O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi аlishеr nаvоiy nоmidаgi sаmаrqаnd


Parazitofaunaning xo’jayin oziqasiga



Yüklə 442,5 Kb.
səhifə45/53
tarix26.05.2022
ölçüsü442,5 Kb.
#59678
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53
O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi а

4. Parazitofaunaning xo’jayin oziqasiga
bog’liq bo’lishi
Hayvonlar tanasidagi parazitofaunaning tarkibi shu xo’jayinning oziqlanishi va oziqa turiga bog’liq bo’lishiga shubha qilmasa ham bo’ladi. Parazitning xo’jayin tanasiga oziqa bilan kirishi eng qulay yo’l hisoblanadi. Lekin shunday bo’lsa ham hamma ektoparazitlar ham, shu jumladan, ichak parazitlari har doim oziqa bilan kiravermaydi, balki ayrim endoparazitlar mavjudki, (masalan, qon parazitlari) ekzogen yo’l bilan yuqtiruvchilar orqali kiritiladi. Bundan tashqari, xo’jayin parazitofaunasi haqida gap borganda ektoparazitlarni ham nazarda tutish lozim. Shunga binoan, oziqa bilan kiruvchi parazitlar deganda asosan ichak parazitlarini va qisman boshqa ichki organlar parazitlarini e’tiborga olish kerak.
Ko’p hollarda turli xo’jayinlarning oziqasi o’xshash bo’lsa, ularning ovqat hazm qilish organlaridagi parazitlari faunasi ham o’xshash bo’ladi. Masalan, aksariyat o’txo’r sut emizuvchilarning yerdagi o’simlikni yulib olishida tuproqda mavjud bo’lgan parazitlarning tinch yotuvchi bosqichini ham qo’shib olishi natijasida bir xil parazitofaunaning shakllanishiga sabab bo’ladi.
Oziqasi juda ham o’xshash bo’lgan ikkita har xil xo’jayinning ko’pgina endoparazitlarini umumiy bo’lishini cho’chqa va odam misolida ko’rish mumkin. Cho’chqa odam singari hammaxo’r (polifag) organizmdir. Shunga binoan ularning umumiy parazitlari ham anchagina. Masalan, balantidiy (Balantidium coli) cho’chqa va odam ichagida topilgan yoki odamning o’zi cho’chqa solityoriga oraliq xo’jayin bo’lishi mumkin. Odam askaridasi (Ascaris lumbricoides) bilan cho’chqa askaridasi (Ascaris suum) morfologik jihatdan juda ham o’xshash bo’ladi. Trixina nematodasining odam va cho’chqada uchrashi va nihoyat gigant xartumbosh (skrebni) (Acrocanthorynchus hirudinaceus) ning cho’chqa va odamda parazitlik qilishini ko’rsatish mumkin. Bir xil oziqa bilan oziqlanuvchi turli guruh sut emizuvchilaridan tuyoqlilar va kemiruvchilarni ovqat hazm qilish sistemasid (Enthodiniomorpha) turkumiga kiruvchi infuzoriyalar juda ko’p bo’ladi. Shuning bilan birga bir xil sharoitda yashovchi, lekin oziqasi har xil bo’lgan va turli guruhlarga mansub bo’luvchi hayvonlarning parazitofaunalari turlicha bo’ladi. Masalan, sut emizuvchilardan hasharotxo’rlar (Insectovora) turkumidan kipritikan va kemiruvchilar (Rodentia) turkumidan katta qumsichqonlarning ektoparazitlari bir xil yoki o’xshash bo’lishiga qaramasdan, ovqat hazm qilish sistemasi parazitlari turlicha bo’ladi, ya’ni katta qumsichqonning ichak sistemasi parazitlardan deyarli ozod bo’lsa, tipratikonni ichagida esa lentali va yumaloq chuvalchanglar hamda xartumboshlilarga mansub bo’lgan parazitlarni uchratish mumkin.
Oziqaning o’xshash yoki turlicha bo’lishi tufayli parazitofaunaning tarkibini o’xshash yoki farq qilishini qushlarda ham uchratish mumkin.



Yüklə 442,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin