O‘zbekistOn Respublikasi Oliy


ILOVA MADANIYATIMIZ TARIxINING BUYUK NAMOYANDALARI



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/57
tarix21.12.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#77076
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

ILOVA
MADANIYATIMIZ TARIxINING BUYUK NAMOYANDALARI
Milliy mustaqillik tufayli yangilanayotgan jamiyatimizni ma’naviy-axloqiy 
jihatdan mustahkamlash va taraqqiy ettirishda xalqimizning boy madaniyati 
tarixi haqida chuqur bilimga ega bo‘lish, jahon madaniyati tarixida munosib 
o‘rin egallagan allomalarimizning ilmiy-falsafiy, axloqiy-badiiy merosini har 
tomonlama o‘rganish hamda o‘zlashtirish katta ma’rifiy ahamiyatga egadir. 
Madaniyat yutuqlari ma’naviy jarayonda voyaga etgan, uni o‘z faoliyatida 
gavdalantirgan va asarlarida mujassamlashtirgan donishmandlar, olimlar, 
adiblar, din va ma’rifat arboblari qoldirgan tarixiy merosning asosiy mazmunini 
tashkil etadi. Shu sababli, ular qoldirgan qadriyatlar, ulkan asarlar haqida 
to‘la tasavvurga ega bo‘lish o‘zligimizni anglashda, milliy istiqlol g‘oyasining 
tarixiy ildizlari bilan tanishishda muhim ma’naviy omil bo‘lib xizmat qiladi. 
Shuni hisobga olib, o‘zbek tilida chop etilgan mavjud adabiyotlardan 
ijodiy foydalangan holda bu buyuk siymolar haqida tayyorlangan qisqacha 
ma’lumotnomani o‘quvchilar diqqatiga havola etishni lozim topdik. Bu 
ma’lumotlar bilan talaba yoshlarning yaqindan tanishishlari ularning falsafa, 
axloqshunoslik, estetika, madaniyatshunoslik ilmidan, ma’naviyat asoslaridan 


103
Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirishda foydadan holi bo‘lmaydi, deb 
o‘ylaymiz.
MUhAMMAD IBN MUSO AL-XORAZMIY. (783—850). Xorazmlik buyuk 
olim boshlang‘ich ta’limni o‘z yurtida xususiy muallimlardan oladi, so‘ngra 
Marvdagi madrasada tahsil ko‘radi, keyinchalik Bag‘doddagi «Bayt-ul hikma» 
(«Donishmandlar uyi») da ilmiy faoliyatini davom ettiradi. Bu yerda o‘rta osiyolik 
Ahmad al-Farg‘oniy, hamid ibn Abdumalik Marvarrudiy, Abbos Javhariy kabi 
olimlar bilan hamkorlikda ishlaydi.
Asarlari: «Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob». «Al-
jabr»dan bizga ma’lum bo‘lgan «algebra», «algoritm» kabi atamalar kelib 
chiqqan. Uning «hind hisobi bo‘yicha kitob», «Astronomik zij» nomli asarlarida 
astronomiyaga oid muammolar haqida so‘z yuritiladi. «Yer surati haqida 
kitob»ida 2400 ta shahar, dengiz, orol va boshqa obyektlarning joylashishi, 
koordinatlari va holatlari haqida ma’lumot beriladi. Nil daryosi, Azov, Kaspiy va 
Orol dengizlarining ju‘g‘rofiy xaritalari, manzaralari chizib berilgan. «Asturlob 
bilan ishlash haqida kitob»; «Quyosh soatlari haqida kitob», «Yahudiylar eralari 
va bayramlarini aniqlash haqida risola»; «Kitob at-tarix»; «Kitob ar-ruhnoma» 
nomli asarlari shuhrat topgan.
ABUL ABBOS AhMAD IBN MUhAMMAD IBN KASIR AL-FARG‘ONIY 
(taxminan 797-865 yillarda yashagan). Manbalarda aytilishicha, u boshlang‘ich 
bilimini olgach, o‘sha davrning ma’muriy markazi va yirik ilm dargohi Marv 
shahriga yo‘l oladi. Xalifa al-Ma’mun Bag‘dodda taxtga o‘tirganda, Marvda 
tashkil etilgan ilmiy jamoani ham o‘zi bilan birga o‘sha yerga olib ketgan. 
Ahmad al-Farg‘oniy Bag‘dodda tashkil etilgan «Bayt ul-hikma»da faoliyat 
ko‘rsatgan. Tadqiqotchilar uning sakkizta asari mavjudligini qayd etadilar.
Asarlari: «Kitob fiy harakat as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum» («Samoviy 
harakatlar va umumiy astronomiya kitobi»); «Kitob al-komil fiy san’a al-asturlob» 
(«Asturlob yasash haqida kitob»); «Kitob amal bil asturlob» («Astrolobiya bilan 
ishlash kitobi»); «Jadval al-Farg‘oniy» («Al-Farg‘oniy jadvallari»); «Risola fiy 
ma’rifa al-avqot allatiy yakun al-qamar fiyho favq al-arz av tahtho» («Oyning 
Yer ostida va ustida bo‘lish vaqtlarini aniqlash haqida risola»); «hisob al-
aqolim as-sab’a» («etti iqlimni hisoblash»); «Kitob amal ar-ruhomat» («Quyosh 
soatini yasash kitobi»); «Ta’lil li zij al-Xorazmiy» (Al-Xorazmiy «Zij»ining nazariy 
qarashlarini asoslash»).
Al-Farg‘oniy o‘z kashfiyotlarida geliotsentrizmga o‘tish uchun ilmiy zamin 
yaratdi; ekvator va ekliptika tekisliklaridagi doimiy burchakni 23 daraja-yu 35 
minut deb aniq o‘lchadi; sferalar radiusini birinchi marta belgilab berdi; Oy 
va Quyosh tutilishlarini tadqiq etdi; Yer yoyining qaysi uzunligi 1
o
ga to‘g‘ri 


104
madaniyatshunOslik asOslaRi
kelishini o‘lchab, bu miqdorni aniqladi, uni 360 ga ko‘paytirib, 40. 800 km. 
hosil qilishini qayd etgan. Yer shari meridianining uzunligini aytib berdi; Nil 
daryosi gidrometeorologik tabiatini aniqlaydigan asbob — «Miqyosi Nil» ni 
yasadi. Suv uchun to‘lanadigan soliq shunga asoslanganligi boisidan xalq 
uni «adolat tarozisi» deb atadi; inson yashaydigan maydonni yetti iqlimga 
bo‘ldi; vaqt o‘lchamini; osmonning kelajak manzarasini ifodalaydigan usturlob 
nazariyasini yaratdi; va h. k.
ABU ABDULLOh MUhAMMAD IBN ISMOIL AL-BUXORIY (810—870) 
yoshligidanoq arab tili va hadis kitoblarini sevib o‘rgangan, ularni yod olgan, 
16 yoshida onasi va akasi Ahmad bilan haj safariga otlanadi. Uning xotirasi har 
qanday kitobni bir marta mutolaa qilishda yod olish qobiliyatiga ega bo‘lgan. 
U yuz ming sahih va ikki yuz ming g‘ayri sahih hadisni yoddan bilgan.
Asarlari: «Al-Jome’ as-sahih» («Ishonchli to‘plam»); «At-Tarix al-kabir» 
(«Katta tarix»); «Al-Adab al-mufrad» («Adab durdona-la-ri»); «At-tarixal-avsot» 
(«O‘rtacha tarix»); «Al-Jome’ al-kabir» («Katta hadislar to‘plami»); «Kitob al-ilal» 
(«Nuqsonli hadislar kitobi»); «Barr-al-volidayn» («Ota-onani hurmat qilish»); 
«Kitob al-ashriba» («Ichimliklar kitobi»); «Kitob az-zuhfo» («Zaiflar kitobi»); 
«Asomi us-sahoba» («Sahobalarning ismlari»); «Kitob al-Kuna» («hadis 
roviylarining taxalluslari haqida»).
Imom Buxoriy Xartang qishlog‘i (hozirgi Chelak tumani) da 870 yili vafot 
etgan. Bu yerda unga bag‘ishlab me’moriy majmua qurilgan (1998).
ABU ISO MUhAMMAD AT-TeRMIZIY (824—892)Termiz shahrida tavallud 
topgan. Ko‘p yillar dunyoning turli shaharlarida bo‘lib, o‘z bilimini oshirgan. U 
hadis ilmini chuqur o‘rgangan, ko‘plab shogirdlar yetishtirgan. 892 yili Termiz 
yaqinidagi Bug‘ qishlog‘ida vafot etgan.
Asarlari:«Al-jomi’» («Jamlovchi»); «Ash-shamoil an-nasavia» («Payg‘ambarning 
alohida fazilatlari»); «Al-ilal fi-l-hadiy-s» («ha-dislardagi og‘ishishlar»); «Risola 
fi-l-xilof va-l-jadal» («hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola»); «At-Tarix» 
(«Tarix»); «Kitob ul-asmo va-l-kuna» («Ismlar va laqablar haqida kitob»).
At-Termiziy asarlari ichida eng mashhuri «Al-jomi’» bo‘lib, u payg‘ambar 
alayhissalom hayoti va faoliyatiga doir muhim va ishonarli manbalardan biri 
hisoblanadi.
ABU NASR MUhAMMAD IBN MUhAMMAD IBN UZLUG‘ FOROBIY (873 — 
950) Sirdaryo bo‘yidagi Forob-O‘tror degan joyda dunyoga kelgan. U Toshkent, 
Samarqand va Buxoro, shuningdek, Bag‘dod shaharlarida o‘z bilimini oshirgan. 
Forobiy umrining so‘nggi yillarini halab, Damashq shaharlarida o‘tkazgan. U 
160 ga yaqin asar yozgan.


105

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin