9.4.6. Tuproqning potentsial kislotaliligi singdiruvchi kompleksdagi qaysi ionga bog’liq?
9.4.7. Tuproqqa yaxshi singdiriluvchi anionlarga qaysilar kiradi?
9.4.8. Tuproqqa sing’maydigan anionlarga qaysilar kiradi?
9.4.10. SО42- anioni tuproqqa faqat ........... sharoitidagina singadi.
MAVZUGA OID XULOSALAR 9.1. Kolloidlar dispers faza deb atalgan mayda dispers moddalardan tashkil topgan va bularni saqlagan suyuq moddadan iborat aloxida sistemadir.
9.2.Akademik K.K. Gedroytsning ta’rificha, tuproqning eritmadagi birikmalarni, shuningdek, turli bug`larni, gazlarni suspenziyalarni va mikroorganizmlarni ushlab qolishiga tuproqning singdirish qobilyati deydi. Tuproqning bu qobiliyati dehqonchilikda juda katta ahamiyatga ega bo’lib, singdirish natijasida o’simliklar xayoti uchun zarur bo`lgan N (azot), P (fosfor), K (kaliy) oziq elementlar tuproqda vaqtincha ushlanib qolinadi. Bu esa o’simliklar oziqlanish rejimining va tuproq unumdorining yaxshilanishiga olib keladi.
MUSTAQIL ISH TOPSHRIQLARI 9.1. Tuproq kolloidlariga oid malumotlarni to’plang.
9.2. Tuproqning singdirish qobiliyati, kationlar va anionlarning singdirilishi to’g’risidagi internet malumotlarini to’plang..
9-MAVZU: TUPROQ KISLOTALIGI VA ISHQORIYLIGI, BUFERLIGI, AGRONOMIK AHAMIYATI
« TUPROQ KISLOTALIGI VA ISHQORIYLIGI, BUFERLIGI, AGRONOMIK AHAMIYATI » MAVZUSIDAGI MARUZA MASHG’ULOTINING TEXNOLOGIK HARITASI
№
Faoliyat
Ma’sul shaxs
I
1. Tayyorlov bosqichi.
1.1. Darsning maqsadi: Tuproq eritmasi, uni ajratib olish usullari, uning tarkibi va kontsentratsiyasi, tuproq eritmasi osmotik bosimi, tuproq pH ko’rsatkichi, kislotaliligi va ishqoriyligi, tuproqning buferligi, tuproq reaksiyasi va uni boshqarish usullari to’g’risida tushuncha berish.