1) Mexanikaviy; 2) Fizikaviy; 3) Fizik–kimyoviy; 4) Kimyoviy; 5) Biologik; Mexanikaviy singdirish - tuproq qatlami orqali yuqoridan pastga harakat etayotgan ekin va Sug’orish suvlaridagi loyqa xoldagi zarralarning shu qatlamlar orasida mexanik ravishda ushlanib qolinishiga mexanik singdirish deyiladi. Bu xolda tuproq loyqa suvni suzgichi bo’lib xizmat qiladi. Bu turdagi singdirish tuproqning mexanikviy tarkibi, strukturasi, qatlamining zichligi va g’ovakligiga Bog’liqdir. Sоz va qumoq tuproqlar g’ovak qovushmali qumloqli tuproqlarga nisbatan suvdagi loyqani yaxshiroq va ko’proq suzib ushlab qoladi.
Fizikaviy singdirish.Bunda tuproq mayda zarralarining yuza energiyasi ta’sirida, ularning sirtida turli gazlar, bug`lar, mikroorganizmlar va suvda erigan moddalar ushlanib qolinadi. Tuproq kolloidlari va uning qattiq qismi qatlami quruq bo`lganida tuproq havosidagi gazlarni, nam bo`lganidan esa suv va unda erigan moddalarni molekula holida singdiradi.
Bakteriyalarning ham singdirilishi mikrobiologik jarayonning yaxshilanishiga ijobiy ta’sir etilishi bilan bir qatorda har xil zarrali mikroblarning tuproqda ushlanib qolishiga ham sabab bo’ladi.
Fizikaviy-kimyoviy singdirish - tuproq eritmasidagi turli xil tuzlar ishqorlar va kislotalar suvli muxitda dissоtsyatsiya qonuniga muvofiq, kation va anionlarga parchalanadi. Bu jarayon natijasida bir biridan ajralgan ionlar o`ziga xos elektr zaryadiga ega bo’ladi.
Kimyoviy singdirish. Kolloidlar yuzasiga eritmadan ionlarning singishi va ular o’rniga kolloid zarralardan ekvivalent miqdorida ionlarning ajralib chiqishidan, qiyinlik bilan eriydigan moddalar orasidagi o’zaro kimyoviy reaktsiasi natijasida suvda juda qiyinlik bilan eriydigan yoki deyarli erimaydigan moddalar hosil bo’ladi va bu birikmalar qatlamlar orasida ushlanib qoladi. Shuning uchun xam tuproqdagi shu xoldagi xodisani kimyoviy singdirish deyiladi.
Biologik singdirish. Bunda o’simliklar aloxida rol o’ynaydi. O’simliklarning ildizlari oziq moddalarni singdirib olishi natijasida tuproqning ustki aktiv qatlamida ma’lum miqdorda organik qoldiqlar to’planadi.