O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi аlishеr nаvоiy nоmidаgi sаmаrqаnd


Parazitofaunaning xo’jayinning hayot kechirish tarziga bog’liq bo’lishi



Yüklə 442,5 Kb.
səhifə46/53
tarix26.05.2022
ölçüsü442,5 Kb.
#59678
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53
O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi а

5. Parazitofaunaning xo’jayinning hayot kechirish tarziga bog’liq bo’lishi
Hayvonning hayot kechirish tarzi deganda shu organizmni o’rab olgan muhit bilan bog’liqligi hamda uning o’ziga xos xususiyatlari va odatlari tushuniladi. Har bir sistematik guruhda shunday turlar bo’lishi mumkinki, u o’zining hayot kechirish tarzi bilan o’zining boshqa yaqin qarindoshining hayot kechirishidan tubdan farq qiladi. Masalan, daraxtda yashashga moslashgan kemiruvchi uyquchi olmaxon (Glis glis) turi va shu turkum vakili yerda yashovchi o’rmon sichqoni (Apodemus silvaticus) ning parazitofaunasi bir-birinikidan keskin farq qiladi. Uyquchi olmaxonda uch tur (Brachylaemus recurvus, Heminolepis myoxi, Heligmosomus gracile) endoparazitlar topilgan bo’lsa, o’rmon sichqonining ichki organlarida 10 tur endoparazitlar topilgan. Ularning 2 turi so’rg’ichlilar, 3 turi lentali chuvalchanglar va 5 turi nematodalardan iborat bo’lgan.
Amerikalik tadqiqotchi Xarnema amerika olmaxonining ichagida faqat bir tur nematodani topgan. Ichak parazitlarining bunday kamligi, ushbu xo’jayinlarning yer betidan ancha balandda hayot kechirishga moslashganligi bilan tushuntirish mumkin.
Xo’jayin organizmida uning yashash tarziga binoan parazitofaunasining “boy” yoki “kam” (kambag’al) deyilishi nisbiy tushuncha hisoblanadi. Chunki parazitlar turining ko’p yoki kam bo’lishi faqat ma’lum bir areal yoki biotop bo’yicha taqqoslanishadi. Shuningdek, xo’jayin tanasidagi parazitlarning faqat turini hisobga olmasdan, balki ularning individlari miqdorini hamda ma’lum bir parazitning shu tur xo’jayinlari orasida epizootiyasini (tarqalish darajasini) ham nazarda tutish maqsadga muvofiq bo’ladi.


6. Parazitofaunaning xo’jayin yoshiga


qarab o’zgarishi
Parazitofauna tarkibiga ta’sir etuvchi omillarning asosiylaridan biri xo’jayinning yoshi hisoblanadi. Odatda yangi tug’ilgan organizm parazitlardan holi bo’ladi. Shuning uchun faqat sut bilan oziqlanuvchi yosh organizmda ham ichak parazitlari bo’lmaydi. Lekin ushbu masalaga batafsilroq yondoshadigan bo’lsak, sut emizuvchilarning ona qornidagi rivojlanishi davrida ayrim parazitlar bilan zararlanishini ko’rsatib o’tish mumkin. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, yosh organizm embrional bosqichida ham plasentar va transovarial yo’l bilan onasidan ayrim parazitlarni o’ziga yuqtirishi mumkin. Bunday parazitlarga bezgak plazmodiysi, tripanasomalar, toksoplazma, piroplazmalar, qaytalama tif, zaxm (sifilis) speroxetalar kabilarni eslatish mumkin. Ayrim paytda yo’ldosh plasentar orqali bola organizmiga ankilostoma, itlarda askarida, qon so’rg’ichlisi kabilar ham o’tishi mumkin:
Organizmning tug’ilgandan keyin uning dastlabki oylarida organizmiga yuquvchi parazitlari bo’ladi. Masalan, Ascaris lineata faqat jo’jalar ichagida uchraydi yoki Trypanosoma lauvisi faqat yosh kalamushlarda parazitlik qiladi. Xuddi shuningdek, ayrim tripanosomalar, masalan, T. equiperdum faqat jinsiy voyaga yetgan oylarda uchraydi.
Xo’jayinning yoshiga qarab uning parazitofaunasini o’zgarib borishini bir qancha guruhlarga mansub bo’lgan hayvonlarda kuzatish mumkin. Lekin ushbu masalani ancha ko’p (uzoq) yashovchi va deyarli bir xil muhitda bo’luvchi hayvonlarda o’rganilsa, aniq ma’lumotlarga ega bo’lish mumkin. Bunday ma’lumotlar turli-tuman dengiz va chuchuk suv baliqlari, qushlar va sut emizuvchilarning turli guruhlari bo’yicha mavjuddir.
Chuchuk suvda yashovchi cho’rtan balig’ida parazitofauna tarkibining yosh bo’yicha o’zgarishi kuzatilganda unda topilgan parazitlarni uch guruhga ajratish mumkin.
a) Xo’jayin yoshidan qat’iy nazar doimo uchraydigan parazitlar Bunday parazitlarning 18 turidan 6 turi kirib, ulardan 2 turi miksosporidiylar (Myxosoma dujardini, Hennequya lobosa), 1 ta turi so’rg’ichlilardan (Gasterosteum fibriatum), 2 turi xartumboshlilardan (Aconthocephalus lucii, Neoechinorhynchus rutili) va 1 turi tuban qisqichbaqasimonlar (Argulus foliacium) dan iborat bo’lgan.
b) Xo’jayin yoshining oshishi bilan kamayib boruvchi parazitlar. Bunday parazitlar 2 turni tashkil etdi. Ularning biri lentali chuvalchang - Proteocephalus cerpnae va ikkinchisi shilliq sporali - Henneguya oviperda kabilardir.
v) Xo’jayin yoshining oshishi bilan ortib boruvchi parazitlar. Bunday parazitlar 10 turni tashkil etadi.
Dengizda yashovchi ayrim baliq turlarining ham yoshlar bo’yicha parazitlarning o’zgarishi kuzatilgan. Masalan, treska balig’ining tuxumdan endi chiqqan lichinkalarida parazitlar umuman bo’lmaydi.
Savollar:

  1. Parazitosenoz deb nimaga aytiladi?

  2. Organizmdagi parazitlar yig’indisini o’rganishning qanday amaliy ahamiyati bor?

  3. Parazitosenozni tashkil etuvchi turlarning antogonistik va sinergitik munosabatlari nimadan iborat.

  4. Kasalliklarni tabiiy manba holida tarqalishi haqidagi ta’limot kim tomonidan va qachon yaratilgan?

  5. Tabiiy manbali kasalliklar qanday xususiyatlarga ega?

  6. Kasalliklarni tabiiy manba hamda tarqalishi haqidagi ta’limotning qanday ahamiyati bor.




Yüklə 442,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin