qishga beradi, 1861—1862 yillarda Peterburg universitetining tarix-filologiya fakultetida o‘qigan. Xitoy, Markaziy Osiyoga uyushtirilgan ilmiy ekspeditsiyalarda ishtirok etgan, sayohatlarda bo‘lgan. Rossiya Fanlar akademiyasi va Rus jo‘g‘rofiya jamiyati ishlarida faol qatnashgan.
Asarlari: «Jung‘ariya tarixi»; «G‘ulja safari kundaligi»; «Qashqar safari kundaligi»; «Qirg‘izlar»; «Xon Abiloy»; «Xitoy imperiyasining g‘arbiy o‘lkasi va G‘ulja shahri»; «Ko‘kitoy xonning oshi»; «Dala musulmonligi»; «Qozoqlar haqida yozmalar»; «Sud reformasi haqida».

ABAY IBROhIM QO‘NONBOYeV (1845—1904) — XIX asrning ikkinchi yarmida yashab ijod etgan qozoq xalqining ma’rifatparvari, bastakori, faylasufi, badiiy adabiyot namoyandasi. U Semipalatinsk viloyatining Qashqabuloq degan joyida tug‘ilgan.


Asarlari: «Mening elim – qozog‘im»; «Adashganning oldi yo‘q»; «Ilm topmay maqtanma»; . «Yoshlikdagi ilm deb o‘yladim»; «Boylar yurar molin ardoqlab»;
«Internatda o‘qiydi». Abaydan 300 ga yaqin she’riy asar meros bo‘lib qolgan. Uning «Iskandar», «Ma’sud», «Azim hikoyasi», «Vadim» kabi dostonlari mashhur. Abay ma’naviyati kamol topishida uchta manba asos bo‘lib xizmat qilgan. Bular, birinchidan, qozoq xalqining og‘zaki ijodiyoti; ikkinchidan, Sharq she’riyatining an’analari, uchinchidan, rus hamda Yevropa adabiyoti namunalari. Uning ijodi nafaqat qozoq xalqi, balki, shu bilan birga, Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviyati xazinasidan munosib o‘rin egallaydi.

MUhAMMAD RAhIMXON II-FeRUZ (1844—1910) Xivada tug‘ilgan. U 1863


yildan Xiva xonligi taxtiga o‘tirgan. Feruz o‘z faoliyatida fan-madaniyat rivojiga katta ahamiyat bergan, o‘zi ham she’rlar yozgan, ashulalar ijro etgan. Uning ustozi Ogahiy bo‘lgan.
Feruz xonlik qilgan davrda ilm-fan, madaniyat, adabiyot rivoj topgan. Feruz farmoni bilan Alisher Navoiyning «Chor devon», «Xamsa» singari asarlari ilk bor nashr ettirilgan. Feruz 1871 yilda yangi madrasa qurdirgan, bir necha kutubxona, darsxonalarni ishga tushirgan.
Asarlari: «G‘azaliyoti Feruz»; «Bayozi Feruz»; «Devoni Feruz».
123

madaniyatshunOslik asOslaRi

SATTORXON ABDULG‘AFFOROV (1843—1901) Markaziy Osiyoda ijtimoiy tafakkurni rivojlantirishda katta rol o‘ynagan mutafakkirlardan biri, Chimkent shahrida yirik mudarris oilasida tug‘ilgan . Sattorxon 1876 yili aprel oyida Qo‘qon shahriga qozi bo‘lib, 1879 yili Qo‘qon shahar bilim yurtining faxriy nazoratchisi qilib tasdiqlangan. U 1883 yilda «Turkiston viloyatining gazeti»ga tarjimon bo‘lib ishga kirgan. 1884—1889 yillarda Toshkent o‘qituvchilar seminariyasida o‘zbek va fors tillaridan dars bergan. U rus tilini chuqur egallagan ma’rifatparvar bo‘lgan. 1883 yilda Sattorxon Chimkentga kelib qozilik ishini davom ettirgan. Keyinchalik yana Toshkentga qaytgan va ma’rifatparvarlik faoliyati bilan astoydil shug‘ullangan.


Asarlari: «Musulmon eshonlar»; «Rossiya istilosiga qadar Qo‘qon xonligining ichki ahvoli haqida qisqacha ocherk». Sattorxon Chor Rossiyasining
«ruslashtirish» siyosatini keskin qoralagan, o‘zbek xalqining mustaqillik uchun olib borgan kurashlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.


MUhAMMAD AMINXO‘JA — MUQIMIY (1850—1903) lirik shoir va
zabardast hajvchi sifatida o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida alohida o‘rin tutadi. Muhammad Aminxo‘ja Qo‘qonning Begvachcha mahallasida tug‘ilgan. Dastlabki savodini mahalla maktabida chiqargan, keyinchalik shahardagi
«hokim oyim» madrasasida o‘qigan. Muqimiy 1872—73 yillarda Buxoroga borib, «Mehtar oyim» madrasasida tahsil olishni davom ettirgan. Muqimiy Qo‘qonda shoirlardan Muh’iy, Zavqiy, Nisbatiy, Furqat va boshqalar bilan yaqindan ijodiy hamkorlik qilgan.
Asarlari: «Sayohatnoma»; «ey, chehrasi tobonim»; «emdi sendek, jono, jonon qaydadir»; «Tokim, jono, jilva bunyod aylading»; «Tanobchilar»; «Voqeai ko‘r Ashurboy hoji»; «Moskovchiboy»; «Saylov»; «Veksel»; «Urug‘»; Dodxohim»;
«Asrorqul»; «To‘y»; «Lyaxtin» va boshqalar. Vatanga sadoqat, ona xalqqa muhabbat va iftixor Muqimiy asarlarining asosiy mazmunini tashkil qiladi.


FURQAT ZOKIRJON XOLMUhAMMAD O‘G‘LI (1859—1909) Qo‘qon
shahrida tug‘ilgan, o‘zbek demokratik adabiyotining yirik vakili, ma’rifatparvar, lirik shoir, publitsist sifatida shuhrat qozongan. Furqat yoshligidan adabiyotga, ayniqsa, Alisher Navoiy ijodiga katta mehr qo‘ygan. Furqat ayni vaqtda tijorat ishlari bilan ham shug‘ullangan, Yangi Marg‘ilonga borib, tog‘asining iltimosiga binoan savdo ishlarida faol qatnashgan, «Furqat, ya’ni, ayriliq» taxallusi bilan she’rlar ijod qilgan. Furqat Yangi Marg‘ilonda ijodkor sifatida xalq hayoti bilan yaqindan tanisha boshlagan. Bu yerda yevropacha hayot tarzi, zamonaviy fan- texnika yangiliklari unga chuqur ta’sir ko‘rsatgan. Keyinchalik, Furqat bir necha vaqt «Turkiston viloyatining gazeti»da xodim bo‘lib ishlagan. Furqat 1893 yili martida uyg‘ur o‘lkasiga keladi, York1e2n4t shahrida turg‘un bo‘lib qoladi, shu

ilOva
yerda vafot etadi.
Asarlari: «hammomi xayol» «Chor darvesh» hikoyasi (forschadan tarjima);
«Nuh manzar» nomli she’riy to‘plam; «Ilm xosiyati»; «Akt majlisi xususida»;
«Vistavka xususida»; «Sayding qo‘yaver, sayyod; «hajnoma»; «Adashganman»;
«Kashmirda», «Bulbul»; . «Masarratnoma» (masnaviy); «Qasida»; . «Rumolik qiz hikoyati»; «Furqatning ahvoli» (nasriy asar). Furqat turkistonlik o‘z zamondoshlarini o‘rta asr qoloqligidan ilm-ma’rifatni egallash yo‘li bilan qutulishlariga ishonch bildiradi.

UBAYDULLO ZAVQIY (1853—1912) Qo‘qon shahrida mahsido‘z oilasida tavallud topgan, «Madrasai Oliy», «Madrasai Chalpak»da tahsil oladi. U o‘z ijodiy faoliyatini g‘azallar yozishdan boshlagan, ko‘plab hajviy asarlar yaratgan, davr an’anasiga muvofiq ikki tilda — turkiy-o‘zbek, fors-tojik tillarida asarlar ijod qilgan. Uninng ijodini 50dan ortiq turli janrlarda yaratilgan namunalar tashkil etadi. Zavqiyning ijodida shakllangan g‘oyalar asl musulmoncha Sharq yo‘nalishi, qashshoq oiladan chiqqanligining asoratlari bilan uzviy bog‘lanib ketgan. U ijtimoiy adolatsizlikni, o‘rta asr qoloqligini, hurofotlarni tanqid qildi, nafaqat mahalliy ijtimoiy tuzum, balki shu bilan birga, tug‘ilib kelayotgan burjuacha hayotning illatlarini ham hajv ostiga oldi.


Asarlari:«Kajdor zamona»; «Ajab zamona»; «Abdurahmon shayton»;
«Muncha ko‘p»; «Yangiqo‘rg‘on qishlog‘i»; «Suv janjali»; «Shohimardon sayohati»; «eshon»; «Veksel»; «Ahli rasta»; «Shoh Inoyat qo‘rboshi haqida hajv»; «Obid mingboshi haqida hajv»; «Voqeai qozi saylov»; «Ajab ermas»;
«Ta’rifi kalish»; «Otim»; «Fonus»; «Sigirim»; «Pashshalar»; «Talading baring» va boshqalar.


MAhMUDXO‘JA BehBUDIY (1875—1919) Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida ruhoniy oilasida tavallud topgan. Otasi Behbudxo‘ja Solixo‘ja o‘g‘li Ahmad Yassaviyning avlodlaridan bo‘lgan. 1899 yilda Behbudiy haj safariga, 1903—1904 yillarda Rossiyaga boradi. Behbudiy yangi maktablar uchun darsliklar yozgan ma’rifatparvardir. 1913 yildan Behbudiy matbuot sohasida keng faoliyat ko‘rsata boshlagan. «Samarqand» degan gazeta, «Oyna» jurnalini chiqargan. Behbudiy milliy mustaqillik uchun kurashgan, shu yo‘lda o‘z jonini qurbon qilgan yirik jamoat arbobi, mutafakkir, ma’rifatparvar sifatida xalqimiz tarixida munosib o‘rin tutadi.
Asarlari: «Risolai asbobi savod»; «Risolai jug‘rofiyai umroniy»; «Risolai jug‘rofiyai Rusiy»; «Kitobat ul-atfol»; «Amaliyoti islom»; «Tarixi islom»;
«Padarkush» dramasi; «Xotiralar» (Yaqin Sharqqa sayohat yakunlari); «Ishlarning yaxshisi o‘rtachasidir»; «Ikki emas, to‘rt til lozim» ( maqola) va boshqalar.
MUNAVVARQORI ABDURAShIDXONOV (1878—1931) Toshkentda ziyoli
125

madaniyatshunOslik asOslaRi
oilada tug‘ilgan, dastavval Toshkentdagi Yunusxon madrasasida, so‘ng Buxoroda o‘qigan. 90-yillarda u jadidchilik harakatida faol ishtirok etgan. 1901 yilda Toshkentda «Usuli jadid» maktabini ochgan. Munavvarqori 1906 yildan chiqa boshlagan «Taraqqiy» gazetasining asoschilaridan biri bo‘lgan. O‘sha yili Munavvarqori o‘zi «Xurshid» gazetasini chop eta boshlagan. U «Sadoyi Turkiston» (1914—15)ni nashr etishda katta tashabbus ko‘rsatgan. 1917 yil martida «Najot» gazetasini nashr qilib, ayni vaqtda «Kengash» jurnaliga muharrirlik qilgan. Munavvarqori yoshlarning chet elda o‘qib kelish, jahon madaniyati va ma’rifati boyliklaridan bahramand bo‘lish g‘oyasini targ‘ib qilgan.
Asarlari: «Adibi avval», «Adibi soniy» (alifbo va xrestomatiya), «Tavjid al- Qur’on» («Qur’on qiroati»), «Yer yuzi» («Geografiya») qo‘llanmalari.


ABDULLA AVLONIY (1878—1934) o‘zbek milliy madaniyatining yi-rik namoyandasi, ma’rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Toshkentda tug‘ilgan. Maktabda, so‘ng madrasada tahsil olgan, arab, fors, rus tillarini chuqur egallagan. Avloniy jadidchilik harakatining faollaridan bo‘lib, yangi usulda maktablar ochgan, ularda o‘zi dars bergan, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yozgan. U «Taraqqiy», «Shuhrat» (1907), «Osiyo» (1908), «Turon» (1917) gazetalarini nashr etgan, 1913 yilda «Turkiston» teatr truppasini tuzgan, O‘zbekistonda zamonaviy teatr san’ati shakllanishiga katta hissa qo‘shgan. 1930-34 yillarda O‘rta Osiyo davlat universitetida kafedrani boshqargan.
Asarlari: «Birinchi muallim»; «Ikkinchi muallim» (o‘quv kitobi); «Turkiy Guliston yohud axloq» (darslik); «Maktab gulistoni»; «Mardikorlar ashulasi»;
«Sabzavor» tazkirasi; «hurriyat marshi» she’ri, «Afg‘on sayohati»; «Advokatlik osonmi?» dramasi; «Pinak» komediyasi; «Biz va siz; «Ikki sevgi» (fojiyaviy asar).


AVAZ O‘TAR (1884-1919) Xiva shahrida tug‘ilgan. Sakkiz yoshidan boshlab maktabda, so‘ngra madrasada tahsil ko‘radi. Yosh shoir o‘zining ijodiy qobiliyati bilan tezda Xiva xoni Feruz nazariga tushadi, uni o‘z saroyiga taklif qiladi. Avaz O‘tar g‘oyat iste’dodli shoir bo‘lib, adabiyotning deyarli barcha janrlarida asarlar yaratgan. Uning ma’rifatparvarlik g‘oyalari she’rlarida o‘z ifodasini topgan.
Asarlari: «Til», «Maktab», «Xalq», «Fidoi xalqim», «Topar ekan qachon»;
«hurriyat», «Sipohiylarga», «Ulamolarga» ( kelajak, ozodlik va baxtli hayot haqidagi qarashlari o‘z ifodasini topgan); «hurriyat» (1917); «Saodat ul- iqbol».


ABDURAUF FITRAT (1884—1938) Buxoroda tavallud topgan. Fitrat — Abduraufning taxallusi bo‘lib, «tug‘ma iste’dod» degan ma’noni bildiradi. U
126

ilOva
«Mirarab» madrasasida tahsil olgan, fors va o‘zbek tillarini chuqur bilgan, arab tilini mukammal o‘rgangan. U Turkiyaning Istambul shahrida o‘z bilimini oshirgan. Yevropa fan-madaniyati yutuqlari bilan yaqindan tanishish uning dunyoqarashiga chuqur ta’sir etgan. U diniy aqidaparastlikka ko‘r-ko‘rona taqlid qilishni keskin tanqid qilgan. Ayni vaqtda, maktab-maorifni va Turkistondagi boshqarish usulini isloh etish g‘oyalarini ilgari surgan.
Asarlari: «Sayha» («Bong» 1910 yilda Istambulda nashr qilingan); «hind sayyohining qissasi» (Istambul 1912); «Uchqun» (to‘plam). «Chin sevish» — drama; «hind ixtilofchilari» — fojia (1920); «Abulfayzxon» — fojia (1924);
«Arslon» ( pesa); «Qiyomat» (1924); «Shaytonning tangriga isyoni» (1924);
«Ro‘zalar»; «Me’roj»; «Zayd va Zaynab»; «Zaynabning imoni»; «Qiyshiq eshon».


SADRIDDIN AYNIY (1878—1954) Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumaniga qarashli Soktare qishlog‘ida tug‘ilgan. Boshlang‘ich tahsilni otasidan olgan, keyin Buxoro madrasalaridan biriga borib o‘qishni davom etdirgan, adabiyotni chuqur o‘rganib, badiiy ijod sirlarini egallagan, dastlabki asarlaridayoq amirlik tuzumi chiriganini, uning boshqarish usulini yangilash zarurligini, demokratik islohotlar o‘tkazish, xalqqa ma’rifat berish lozimligini anglab yetgan. Ayniy yosh buxoroliklar harakatiga qo‘shilgan. U yangi usuldagi maktablar ochishda tashabbuskorlardan biri bo‘lgan. 1909 yilda «Tazhib us-sibiyon» («Bolalar tarbiyasi») degan o‘qish kitobini chop etadi.
Asarlari: «Guli surx», «Bazm», «Yoshlarga murojaat», «hasrat»; «Na o‘ldi, yorab»; «Moziy va hol», «Yerni yana sotmang» she’rlari; «har bir millat o‘z tili ila faxr etar» (maqola); «Sudxo‘rning o‘limi» (qissa); «Qullar», «Doxunda» (romanlar).


hAMZA hAKIMZODA NIYOZIY (1889—1929) Qo‘qonda tabib oilasida tug‘ilgan. U xalq o‘rtasida ma’rifatparvar sifatida shuhrat topgan, Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarida maktablar ochgan, bolalar uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratgan. hozirgi zamon o‘zbek badiiy adabiyoti, musiqasi, teatr san’ati rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. hamza asarlarida XX asr boshlarida O‘zbekistonda yuz bergan o‘ta murakkab voqealar o‘zining badiiy ifodasini topgan.
Asarlari: «Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi» (1915-1917);
«Zaharli hayot» (1916); «Paranji sirlari» (1927); «Maysaraning ishi» (1929) kabi dramatik asarlar; «Devon» (1905); «Yengil adabiyot», «O‘qish kitobi», «Qiroat kitobi» (1914-1915) kabi darsliklar; «Yangi saodat» (povest); «Gul» turkumidagi ashulalar to‘plami; «Feruzaxonim», «Ilm hidoyati», «Loshman fojiasi» (drama
127

madaniyatshunOslik asOslaRi
— komediyalar); Zaharli hayot» (drama); «Turkiston muxtoriyatina» va boshqalar.



Yüklə 383,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin