Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
ruhi bilan sug‘orilgan bo‘ladi. Lekin san’at asarlarida ilohiylik ramzlari bevosita
dunyoviylikni aks ettirishi ham mumkinligi isbotlangan. San’at asari qaysi dinga
mansub ijodkor tomonidan yaratilgani ham muhim ahamiyatga molikdir.
San’at va falsafa aloqadorligi mavzularning o‘zaro yaqinligida namoyon
bo‘ladi. Zero, inson hayoti mazmunini, qismat va baxt-saodatni anglash, in’ikos
etish bilan bog‘liq muammolar san’at uchun ham, falsafa uchun ham asosiy
mavzudir.
San’atkorlar bir vaqtning o‘zida ham mutafakkir, yaqqol buyuk faylasuf
ko‘zga tashlanadi bo‘lganliklari tufayli ham san’at bilan falsafa o‘rtasidagi
bog‘liqlik yaqqol. Bunga Ibn Sino, Forobiy, Yusuf Xos hojib, Navoiy, Ulug‘bek,
Bobur, Mashrab, Ahmad Donish, Mahmudxoja Behbudiy, Abdurauf Fitrat,
Oybek va boshqa ijodkorlar hayoti va ijodi misol bo‘la oladi.
San’at va falsafa aloqalari xilma-xil ko‘rinishlarga egadir, san’at inson
mohiyatini falsafa orqali izohlamaydi, balki san’at asarlarida shaxs haqidagi
qarashlar hayotni badiiy anglash jarayonida, ijodkorning boy ijtimoiy tajribasi
asosida shakllanadi.
hozirgi davrda san’atni o‘ziga xos «falsafiylashtirish», voqelikni badiiy
tasvirlashni falsafiy fikr-mulohazalar bilan «boyitish»ga intilish kuzatilmoqda,
bunda san’at bilan falsafa hamkorligi yangi mazmun kasb etmoqda. Masalan,
Abdulla Oripov, erkin Vohidov, Shukur Xolmirzayev, O‘tkir hoshimov, Tog‘ay
Murod asarlari o‘zining badiiy yuksakligi, falsafiy fikrlarga boyligi bilan ajralib
turadi. San’atning ijtimoiy mazmuni xalqchillik tushunchasi orqali namoyon
bo‘ladi. Xalqchillik tushunchasi san’at ravnaqining bir qator yo‘nalish va
tomonlarini tavsiflashga yordam beradi. Mazkur yo‘nalishlardan ilk bor xalq
ijodi ajralib chiqqan. Xalq yaratgan badiiy faoliyat turlari va ko‘rinishlari majmui
xalq ijodini tashkil etadi. Xalq og‘zaki ijodi, xalq musiqasi, xalq raqslari, xalq
amaliy san’ati, xalq badiiy hunarmandchiligi, xalq me’morchiligi va boshqalar
xalq amaliy san’atining ko‘p tarqalgan ko‘rinishlaridir.
San’atda xalqchillik ruhi haqqoniylik ruhi bilan hamohangdir. haqqoniylik
hamma vaqt xalqchillik mazmuniga ega bo‘ladi, chunki haqqoniylik
xalqning maqsad-intilishlariga mos keladi, uning ma’naviy ravnaqi va
axloqiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Demak, xalqchillik bilan
haqqoniylik o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. San’atning xalqchilligi unda
umuminsoniy qadriyatlar qay tarzda aks etishi bilan bog‘langan. San’atkor
ijodida umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik ruhining barqaror bo‘lishi
1
I. A. Karimov. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 241—242.
100
madaniyatshunOslik asOslaRi
ijodkorning xalqchilligini belgilaydigan asosiy mezondir.
San’at asarlarida ifodalangan umuminsoniy va milliy qadriyatlar
mushtarakligi mustaqil O‘zbekiston madaniyati ravnaqiga o‘z ta’sirini
o‘tkazib kelmoqda. Shuning uchun san’atning g‘oyaviy-badiiy salohiyatini
inson tarbiyasiga yo‘naltirish, «yoshlarga ibrat bo‘ladigan barkamol insonlar,
zamonaviy qahramonlar timsolini yaratish» uning asosiy vazifasidir
1
.