dinamikasi uchun ahamiyati Yirtqichning individlari soni va uning taqsimlanishi o’ljaning miqdori hamda uning joylashishiga bog’liqdir. Ushbu bog’liqlikni ko’p hollarda ovlanadigan baliqlarni to’plangan joyi va kemiruvchilarni hisoblash ishida qo’llanilmoqda. Buni baliqxo’r yoki yirtqich qushlarni joylashishidan bilish mumkin. O’ljaning o’ta yetarli bo’lishi yirtqichlarning ko’payishi va ularning bolalarini yashovchanlik xususiyatini kuchaytiradi. Oziqa zahirasining kamayishi yoki oziqaga erishishning qiyinlashuvi ko’payish tezligini qisqartiradi, yashab qolishi yomonlashadi va o’lim soni ko’payadi. Bunday vaqtda yirtqichlar orasida kannibalizm hodisasi paydo bo’ladi, ya’ni kuchlilari kuchsizlarini yeydi. Oziqa haddan tashqari kam bo’lib, ocharchilik avj olgan yillari boyo’g’li, shimol tulkisi, tulki, burgut, sor (annok) kabi qush va sut emizuvchilarning ko’payishi to’xtaydi va oziqa topish uchun bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi tufayli halok bo’lish soni ko’payadi. Shuningdek bunday yillari tulki va shimol tulkisi oziqa topishda o’z bolalarini bir indan boshqa inlarga ko’chirishi ham ko’payadi.
O’lja miqdorining kamayish suratiga nisbatan yirtqichlarning o’limi (kamroq) bo’ladi. Ushbu jarayon yirtqichlarning harakatchanligining yuqori bo’lishi yoki oziqasining har xil bo’lishi mumkinligidan dalolat beradi. Yirtqich qushlar va sut emizuvchilar arealning ayrim joylarida saqlanib qolgan oziqa to’pini topishi va o’sha joyda to’planishi sodir bo’ladi. Bu oziqa ularning ko’payish jarayonini tiklamasa ham, ko’pgina individlarini o’limdan saqlab qolish imkoniyatini beradi.
Yirtqichlarning asta-sekinlik bilan o’lib turishi tufayli ta’qib qiluvchilar (yirtqichlar) bilan ta’qib qilinuvchilar (o’lja) nisbatan o’zgarib turadi, ya’ni o’lja bo’luvchi hayvonlarning yanada kamayib ketishi sodir bo’ladi.
Masalan, bir o’rmon xo’jaligiga qarashli o’rmonda dub (eman) daraxtining barg o’rovchi zararkunanda hasharotining katta sondagi zich to’dasining g’umbaklarini qushlar may oyining oxirigacha qariyb 28% ini yegan bo’lsa, shu vaqt davomida to’dasi siyrak bo’lgan joyning esa 53% g’umbaklarini yegan.
Polifag yirtqich uchun asosiy oziqa bo’lmaydigan o’ljaning sonini kamayishida ham yirtqichning faol roli bo’ladi. Masalan, sibir o’rmonlarining birida ma’lum bir hududda 10-15 yil ichida suvsar (sobal) sonining keskin ko’payib ketishi, hududda olmaxoning deyarli yo’qolishiga sabab bo’lgan. Sabab shundan iboratki, suvsarning asosiy oziqasi mayda kemiruvchilar bo’lsa ham, ba’zan ular olmaxonlarni ta’qib qilib turadi. Lekin olmaxonlar sonining keskin kamayishi suvsarning oziqlanishiga hech ham salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Ta’qib qiluvchilar sonining nisbatan ustun bo’lishi o’ljasining tarkibi, yashash muddati, ko’payish jadalligi va hududda joylashishiga ta’sir etadi. Masalan, sichqonlar qulay yashash muhitida va dushmanlari bo’lsa, 3 yilgacha yashashi mumkin. Tabiiy sharoitda esa ular 1 yil umr ko’radi xolos.
Yirtqichlar ba’zan ko’plab erkak jinsli o’ljani qirsa, ba’zan urg’ochilarini ham qiradi. Shuningdek, ba’zan yosh hayvonlarni ko’plab yesa, ba’zan voyaga yetganlarini ko’plab qiradi. Ushbu jarayon, yirtqichlar soni ustun bo’lganda o’lja tarkibidagi turli yoshdagi individlarning yoki jinslarning nisbati juda sezilarli bo’ladi.
Shunday qilib, yirtqichning turli jinsdagi yoki turli yoshdagi o’ljani tanlab iste’mol qilishi, voyaga yetgan individlarning yashash muddatini qisqarishiga, ko’payishning keskin pasayishiga, ba’zan esa uning butunlay to’xtab qolishiga sabab bo’ladi. Bunday hol yirtqichni kam bo’lishi va o’ljaning ko’p bo’lgan yillari deyarli sezilmaydi, lekin teskari nisbat bo’lsa, o’lja soni keskin qisqarib ketadi.
Savollar:
Nima sababdan yirtqich hayvonlarning ichagi o’txo’rlarnikiga qaraganda ancha kalta bo’ladi?
Yirtqich hayvonlar qanday xususiyatlari bilan ajralib turadi?
O’ljaning himoyalanishida qanday belgilarning ahamiyati katta bo’ladi?
Hayvonlarda hayotini saqlab qolishda qanday xususiyatlar paydo bo’lgan?
Niqoblanishning qanday shakllari bo’ladi?
Taqlid qilish va mimikriya deganda nimani tushunasiz?
Yirtqich va o’ljaning o’zaro munosabatlari ular sonining dinamikasi uchun qanday ahamiyati bor?