O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi gulistоn dаvlаt universiteti O’. T. Toshbekov



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə59/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#177203
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   165
portal.guldu.uz-TUPROQSHUNOSLIK ASOSLARI (4)

ASОSIY SAVOLLAR
7.1. Tuproqdagi organik moddalar, chirindi paydo bo’lish jarayoni.
7.2. Chirindining tarkibi va hossalari.
Tayanch iboralar:
Organik moddalar, chirindi, o’simliklar formatsiyasi, miniralizatsiya, mikroorganizimlar, lishayniklar, jonivorlar.


1-ASОSIY SAVOL
TUPROQDAGI ORGANIK MODDALAR, CHIRINDI PAYDO BO’LISH JARAYONI
1-asоsiy savolning bayoni.
Tuproqqa tushadigan har xil o’simlik qoldiqlari, mikrob tanalar va nobud bo’lgan jonivor o’limtiklarning bir qisimigina minerallashadi holos. Organik moddalarning ancha qismining - parchalanishidan hosil bo’lgan organik moddalar va mikroblar faoliyati tufayli vujudga kelgan maxsulotlar o’zaro murakkab reaksiyaga kirishib, faqat tuproqqa xos bo’lgan yangi murakkab organik moddalar -- chiridi paydo qiladi.
I.V. Tyurin, M.M. Kononova, S.S. Dragunov va boshqalar tuproqlardagi chirindi moddalarining kimyoviy tarkibi hamda paydo bo’lishini chuqur va har tomanlama tekshirishgan. Bu olimlar tuproq organik qismining turli moddalardan tashkil topqanligini aniqladilar. Bunday moddalar jumlasiga kuydagilar kiradi:
1. Parchalanmagan o’simlik va xayvon qoldiqlri tarkibiga kiruvchi organik birikmalar.
2. Tirik mikroblar, shuningdek nobud bo’lgan, ammo hali parchlanmagan mikrob tananalari tarkibiga kiruvchi hamda mikroblar sintezi jarayonida vujudga keluvchi organik birikmalar.
3. O’simlik va xayvonlar qoldiqlari hamda mikrob tanalarining parchalanishidan hosil bo’lgan oraliq maxsulotlar( uglevodlar, yog’ qatorining organik qislatalari hamda ularning efirlari, azotli moddalar, oqsilning parchalanishidan hosil bo’lgan maxsulotlar aminokislatalar, aldegitlar, smolalar, efirlar.
4. Chirindi moddalar.
Bular organik moddalar massasining 85-90% ni tashqil etadi.
1763 yildayoq Lomonosоv chirindi o’simliklar va xayvonlar organik qoldiqlarning chirishidan paydo bo’lishini aniqlagan.
Nemis olimi Aккord ishqorda ishlash yo’li bilan torfdan birinchi bo’lib chirindi ajratib olgan, fransuz olimi Sоssyr esa chirindining kimiyoviy tarkibiga oid ma’lumotlar bergan.
Dakuchaev chirindi paydo bo’lishining geografik qonuniyatlarini aniqlagan tuproq paydo bo’lishidagi chirindi moddalarning ahamiyatini aytib bergan. Sibersev podzol tuproqlarning paydo bo’lishida kren va apokren kislatalarning ahamiyatini o’rgangan. Kostichev chirindining paydo bo’lishi mikroorganizimlar foliyati bilan bogliq ekanligini va chirindining proteinlar, lignin kabi moddalardan iborat ekanligini aytib o’tgan.
Mulder chirindi kislatalarning ajralib chiqishini ishlab chiqdi, kimiyoviy tarkibini o’rgandi va selyuloza quyidagi tartibda oksidlanganida hamda degidratatsiyalanganda bu kislatalarning paydo bo’lishini kuydagi ko’rinishda bo’lishini aytib o’tgan.
Ulmin kislata - gumin kislota - apokren kislata - kren kislata.
Har bir o’simlik farmatsiyasining daraxtlar, o’tloq o’simliklar, dasht o’simliklari va Cho’l o’simliklari farmatsiyasining o’ziga xos miqroblari bo’ladi. Bu mikroblar foliyati tufayli chirindi kislatalarning o’ziga xos shakllari hosil bo’ladi.
Masalan, Sernam sharoitda o’sadigan o’tloq o’simliklari farmatsiyasida anaerob mikroorganizimlar bo’ladi.
Dasht o’simliklari farmatsiyasidagi organik qoldiqlarni aerob bakteryalar parchalaydi.
Daraxt o’simliklari formatsiyasining hozonlari va shox shabbalaridan tuproqning ustki qatlamida g’ovak o’rmon qiyi vujudga keladi va u nordon reaksiyaga ega bo’ladi ular aerob zamburuglar tomonidan parchalanadi.

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin