NAZORAT TOPSHIRIQLARI 7.1.1. Faqat tuproqqa xos bo’lgan murakkab organik moddaga ...... deyiladi.
7.1.2. Tuproq unumdorligi .................................. ning miqdoriga bog’liq.
7.1.3. Tuproq organik qismidagi moddalar jumlasiga ................ lar kiradi.
7.1.4. O’simliklar formatsiyasi ........................................... larga ajratiladi.
7.1.5. Har bir o’simliklar formatsiyasining o’ziga xos ............... ri bo’ladi.
7.1.6. Sernam sharoitda anaerob mikroorganizimlar ta’sirida qaysi chirindi kislatasi hosil bo’ladi?
2–ASОSIY SAVOL CHIRINDINING TARKIBI VA HOSSALARI 2-asоsiy savolning bayoni: Chirindi moddalar kimyoviy tarkibi o’zgaruvchan murakkab yuqori molekulyar kolloid organik birikmalar jumlasiga kiradi. Bu moddalar tuproqdagi mineral moddalar bilan o’zaro ta’sirda bo’lib, murakkab organo-mineral birikmalar hosil qiladi. Tuproqdan chirindi moddalarni ajratib olishning maxsus usulini I.V. Tyurin ishlab chiqqan.
Tuproq avval spirt-benzol bilan ishlanadi. Sоkslet apparatida ekstraksiyalanganda tuproqdan bitum ajralib chiqadi. Tuproq spirt-benzol bilan ishlangandan sо’ng undagi kaltsiyni yo’qotish uchun HCI va sulfat kislotaning kuchsiz eritmasi bilan ishlanadi.
Dekaltsiylangan tuproq namunasidan chirindi moddalar o’yuvchi natriy yoki ammiakning kuchsiz eritmasida ishlash yo’li bilan ajratib olinadi. Sо’rimga xlorid kislotaning kuchsiz eritmasi ta’sir ettirilganda cho’kmaga element oksidlariniing xarakatchan gidratlari bilan birikkan chirindi moddalar cho’kadi.
Temir va alyuminiy gidratlari bilan birikkan chirindi moddalarni ajratib olish uchun navbatma-navbat kuchsiz sulfat kislota va ishqor bilan tuproqqa ta’sir etiladi va keyinchalik bu birikmalar xlorid kislota bilan cho’ktiriladi.
Chirindi moddalar ana shu usul bilan ajratib olingandan sо’ng filtratda fulvokislotalar qoladi. Bu kislotalarga bariy va ammoniy tuzlari bilan ta’sir etib chuqtiriladi.
Tuproqdan ajratib olingan chirindi moddalar spirt bilan ishlanganda ular spirtda eruvchi gimotomelan kislotaga va spirtda erimaydigan gumin xamda ulmin kislotalarga ajraladi.
Chirindi moddalarning tuproqdan ajralib chiqishini quyidagi sxemada qo’rsatish mumkin.
TUPROQ (NaOH yoki NH4OH ning kuchsiz eritmasida ishlash)
___________________________________________________________
I
Qora eritma erimaydigan chirindi
( HCI ta’sirida) moddalar ( gumin, ulmin)
________I___________
I I
Cho’kindi eriydigan qism
(spirt ta’sirida) ( kren va apokren
kislrotalar)
Gumin kislotalar tarkibida to’rtta karboksil gruppa (COOH) bo’ladi. Ular tarkibida , bundan tashqari, fenol va spirt gruppalari (OH) xamda metaksil gruppa (OCH) ham bo’ladi. Gumin kislotalar yadrosida benzol xalqalari bor, Ya’ni bu kislotalar aromatik birikmalar gruppasiga kiradi. Gumin qislotalar bir valentli natriy, kaliy va ammoniy kationlari bilan birikib, suvda yaxshi eruvchi tuzlar hosil qiladi hamda ikki valentli Ca va Mg, shuningdek uch valentli Fe va AI bilan birikib, suvda erimaydigan tuzlar hosil qiladi. Gumin kislotalar manfiy zaryadlangan kolloid moddalar singari, eritmalardagi kationlarni singdirib olish hossasiga ega. Gumin kislotalarining singdirish sig’imi 170 dan 590 mg/ekv gacha bo’ladi.
Kren va apokren kislotalar (fulvo kislotalar) gumin kislotalarning kuchsiz ishqor eritmasidan cho’ktirib olinganidan sо’ng filtratni avval bariy, sо’ng’ra ammoniy karbonat angidridi bilan ishlash orqali ajratib olinadi.
I.V. Tyurin fikricha, kren va apokren kislotalar azot saqlovchi oksikarbon kislotalar gruppasiga kiradi.
M.M. Kononova ma’lumotlari bo’yicha kren va apokren kislotalarning elementar tarkibi turli tuproqlarda bir xil emas.
Gumin kislotalarga qaraganda fulvokislotalar tarkibida uglerod bilan azot kamroq, kislorod esa qo’proq, shuninngdek fulvokislotalar to’rt asоsli gruppaga kiradi va singdirish sig’imi xiyla yuqoridir (100 gramm tuproqda 350 mg/ekv ga teng). M.M. Kononovaning keyingi vaqtdagi asarlarida shunday takribiy fikr ilgari suriladi: dasht tuproqlaridagi fulvokislotalar podzol va laterit tuproqlardagi fulvokislotalardan farq qiladi va ularda kren hamda apokren kislotalar bo’lmay, balki gumin kislotalarning qandaydir oddiy formalaridan iboratdir.
Turli tuproqlar organik moddalari tarkibidagi fulvokislotalarning element tarkibi 15-jadvalda keltirilgan.