O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi аlishеr nаvоiy nоmidаgi sаmаrqаnd


§3. Yirtqichlar va ularning o’ljalari. Yirtqich va o’ljalarning moslashuvlari



Yüklə 442,5 Kb.
səhifə36/53
tarix26.05.2022
ölçüsü442,5 Kb.
#59678
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53
O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi а

§3. Yirtqichlar va ularning o’ljalari. Yirtqich va o’ljalarning moslashuvlari

Reja:


  1. Yirtqichlarning moslashuvlari.

  2. Yirtqichlik bilan hayot kechirishni ifodalovchi xususiyatlar.

  3. O’ljaning himoyalanishga moslashuvi va uning asosiy shakllari.

  4. Yirtqich va o’lja munosabatlarining ular soni dinamikasida ahamiyati.

1. Yirtqichlarning moslashuvlari
Fitofag hayvonlar bilan o’simliklar orasidagi o’zaro munosabatlar qanchalik yaqin va ikki tomonlama bo’lganidek, go’shtxo’r hayvonlar bilan ularning o’ljalari orasidagi bog’lanishlar ham shunchalik yaqin hisoblanadi. Ushbu bog’lanish ularning tuzilishlaridagi o’zaro moslanishlar, fiziologik xususiyatlari, xulqi va hayot kechirish tarzida o’z aksini topgan.
Go’shtxo’r hayvonlarning ovqat hazm qilish kanali, ayniqsa, ichaklari, o’txo’r hayvonlarnikiga nisbatan ancha kalta bo’lishi hamda ovqatni hazm qiluvchi suyuqlik ko’p ajralishi bilan farq qiladi. Ularda hayvon oqsilini qayta ishlash va hazm qilishda ishtirok etuvchi fermentlarning faolligi ancha yuqori bo’ladi. Ayrim go’shtxo’r qushlar hatto suyakni ham parchalab, hazm qilib yuboradi.
Yirtqichlar o’zlarining markaziy nerv sistemasining yuqori taraqqiy etganligi, sezgi organlarining takomillashganligi va nerv faoliyatining murakkabligi bilan ajralib turadi. Odatda ular juda harakatchan bo’ladi. Ulardagi tuzilish va hayot faoliyatining progressiv xususiyatlari shu hayvonlarning yashash muhitiga bo’lgan munosabatlarining faol bo’lishi evolyutsion jarayenda ularning juda katta roli bo’lganligidan dalolat beradi. Haqiqatdan ham sistematik jihatdan yuqori turuvchi har bir yirik taksonomik birlikdagi (sinf, turkum) hayvonlar o’zlarining qadimgi ajdodlarida yirtqichlik bilan hayot kechiruvchi turlarga ega bo’lgan.
Yirtqichlarning ko’payishi oziqlanish xususiyatlari va oziqa bazasining dinamikasi bilan chambarchas bog’liqdir. Ulardagi ko’payish mavsumi oziqaning eng ko’paygan davriga to’g’ri keladi. Serpushtligi ham oziqa bazasining o’zgarishiga mos bo’ladi. Yirtqich qushlarning oziqa zahirasi juda kam o’zgarishi sababli ushbu qushlar kampusht bo’lib, turli yillarda qo’ygan tuxumlarining soni deyarli o’zgarmaydi. Masalan, jo’rchi 2 ta, cho’l burguti 1-4 ta (odatda, 2-3 ta), kichik baliqxo’r 2-3 ta, sajan 2-4 ta, kichik arixo’r qush 1-4 ta (odatda, 2 ta) tuxum qo’yadi. Oziqa zahirasi o’zgarib turuvchi qushlarda (chigirtkasimonlar, mayda kemiruvchilar bilan oziqlanuvchilar) esa serpushtlik ancha yuqori bo’ladi va u oziqaning holati va uning zahirasiga bog’liq bo’ladi. Masalan sor (qarchig’ayga o’xshash) 5-6 ta tuxum qo’ysa, oziqa bo’lgan yillari umuman tuxum qo’ymaydi. Miqqiy (kuyka) oziqa ko’p bo’lgan yillari 8 tagacha, qirg’iy 10-12 tagacha tuxum qo’yadi. Qarchig’aysimon boyo’g’li qushlari 13 tagacha, hatto botqoq boyo’g’lisi 14 tagacha tuxum qo’yadi. Mayda kemiruvchilar kam bo’lgan yillari ushbu qushlar yoki uya qurmaydi yoki ayrimlari 1-3 tagacha tuxum qo’yadi. Ba’zan oziqa yetishmay qolsa, ochlikdan ular o’z jo’jalarini ham yeb qo’yishi mumkin.
Oziqa kam bo’lgan yillari kichik hasharotxo’r qushlar ham ko’paymaydi. Bunday xususiyatlar yirtqich sut emizuvchilarda ham mavjud. Masalan, ozuqasi (mayda kemiruvchilar, oq kaklik) ko’p bo’lgan yili shimol tulkisi 25 tagacha bola tug’ishi mumkin. Oziqa kam bo’lgan yillari serpushtligi keskin tushadi va u kelgusi yilda ham davom etadi.



Yüklə 442,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin