15-jadval
Fulvo kislotalarning element tarkibi
Tuproqlar |
C
|
H
|
O
|
N
|
Kuchli podzollashgan tuproq
To’q sur tusli o’rmon tuprog’i
Oddiy qora tuproq
Kashtan tuproq
Och tusli bo’z tuproq
Qizil tuproq
|
49,9
47,5
44,8
43,2
45,8
49,8
|
3,3
3,6
3,5
3,6
4,3
3,4
|
44,9
45,9
49,3
51,4
46,0
44,3
|
1,9
3,0
2,4
1,8
3,9
2,5
|
Chirindi moddalar mineral moddalar bilan o’zaro ta’sirga kirishib, quyidagilarni hosil qiladi:
1. Organomineral birikmalar – kaltsiy, magniy gumatlari;
2. Gumin moddalarning sоrbtsion birikmalari o’zaro ta’sirga kirishadi.
3. Kompleks zollar.
Tuproqda suvda eruvchan chirindi kislotalari ko’proq bo’lganda ular mineral kolloidlarni ximoya qiladi. Mineral kolloidlar chirindi kislotalar yordamida ustki qatlamdan quyi qatlamlarga tushadi. Bu hodisa podzol tuproqlarga va sho’rtoblarga hosdir. Kompleks zollar pastga tomon yuvilganda elektrolitlarga boy qatlamlarga yetgach, Cho’kindiga aylanishi va kolloidlarga boy bo’lgan illyuvial qatlam deb ataluvchi zichlangan qatlamni hosil qilishi mumkin;
Quyi molekulyar organik kislotalarning tuzlari (temir va alyuminiyning uch valentli oksidlari, ishqorlari va ishqoriy yer asоslari bilan birga). Bu birikmalar, tuproqqa tushadigan oddiy organik kislotalarning tuproqdagi uch valentli oksidlar hamda mineral tuzlar bilan o’zaro ta’sir etishidan vujudga kelishi mumkin.
Ko’pgina tuproqlarning o’simlik ildizlari to’plangan ustki qatlamlarida chirindi eng ko’p bo’ladi. Chirindi miqdori tuproqning pastki qatlamlariga tushgan sari kamaya boradi.
Chirindili qatlamlarning qalinligi juda xilma-xildir, qora tuproqlarda eng qalin bo’lib, u 1,5-2 m ga yetadi. Janubiy qora tuproqlarda va kashtan tuproqlarda chirindili qatlamning qalinligi kamaya boradi va ko’pincha 1,0 m dan 0,7 m gacha bo’ladi. Bo’z tuproqlarda chirindili qatlamning qalinligi atigi 25- 30 sm, Cho’l tuproqlarida esa 10-20 sm bo’ladi. Chirindining umumiy miqdori, uning profill bo’yicha taqsimlanishi va gruppa tarkibi tuproqning qaysi tipga kirishini aniqlashda eng muxim ko’rsatkichlardir.
O’rmon tuproqlarining chirindi zapasi o’rtachadir. O’rta Osiyodagi Cho’l tuproqlari - sur tusli qo’ng’ir tuproqlar, taqirlar va Cho’llardagi qumli tuproqlarda chirindi zapasi juda kamdir. Bu tuproqlarda atigi 0,3-0,7 % chirindi bor, bu chirindili qatlamning qalinligi 10-20 sm bo’lganda atigi 10-30 tonna chirindi bo’ladi. Qo’riq yerlar ochilib uzoq vaqt davomida ekin ekish natijasida chirindi zapasi ancha o’zgaradi.
Chunki yovvoyi o’simliklar o’rniga ekinlar ekilganda oziq moddalarnnng bir qismi hosil bilan birga chiqib qetadi. Ildizmevali va tuganak mevali ekinlar ekilganda hosil bilan birga ko’p oziq moddalar chiqib ketadi. Bundan tashqari, yerdan madaniy usulda foydalanilganda , mikroblar faoliyati uchun qulay sharoit vujudga keladi. Bu mikroblar ekinlarning tuproqda har yili yig’iladigan ildizlari va yer usti organlarininggina emas, hatto ilgaridan to’planib qolgan chirindini ham parchalaydi.
Uzoq vaqt davomida ishlatilib kelgandan oriqlab qolgan tuproqning ustki qatlamlarini chirindi bilan boyitish uchun yerga organik o’g’itlar: go’ng, kompostlar, torf va ko’kat o’g’it(siderat) sоlinadi. Bu usul kam chirindili tuproqlar- podzol va bo’z tuproqlarda ayniqsa yaxshi natija beradi. Har xil ekinlarni o’tlar bilan almashlab ekish yaqin vaqtlargacha juda keng qo’llanilardi. Em-xashak o’tlari ekilgandan sо’ng tuproqdagi chirindi miqdori chimli-podzol tuproqlarda 20 % ga ortishi mumkin, chirindisi kam Sug’oriladigan bo’z tuproqlarda o’tlar ekish hisоbiga chirindi miqdori anchagina qo’p, ya’ni 30 % ga ortadi, kashtan tuproqlarda kamroq, ya’ni 9 % ga, qora tuproqlarda esa taxminan 4 % ga ortadi. Demak, bu usul kam chirindili, juda oriq tuproqlarda ancha yaxshi samara beradi.
Tuproq gumusini o’rganish va tеkshirish ishlari bundan 150 yildan ortiq davrdan buyon olib borilib, ko’plab ilmiy asarlar yaratilishiga qaramasdan gumusning tabiati, ayrim tarkibiy qismlarining struktura formulasi, tuzilishi qamda tuproq chirindisining paydo bo’lish mеxanizmi, tuproq xossalariga va o’simliklarga ta'siri qaqida aniq tasavvurga ega emasmiz. Buning asosiy sababi gumus juda murakkab tarkibli organik modda bo’lib, uni toza qolda ajratib olish qiyin. Chunki tuproqning minеral qismi organik moddalar bilan mustaqkam birikkan bo’lib, gumus moddalarini ajratib olish usullari qozirgacha mukammal emas.
Gumusning kimyoviy tarkibini o’rganishga doir dastlabki tadqiqotlar shvеd olimi YA.Bеrtsеlius tomonidan olib borildi. U 1836 yilda tuproq chirindi moddalarini tеkshirib qator o’ziga xos organik birikmalarini krеn, apokrеn, gumin, ulmin kabi to’rtta gumus kislotalarini ajratdi. Bu kislotalarning tarkibi kеyinchalik V.R.Vilyams va boshqa qator olimlar tomonidan batafsil o’rganildi.
Rus olimlari I.V. Tyurin, M.M. Kononova, S.S. Dragunov, V.V. Ponomarеva, L.N. Alеksandrova va boshqalarning ko’rsatishicha, gumusning tarkibi asosan quyidagi uch gruppa organik moddalardan iborat.
Dostları ilə paylaş: |