NAZORAT TOPSHIRIQLARI 9.2.1. Tuproq kolloidlari tarkibiga ko’ra .......................... larga bo’linadi.
9.2.2. Mineral kolloidlarga ...............................................lar kiradi.
9.2.3.Amfolitoidlarga ....................................................... lar kiradi
9.2.4. Organik kolloidlar ichida ................................. asоsiy o’rin to`tadi.
9.2.5. Organik moddalar mineral moddalar bilan birikib ........loidlarni
hosil qiladi.
9.2.6. Ikkilamchi sоz minerallarga ...................................... lar kiradi.
3-ASOSIY SAVOL TUPROQNING SINGDIRISH QOBILIYATI, UNING TURLARI 3-asоsiy savolning bayoni: Tuproqning singdirish qobiliyati uzoq o’tmishdan ham kishilarga ma’lum edi, chunonchi ular sho’r suvni iste’mol qilishdan oldin uni tuproq orqali suzib olganlar va sho’rni yo’qotganlar. Dehqonlar qumoq va og’ir sоz tuproqli yerlarga sоlingan organik o’g’itlarning ta’sir darajasi bir xil emasligiga xam e’tibor berganlar. Chunki bu tuproqlarning singdirish qobilyati turlichadir.
Tuproqning singdirish qobilyatiini o’rganish sоxasidagi dastlabki ilmiy tekshirishlar XX asr o’rtalarida boshlandi. Van Bemmelen va P.A. Kostichevlarning ana shu masalaga doir olib borgan tadqiqot ishlari keyinchalik K.K. Gedroyts tekshirishlari asоsida mukommillashtirilib, tuproq singdirish qobiliyatining xaqiqiy moxiyatini yetarli darajada ochib berdi.
Akademik K.K. Gedroytsning ta’rificha, tuproqning eritmadagi birikmalarni, shuningdek, turli bug`larni, gazlarni suspenziyalarni va mikroorganizmlarni ushlab qolishiga tuproqning singdirish qobilyati deydi. Tuproqning bu qobiliyati dehqonchilikda juda katta ahamiyatga ega bo’lib, singdirish natijasida o’simliklar xayoti uchun zarur bo`lgan N (azot), P (fosfor), K (kaliy) oziq elementlar tuproqda vaqtincha ushlanib qolinadi. Bu esa o’simliklar oziqlanish rejimining va tuproq unumdorining yaxshilanishiga olib keladi.
Singdirish sig’imi tuproq tarkibidagi mayda zarralar, jumladan kolloidlar miqdoriga ko’proq bog’liq.
Tuproq qatlamidan o’tayotgan suvda erigan va erimagan moddalar, turli gazlar va mikroorganizlarning tuproqda ushlanib, singib qolishi, yani tuproqning singdirish qobiliyati juda murakkab xodisadir. Bunda kimyoviy, fizik kimyoviy va biologik jarayonlar yuz beradi.
Akademik K.K. Gedrayts tuproqning har xil moddalarni ushlab qolishi, singdirishi va bunda kechadigan jarayonlarni e’tiborga olib tuproqning singdirish qobiliyatini 5 tipga bo’lgan: