O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi а
2. Parazitosenoz dinamikasi va uning o’zgarish sabablari Xo’jayin tanasidagi parazitlar yig’indisi yoki parazitosenoz xujayinining morfo-fiziologik xususiyatlari va atrof-muhit ta’sirida shakllanadi. Xujayin xususiyatlari parazitlar uchun birinchi darajali muhit hisoblansa, tashqi sharoitlar ikkinchi darajali muhit hisoblanadi.
Parazitosenoz uchun xo’jayinning xususiyatlari, xarakteri, yashash joyi va oziqlanish shakli katta ahamiyatga ega. Bunday shart-sharoitlar har xil guruhlarga kiruvchi hayvonlarning ovqati bir xil bo’lsa ovqat hazm qilish sistemasi parazitlari yig’indisi o’xshash bo’ladi. Bunday hayvonlarga tuyoqlilar bilan kemiruvchilarni ko’rsatish mumkin. Masalan, dala sichqoni, o’rmon sichqoni va lemminglarni ovqat hazm qilish sistemasida, xuddi kavshovchi va toq tuyoqlilarni ovqat hazm qilish sistemasidagidek, bir xil infuzoriyalar topilgan. Shuningdek, kemiruvchilar bilan damanlarni ichagida, bir xil infuzoriyalar, xivchinlilardan gipermastiginalar topilgan.
Bir uchastkada yashab, oziqasi turlicha bo’lgan hayvonlarning ichak parazitlari ham turlicha bo’ladi. Masalan, katta qumsichqon bilan tipratikonda ichak parazitlari faunasi bir-birinikidan farq qiladi. Xujayin tanasida parazitosenozni shakllanishida o’sha organda yashovchi parazitlarning turlari orasidagi o’zaro munosabatlarga ham bog’liqdir.
Parazitosenozdagi ayrim turlar o’zaro bir-biriga ijobiy (sinergetik) ta’sir ko’rsatsa, ularning ikkalasini ham rivojlanishi va o’sishi kuchayadi. Bordiy-u ikkita yoki bir necha tur o’zaro bir-biriga salbiy (antibioz) ta’sir ko’rsatsa, ularning ko’payish chegaralanishi yoki hayotini davom etirishi qiyin bo’lib qoladi.
Xo’jayin tanasidagi parazitosenozning mavsumiy dinamikasi tashqi muhitning o’zgarishi, xo’jayinining holati va uning yashash tarzining o’zgarishi hamda parazit, oraliq va asosiy xujayinlarini rivojlanish sikllarining o’zgarishiga bog’liqdir.
Ko’pgina xo’jayin almashtirmaydigan bir hujayralilar, nematodalar va boshqa ayrim parazitlar, o’zlarining qisqa vaqt davomida amalga oshuvchi rivojlanish siklariga ega bo’lishi tufayli yilning barcha fasllari davomida bir xil miqdorda bo’ladi, lekin oraliq xo’jayinlarining hayot tarzi mavsumlar bilan bog’liq bo’lsa, (masalan, hasharotlar bo’lsa) parazitlarning bo’lishi yoki bo’lmasligi aynan ana shu xo’jayin bilan bog’liqdir. Masalan, qishloq qaldirg’ochining ichagida parazitlik qiluvchi Phaneropsolus micrococcus trematodasi faqat may-avgust oylarida o’z rivojlanishini tugatib, oraliq xo’jayin hisoblanuvchi hasharotlar ko’paygan davrda ularni tuxumlari bilan ko’p miqdorda zararlanishi sodir bo’ladi.
Ektoparazitlarda mavsumiy o’zgarishlar dinamikasi aniq ifodalangan bo’ladi. Masalan, burgalar orasida yozgi, bahorgi, qishki va kuzgi turlar farq qilinadi. O’rta Osiyo cho’llarda yashovchi oddiy yumronqoziqda burgalarning ichki, ya’ni yozgi (Caratophyllus tesguorum) va kuzgi-qishki (Neopsylla setosa) turlari parazitlik qiladi. Ushbu burgalarning birinchi turini paydo bo’lishi bilan yosh yumronqoziqlar populyasiyalari ichida toun kasalligining epizootiyasi paydo bo’ladi. Epizootiya yumronqoziqlarning uyquga ketishi bilan so’na boshlanadi, lekin Neopsylla burgalari ko’payib ketib, ular uyqudagi yumronqoziqlar orasida toun kasalligini qo’zg’atuvchilarining qishda saqlanib turishini ta’minlaydi. Shunday qilib ikki tur burga yumronqoziqlar orasida qishin-yozin toun kasalligining qo’zg’atuvchilarini doimiy ravishda saqlanishini ta’minlashadi.
Qon so’ruvchi qo’sh qanotli hasharotlarni mavsumlarda paydo bo’lishi havo harorati va namligiga bog’liq bo’ladi. Shunga binoan, odamning leyshmanioz bilan zararlanishi ushbu kasallikni yuqtiruvchi iskaptoparlarning faollik mavsumiga to’g’ri keladi.