O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi al -хоrazmiy nоmidagi urganch davlat univеrsitеti pеdagоgika fakultеti kunduzgi bo`lim


“ Oila psixologiyasi ” fanini o`qitishda rolli o`yinlardan foydalanish



Yüklə 227,91 Kb.
səhifə2/3
tarix22.04.2017
ölçüsü227,91 Kb.
#15370
1   2   3

1.2.“ Oila psixologiyasi ” fanini o`qitishda rolli o`yinlardan foydalanish

Talabalarning oila va nikoh to`g’risidagi tasavvur va tushunchalarini kengaytirish, takomillashtirish maqsadida rolli o`yinlarni o`quv jarayoniga tadbiq qilish katta ahamiyat kasb etadi .

Talabalar o`rtasida oilaviy munosabatlarda rolli kutishlar va o`z shaxsiy rollarini qay tarzda amalga oshirishni tahlil qilish bo`yicha o`tkaziladigan rolli o`yinlar katta samara beradi .

1-ilova


Talaba tomonida shaxslararo munosabatlarda qo`llaniladigan konstruktiv munosabatlarni shakllantiradigan o`yinlardan “ Yoqtirish – samimiylik ” o`yini .

Turli holat va vaziyatlarda talaba o`z rollarini ijro qilish davomida e’tibor qaratiladigan jihatlar :



  • Kuzatuvchanlik ;

  • Samimiylik ;

  • Sidqidillik ;

  • Hayrihohlik ;

  • Bikirlik ;

  • Dilkashlik ;

  • Hamdardlik ;

  • Kechiruvchanlik ;

  • Uzoqni ko`zlash ;

Talabalarda oilaviy hayotda ko`p uchraydiga ko`p holat tavsiya qilinadi va aynan shu holatni barcha talaba o`zi ijro qilib ko`rsatadi . Kuzatuvchi – ekspert talabalar guruhi bu jarayonni haqqoniyligini baholaydi .

Rollarni ijro qilishda jinsiy tafovutlar , rolli kutishlar va ustanovkalarga katta ahamiyat beriladi .

Talabalarni ijrosini baholashda barcha guruh a’zolari faol qatnashadi .
Seminar mashg’ulotlarini o`tkazishda o`yinlardan foydalanish.

Oliy ta’lim tizimida seminar mashg’ulotlarini o`rni beqiyos. Eng asosiy nazariy bilimlarni takomillashuviga qaratilgan jarayon . Bu jarayonda talaba tomonidan amalga oshiriladigan manba , adabiyot , hujjat va darsliklardan to`plagan ma’lumotlarni qaytadan ko`rib chiqish va tahlil qilish , yakuniy xulosalarga ega bo`lish lozim .

Seminar mashg’ulotida o`yin elementlaridan foydalanishda , talabalarga rollarni to`g’ri taqsimlash va ularni maromiga yetkazib ijro qilish tavsiya qilinadi .


    1. rol . Direktor ya’ni boshqaruvchi ;

    2. rol . Doklatchi ya’ni ma’ruza qiluvchi ;

    3. rol . Hujjatchi ;

    4. rol . Xronometrchi ;

    5. rol . Kontolyor ;

    6. rol . Material uchun javobgar ;

Talabalarga rollar taqsimlanib bo`lgach , talabalar guruhlaga ajratiladi , mavzu va topshiriq beriladi . Ular mavzu bo`yicha tayyorlanish jarayonida har bir inson o`z rolini maromiga yetkazib ijro qilinadi .
Psixologiya fanini o`qitishda o`yin elementlaridan foydalanish tamoyillari.
Psixologiya fanini o`qitishda samara beradigan o`yinlarni quyidagi tamoyillar asosida tasniflash lozim :

  1. Majburiylikka asoslangan tashkiliy – ma’muriy metodlar .

  2. Iqtisodiy metodlar ( kasbiy faoliyat sifati va samaradorligiga ko`ra rag’batlantirish tizimini shakllantirish ) ;

  3. Sotsiologik metodlar .

  4. Prixologik – pedagogik metodlar ( shaxsning psixologik portretini o`rganish , ehtiyojlar motivatsiyasini o`rganish bo`yicha metodlar ) ;

Psixologiya fanini o`qitishda o`yin faoliyatini tashkil etish eng muhum jabhalardan hisoblanadi , chunki talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish jarayoni qaror toptiriladi , ikkinchidan esa , talabalarning o`z bilimlarini namoyon qilish , shaxs sifatida shakllntirish , tajribalarga asoslanish kabi jarayonlar amalga oshiriladi .

O`yin faoliyatining o`zi talabalar boshqarishning metodologik asosi ham isbotlashga , ya’ni ta’limiy qadriyat sifatida shaklllanishiga , talabaning ichki imkoniyatlarini to`laqonli namoyon bo`lishiga imkon yaratadi .

Talaba – ijro – Talaba

2-ilova


O`YIN JARAYONIDA TALABALARNI BOSHQARISH

Talaba o`yin faoliyatiga tayyorlanish jarayonini bosqichma– bosqish amalga oshiradi bu esa quyidagi jihatlarning yuzaga kelishiga imkon yaratadi :



  • izlanish – talaba rol ijro qilishda yangilik yaratishga taraddudlanadi ;

  • ijro qilish – o`z tasavvur va tushunchalariga asoslangan holda rol ijro qilish ;

  • tajribadan o`tkazish – o`zgalar qanday qabul qilishi o`zida aks etishi ;

  • evrilish – ijro qilgan holatini filtrlay olish qobiliyati rivojlanadi ;

O`yin faoliyatini tashkil qilishda ko`nikma va malakalar darajasini belgilash :

  1. O`yin faoliyatini ijtimoiy – psixologik ahamiyatini yetarli darajada aniqlash

  2. O`yin faoliyatining ichki ehtiyojga aylanganligi

  3. Talaba tomonidan ijodiy yondashuvning yuzaga kelishi

  4. O`yin faoliyatini samarali tashkil etish

Talaba tomonidan o`yin faoliyatini ijro qilishda ko`nikma va malakalarning III ta darajasi aniqlanadi :

  1. O`yin faoliyatining yetarli darajada anglagan , ichki ehtiyoji mavjud , ijodiy yondashuv ustuvor samarali tashkil qilinadi .

  2. Yetarli darajada anglangan , ichki ehtiyoj bo`lsada , ijodiy yondashuv to`la emas , qiyinchiliklarga duch keladi .

  3. Yetarli darajada anglanmagan , ichki ehtiyoj mavjud emas , ijodiy yondashuv tashkil etilmagan .

O`tkazilgan tajriba – sinovda kollej talabalari ishtirok qiladi . Aynan “ Oila psixologiyasi ” fanini o`qitishda amaliy mashg’ulotlarga ajratilgan 38 soatning teng yarmini o`yin faoliyati orqali o`tkazishda ularning bu jarayonga ishtiyoqi , qiziqishi , layoqati va ijodiy yondashuvi kuzatildi . Tajriba – sinovda qatnashgan 120 nafar talabaning 102 nafari yuqori darajani ko`rsatdi . Faol ishtirok qilishdi va o`yin faoliyati orqali o`z shaxsiy sifati , fazilat va xususiyatlarini namoyon qilishga sazovor bo`lishdi .

I bob bo`yicha xulosalar

Kasb-hunar kollejlarida oila psixologiyasini o`qitishda qo`llaniladigan o`yin texnologiyalarioila –nikox masalalarining eng muhim jabhalarini tahlil qilish hamda rolli o`yinlar asnosida ijtimoiy va shaxslar aro amalga oshirilishi lozim bo`lgan funktsiyalarni bajarish mexanizm va qonuniyatlari bilan tanishiladi va ular tomonidan o`zlashtiriladi..

O`yin ijtimoiy tajribalarni o`zlashtirish va qayta yaratishga yo`nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o`z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.

Kasb-hunar ta’limi tizimida o`tkaziladigan amaliyotida tadbirkorlik o`yinlariga alohida ahamiyat beriladi. Oila psixologiyasi fanining bosh mavzularidan bir erkak va ayolning oilaviy vazifalarining taqsimlanishida tarbirkorlik ham o`ziga xos bir jihat xisoblanadi.Aynan ushbu jihat sababli oiladagi shaxslarning tadbirkorlik va uddaburonlik kabi sifatlarining ijobiy shakllantirish masalasi ham dolzarbdir.



II bob. “ Oila psixologiyasi ” fanini o`qitish va uni o`ziga xos xususiyatlari

2.1.“Oila psixologiyasi ”fanini o`qitishda psixologik dramalardan foydalanish

Oila psixologiyasi fanini o`qitishda psixodramalardan ham qo`llanish mumkun. Bu ham o`ziga xos «teatr», lekin ijtimoiy psixologik maqsadni ko`zlaydi: Uning asosiy maqsadi jamoada vaziyatni his qila olish, boshqa kishining holatini o`zgartirish va unga baho berish, u bilan samarali muloqotga kirisha olishni shakllantirish hisoblanadi.

Tadbirkorlik o`yinlari texnologiyasi

Bu texnologiya tayyorgarlik davrini ham o`z ichiga oladi. U ssenariyni yozib chiqish, vaziyat va obyektlarni shartli belgilar asosida tasvirlashdan boshlanadi. Ssenariy mashg’ulotning o`quv maqsadi, o`rganilayotgan muammoning tavsifi, qo`yilgan vazifani asoslash, o`yinning rejasi, vaziyatning mazmuni va qatnashuvchi shaxslarning tavsifini o`z ichiga oladi.

O`yinga kirishish. Bu bosqichda ish rejimi aniqlanadi, mashg’ulotning bosh maqsadi shakllantiriladi, muammoni qo`yish va vaziyatni tanlash asoslanadi.

O`tkazish bosqichi. U o`yin jarayonidir. O`yin boshlangach, hech kim unga aralashmaydi va uning borishini o`zgartira olmaydi. O`yinni faqat uni boshqaruvchi tuzatib borishi mumkin.

Tahlil bosqichi. O`yin natijalari muhokama qilinadi va baholanadi. Bu bosqichda ekspertlarning fikrlari eshitiladi, o`zaro fikr almashinadi, talabalar o`z xatti-harakatlari va xulosalarini himoya qiladilar.

SHunday qilib, tadbirkorlik va evristik o`yinlar bo`lg’usi mutaxassisning ilmiy-ijodiy tajribalarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.

Oliy maktab muammolarining tadqiqotchilari quyidagi tadbirkorlik va evristik o`yin turlarini farqlaydilar:

1. Mutaxassislar orasida o`z vazifalarini, dasturlar va rollarini taqsim qilish asosidagi tadbirkorlik va evristik o`yinlar. Bunday mutaxassislar sirasiga quyidagilar kiradi:



  • kelgusida ishlash kutilayotgan muassasada faol ijodiy ishlovchilarni va ularni ishlab chiqishda, aniqlash bilan band bo`lgan «vazifa tadqiqotchilari».

  • ijodiy guruhdagi barcha ishtirokchilarning faolligi sathida shu guruhning o`ziga xos katalizatorlik vazifasini bajaruvchi «faollashtiruvchilar»;

  • ilmiy muammoning echimiga yordam beradigan yo`llar va betakror fikrlar taqlif qiluvchi «g’oyalar ishlab chiquvchi» talabalar;

  • g’oyalarning tug’ilishiga va ularning boshqa ijodiy guruh a’zolari tomonidan idrok qilinishiga yordam beradigan «rezonator» (tarqatuvchi) talabalar;

  • muammoni echishning eng maqbul (optimal) variantini qayta ishlab chiqish va topish bilan band bo`lgan «nazoratchi» talabalar.

Bunday o`yinlarni muayyan obyektda o`tkazish maqsadga muvofiqdir. Rahbarlar va o`qituvchilar oldindan rollarni belgilab qo`yadilar.

Masalan, agar o`yin konstruktorlik byurosining tuzilmasini o`zlashtirishga qaratilgan bo`lsa, quyidagilar belgilanadi:



  • «KB boshlig’i»;

  • «Bosh konstruktor»;

  • «Ixtirochi»;

  • «Opponent»;

  • «chizmakash»;

  • «tekshiruvchi»;

  • «maslahatchi»;

  • «nazoratchi» va b.

SHundan so`ng quyidagilar tuzib chiqiladi:

  • har birining egallaydigan vazifalari va xatti-harakatlari bahosi bo`yicha yo`riqnoma;

  • o`yin jarayonining asosiy davriyligi bo`yicha dastur ishlab chiqiladi.

O`yin jarayonida tortishish, musobaqalashish (bahs-munozara yuritish), ruhiyatining bo`lishini ta’minlash zarur.

O`yin o`tkazish chog’ida «buyurtmachi» rolini bajaruvchi rahbar u yoki bu tadbirlarning bajarilish sifatiga va bu tadbirlarda rol ijro etgan (qatnashgan, ishtirok etgan) talabalarga baho beradi. SHu baholar asosida butun guruhning hamda alohida talabalarning rol ijro etishi bahosi chiqariladi.

Bunday o`yinlarni tashkil etish bo`lg’usi mutaxassis qobiliyatini diagnostika qilishni taqozo qiladi. Shu maqsadda talabalarni rol ijro etishlarini almashtirib turish ham tavsiya etiladi, chunki har bir talaba u yoki bu rolda o`z imkoniyatlarini sinab ko`ra olsin, ya’ni «oddiy»dan «KB boshlig’i» darajasidagi rollarni ijro etishga imkoniyat berilsin.

2. Ijodiy faoliyatning biror bosqichida muayyan strategiya, taktika va metodlarni qo`llash malakasini shakllantirishga qaratilgan tadbirkorlik va rol o`yinlari.

Masalan, «Ilmiy-tadqiqot ishlarida ma’ruza, munozara» tarzidagi o`yin.

Bu o`yindagi asosiy rollar quyidagicha bo`lishi mumkin:

«Boshlovchilar» - o`qituvchi, ishlab chiqarish mutaxassisi;

«Peshqadamlar» - muhokama qilinadigan muammoning muayyan masalasi bo`yicha vaziyatni tasavvur qila oladigan ma’ruzachilar;

«Bezakchilar» - peshqadamlarning ma’ruzalari va chiqishlarini ko`rgazmali tasavvur etishlari va tushuntirishlarini ta’minlovchi o`yin ishtirokchilari.

«Assistentlar» peshqadamlar yordamchilari bo`lib, ular peshqadamlarga va opponentlarga ko`rgazmali chiqishlariga yordam beruvchi o`yin ishtirokchilari.

«Rasmiy opponentlar» - peshqadamlarning ma’ruzasi va boshqa materiallar bo`yicha rasmiy tanqidiy ruhda chiqish qiluvchilar;

«Norasmiy opponentlar» - muammo bo`yicha guruh bo`lib yoki mustaqil ilmiy-tadqiqot olib boruvchi barcha boshqa talabalar – o`yin ishtirokchilari;

«CHalg’ituvchilar» - korxona yoki ilmiy muassasada qo`shimcha salbiy hodisa, faktlarni bayon qilish asosida o`yin ishtirokchilarining faolligiga sabab bo`ladigan savollar qo`yishi lozim bo`lgan o`yin ishtirokchilari. Korxona yoki ilmiy muassasa mutaxassislari, oliy o`quv yurti o`qituvchilari, ilmiy xodimlari, aspirant, talabalari bu «vazifa»ni bajarishlari mumkin.

«Registratorlar» - munozaralarni yozib oluvchi o`yin ishtirokchilari;

«Ekspertlar» - ma’ruza muhokamasidagi chiqishlar va echimning guruh bo`lib qabul qilinishi bo`yicha obyektiv baho beruvchi o`yin ishtirokchilari. Bu vazifada korxona va ilmiy muassasa mutaxassislari, oliy o`quv yurti o`qituvchilari va ilmiy xodimlari, aspirant va talabalar qatnashishlari mumkin.

Bunday o`yinlarda quyidagi asosiy vazifalar hal qilinadi:



  • bo`lg’usi mutaxassisni axborotlar almashishga o`rgatish;

  • ularda o`z nuqtai nazarlarini asoslash va himoya qilish, boshqa kishilarning g’oyalariga kirib bora olish, guruh bo`lib echim qabul qila olish malakasini shakllantirish.

O`yin-munozaralar bo`lg’usi mutaxassisda ilmiy-ishlab chiqarish muammosini qo`ya bilish va echishga, mustaqil fikrlashga, obyektivlikka nisbatan qiziqishni shakllantiradi, muammolarni qo`yish, uni muhokama qilish, ularni echishda o`zini tuta bilish ko`nikmalarini hosil qiladi.

O`yin- munozaralar muayyan muammo bo`yicha bahslarni tashkil etilishini ko`zda tutadi.

Bahs muammoni muhokama qilish jarayonidir. Uning usuli esa guruh bo`lib tadqiq qilishdir. Unda har bir ishtirokchi hamsuhbati (raqibi)ning fikrini asoslash, uni inkor etish orqali haqiqatni tiklashda o`z monopoliyasini o`rnatadi.

Bahs munozara borishining turli variantlari mavjud:

Evristik yondashuvda tomonlardan biri muammoning echimi bo`yicha o`zining yondashuvini qabul qilishga o`rinmasdan ishontirish metodi, ichki tuyg’u, sog’lom aqldan foydalangan holda bahs ishtirokchilarini o`zining nuqtai nazariga og’dirib oladi.

Mantiqiy yondashuvdagi bahsga o`ta mustahkam mantiqiy tahlil va dalil–isbotlar xarakterli bo`lib, uning vositasida ishtirokchilar yakuniy xulosalarga keladilar.

So`fiyona yondashuv. Unda tomonlardan biri o`z raqibini donolik qilib mag’lub qilishi ham mumkin.

Avtoritar yondashuv. Unda tomonlardan biri o`zining obro`sidan foydalanib, o`z nuqtai nazarini o`tkazishi mumkin.

Tanqidiy yondashuv. Bahs ishtirokchilaridan ba’zilari o`z raqibining faqat kamchiligi, kuchsiz o`rni va mavqeiga diqqatni jalb qiladi va, aksincha, raqibining fikridagi ijobiy unsurlarni ko`rishga intilmaydi va muammoning echimi bo`yicha o`z taqliflarini ham bera olmaydi.

Dogmatik yondashuv. Unda tomonlardan biri bahsni haqiqatni o`z manfaati uchun o`zining shaxsiy maqsadlariga muvofiq keladigan tomonga boshlab ketadi.

Pragmatik yondashuv. Ishtirok etuvchilardan biri va har bir tomon faqatgina haqiqatni o`rnatish uchungina bahs yuritmaydi, balki undan o`zlarining yashirin va bahs ishtirokchilariga ma’lum bo`lmagan amaliy manfaatlariga burish uchun foydalanadi.

Bahsni o`tkazishda quyidagi qoidalarga ahamiyat berish lozim:



  • opponentining o`z fikrini asoslovchi so`zini tinglab, kuzatib borishi;

  • opponentini so`zlashdan to`xtatib qo`yishga shoshilmasligi;

  • mayda-chuyda detallarga e’tibor qaratmasligi, eng muhimini ko`rishga, tushunishga harakat qilishi;

  • kuchsiz o`rinlar, dalil-isbotlar, misollarni topish va tahlil qilish;

  • opponentini o`zidan kuchli deb hisoblamaslik;

  • o`ziga haddan tashqari bino qo`yish va ishonishga ruju bermaslik;

  • qo`rqish raqib oldida mag’lubiyat ekanligini esda tutish.

Rolli o`yinlar. Ko`pincha insonlar ma’lum bir muammoli xolatga tushib qolganlarida, qanday yo`l tutishlarini o`ylab ikkilanadilar. Rolli o`yinlar asosida shunday xolatlarni ko`rib chiqishlari, ular echimini topishning eng yaxshi yo`llarini topish imkoniyatlari bo`ladi. SHuningdek, aynan shu o`yinlarni o`tkazish jarayonida o`tilgan materiallarni o`zlashtirish va mustahkamlash oson bo`ladi. Rolli o`yinlar o`tkazilishida barcha o`quvchilarning faol qatnashishi muhim ahamiyat kasb etadi.

2.2.Tajriba-sinov natijalari tahlili

Xiva pedagogika kasb-hunar kolleji “Maktabgacha ta’lim”1-bosqich talabalari,”Boshlangich ta’lim va sport ishlari”1-bosqich talabalari bilan o`yin texnologiyalarni dars jarayoniga tatbiq qilish va uning samaradorligini aniqlash maqsadida bir qancha metodikalardan foydalanib quyidagi natijalarga erishdik.

Tajriba-sinov ishlarini tashkil qilishda kollej o`quvchilarining kreativlilik ya’ni ijodiylik xususiyatlari ham o`rganildi. Chunki o`yin texnologiyalarini qo`llashda kollej o`quvchilarining individual va tipologik xususiyatlari ham tahlil qilindi.

«Oila psixologiyasi «fanini o`qitishda o`yin texnologiyalaridan foydalanishning o`ziga xos xususiyatlari

Bitiruv-malakaviy ishimning mavzusi bo`yicha hozirda jaxon psixologiyasida o`tkazilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining qiyosiy tahlili ushbu mavzuga o`ziga xos tarzda yangicha yondashish va o`yin texnologiyalarning o`qitishdagi muhim jixatlarini yanada mukammalroq o`zlashtirib olish masalalariga innovatsion yondashishni ham taqozo qiladi.

O`yin texnologiyalari insonning muhim amo o`zgalar tomonidan xis qilinishi mumkin bo`lgan psixologik mexanizmlari va qonuniyatlarini yuzaga keltirish imkoniyatlarini yaratishda bosh omil sanaladi.

Kasb-hunar kolleji o`quvchilari ilk o`spirinlik yoshida bo`lganliklari sababli “Oila psixologiyasi ” fanida keltirilayotgan mavzularni faqat vizual aks ettirish qobiliyatiga ega bo`lishlari respublikamizda ushbu yo`nalishda tadqiqot olib borayotgan G.B.Shoumarov, T.M.Adizova, N.Soginovlar hamda psixologiya fanlari doktori,professor E.G’ozievning kasb -hunar kolleji o`quvchilari uchun tayyorlangan “Oila psixologiyasi va etikasi” kitobida keltirilgan mavzular hozirgi zamon nikox-oila muammolariga asoslangan holda yoritilgan.

1. Mutaxassislik mahorati va bilimlarini o`zi rivojlantirishi qulay, ixcham tizimlarni taraqqiy ettirish nuqtai nazaridan, refleksiv-gumanistik pedagogika va birlashib ijod qilish psixologiyasi asosida yaratiladigan intensiv-innovatsion metodlar yuqori samaraga ega bo`lishlari mumkin. Bizning fikrimizcha refleksiv-gumanistik yondashishning asosiy aksiologik yutuqlaridan biri, inkor etmaydigan uslublarni ko`paytirib, taraqqiy ettirish mumkinligini amaliy isbot qilib berish bo`ladi. Shunday qilib yangi kontseptsiya yaratish, yangilikni kashf qilish uchun hech ham o`tmish merosidan biror narsani buzishi shart emas. Birgalikda ijod qilish asosiy gumanistik tamoyili bu amaliyot ishtirokchilarining har biri ichki va tashqi hayotini turli tumanligi (polifonik) ko`payishi doimiy rivojlanishning to`laligini (yagonaligi) ni ta’minlashdan iborat. O`qituvchi innovatsion harakatini amalga oshirishga imkon beruvchi rivojlanuvchi muammo

A) Talabalar kreativlik darajasi uch ko`rsatkich bilan hisobga olindi: maxsuldorli, ijodiy yo`nalganlik sabablari, refleksivlik, kreativlik diagnostikasi amaliyot hamda turli topshiriqlar natijalari va jarayonida olib borildi. Ishlab chiqilgan yangiliklar kreativ qimmatliligi ularni quyidagi turlardan biriga taalluqliligi bilan belgilanadi.

1. Maktabni yanada rivojlanishiga turtki bo`luvchi ko`pgina echimlarni ko`zda tutilgan muammolarni qo`yish.

2. O`ziga xos, ilgarilariga o`xshamagan, kutilmagan echimlar.

3. Echimi ma’lum bo`lgan kontseptsiyalarni yoki pedagogik yondashishlarni davom ettirish «mavzuni variatsiya qilish»ni ko`zda tutadi.

Shaxsiy sababli, tashkil etuvchilar talabalarning fikrlari, ularning qiziqishlari, ishni davom ettirish istagi, faolligining hisobga olish yordamida baholanadi.

Refleksion tashkil etuvchilari ko`zda tutilgan echimni anglab etish va o`zini o`qituvchi-innovator deb his etish darajasi bilan baholanadi.

B) Muhitning tafsiloti quyidagi ko`rsatkichlar bilan aniqlandi: informatsion xabardorligi, kreativ munosabatlar namunalari mavjudligi, innovatsion munosabatlarning tartibliligi darajasi.

Informatsion xabardorligi darajasi taklif etilgan echimni turlicha yo`llar bilan o`zgartirish, ularni turli yo`llar bilan tiklash darajasi yo`li bilan o`rgandi. Yuzaga keltiruvchi tajribalar, innovatsion amaliyot davrida munosabatlar tartib-qoidalariga solinmagan sharoitlar yaratilishi, informatsion ma’lumotlar ko`pligi, kreativ namunalar ko`rsatib berilganligidan iborat bo`ldi. Tajriba yakunlangandan so`ng sinov va tajriba guruhlari yakuniy test o`tkazish bilan taqqoslanib ko`rildi. Tajribaning boshlanishi, o`rtasi va oxirida biz talabalar innovatsion munosabatlari va kreativlik darajasini, o`rtacha ko`rsatkichlar ifodalarini baholadik.



Kreativlik boshlang’ich darajadagi talaba-larda kreativlik yuzaga kelishi dina-mikasi turlari (% da) kreativlik darajasi



1

2

3

Ilgarigi tenglikni tiklash

Yangi mus-tahkamlikka ega bo`lish

Dinamika-ning yo`qligi

Yuqori

33

59

8

O`rta

49

20

3

Past

27

15

48

Tajribalar natijalari tekshirilayotgan uchta ko`rsatkichlar uch turi bo`yicha katta farqlar borligini ko`rsatdi.

Birinchi bosqichda shaxsiy sabablar ko`rsatkichi o`sdi, ikkinchi bosqichda shaxsiy sabablilik va mahsuldorlik, uchinchi bosqichda mahsuldorlik, refleksiv ko`rsatkichlar yuqori bo`ldi. Shu bilan birga pedagog innovatsion faoliyatining shaxsiy sabablilik ko`rsatkichining o`sib borishi shaxsiylik darajasining yanada chuqurroq o`zgarishlari haqida fikr yuritiladi, xususan izlash jarayonida uning emotsional ishtiroki maktab muammolarini qo`yish va tushunishini o`stiradi, amaliy ishlarda mashg’ulotlarni davom ettirish istagi yuzaga keladi, erishilgan sabablilik darajasini qo`llab-quvvatlash mahsuldorlik faoliyati darajasi ham o`sadi deb, xulosa qilish mumkin.

Innovatsion faoliyatning rivojlanish jarayoni aynan shaxsiy sabablilik darajasidan boshlanadi. Maxsuldorlik darajasida biz ancha murakkabroq tashkil etuvchilarga duch kelamiz. Shaxs ijodiy imkoniyatlari va refleksiv birligida innovatsion munosabatga yo`l ko`rsatish doimiy muammolar qo`yish va ularni turlicha echishni nazarda tutadi. Hamma sodir bo`layotgan hodisalarga o`ziga hos munosabat ishlab chiqiladi, ya’ni mazmunni izlash, yashirin tomonlarini ko`ra bilishga intilish yuzaga keladi.

Tajribalar orqali olingan ma’lumotlar dastlab yuqori kreativ munosabat darajasida talabalarning ko`pchiligi yangi barqaror yuqori darajaga erishganliklari, ular yuqori maxsuldorlik bilan ajralib turishlarini ko`rsatdi: o`rtacha kreativ darajali ko`pgina hollarda ular bir qancha harakatchanlik ko`rsatdilar. Lekin «mavzuni o`zgartirish variatsiya qilish» turi bo`yicha echishga intilsalar ham, past kreativlik talabalar kamdan-kam yangi darajaga erisha oladilar, ular harakatchanlik qilmaydilar, ko`pincha ilgarigi birlamchi echimlarga qaytadilar.

Shuni ta’kidlash kerakki, bunday xolat, kreativlikning oshishiga rivojlantiruvchi muhitning mos ravishda ta’siri sababli, bir yo`nalishli bo`lmaydi. Innovatsion faoliyatning o`zgarishi umumiy tendentsiyasi quyidagi xususiyatlarga ega: hamma ko`rsatkichlarining ancha o`sishi ketidan ularning bir oz pasayishi kuzatiladi, bu ma’lum darajadagi emotsional pasayish va o`zini noqulay sezish bilan bog’liq bo`ladi. Rivojlanish muhiti innovatsion munosabat vazifasi va uslublaridan iborat bo`lishi kerak. Talabalar noma’lum echimlarni izlash uslublari va metodologiyasini egallagan bo`lishlari kerak.

Innovatsion faoliyatga yondashish uchun o`qituvchilardan ilmiy tekshirish metodikasini o`zlashtirib olishni talab etadi. Talabalarning tajriba maydonida tekshirish ishlarini “harakatdagi tekshirish”, odatdagi qarashlar, yondashishlarga qarama-qarshi deb nomlash mumkin. Asosiy e’tibor innovatsion faoliyat texnologiyasidan ko`ra ko`proq bilimga qaratiladi. Tajriba maydonchasidagi ishlardan asosiy maqsad talabalarni innovatsion jarayonga jalb etish orqali ularni o`qituvchi bilan birgalikda o`z mualliflik dasturini sinab ko`rish, yangilik kiritish uslublarini aniqlash, tatbiq etish samarasini baholash imkoni yaratiladi. Talabalarni tekshirish guruhlarini tuzish o`ziga xos talablarni o`qitish obyekti sifatidagi modelni muqobil gumanistik modelni ko`zda tutadi.

Bunday shaklda ish olib borishning qimmatli tomoni bo`lajak o`kituvchilarga tajribada faol va bevosita ishtirokchilar sifatida qaraladi. Ularni tanqidiy mulohaza yuritishga, tanlay bilishga, muqobil texnologiyani amalga oshirishga, natijalarni ko`ra bilishga o`rgatiladi. Shu bilan birga ular butun pedagogik jamoasi bilan birga ijodiy hamkorlik qilish sharoitida faoliyat ko`rsatadilar. Ilmiy tekshirish uslubi va guruhli ish yuritishni bir – biriga bog’lab ish olib borish guruhli tekshirishlarni tashkil qiladi va ular shu tajriba maydonida talabalarni uyushtirish texnologiyasi asosini tashkil etadi. Guruhli ish olib borish bilan birga o`quv jarayonining ishtirokchisi bilan individual ish olib boriladi.

Guruhli ish olib borishning o`ziga xosligi, mashg’ulotlarni seminar-munozara shaklida olib borishni taqozo etadi. Har bir talaba ilmiy tekshirish ishtirokchisi bo`lib, u o`zining muammosi bilan shug’ullanadi. Shunday variantlar ham sinab ko`riladi: 2-3 talaba bir muammoni turli yoshdagi guruhlar hamda turli nuqtai nazardan ishlab chiqadilar. Bir oyda bir marta talabalar uchrashib o`z tekshirishlari davridagi natijalaridan xabardor qilib, munozara va jonli fikr almashish ko`rinishida keyingi muammoni muhokama qiladilar, tajriba olib borish davomida bo`lajak o`qituvchilar rahbar G’pedagogG’ bilan hamkorlik qiladilar.

Butun tajriba ishlari uch bosqichdan iborat bo`ladi; birinchisi - sabablarini aniqlash tashhis (diagnostika) - «erta rivojlanish maktabi» kontseptsiyasini tatbiq etishda pedagog va bolalar qiyinchiliklarini aniqlashga qaratiladi.

Ikkinchi bosqich ta’lim beruvchi ilmiy - tekshirish ishlari mahorati va ko`nikmalarini ishlab chiqishga bag’ishlanadi. Bir qancha mashg’ulotlar bolalar erta rivojlanishi muammosi bo`yicha ilmiy adabiyotlarni o`rganish, maktabgacha tarbiya va boshlang’ich maktabda bolalarni rivojlantirish turli kontseptsiyalarini tahlil qilish, qo`llanishi mumkinligi va tizim tashkil etuvchi bog’liqliklarni aniqlash, o`z va muallif nuqtai nazariga annotatsiya va interpretatsiya tuzish ishlari olib boriladi.

Ta’lim berish turidagi keyingi mashg’ulotlar maktabda innovatsion ishlar o`tkazish uslublarini egallashga qaratiladi; kuzatish xaritalarini tuzish, muallif kontseptsiyalarini aniqlash, tatbiq etishni borishi va natijalarini, qiyinchiliklarini ko`ra bilishdan iborat. Yakuniy maqsad yagona mualliflik kontseptsiyasini ko`rishdan iborat bo`lib, unga kichik guruhlarda muhokamalar sabab bo`ladi. Talabalar ilmiy-tekshirish ishlarini rag’batlantirish uchun o`qituvchi - novatorlar o`z yangiliklarini kiritish tajribalari bilan o`rtoqlashadilar. Yakunlovchi bosqich mualliflik kontseptsiyasini yozma ifoda etishdan iborat bo`ladi. Seminarda ishni tashkil etish, yangiliklarni tatbiq etish bosqichlarini tashkil etish kabi muammolar ko`rib chiqiladi.

Endi bo`lajak o`qituvchilar mualliflik kontseptsiyalarini ishlab chiqishining ba’zi muammolari, bo`lajak ishlari umumiy kontseptsiyalarining ifoda etish haqida to`xtalib o`tamiz. “Kontseptsiya” – lotincha so`zdan olingan bo`lib, tushunish, tizim ma’nosini bildiradi: har bir predmetni talqin etish, izohlashning aniq uslubiyati, hodisa, jarayon, predmet yoki asosiy nuqtai nazar ularni muntazam yoritish uchun g’oya bo`lib xizmat qiladi. «Kontseptsiya» termini shuningdek asosiy mazmunni ko`rsatish uchun, ilmiy, badiiy, texnik, siyosiy va boshqa faoliyat turlari, konstruktiv tamoyilni ko`rsatish uchun ishlatiladi. Kontseptual g’oyalar ko`pincha tamoyil ko`rinishida yuzaga keladi. Ma’lumki maktabni tubdan o`zgartirish umumiy yo`nalishini tanlash ikki har xil yo`llar bilan amalga oshiriladi:

birinchisi, bu «yuqoridan» harakatlanish – anglab tanlashdan nazariy kontseptsiya – psixologik-pedagogik madaniyat va uni o`zgarish maqsadida uni amalda (gavdalantirish) yuzaga keltirish;

ikkinchisi – «pastdan» harakatlanish – amaliy ish, uslub va metodlari topilmalaridan ularni kontseptsiyalashtirish.

Birinchi holda kontseptsiyani qabul qilish va tushunishdan uning tamoyilini amalga oshirish muhim bo`lib qolar ekan.

Ikkinchi holda amaliyotga nisbatan refleksiya usullarini tashkil etish, intultiv topilgan metod va uslublarni tasvirlash uchun tushuncha ko`rinishga ega bo`lishdan iborat.

Pedagogik o`quv yurtlari uchun pedagogik kontseptsiyani tanlash birinchi uslubi ko`proq ma’qul, qulay bo`lib chiqdi. Ammo kontseptsiyalarni amalda qo`llash ularni nazariy umumlashtirish talabalarda ma’lum obyektiv va sub’ektiv qiyinchiliklarni tug’diradi. Ulardan ba’zilarini ko`rib chiqamiz. Psixologik-pedagogik fanlarda ancha ko`p turdagi ta’lim kontseptsiyalari yoki bilimlarni o`qitish va tarbiyalashning alohida kontseptsiyalari berilgan. Ular mantiqiy yagonalik, tizimlilik xususiyatlari, o`zining matn tuzilishini to`g’ri tashkil etilganligi va madaniyatliligiga ega. Ammo ularni jonli pedagogik faoliyatini rivojlantirish va qayta tuzish vositasiga aylantirish jarayoni oddiy emas. Amaliy metodik statusiga keltirilmagan nazariy bilimlar bo`lajak o`qituvchilar tomonidan ba’zi umumiy qoidalar sifatida talqin qilinadi. Aytarli tekis va yagona kontseptsiyadan kelib chiqilgan tavsiyanomalar maktab amaliyotida foydalanganida ba’zida pedagog ongida takliflar ro`yxati tusini oladi, ulardan ba’zilari ochiq oydin unga befoyda, boshqalarini amalda qo`llab bo`lmaydi, chunki ulardan pedagog faoliyatida foydalanish qiyin bo`ladi. Bundan tashqari psixolog fikricha talabalar yoshi o`z-o`zidan amalga oshib ketaveradigan ma’lum ijtimoiy infantalizm bilan ta’riflanadi.

Keyingi qiyinchiliklar guruhi pedagog o`zi izlab topgan uslublarni umumlashtirish va tasvirlab bera olmasligi bilan bog’liq. Tezislarni ifoda etish sxematik ko`rinishda bo`lib, ular yangilikning mazmunini qamrab olmaydi. Ular metodik talab va qoidalar sifatida taqdim etiladi, ba’zida yarim yillik ish bo`yicha mashg’ulotlar tematikasi hisoblanib, ularni pedagog innovatsion faoliyati uchun ahamiyatliroq hisoblaydi. Bu ro`yxatga u aniq hisobga olgan va anglab etganlarining hammasini ham kiritavermaydi. Qoidalar bir qismi pedagog faoliyatida unchalik ko`zga tashlanmay o`z-o`zidan ma’lumdek, tushuniladi.

Shuning uchun uslub va topilmalarni etkazish ularni interpretatsiya qilish va tushunish to`laligicha faqat jonli faoliyatda namoyish etilishi mumkin. Bekamuko`st va tizimlashtirib ta’riflab bermaslik talabaga kontseptsiya yaratishgacha ko`tarila olishiga va pedagogik amaliyotni tushunib tashkil etishga imkon bermaydi. G’oyani haqiqiy qabul qilingan model, so`ng esa amaliy qo`llaniladigan dasturga aylantirish uzoq davom etadigan va murakkab jarayon. U talabalar, ilmiy rahbarning loyiha ustida va muhim ikki omillarga tegishli holda qayta tashkil etish tizimi ustida birgalikda chuqur izlanish ishlarini olib borishlarini ko`zda tutadi. Ulardan birinchisi – asos

Oila psixologiyasi fanini o`qitishda ijodiy izlanishlar asosida tizimli muammolar echimi, bahs va didaktik o`yinlar tizimini ajratib olamiz. Sanab o`tilgan metodlardan alohida e’tiborni didaktik va obrazli o`quv o`yinlariga qaratamiz. Ular mumkin qadar ko`proq ijodiy, kasbiy izlanishlar vaziyatini keltirib beradi.Kasb-hunar kollejlarida ijodiylik va kasbiy o`ziga xos bo`gan xususiyatlarni o`yin jarayonida shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Kollej o`quvchilariga o`yinlarning metodik asoslari ularning strukturasitanishtirildi.Kollej o`quvchilariga o`rganiladigan mavzuni tanishtirildi, imitatsiya va uning qoidalari xarakteristikasi, o`yini butun jarayoni tushuntirildi. O`tkazishga tayyorgarlik - ssenariy va uning masalalarini, uning protseduralarining mazmuni bayon etildi.Kollej o`quvchilariga o`yinni o`tkazishda uning ssenariysi katta ahamiyat kasb etishi xaqida tushuntirildi.

Ssenariy o`ziga quyidagi bo`limlarni oladi: o`yin sharoitini tasvirlash, o`yin atributlari, o`yin ishtirokchilari harakatining ishlab chiqilishi, tashkil etish xarakteristikasi, o`yin ishtirokchilariga metodik ko`rsatmalar tayyorlash.






Qobiliyatlari

Ularni rivojlantirish usullari

1

Foydali fikrlash – turli xil ajoyib fikrlarning generatsiyasi va ularning uyg’unligi, rivoji.

Oila psixologiyasi fani bo`yicha eng qiziqarli va muammoli savol beriladi vaoila-nikox masalallariga oid maqsadga yo`naltirilgan syujet olish mumkin.

2

Kommunikatsiya – tengdosh-lariga o`zining fikrlari, ehtiyojlari va hislari to`g’risida xabar berish. Bularga: tasvirlash, qiyoslash, hamjihatlik, verbal, nover-bal, kommunikativ fikr-larini tartiblash kiradi.

Kollej o`quvchilari tomonidan esse yozish va uning muxokamasi

3

Bashorat qilish mumkin bo`lgan voqea yoki o`tmishga murojaat etish ma’lum joyga ega bo`lishi, mumkin bo`lgan hodisalarni taxmin qilish. Bashorat o`ziga sabab aloqalarini ko`rishni rivoj toptiradi.

Bunday ko`rinishdagi ishlar bilan ishlash “Nima bo`lardi agarda ......” 3-bosqich kollej o`quvchilari muloqot.munosabat,sevgi va muxabbat asoratlarini bashorat qilishga urinish, ijtimoiy hayotda uchraydigan xolatlarni tahlil qilish.

4

Echim qabul qilish vaziyatni tuzilishi, baholash mumkin bo`lgan va qabul qilingan echimlarni ko`rib chiqish, alternativ qatordan echim tanlash.

U yoki bu psixologik vaziyatni bir necha echimlarini ko`rib chiqib, o`quvchilar “ideal” echim variantini keltiradilar.

5

Rejalashtirilgan o`ylaganni amalga oshirishda tanlash, qilinishi kerak bo`lgan narsani tasvirlash, qanday resurslar buning uchun kerak bo`ladi. Bo`lishi mumkin bo`lgan qiyinchiliklar xarakteris-tikasi.

Kasb-hunar kollleji o`quvchisida tug’ilgan savollar hisobiga aniq harakatlar dasturini ishlab chiqish taklif etiladi. Bu javoblarni topishga yordam beradi.

O`yin o`tkazishda noaniqliklar bartaraf etiladi. O`yin harakatlari tashkil etiladi. O`yin jarayoni vujudga keladi. O`yinni shu tasviriy ko`rinishida va ularni ishtirokchilar tomonidan qabul qilinishi jarayonida tug’ilgan qiyinchiliklarni, g’oyalarni tahlil qilish. Dinamik o`yinlarni asosi bo`lib o`quvchi va talabalarning idroklarini chuqurlashtirishi va (kengaytirish uchun yangi bilimlarni manbasi bo`lgan o`quv muammolarini tashkil etadi. Dinamik o`yinning eng muhim dalillari bo`lib uning o`yin faoliyati maksimal darajasida mustaqillik, xohish, istak faoliyati va ijodiy tomonining namoyon bo`lishi, birgalikdagi o`yin faoliyatini saqlanib qolishiga aytiladi. Dunyo pedagogikasida o`quv maqsadlari o`yinni ishlatilishi bilan bog’liq bo`lgan bir necha tushunchalarni ajratib ko`rsatadi. Modellashtirish, bellashuvchanlik, o`yin modellashtirilishi funktsiyalaridan biri bo`lib, u yoki bu nisbiy masalalar va o`zgarishlar echimlarini mustaqil holda izlash va echimlarini topishdan iborat. O`yin modellashtirilishining asosiy usullari sifatida pedagogik faoliyat sharoitida bo`lajak o`qituvchilarni tayyorlashda biz mikro o`qitish: masalani echishda individual birliklarda ishlash; pedagogik vaziyatlarni vujudga keltirish; maxsus nisbiy o`yinlarni ijtimoiy psixologik modellashtirilishi tizimiga umumdidaktik rolli; ritmik bolalar o`yinlari; dramatik o`yinlar kirgizilgan edi. Bu o`rinda alohida etiborni kasbiy rolli va maxsus o`yinlar egallaydi: psixotexnik o`yinlar; intervyu; psixodrama; didaktik spektakl; pedagogik etyudlar; qabullar va o`yin ta’siridagi mashqlarni alohida ko`rsatib o`tish mumkin. O`yinni modellashtirilishi o`ziga turli ijodiy izlanishlarni ham oladi. Aqliy hujum, bahslar, sinektika usullari ana shular jumlasidandir. Variativlikning asosiy maqsadi – variantlar orasidan borgan sari ko`proq bajariladiganlarini saralab olish. Muammoli o`qituvchining kasbiy faoliyatini o`rganishdan maqsad ma’lum darajadagi mashqlarni echish va keyingi aniq muammolarii echishda foydalanishdan iborat. Moslashuvchanlik bu xil masalalarni echish yo`li hisoblanadi, ammo oqibatda bunday yo`l aniq holatdagi pedagogik faoliyat uchungina moslashadi. Evristik u yoki bu moslamani mustaqil tarzda yangi izlanishlar orqali echimini topish zarur.

Izlanish xulosalari quyidagicha: erkin sharoitda o`quv jarayoni ijodiy o`qish jarayoniga aylanadi, chunki yaratilgan sharoitda o`quvchilar o`zlarining qo`shimcha ijodiy qobiliyatlaridan foydalanishadi. Erkin yondashuv yoki stereotiplardan va shablonlardan voz kechishga, shu bilan birga professional faoliyatdagi yangiliklar bilan ishlashga tayyorlab boradi. Bu o`rinda birinchi kurs talabalari tomonidan hayotga tatbiq qilingan didaktik fikr va o`yinlarga to`xtalib o`taylik.

Presskonferentsiya o`yini. O`yinni tashkil etishdan bir necha kun oldin guruh ikkiga bo`linadi. Birinchisi turli gazetalarni, jurnallarni, radio va TV ko`rsatuvlari nomidan chiquvchi – korrespondentlar. Ikkinchisi olimlar, ekologlar, injenerlar, sotsiologlar va boshqalar.

Har bir guruh turli ko`rinishdagi yangi mavzu, materiallar bilan tanishib chiqish topshirig’ini oladi. «Korrespondentlar» guruhi intervyu o`tkazishga tayyor bo`lishlari kerak. Suhbatning umumiy rejasini tanlash, savol berib va ularga albatta javob olish. Ikkinchi guruh o`quv materiallarini ishlatishadi va ekologlar, sotsiologlar sifatida chiqish qilishadi. Guruhlar o`zlarining o`yinlari oldidan bo`ladigan yig’ilishlarida o`yin jarayonida beriladigan savollarni tahlil etib, tavsiyalar olishadi. Albatta, darslarga kirilgandan so`ng «korrespondent»ga mashxur ekolog olimlardan intervyu olish taklif etiladi. Hamma qatnashayotgan qaxramonlar javoblarini birinchi shaxs beradi. Ular shaxsiy fikrini bildiradilar taxmin qiladilar, u yoki bu hodisaga baho beradilar. Bolalar bilan biz o`yinning alohida-alohida fragmentlarini baholaymiz. Kerakli to`ldirishlar qilamiz, uyg’unlashtiramiz.

«Sayohat» o`yini. O`yindan biroz oldin hay’at a’zolari tayinlanib, bir necha guruhlar shakllanadi. Har bir guruhda 5-6 tadan o`quvchi, guruhlar sardori tayinlanadi. O`yin ishtirokchilaridan shaharlar qurish talab etiladi, masalan ma’lum izchillikda, masalan, shahar 1, erudit 1, kutilmagan savollar, ochilmagan sir-sinoat va boshqalar. Har bir shaharda sardorlar maxsus konvertlarda topshiriqlar oladilar va unda bitta asosiy, ikkita qo`shimcha savollar mavjud. Guruh faqat shu vazifani bajarib tekshirgandan so`ng keyingi bosqichga o`tishga haqi bor. Har bir guruhning maqsadi iloji boricha hamma shaharda bo`lish. Javoblar ma’lum tizimda qabul qilinadi: bunda javoblar soni, ijod, muammo echimida yaxshilar, guruhning doimiyligi hisobga olinadi.

«Erudit» o`yini. Mavzu ustidagi ishlarni tugashidan bir necha mashg’ulot oldin o`quvchilarga o`tilayotgan mavzu bo`yicha bo`lgan savolni kartochkada yozib, hay’at a’zolariga berish taklif etiladi. Hay’at 2-3 odamdan iborat.

Hay’at a’zolari bilan birgalikda biz eng qiziq savollarni ajratib olamiz (10-12). O`yin boshlanishidan avval kartochkalar stol ustiga qo`yiladi. Har bir guruh a’zosi kelib o`zining guruhi uchun 4 tadan savol tanlaydi. Vaqt beriladi. Muammoli echim har bir guruhda jamoa orqali amalga oshiriladi. Olingan javoblar hay’at sudiga olib chiqiladi. Echimni topishda qiynalgan har bir guruh kartochkasini almashtirish imkoniga ega bo`ladi, lekin bunda ballar umumiy soni pasaytiriladi. O`yin so`ngida hay’at bolalarning javoblarini tahlil qilish bilan birgalikda ular mustaqil tayyorlab kelgan savollarga ham baho beradi.

Mavzuni himoyalash o`yini. Mavzu kursini o`zlashtirgandan so`ng uni himoyalash uyushtiriladi. O`quvchilar oldindan muammoli mavzu loyihasini tayyorlashadi. Bir paytni o`zida ularni himoyalash imkoni o`ylanadi. O`yin mashg’ulotlarda o`tkaziladi va o`z himoyasi va o`zaro savol - javoblardan tashkil topadi. Savollarni opponentlar beradi. Javob berishda guruhning barcha a’zolari ishtirok etadi. Fikrlarni erkin, keng va chuqur yoritishga imkon beradi. Agarda javob boshqa guruh a’zolariga to`g’ri kelmasa, ularni muhokama qilish mumkin. Guruh yaxlitlikda ketadi. Baholash rais boshchiligidagi mutaxassis olim ishtirokida amalga oshiriladi va u butun bahs jarayonini tushuntirib o`tadi.

«Obrazga kir» o`yini. Odatda bu o`yin tarix yoki geografiyadan tarixiy davrni ko`rsatib berish zarur bo`lganda tarixiy ulamolarning personaji, xarakteristikasini ko`rsatishda, ularni jamiyatda tutgan ijtimoiy o`rnini, madaniyat qirralarini o`qitishda kerak bo`ladi. O`yinda ikki guruh qatnashadi. O`qituvchi muammoni aytadi. Ishtirokchilar detallarni aniqlashtirib, fikr aytishga kirishadilar.

O`yinni bu bosqichining maqsadi iloji boricha ko`proq davr xarakteristkasini tuzish va asosiy g’oyalarni ko`rsatib o`tish. Bolalar o`zini qaysi bir personajga o`xshatishadi va vaqt obraziga singib, o`zini u yoki bu tarixiy jarayonga kiritishadi.

Bunda bir guruh shaxs analogiyalarini tanlashi mumkin, ikkinchisi esa echimlar berishi mumkin. O`yin so`ngida echim yo`li tahlil qilinadi. G’oyalar umumlashtiriladi, ijodiy topilmalar belgilanadi.

“Hamkorlik” o`yini. Guruh 3-4 ta muammoli «laboratoriyalarga» bo`linadi. Og’zaki o`quv muammolarini qo`shilishi bilan birga o`quv axborotlarining bir qismi xabar, tahlil uchun va muammolarni echish uchun hamma qo`shimcha ma’lumotlarni o`quvchilar o`qituvchilarga savol berish orqali bilib oladilar. Javoblar har bir «laboratoriya» a’zolari bilan muhokama etiladi. Olingan axborotni muhokamasidan so`ng o`quvchilar qo`yilgan muammolarga echim qabul qilishadi. Har bir «laboratoriya» vakili muammoli topshiriqni echishda o`zining variantini taklif etadi. Har bir guruh o`z echimini isbotlaydi. Shu tariqa har bir guruhdan hamma xohlovchilar ishtirok etadi. Bu yili so`ngida guruhlar echimi qo`shimcha forumda baholanadi va muhokama etiladi.

«Echim beramiz, uni bahola» o`yini. O`yinda parallel guruhlar bolalari ishtirok etadi. Mashg’ulotda bir guruhda o`qituvchi muammoli vaziyat tug’diradi, o`quvchilar echim variantlarini taklif etadilar. Ularning taklifi magnit tasmaga yoziladi. Kerakli sonda variantlar yig’ib, o`qituvchi yozuvni to`xtatadi. Keyin echimini topish uchun magnitofon yordamida erkin bahs yuritiladi. Ikkinchi parallel guruhda mashg’ulot analitik sxema bo`yicha boradi. Bolalarni kerakli material bilan tanishtirishdan so`ng o`qituvchi birinchi guruhga bergan topshirig’ini ularga berishga urinadi va tushuntiradi. Birinchi guruh o`quvchilari bu muammoni hal qilishga urinishadi. Buni ular qanchalik uddasidan chiqqanliklarini siz baholashingiz kerak. Bunda sizlar ekspert rolida bo`lasiz. Men fikrlaringizni eshitishdan mamnun bo`laman.

Magnit tasmasi yozuvini eshitgandan so`ng, uning tahlili boshlanadi. Uning jarayonida o`quvchilar qidirish ishtirokchilariga aylanadilar.

Xulosalar keltirib chiqariladi, so`ng o`yin jarayonida muammolikni o`rnatilishiga imkon beriladi. Yana bir didaktik maqsad – eng faol ishtirokchilarga mo`ljallangan o`quv ishini o`yin usuligacha detallashtirish. O`quv o`yini qurilmasining asoslanganligi shundaki, o`quv materialida avvaldan munozara mavzusi ajralib, qarama-qarshi g’oyalar, yondashishlar ko`rinib turadi. Didaktik o`yinlarining turli qo`shilmalari, izlanishlari natijasida qo`yidagi o`quv jarayonining qo`llanmasi belgilanadi.

Muammoli vaziyatni keltirib chiqarish. Modellashtiruvchi vaziyatning kiritilishi. O`yin jarayoni: o`yindagi ko`rinishda muammoli vaziyatni «yashab o`tish» o`yin harakatini ochilishi. O`yin yakunini keltirish: ishtirokchilar harakatini o`zi baholash, refleksiv holda yurish va uni harakatlari natijalari va ishtirokchilarini xavotirlari, pedagogik vaziyatning tahlili, uni haqiqat bilan munosabati aniqlanadi.

Bo`lajak kichik mutaxassislarni o`qitish jarayoniga kiritish hajmida muhim joyni imitatsion-modellashtiruvchi o`yinlar egallaydi. Bunday o`yinlarni ta’siri negizi shundan iboratki, bunda ishtirokchilar guruhi biron bir psixologik vaziyatni ko`rsatadi. Turli echimlarni taklif etadi va bahs yuritadi. Bunday o`yinlar ko`pincha kasb-hunar kollejining amaliyotida tez-tez ishlatiladi. O`qitishning eksperimental modelini hayotga tatbiq etishda teatrlashgan o`yinlarni ishlatish mumkin bo`lib, unda pedagoglar dramatik jarayonda faol tafakkur ko`rsatish ehtiyojini tug’diradi.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” o`qitishning faol shakllarini, bo`lajak mutaxassisni haqiqiy faoliyatini, kollej o`quvchilarining o`quv tarbiya va kasbga yo`naltirish ishlarini tashkil qilishda, imitatsiya (taqlid) qilish, nazariy bilim va malakalardan kasbiy - amaliy bilim va ko`nikmalarga o`tishda imkoni boricha mustaqillik berishni nazarda tutadi.

Ma’lumki, faol o`qitishning turli - tuman ko`rinishdagi metodlari mavjud. Ular turli belgilari bo`yicha tasniflanadi. Kasb-hunar kolleji o`quvchilarini faollashtirish darajasi, ularning bilim egallash va tadqiqot (loyiha -konstruktorlik va hokazo) faoliyatlarida quyidagicha farqlanadi:

Faol o`qitishning imitatsion metodlari (ular o`z navbatida o`yinli - ishbilarmonlik o`yinlari, o`yinli loyihalashtirish va o`yinsiz muayyan vaziyatlarni tahlil qilish, vaziyatli masalalarni echish) - pedagogik usullar va mashg’ulot o`tkazishning maxsus shakllari mavjud. Bunday mashg’ulotlarda o`quv-tarbiyaviy va ilmiy-tekshirish faoliyati talabalarning bo`lajak kasbiy-amaliy faoliyatlariga taqlid qilish asosida quriladi.

Noimitatsion - bu metodlar haqiqiy kasbiy - amaliy vaziyatlar asosida tuziladi.

O`rta maxsus ta’lim tizimida o`qitish texnologiyalarini rivojlantirishda eng samarali faol o`qitish metodlari quyidagilar hisoblanadi: o`yinli loyihalashtirish, muayyan vaziyatlarni tahlil qilish, muayyan ishlab chiqarish masalalari va muammolarini echish, kurs loihalari bajarishdir. O`yinli loyihalashda asosan obyektni yaratilish va takomillashtirish jarayoni imitatsiya qilinadi yoki qayta tiklanadi (masalan, ishlab chiqarishni tashkil etish, xo`jalik hisobi mexanizmi, ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar va h.k.). Kollej o`quvchilarining bilim olish va tadqiqot faoliyatlari o`rganilayotgan obyektni bevosita jamoatchilik loyihalash xarakteriga ega bo`ladi. Uning funktsional roli va obyektni yaratilishi, takomillashtirishning tiklanadigan mexanizmlari nuqtai - nazaridan amalga oshiriladi.

Mashg’ulotlarni o`yinli loyihalash ko`rinishida o`tkazish texnologiyalari, turli-tuman bo`lishi mumkin, lekin ular asosan uchta asosiy elementga tayanadi:

1) loyihani ishlab chiqish algoritmi;

2) ekspert baholash mexanizmi yoki loyihani o`yin tarzida «harakatda sinash»;

3) bo`lajak mutaxassislar - o`yinli loyihalash qatnashchilarini funktsional - rolli qiziqishlarini aniqlash mexanizmi.

Bu elementlarning har biri bo`lajak ilmiy xodimni (loyihalovchini, konstruktorni) tayyorlashda muhim rol o`ynaydi. Dastlabki ikki elementda ishtirok etish ularni ishlab chiqarishda (fanda) innovatsion jarayonlarni tashkil qilishni o`rganishlariga sharoit yaratadi.

Ushbu o`qitish texnologiyalari bevosita ishlab chiqarishda (yoki ilmiy muassasada) amalga oshirilganda, ayniqsa, samaralidir. Qiziqishlarni muvofiqlashtirishga yoki xususiy maqsadlarni umumiyga keltirishga yo`naltirilgan oxirgi element, o`yinli loyihalashni haqiqiy jarayonlarni modellashtirishga aylantiradi va bo`lajak mutaxassislar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, ular loyihani «muassasalararo» kelishish va sinovdan o`tkazishga o`rgatish xususiyatiga ham ega.

Muammoli vaziyatni ishlab chiqish masalalari (ilmiy muammolarni)ni hal qilish. Bu metod bo`lajak kichik mutaxassisda masalani (muammoni) muayyan sharoitda aniq belgilash va hal qilish mahorati shakllanishiga yordam beradi. Vaziyatli ishlab chiqarish masalalari o`quv masala - mashg’ulotlaridan tubdan farq qiladi. Agar o`quv masalalarida har doim aniq belgilangan shart (nima berilgan) va talab (nimani aniqlash zarur) mavjud bo`lsa, vaziyatli ishlab chiqarish masalasida (ilmiy muammoda), odatda unisi ham, bunisi ham yo`q. Bo`lajak kichik mutaxassisga masalani echish davomida, haqiqiy vaziyatlarda bo`lganidek, eng avvalo holatni o`rganish, muammo bormi va u nimadan iboratligini aniqlash zarur. Ya’ni asoslangan qarorga kelish uchun o`zi nima ma’lum va nimani aniqlash kerakligini belgilaydi.

Shuning uchun bunday masalalarni hal qilish texnologiyasiga o`rgatish o`quv masalalarini echish texnologiyasi o`rgatishdan tubdan farq qiladi. Ishlab chiqarish masalalarini (ilmiy muammolarni) o`ziga xos muhim tomonlari bor:

1) odatda ishlab chiqarish masalasining asosida aniq ishlab chiqarish vaziyati yotadi va uni hal qilish maxsus kuzatishlar natijalari bilan mustahkamlangan bo`lishi kerak;

2) tahlil natijalarini va uni hal qilish bo`yicha ishlab chiqilgan xulosalar va mulohazalarni ishlab chiqarish mutaxassislari bilan muhokamasini tashkil qilishi zarur.

Bunday masalani hal qilish variantlarini ishlab chiqishning samarali metodi bo`lib bahs-munozaralar xizmat qilishi mumkin. Bahs - munozara jarayonida kollej o`quvchilari bosh rolni bajarib,”Omla psixologiyasi”fani o`qituvchisiga esa quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi muhim rol ajratiladi: fikrlar almashishini boshqarish, ishonchli dalillar asosida, o`z fikrida tura olish va muxolif tomonning fikrini munozara qilish malakasini rivojlantirish, kollej o`quvchilarini faol fikrlash faoliyatiga undovchi, aytilayotgan mulohazalar, xulosalar va takliflarni asoslash, bilimlarni dolzarblashtirish, o`z fikrini bayon qilishgina emas, balki boshqalarni tinglash mahoratini rivojlantirish, kollej o`quvchilari bildirgan fikrlardan foydali axborotni olish va zarur xulosalar chiqarish bo`lajak tadqiqotchilar (loyihachilar, konstruktorlar, texnologlar va b.q.) uchun juda zarur kasbiy sifatlarni shakllantirishda yordam beradi. Munozaralarni o`tkazish shakllari turlicha: munozara, ma’ruza (bunda muayyan vaziyatlarni muhokamasi qo`shib olib boriladi), munozara-aqliy ishg’ol, turli anjumanlar, seminarlar va simpoziumlar ko`rinishidagi munozaralar bo`lishi mumkin.

9. Ishbilarmonlik o`yinlari bo`lajak kichik mutaxassislarda, ilmiy ijodiy faoliyatlari tajribasini rivojlantirish uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyasini kuchaytirish asosida ishbilarmonlik o`yinlarini o`tkazish, kasb-hunar kolleji o`quvchilariga ishlab chiqarishdan turli kasbiy vaziyatlar imitatsiyasini ko`rish emas, balki ilmiy-ijodiy faoliyatda bevosita o`zlarini qatnashishlari uchun imkoniyat yaratadi.

Kasb-hunar kollejlarida “Oila psixologiyasi” fanini o`qitishda o`yinni texnologiyalarini o`tkazishda, o`quvchilarning oilaviy funktsiyalarini (rollarini) almashtirish zarur. Bu ularning har birini oilaviy munosabatlardagi rollarni, «ota»bo`lishdan tortib, to «farzand»gacha, bo`lishiga imkon beradi. Bu ishning amalga oshirilishi oilaviy munosabatlardagi bu rollarni bajarishga qobiliyatini aniqlashga imkon yaratadi.

Ijodiy faoliyatning turli bosqichlarida muayyan strategiyalar, taktikalar va metodlarini qo`llashga yo`naltirilgan ishbilarmon va rolli o`yinlar.O`yinni tashkil qilishda asosiy rollar quyidagilardan iborat bo`lishi mumkin:

«oila boshligi» - oilalarning turi va ijtimoiy kelib chiqishiga va oilaviy munosabatlarning turlariga qarab ;

«yo`lboshchilar» - muhokama qilinayotgan muammoning muayyan masalalari bo`yicha vaziyatni muhokamaga olib chiquvchi a’zolardir.

«etkazuvchilar» - yo`lboshchilarning so`zlari va chiqishlarini ko`rgazmali ravishda taqdim etuvchi va tushuntiruvchi o`yin qatnashchilari;

«assistentlar» - yo`lboshchining yordamchilari. Ular yo`lboshchilarga va opponentlarga barcha ko`rgazma materiallarini namoyish qilishda ko`maklashishlari kerak;

«rasmiy opponentlar» - yo`lboshchilar tomonidan tayyorlangan ma’ruzalar yoki boshqa materiallar bo`yicha mulohaza bildirish vazifasi rasmiy topshirilgan o`yin qatnashchilari;

«norasmiy opponentlar» - muammo bo`yicha o`yin qatnashchilari;

«ig’vogarlar» - oilaviy munosabatlarda mavjud salbiy hodisalar, dalillar va shu kabilarni qo`shimcha bayon qilish asosida, o`yin qatnashchilarining faolligini oshirishga undovchi, muammolar qo`yishi kerak bo`lgan o`yin qatnashchilari (amma,xola,qarindosh, va x.);

«qayd qiluvchilar» - munozaraning borishini qog’oz tasmaga, foto yoki magnit tasmasiga yozib boruvchi o`yin ishtirokchilari;

«ekspertlar» - ma’ruzachilar, muzokarachilar, jamoa qarorlariga holisona baho beruvchi o`yin qatnashchilari (maslaxatchi,qo`shni va yaqinlari).

Kasb-hunar kollejlarida olib boriladigan ushbu turdagi o`yinlar asosida bo`lajak mutaxassislarga o`z nuqtai nazari, o`z qarashlarini isbotlash va himoya qila olish mahoratini shakllantirish, o`zgalar bildirgan g’oyalarining mohiyatiga kirib borish, oilaviy sodir bo`lgan turli xolat va vaziyatlarda o`ziga xos bo`lgan turli-tuman faqat ijobiy va oilaviy xayotni ijobiylashtirishda katta samara beradigan qarorlar qabul qilish ko`nikmalarini barpo etishdan iborat.

Uzluksiz ta’limning o`rta bo`gini bo`lmish kasb-hunar kollejlarida munozara - o`yinlar bo`lajak kichik mutaxassislarda, oiladagi yuzaga keladigan muammolarini qo`yish va uni hal qilishga qiziqishni, xolat va vaziyatlarni holisona (turli nuqtai nazarlarni qabul qila olish mahorati) yondashishni tarbiyalaydi: kollej o`quvchilarida muammoni qo`yish, uning borishi va echimi natijalarini muhokamasida, haqiqiy munozaralar, turli masalalar bo`yicha qarashlar, g’oyalar, bilimlar va tajribalarni erkin almashtirishda o`zini muayyan ko`nikmalarini hosil qilishda katta yordam beradi

Kasb-hunar kolleji o`quvchilarining oila va nikox masalalari bo`yicha ma’lumotlarga ega bo`lish vaularning xolisligini ta’minlashda kuzatuv xaritalari yoki tabiiy sharoitda yoki innovatsion faoliyat vaziyatini o`xshatuvchi maxsus tashkil etilgan o`yin vaziyatlari yordamida amalga oshiriladi. Bu erda bolalar va o`qituvchilarining innovatsion faoliyati, guruh treningida katta rol o`ynaydi. Birinchi blok metodikalar yangilik haqida xabari borligini, yangilikka bo`lgan munosabatini aniqlashga qaratilgan. Shu maqsadda yangilik tashabbuskori bilan intervyu tashkil etiladi.

Kollej o`quvchilariga berilgan intervyu savollari :

1.Oila psixologiyasi bo`yicha yangilikning mazmuni, va maqsadi nimadan iborat? Boshqalarga qaraganda samaradorligi bilan farqi nimada?

2. Oila psixologiyasi fani bo`yicha yangi ma’lumotlarni o`ziga hoslik va qiziqarlilik tomonlari bormi yoki ilgari mavjud bo`lgan psixologik g’oyalarni yangi sharoitda ko`zlashdan iboratmi? Bu hol uchun shartlar farqi nimada, ilgari yangilikni tarkib etish vaqtida qanday qiyinchiliklarga uchragan, bu g’oyani kiritishga boshqa urinishlar ham bo`lganmi, ular qanday yakunlangan?

3. Oila psixologiyasi fani bo`yicha yangilikning tashkiliy tarkibi qanday, kim tashabbuschi, uning mutaxassislik darajasi qanday?

4.Oila psixologiyasi fani bo`yicha yangilik kiritishda qanday asosiy qiyinchiliklarga uchrash mumkin? (ba’zi bosqichlarning to`la ishlab chiqilmaganligi, yangilikka qarshilik ko`rsatish, o`quvchilarning shaxsiy qiziqishlari etarli emasligi, va boshqalar).

5. Oila psixologiyasi fani bo`yicha yangilikni joriy etish davrida kollej o`quvchilari shaxsining rivojlanishi, axborotlar mazmuni o`sishida nimalar o`zgaradi?

Intervyuni-yopiq savollar anketasiga aylantirish mumkin, ya’ni o`quvchilar javob berayotib, mosini tanlaydilar.

Ushbu metodni qo`llash davomida kollej o`quvchilarining oila va nikox mavzusiga taalluqli barcha masalalar bo`yicha to`liq va asosli ma’lumotlarni olishini va yangilik sifatida erkak va ayol jinsining psixologik xususiyatlari,oilani boshqarishga qaratilgan guruxiy faoliyatning psixologik qonuniyatlari va psixologik jixatlarini batafsil o`rganish va kelajakdagi xayotlariga tatbiq qilishning o`ziga xos xususiyatlarini hamda o`zbek xalqiga xos va mos bo`lgan qadriyatlar shkalasi va ularning nechoglik muhimligini yangilik sifatida e’tirof qilishdi.Kasb-hunar kolleji o`quvchilarida xozirgi davrgacha bo`lgan ma’lumotlar qanchalik adekvatligi va keyinchalik ularning qiymatining o`zgarmasligi masalasi ham kollej o`quvchilari tomonidan e’tirof qilindi.Oila psixologiyasi fanini o`qitishda ikkita mavzu teri-tanosil kasalliklari va spid kasalliklari to`grisidagi ma’lumotlar bilan tanishish va ularni etkazishdagi o`ziga xos murakkabliklar to`grisida ham o`z fikrlarini bayon qilishdi

O`yin texnologiyalari asosida O`ZIGA-O`ZI BAHO BERISh XARITAsi




Shaxsning asoslangan -ijodiy yo`nalishi

12345

Qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish

12345

Ijodiy qiziqishlarga intilish

12345

Ilg’orlikka intilish










Ijodiy faoliyatning shaxsiy ahamiyati




O`z-o`zini mukammallashtirishga intilish




Kollej o`quvchisining kreativligi




Ko`p sonli echimlarni amalda qo`llash

12345

Mulohazalarning mustaqilligi (o`z fikrini aytishdan uyalmaslik)

12345

Tasavvur etish, ijodiy hayol, (g’oyalarni o`rganishda intellektual, aqliy erkinlik)

12345






Tavakkalchilik










Tanqidiy fikrlash, mulohazalarga qobiliyati

12345

O`z ishlarini tahlil qila olish qobiliyati




O`yin texnologiyasini qo`llashda MUTAXASSISLIK QOBILIYaTINI BAHOLASh




Shaxsning ijodiy faoliyat metodologiyasini egallab olish qobiliyati

12345

Pedagogik tadqiqot metodlarini bilish




Faoliyat texnologiyasini bilish




Tajriba ishlarini rejalashtirish qobiliyati




Faoliyatni tuzatish, qayta tashkil eta bilish qobiliyati




Boshqa o`quvchilar ijodiy faoliyat tajribalaridan foydalanish va taqqoslash, jamlash qobiliyati




Ijodiy faoliyatda hamkorlik va o`zaro yordam qobiliyati






O`QITU

12345

Ijodiy faoliyatda shaxsiy ish olib borish imkoniyati

12345

Dadillik va o`ziga ishonch




Mas’uliyatlilik




O`qituvchining ijodiy faoliyatini ijtimoiy muhimligiga ishonish




Halollik, to`g’rilik




O`zi tashkil eta olish qobiliyati



Kasb-hunar kollejlarida pedagogik faoliyat ijodiy qismlari va ularning rivojlanishini tekshirish alohida ahamiyatga ega. Uning ahamiyatini tashxis qilish uchun turli psixotexnik metodikalardan foydalaniladi. Ular yangiliklarni tatbiq etish bo`yicha”Oila psixologiyasi”fani o`qituvchisi professional faoliyatining eng mas’uliyatli tomonlarini shakllantiradi. Ana shunday metodikalardan biri psixodrama texnikasi bo`lib, uni keng ma’noda insonlarning psixik hayoti darajasini tushunib, hayajonlanish vositasi sifatida qo`llaniladi.

Psixodrama ijodiy va ichki sabablar orqali vujudga kelgan degan fikrni tasdiqlovchi bir qator alohida uslublar mavjud. Bu usullar trening olib borish davrida qulay vaziyat yuzaga kelganida va innovatsion vaziyat yuzaga kelganida kiritiladi va u innovatsion vaziyat psixologik mazmunini yanada chuqurroq ochib berish va uning turli tomonlarini izchillik bilan o`rganishga qaratilgan. Masalan, «vazifalarni almashtirish» usuli insonni tashqaridan o`zini kuzatishga yordam beradi. Buning uchun harakatlar to`xtatilib, rollar almashinib, xuddi hozir bo`lib o`tgan hodisa, harakatlarni qaytarish taklif etiladi.

Innovatsion jarayonda o`z pozitsiyalarini aniqlash uchun «kelajakni tasavvur etish» uslubi qo`llanib, u xar bir kollej o`quvchisini oilaviy xayotining turli vaziyatlari va xolatlariga tayyorlash va shunga muvofiq yo`l tutishga yordam beradi.

Rollar pozitsiyasini tashxis qilish uchun vaziyat treningi katta ahamiyatga ega. Bu esa innovatsion jarayonning hamma ishtirokchilari bilan munosabatni o`rnatishda o`z pozitsiyasini mustahkamlash uchun u yoki bu ijtimoiy mahoratni yuzaga keltirishga qaratilgan.

Kollej o`quvchisining oilaviymunosabatlarjda yuzaga keladigan muammolar va nizolarning kelib chiqishi.ularni bartaraf qilish uslublari tasavvur etishlarini aniqlash maqsadida o`z bilim, mahorat, qobiliyatlarini baholaydi. Ushbu savollarga xa va yo`q deb javob berish tavsiya qilindi.

1. Munozara ishtirokchilarining psixologik va boshqa xususiyatlarini bilasizmi? Bu savolga 32% o`gil bolalar yo`q deb,68 % qiz bolalar xa deb javob berishgan.

2. Tortishuv turlari va ko`rinishlar xususiyatlarini; aniq bilmaymiz deb 38”-o`gil bola,62%-qiz bolalar.

3. Tortishuv olib borishning asosiy usul va qoidalarini; 45%-o`gil bolalar,55%-qiz bolalar

4 Muzokaralar olib borishning asosiy usul va qoidalari;28% o`gil bolalar,58%-qiz bolalar,20% o`gil va qiz bolalar betaraf ya’ni usul va qoidalari xaqida tasavvurga ega emaslar.

5. Nizolarni bartaraf etish asosiy usul va qoidalarini;35% o`gil bolalar nizolarni bartaraf etish usul va qodalarni bilamiz deb javob berishgan,52%-qiz bolalar bartaraf qilish usulalarini bilamiz deb javobberishgan,qolgan o`gil va qiz bolalar esa,ular 17% tashkil qilishadi nizolarni bartaraf qilish usullarini bilmasliklarini ko`rsatishdi.

6. Boshqa nizoli vaziyatlarda o`zingizda yuzaga keladigan sifatlaringizni, kuchli va kuchsiz tomonlaringizni bilasizmi? Kollej o`quvchilari ushbu savolga o`zlarida mavjud bo`lgan psixologik sifat,xususiyat va fazilatlarini birin-ketin aytib berishdi va aloxida qiz va o`gil bolalarga xos bo`lgan jinsiy farqlarni tahlil qilib berishdi.

Bilish, mahorat va qobiliyat rivojlanish darajalari quyidagi ko`rsatkichlar orqali aniqlanadi:

juda past

6-12

Past

13-14

O`rtacha past

18-21

o`rtachadan ozgina past

22-25

O`rtacha

26-30

o`rtachadan ozgina yuqori

31-36

Yuqori

43-48

juda yuqori

49-54

Kollej o`quvchilarining olingan javoblari taqqoslash, tahlil qilish asosida ularning oilaviy xayot xaqidagi bilimdonligi rivojlanishi darajasi haqida xulosa chiqaradi va ularni rivojlantirish dasturini belgilaydi.

Shu tariqa, kasb-hunar kollejlarida o`qitiladigan “Oila psixologiyasi”fanini o`qitishda o`yin texnologiyalaridan foydalanishyoshlarning kelajakda oilaviy xayot xaqidagi ijobiy,to`lik va mukammal tasavvurlarini shakllantirishda,guruxiy va oilaviy munosabatlarni hamda o`ziga xos bo`lgan oilaviy faoliyatini baholash shaxsni yaxlit o`rganish samarali bo`ladi.


Yüklə 227,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin