O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi аlishеr nаvоiy nоmidаgi sаmаrqаnd


O’ljaning himoyalanishga moslashuvi



Yüklə 442,5 Kb.
səhifə37/53
tarix26.05.2022
ölçüsü442,5 Kb.
#59678
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53
O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi а

2. O’ljaning himoyalanishga moslashuvi
O’troq holda yeki kam harakat hayvonlarning yakka holda va guruh bo’lib himoyalanish belgilari turli-tuman bo’ladi. Bunday belgi va xususiyatlarga qattiq qoplag’ich (pansir), tikanlar, tikanak, otiluvchi organlar, zaharli yeki hidli suyuqliklar, rangini o’zgartirish, yashirinish uchun guruh bo’lib joy tayyorlash, poda bo’lib to’planish va hokazolar kiradi.
Otiluvchi organlar ancha taraqqiy etgan hayvonlarda shakllangan. Masalan, bir hujayralilarda qalqondor xivchinlilar (fitomastigina k/s), ayrim infuzoriyalarda, kovakichlilarda, ayrim turbellariyalarda va nihoyat orqa jabrali mollyuskalar (qorinoyoqlilar sinfi) kenja sinfining ayrim turlarida mavjuddir.
Hasharotlarning himoyalanishida qattiq gavda qoplag’ichi va sassiq hidli suyuqlik hamda zaharli moddalar hosil qiladi. Ko’pgina arilarda zahar bezlari bo’ladi. Zaharli bezlar ayrim baliq va amfibiya turlarida ham hosil bo’lgan.
Boshoyoqli mollyuskalarda qora rang hosil qiluvchi bezning bo’lishi va uning suyuq mahsuloti (sepiyasi) maxsus siyoh xaltasiga to’planib, keyin undan zarur vaqtda otilib chiqishi sodir bo’ladi. Ilon baliq (ugar) va skatda elektr toki ishlovchi organining mavjudligi, sekin suzuvchi baliqlarda, sudralib yuruvchilarda va ba’zi sut emizuvchilarda qattiq qalqon (panser) ning bo’lishi ham himoyalanishga moslanish hisoblanadi. Lekin aytib o’tilgan, himoyalanish va belgilari uni to’la dushmandan qutulib qolishini har doim ham ta’minlamaydi.
Ko’pgina yirtqich qushlar va sut emizuvchilar kipritikonni, ancha yiriklari esa jayrani yeydi. Tiqis tukli hasharot lichinkalarini ko’pgina hasharotxo’r qushlar yemaydi, lekin kakku bunday lichinkalarni ko’plab iste’mol qiladi. Chittak tukli lichinkalarning ichini yorib, ichki organlarini yesa, bulbul uni yerga ishqab, tuklarini to’kib keyin yeydi. Shunday bo’lsa ham qattiq qalqon yoki ignalar, zaharli bezlar va elektr organlar, achchiq ta’m va yomon hidga ega bo’lgan hayvonlar boshqalarga nisbatan ancha kam halok bo’ladi.
Hayvonlar orasida himoya ranglari va shakllari ko’p uch-raydi. Himoya rangi va shakllari deganda hayvonlarda o’z hayotini saqlab qolishga yordam beradigan belgi va xususiyatlarni tushunish lozim.
Hayotni saqlab qolishning turli-tuman yo’llari bor, lekin bularni niqoblanish, namoyish qilish, ma’lum narsalarga taqlid qilish va mimikriya kabi xillarga ajratish mumkin.
Niqoblanish. Bunga atrofdagi muhitda hayvonlarni ko’zga chalinmaydigan qilib qo’yadigan hamma ranglar kiradi. Niqoblanishni ta’min etadigan uch tipdagi rang, ya’ni 1) kriptik rang, 2) bilintirmay qo’yadigan aks soya va 3) chalg’itadigan rang ancha ko’p uchraydi.
Kriptik rang atrofdagi narsalarning rangi bilan bir xilda bo’ladi. Bunday rang tufayli hayvon tanasining rangi atrofdagi narsalar rangi bilan qo’shilib, hayvonni bilinmaydigan qiladi. Kriptik rang hayvonning tusi, shakli va vaziyati atrof bilan qo’shilib ketadi. Bunday hol tabiatda ancha keng tarqalgan. Ko’k o’t ichida yashovchi hasharotlarning rangi ko’pgina o’t rangida bo’ladi. Daraxt tanalarida yashirinib olgan qo’ng’izlar (uzun mo’ylov qo’ng’izlar va qarag’ay filchalari) va bir qator hasharotlarning rangi daraxt tanasi rangiga mos keladi. O’rmon loyxo’ragi qurigan va to’kilgan bud barglari orasida bilinmay qoladi. Ma’lum ekologik muhitda ma’lum kriptik rang ustun turadi.
Masalan, qumli cho’lda qum rang dominantlik qilsa, Shimoliy qutbda hayvonlar orasida oq rang ustunlik qiladi.
Yuz bergan vaziyatga qarab tez o’zgartirib turiladigan kriptik rang eng murakkab hisoblanadi. Bu hodisa hayvon to’qimalaridan maxsus hujayralar - xromatoforlardagi pigment donalarini bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish layoqati bilan bog’liqdir. Bu jarayon boshoyoqli mollyuskalarda ancha yaxshi o’rga-nilgan. Ular o’z tanasining rangini tez o’zgartira olish xususiyatiga ega. Masalan, kalmarlar suv yoki muhit rangining o’zgarishiga o’zgartirish xromatik organlari va pigmentli maxsus hujayralar muskullar bilan birikkan bo’lib, ular nerv bilan ta’minlangan.
Rangini o’zgartirish xususiyati yana ayrim (kambala, ayrim tropik baliqlarda) baliqlarda, baqalarda va reptiliyalar (ba’zi kaltakesak, xamelion)da ham uchraydi.
Bilintirmay qo’yadigan aks soya. Bunda muayyan optik hodisa tufayli hayvon rangi tabiatan himoyalovchi rangda qoladi, ya’ni hayvonning orqa tomoni to’q rangda, qorin tomoni esa juda och rangda bo’ladi. Masalan, hasharot qurtlari, baliqlar, ilonlar, kiyiklar, quyonlar va hokazo. Shunday rangdagi hayvonga yorug’lik tepadan tushsa, uning orqa tomoni birmuncha ochroq tusga kiradi, ayni vaqtda qorin tomoniga soya tushadi. Ushbu yoruqlik hodisasi natijasida tana rangi bir xil tusga kirib qoladi. Shu paytda hayvonga tepa tomondan qaralsa, u yapaloq bo’lib ko’rinadi, konturlari esa atrofdagi narsalar bilan qo’shilib ketadi. Shunga binoan, hayvon kuzatuvchiga bilinmay qoladi.
Chalg’itadigan rang. Ushbu rangning mohiyati shundan iboratki, hayvon tanasi boshdan-oyoq noto’g’ri dog’ va yo’llar bilan qoplangan bo’ladi. Bu dog’ va yo’llar kuzatuvchini o’ziga jalb qilib, uning diqqatini hayvonning o’zidan chetga chalg’itadi. Chalg’ituvchi rang-tuslar qancha har xil bo’lsa ular shu qadar ko’p samara beradi. Bunday ranglar hasharotlarda, amfibiya va sut emizuvchilarda ko’p uchraydi. Ko’pgina chigirtka va qora chigirtkalarning tanasi va oyoqlarida, tananing umumiy ko’rinishini bo’lib-bo’lib ko’rsatadigan chalg’ituvchi yo’llar bo’ladi. Masalan, yo’lbars yoki zebra tanasidagi joylashgan tik yo’llar juda foydali chalg’ituvchi belgi hisoblanadi.
Namoyish qilish. Ushbu xususiyat kriptik rang hodisasiga qarama-qarshi va ma’lum ravshan ranglar, masalan, qizil, qora, sariq, oq, qora va oq, sarg’ish va qora ranglar bir-biriga qo’shilib ketganligi tufayli hayvon darrov ko’zga tashlanadi. Odatda, bunday rang yeb bo’lmaydigan hayvonlarda uchraydi. Shunga binoan bu belgi ogohlantiruvchi rang deb ataladi. Ko’pgina hasharotlar, jumladan, qandala, tugmacha qo’ng’iz, terak bargxo’ri, malhamchi qo’ng’izlar, yarqiroq kapalaklar, har xil arilar va asalarilar kabilarni ko’rsatish mumkin. Ushbu hasharotlar zaharli moddalar yeki maxsus hidli va kuydiruvchi moddalar ishlab chiqaruvchi bezlarga ega ekanligini bildiradi. Bunday hasharotlarni yeb bo’lmaydi.
Ma’lum narsalarga taqlid qilish. Ko’pgina hayvonlar kushandasi yoki o’ljasi uchun befarq hisoblangan biror narsaga o’xshashi tufayli xavfsiz yashay oladi. Ko’p hollarda ular o’simlikning ayrim organlariga o’xshab qoladi. Masalan, paxmoq dengiz otchasi tashqi ko’rinishidan o’zi yashirinadigan suv o’tiga o’xshab ketadi. Tropik o’rmonlarda ko’p ilonlar xuddi chirmovuqqa o’xshaydi. Bir qancha hayvonlar mavjudki, ular daraxtlarning po’stloqlarida yashab, lishaynikka o’xshab ketadi. Mo’ylovli qo’ng’izlar, kapalak-lishayniklar, ayrim o’rgimchaklar shular jumlasidandir.
Barglarga o’xshaydigan hayvonlar anchagina hasharot-lardan, kapalaklar, chigirtkalar va qo’ng’izlar orasida uchraydi.
Mimikriya deganda ikki yoki bir necha tur hayvonlarning shakl va rang jihatdan bir-biriga o’xshashligi tushuniladi. Ushbu xususiyat hasharotlar orasida keng tarqalgan. Mimikriyada nafaqat gavda shakli va rangi bilan, balki yana ogohlantiruvchi ranglar ham xulq-atvori bilan ham o’xshash bo’ladi. Masalan, chivin va kapalaklarning ayrim turlari zaharli pardaqanotlilarga o’xshash.
Gavda shakli yirtqichdan himoyalanishga mos ravishda tuzilganligi o’z-o’zidan ma’lum. Masalan, skat, kambala va leщ baliqlarining gavda shakli. Shuningdek, yirik gavda ham himoya belgisi hisoblanadi. Masalan, fil, kit, tuyoqlilar va hokazolar. Shunday qilib, hayvon tanasidagi himoya rangi, gavdaning shakli va o’lchami nafaqat yirtqichdan qo’shilib qolish uchun zarurdir, balki ushbu belgilar yana organizmning issiqlik va suv almashinuvida ham katta rol o’ynaydi.
Rang va shakllarning turli-tuman bo’lishi hamda shular orqali yirtqich va dushmanlaridan himoyalanishi shu hayvonlarni tur sifatida saqlanib qolishida biotik omillarning hal qiluvchi roli borligidan dalolat beradi. Gavda shakllari va ranglari orqali moslashishning uch asosiy shakli - niqoblanish, namoyish qilish va taqlid qilish kabilar hayvonlarning xulq-atvoridagi xususiyatlar bilan chambarchas bog’liqdir. Ushbu o’zaro bog’liqlik hayvonlar evolyusiyasida yirtqichlarga juda muhim biotik omil sifatida ta’sir etganligi ko’rinib turibdi.




  1. Yüklə 442,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin