O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi gulistоn dаvlаt universiteti O’. T. Toshbekov


Tuproqning suv xossalarini aniqlash(nam sig’imi, suv o’tkazuvchanligi, suv ko’taruvchanligi) (6- soat)



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə7/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#177203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   165
portal.guldu.uz-TUPROQSHUNOSLIK ASOSLARI (4)

2.2.5. Tuproqning suv xossalarini aniqlash(nam sig’imi, suv o’tkazuvchanligi, suv ko’taruvchanligi) (6- soat)..
Tuproqdagi suv va uning ahamiyati to’g’risi ma’lumotga ega bo’ladi va tuproqning suv xossalarini aniqlash usullari bilan tanishadi. Laboratoriya sharoitida tuproqning suv ko’taruvchanligini aniqlaydi.
2.2.6. Tuproq tarkibidagi chirindi miqdorini Tyurin usulida aniqlash(2 soat).
Tuproqdagi organik moddalar va uning ahamiyati to’g’risida ma’lumotga ega bo’ladi. Tuproq tarkibidagi chirindi miqdorini aniqlash usullari bilan tanishadi. Laboratoriya sharoitida tuproqdagi chirindi miqdorini Tyurin usulida aniqlaydi.
2.2.7. Tuproqdagi xarakatchan pospor miqdorini Kirsanov usulida aniqlash(2 soat).
Tuproqdagi xarakatchan pospor va uning ahamiyati to’g’risi ma’lumotga ega bo’ladi. Tuproq tarkibidagi xarakatchan posporni aniqlash usullari bilan tanishadi. Laboratoriya sharoitida tuproqdagi xarakatchan posporni Kirsanov usulida aniqlaydi.
2.2.8. Tuproqdagi kaliy miqdorini P.V.Pratasov usulida aniqlash(2 soat).
Tuproqdagi xarakatchan kaliy va uning ahamiyati to’g’risi ma’lumotga ega bo’ladi. Tuproq tarkibidagi xarakatchan kaliyni aniqlash usullari bilan tanishadi. Laboratoriya sharoitida tuproqdagi xarakatchan kaliyni Pratasov usulida aniqlaydi.
2.2.9. Suvli so’rim tayyorlash va uni aniqlash(6 soat). .
Tuproqdagi suvda eruvchan tuzlar va ularning qishloq xo’jalik ekinlariga ta’siri to’g’risida ma’lumotga ega bo’ladi. Tuproq tarkibidagi tuzlarni aniqlash usullari bilan tanishadi. Laboratoriya sharoitida suvli so’rim tayyorlaydi va uning tarkibidagi anion va kationlarni aniqlaydi.


2.2.10. MDX misolida tabiiy mintaqa tuproqlarini tarqalishini kontur xartaga tusshirish(8 soat)..
Tuproq xaritalari va undan foydalanish to’g’risida ma’lumotga ega bo’ladi. Laboratoriya sharoitida tuproq xaritalari bilan tanishadi va ular bilan ishlash tartibini o’rganadi.
Mustaqil ta'limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talabalarning ma'ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlariga tayyorlanib kеlishi va o’tilgan matеriallarni mustaqil o’zlashtirishlari uchun kafеdra o’qituvchilari tomonidan ma'ruza matnlari ishlab chiqilgan, Har bir talabaga ushbu matеriallardan foydalanish tavsiya etaladi.
Talabaning fanni mustaqil tarzda qanday o’zlashtirganligi joriy, oraliq va yakuniy nazoratda o’z aksini topadi. Shu sababli rеyting tizimida mustaqil ishlarga alohida ball ajratilmaydi, ular JN, ON va YaN lar tarkibiga kiritilgan.
Mustaqil uchun fan bo’yicha jami 40 soat ajratilgan.
Ushbu soatlar taxminan quyidagi tartibda taqsimlanadi:
ma'ruza konspеktini o’qib tayyorlanish – 10 soat.
laboratoriya mashg’ulotlariga, kollokviumga tayyorgarlik ko’rish, hisobotni tayyorlash – 20 soat.
- hisob-kitob ishlarini mustaqil bajarish va topshirish - 10 soat
Laboratriya mashg’ulotlari nazariya va amaliyotni bog’lovchi asosiy bo’g’in bo’lib hisoblanadi. Bunda talabalarning bilimlarini mustahkamlashda laboratoriya jihozlari bilan ishlay olish va tajriba o’tkaza olish ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda, o’lchash xatoliklarini baholay bilish kabi amaliy ko’nikmalarni hosil qilishda muhim rol o’ynaydi.
Laboratoriya ishlariga talabalar mustaqil holda asosiy darslik, ma'ruza matеriallari va laboratoriya ishlari uchun bеlgilangan qo’llanmalardan foydalanib, tayyorgarlik ko’rishlari lozim.
Qoldirilgan darslarni topshirish uchun talaba dars matеrialini tayyorlab kеlishi va o’qituvchining og’zaki suhbatidan o’tishi zarur. Qoldirilgan ON va YaN lar bеlgilangan tartib bo’yicha topshiriladi.

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin